Alisher navoiy nomidagi toshkent davlat
Download 1.72 Mb. Pdf ko'rish
|
adabiyot o\'qitish metodikasi q husanboyeva , r niyozmetoa 2
sog‘lom vujudli qilib o‘stirdim – quvvatli bo‘ldingiz. Ikkinchidan,
yarog‘ bilan tanishtirdim – yarog‘ ishlatishga usta bo‘ldingiz. Uchinchidan, qo‘rqitmay o‘stirdim – botir bo‘ldingiz», – tarzidagi so‘zlariga e’tibor qiling. Bu so‘zlarning yigitlar tabiatiga xos xu- susiyatlarni belgilashdagi o‘rnini izohlang» o‘rtaga tashlanganda o‘quvchilar o‘ylanishi, o‘zini bir oz zo‘riqtirishi kerak bo‘ladi. Bu topshiriq bolalarni yigitlarning tabiatiga xos bo‘lgan baquvvat- lik, yarog‘ ishlatishga ustalik, botirlik, topqirlik, zukkolik, sinch- kovlik kabi sifatlar ularning qaysi ishlarida ko‘ringanini matndan qidirishga yo‘naltiradi. O‘qituvchi ulardan muntazam ravishda fikr larini matnga tayangan holda bayon etishni, aytganlarini asos- 35 Ahmedov S., Qosimov B., Qo‘chqorov R., Rizayev S. Adabiyot. 5-sinf uchun darslik-majmua. – T.: «Sharq», 2007. 64-b. 94 95 lashni talab qilishi lozim bo‘ladi. So‘ng o‘quvchilardan otaning: «To‘g‘ri bo‘ling – bexavotir bo‘lasiz. Maqtanchoq bo‘lmang – xi- jolatga qolmaysiz. Dangasalik qilmang – baxtsiz bo‘lmaysiz» tarzi- dagi nasihatiga o‘z munosabatlarini bildirishlari so‘raladi. To‘g‘ri, o‘quvchilarning bu nasihat mazmuni borasida fikrlari sodda, o‘z bilganlari doirasida bo‘ladi. Lekin muhimi o‘quvchida fikrning, o‘z qarashining shakllanib borishidir. Uning o‘qituvchi tomonidan to‘ldirilishi, tuzatilishi metodik jihatdan to‘g‘ri bo‘lmaydi. Og‘a-inilarning o‘z sarguzashtlarini bir-birlariga ham dar- rov aytib bermaganliklari ularga xos yana qanday fazilatning bel- gisi ekanini o‘quvchilar o‘zlari kashf etsinlar, maqtanchoqlik yot bo‘lgan botirlarning og‘ir-bosiqligi, kamtarligiga havas bilan qaray bilsinlar. Buning uchun o‘quvchilarning e’tiborini shularga qarata- digan savollar o‘rtaga tashlanadi. Qahramonlarga xos bo‘lgan si- fatlarga o‘quvchilarning havasini qo‘zg‘otish, bu sifatlarning yax- shi ekanini ularning ko‘ngliga joylash o‘qituvchining vazifasi. Keyin: «Kenja botir sarguzashtlariga e’tibor bering. Uning o‘g‘rilarni o‘z holiga qo‘yib ketib qolmaganligi sababini izohlash- ga urining», «Kenja botirning tadbirkorligi, topqirligi, jasur- ligi bilan ertak boshida ota tomonidan aytilgan gaplar o‘rtasidagi bog‘liqlikka e’tibor qiling» singari topshiriqlar berilganda, ularga aniqlik kiritish lozim bo‘lsa, qo‘shimcha savollardan ham foy- dalanish mumkin. Kenja botirning fazilatlari uning qaysi amal- larida ko‘rinishiga o‘quvchilar e’tiborini tortish, qilgan ishlari va fazilatlariga munosabat bildirishga undash lozim bo‘ladi. Asar mazmuni yuzasidan taqdim etilgan: «Kenja botir hikoya- sidagi to‘ti bilan bog‘liq kuzatishlaringizni bildiring. Va’daga vafo qilish uchun ota-onasi, aka-ukalari, yaqinlari, eng muhimi, ozod- ligidan kechib kelgan to‘tining olijanobligiga ko‘rsatilgan oqibatni izohlang», «Ertakdagi va hikoyadagi shohlarni bir-biriga solishtir- ing», «Botirlarning saroydan ketish to‘g‘risidagi qaroriga muno- sabatingizni bildiring» kabi savol-topshiriqlar o‘quvchilarni an- cha o‘ylantirishi mumkin. Ularning ko‘pchiligidan kutilgan javob chiqmasligi ham oddiy hol. Lekin bu savollarga o‘quvchilarning munosabati keyingi soatda bo‘ladigan ertak darsining samarasini ta’minlaydi. Hikoyadagi to‘ti va podshoh timsollariga xos sifatlar: va’daga vafo va o‘ylamay, shoshqaloqlik bilan tadbir ko‘rish haqi- da o‘quvchilar bolalarcha sodda xulosa chiqaradilar. 95 Suhbat jarayonida: «Og‘a-inilarning ziyofat paytida dastur- xonga qo‘yilgan go‘sht, shinni, non taxlami to‘g‘risidagi fikrlariga e’tibor qiling. Yigitlardagi bilgichlikning sababi haqida o‘ylab ko‘ring», «Podshoning gaplariga asosan to‘ng‘ich botir javob ber- ganligini qanday izohlaysiz?», «Qizlar yo‘qotgan tillalariga gavhar qo‘shib oldilar» – degan ibora zamiridagi yashirin mazmunga e’tibor qiling va uni izohlang» singari savol-topshiriqlar o‘quvchilarni asar matnida ilgari surilgan g‘oyalar haqida mulohaza yuritishga unday- di. «Ilon bilan bog‘liq voqeada podshoh ko‘rgan choraga muno- sabat bildiring. Birovning gapiga kirib, shoshqaloqlik bilan yaqin kishisini jazolagan hukmdor shaxsiyati haqida mulohaza yuriting», «Vazirning xulosasi va maslahatiga munosabatingizni bildiring» singari topshiriqlar 5-sinf o‘quvchilarini fikrlashga yo‘naltiradi. Uy vazifasi qilib ertakning ikkinchi, uchinchi tugashini yozish- ni topshirish ham o‘quvchilarni keyingi «ertak darsi»ga tayyorlani- shiga asos bo‘ladi. Ertakdagi: «Kenja botir podshohga qarab bir hikoya aytdi...» jumlasidan keyingi hikoyani o‘quvchilar ertakdagi voqealar rivojiga moslashtirib yangidan yaratishlari ham mumkin. Uni bajara bilganlarni rag‘batlantirish, eplay olmaganlarni ke- yingi safar urinib ko‘rish mumkinligini aytib, umidlantirish foydali bo‘ladi. Adabiyot darslarida o‘quvchi ma’naviyatining tozarishida qo‘l keladigan metodlardan yana biri evristik metoddir. Bu metod yunoncha izlayman, topaman degan ma’nolarni anglatadigan «heurisko» so‘zidan olingan bo‘lib, u mahsuldor ijodiy fikrlash jarayonini tashkil qilishni nazarda tutadi. O‘quvchi ma’naviy ka- molotini ta’minlashda qo‘l keladigan evristik metod uning oldiga yo‘naltiruvchi masalalar qo‘yish, tekshirish, hal etish, aks savollar vositasida o‘qitish usuli hisoblanadi. Evristik metoddan foydalan- ganda o‘qituvchi o‘quv materialining suhbat metodida foydalangan tizimini to‘liq qo‘llashi mumkin. Faqat uning tarkibi qo‘shimcha bilim olishga yo‘naltiradigan savollar bilan to‘ldiriladi. Mazkur metod tahlili shuni ko‘rsatadiki, u suhbat metodida bo‘lgan barcha usullarning birgalikda qo‘llanilishini taqozo etadi. Evristik metodda yetakchilik qiladigan savollar qo‘zg‘otuvchi aha- miyat kasb etadi. Bunday asosdagi suhbat tizimi topshiriqni baja- rish, jarayonni kuzatish, savollarga javob berish, ma’lumot olish, xulosa chiqarish va xulosalarni taqqoslash yo‘lga qo‘yilganda, 96 97 o‘quvchilarning fikrlash hamda bilim olish mustaqilligi ancha ko‘tariladi. O‘quvchilar taqqoslash, tahlil qilish, dalillar keltirish bilan birga ma’lum umumlashmalar qiladilar, farazlarni ilgari sura- dilar, zarur ashyolar, materiallar to‘playdilar, xulosalar chiqaradi- lar, o‘z faoliyatini rejalashtiradilar. Bu o‘qitishning yangi usullari bo‘lmish bilimlarni faollashtirish zaruratini tug‘diradi. Evristik metoddan foydalanib ta’lim jarayonida belgilangan maqsadga erishish uchun o‘qituvchi xabardorlikni talab qiluvchi savollar qo‘yish, taqqoslash uchun materiallar taqdim etish, faraz- larni ilgari surish, ularni tasdiqlovchi tajribalar qilish, kuzatish uchun topshiriqlar berish, tahlilga yo‘naltirish, qiyoslash uchun murakkab amaliy topshiriqlar berish, muammoli savollar qo‘yish, muammoli vaziyatlar hosil qilishi kerak bo‘ladi. Shu metodda tash- kil qilingan darslarda o‘quvchilarning faoliyati bilimlarni vaziyatga muvofiq qo‘llash, taqqoslash, farazlarni ilgari surish va asoslash, kuzatish, farazning to‘g‘riligini tekshirish, tajriba tahlili, bilimlarni o‘zgargan vaziyatlarda qo‘llash, dalillar keltirish, umumlashtirish, mustaqil amaliy ishlar tahlilini amalga oshirish, muammoli ma- salani hal etish kabilarni o‘z ichiga oladi. Evristik metodda taqdim etilgan savol, topshiriq va ko‘rsatmalar ogohlantiruvchi xususiyat kasb etadi. Ya’ni ular topshiriqning ba- jarilishi oldidan, mazkur bosqichga moslab qo‘yiladi yoki uning yechimi davomida o‘rtaga tashlanadi. Adabiy ta’lim jarayonida qo‘llanilgan evristik metod o‘quvchilarning fikr mustaqilligini ta’minlaydi, ularda mustaqil mulohaza yuritish, muhokama qilish, xulosa chiqarish ko‘nikmalarini shakllantiradi. Masalan, O‘. Hoshimovning 6-sinf «Adabiyot» darsligi- ga kiritilgan «Urushning so‘nggi qurboni» hikoyasini 36 evristik metoddan foydalangan holda o‘rganishni quyidagicha tashkil etish mumkin. Muallif hikoyada hayotdagi qiyinchilik, qashshoqlik in- son ma’naviyatini sinovdan o‘tkazuvchi bir vosita ekanini oddiy o‘zbek oilasi misolida namoyish eta bilgan. Asarni o‘qishdan oldin uning «Adabiyot» dasturidagi talqini bilan tanishish, asarga qan- day yondashish lozimligini qat’iylashtirib olish zarur. Hikoya mat- nini to‘liq o‘qib chiqish uchun birinchi darsning 23 – 25 daqiqasi sarflanadi. Mazkur hikoyani o‘rganishga dasturda belgilangan ikki 36 Ahmedov S., Qo‘chqorov R., Rizayev S. Adabiyot. 6-sinf uchun darslik-maj- mua. – T.: «Ma’naviyat», 2005. 158-b. 97 soatning bir qismi hikoya matni bilan o‘quvchilarni tanishtirishga bag‘ishlanadi. O‘qituvchi bu asarni o‘rganishga ajratilgan ikki soatni yax- litlab, ikki akademik soatdan bir kunda qatorasiga foydalansa, o‘quvchilarning matn mutolaasi davomida olgan taassurotlari, ko‘ngillaridagi hissiyotlar asar ustida ishlash jarayonida «issig‘ida» tilga chiqa boshlaydi. O‘quvchilar tahlil mobaynida tug‘ilgan fikr- lariga ruhiyatida paydo bo‘lgan tuyg‘ularni ham qo‘shib ifodalay- dilar. O‘quvchilarning o‘z kechinmalarini yashirmay ifodalashi ularda shaxslik sifatlarining shakllanishiga ijobiy ta’sir etadi. O‘qituvchi matnni o‘qiyotganda Shoikromning holati ifo- dalangan o‘rinlarni toliqqan, onaning so‘zlarini yana-da yumshoq, Xadichaning ovozini qalbakiroq ohangda, muallifning so‘zlarini qat’iyroq, Shone’matning ovozini dardli, siniq tarzda ifodalashi kerak bo‘ladi. Shoikromning pushtalar orasida mukka tushib yot- gan onasini ko‘rgandagi holati va qichqirig‘ini mutolaa jarayonida tabiiy ifodalay olish uchun o‘qituvchi shu holatni to‘liq his qilishi, o‘zini bunga avvaldan tayyorlashi lozim bo‘ladi. Hikoya o‘qib bo‘lingach, o‘qituvchi bir oz tin olib, o‘quvchilarini kuzatishi, tinglovchilar qanday holatdaligini, hikoya qahramonlari ruhiyati, kechmishi, dard-iztiroblari ularga qanday ta’sir etganligini aniqlab olgani tuzuk. So‘ng o‘quvchilar ko‘nglida paydo bo‘lgan iztirob, achinish hissini ularning tiliga olib chi- qish uchun bir qator savollarni o‘rtaga tashlash mumkin. Bu xil savollar darslikda ham bor. O‘qituvchi sinfdagi o‘quvchilarining imkoniyatlaridan kelib chiqqan holda ularni soddalashtirishi yoki murak kablashtirishi, zarurat bo‘lsa, o‘zi yangi savol-topshiriqlar qo‘shishi ham mumkin. E’tibor qilinsa, hikoya boshdan-oyoq bir xil mahzun ohangda bitilganligini payqash mumkin. Chunki asarda tasvirlangan taqdirlar, shu taqdirlar namoyon bo‘lishi, mazkur voqealar ro‘y bergan davr qayg‘uga monand edi. Urush davrining ohangi o‘q va yig‘i ovoziga esh edi. Ana shu hayotiy ohang hikoyaga ko‘chganligi uning ta’sir darajasini yana-da oshirgan. O‘qituvchi, eng avval Shoikromlar ro‘zg‘orining fayzsizli- gini ifodalovchi lavhaga o‘quvchilar diqqatini qaratadi. Ko‘pdan beri dam olmagan, boshi tashvishlardan chiqmayogan, yetish- movchiliklar iskanjasida qolgan kishi ko‘ziga aslida g‘arib va 98 99 fayzsiz bo‘lgan tirikchiligi nihoyatda xunuk ko‘rinishi tabiiy ekan- ligini anglashga, ziyrak torttirishga, ogohlantirishga undaydigan: «Shoikrom oilasida ro‘zg‘orning bu qadar fayzsizligi sababi ni- madan deb o‘ylaysiz?» tarzidagi savol o‘rtaga tashlanadi. Aslida, ro‘zg‘or jihozlarining Shoikrom ko‘ziga bu qadar sovuq ko‘rinishi sabablari alohida tasvirlanmagan bo‘lsada, detallar ana shu fayz- sizlik sabablariga ishora qiladi. O‘quvchilar ro‘zg‘orning bunday tarovatsizligiga Shoikromning xotini yoki o‘zini aybdor deb qa- rashlari yohud buning sabablarini boshqa bir qator jihatlar bilan izohlashlari mumkin. Muhimi, ular hikoya personajlariga befarq bo‘lmasalar, o‘zgalar tashvishini chekib, oqibatning sabablarini payqashga urinsalar bas. Hikoya qahramonining o‘yga botganligi, uning ruhiy holatida- gi notinchlik bilan tabiatdagi holat – ikki bezovtalikning sabablarini topishga urinish zarur: «Nima deb o‘ylaysiz, Shoikromning holati bilan tabiatdagi bezovtalik o‘rtasida qanday mutanosiblik bo‘lishi mumkin?» Qahramonlar haqida o‘ylash, mulohaza yuritish, ular- ning kundalik hayoti, kechinmalar, xatti-harakatlarini taftish qila borish, baholash o‘quvchilarni ham aqlan, ham ruhan faollashti- radi. Adabiyot o‘qituvchisi o‘quv tahlili bilan asardagi voqealarni qayta hikoyalashni almashtirib qo‘ymasligi, ya’ni o‘quvchilarning hikoya mazmunini shunchaki aytib berishlariga yo‘l qo‘ymasligi kerak. Hikoyaning jiddiy tahlili o‘quvchilarni hayotning nechog‘lik murakkab ekanligiga, odam va uning amallari to‘g‘risida har qan- day holatda ham to‘g‘ri bo‘laveradigan fikr aytish mumkin emasli- giga imon keltirishga majbur qiladi. Asardagi Xadicha obrazining tabiatini baholash uchun o‘quvchilar uning beshikda yotgan bo- lasiga, eriga, qaynonasiga munosabatini, ro‘zg‘or tutumi tarzini atroflicha o‘rganishlari lozim bo‘ladi. O‘shanda ham jizzaki, ayni vaqtda, eri va farzandlariga mehribon, tinib-tinchimas, ammo baxti qaro, yoqimsizroq bu ayolning yaxshi yoki yomonligi to‘g‘risida hukm tarzidagi qat’iy xulosani aytish mushkul: «Sizningcha, Hadi- cha qanday ayol? Uning eriga, bolalariga bo‘lgan munosabatiga e’tibor qiling. Uning jizzakiligi sabablari haqida o‘ylab ko‘ring». Og‘ir turmush, yo‘qchilik har bir odam uchun sinov, ba’zilar uchun esa, to‘qchilik va farovonlik ham o‘ziga xos sinov. Hamma ham bu sinovlardan birday o‘tavermaydi. Odamga xos asl fazilatlar ana shunday vaziyatlarda o‘zini ko‘rsatadi. 99 Shoikrom timsoli – Xadichadan-da murakkab. U – tabiatan fikr kishisi, mulohazali odam. Tasvirning umumiy maromi u haqda shu taxlit xulosa chiqarishga olib keladi. O‘n kundan beri ukasining holidan xabar olmagani, uning og‘ziga bir kosa sut tutolmagani- dan eziladi, o‘zidan nafratlanadi, ayni vaqtda, onasidan ovqatni qizg‘angan xotinini ham tushunishga harakat qiladi. Bu haqdagi fikrlarini yorilib birovga bildira olmaydi. U qahri qattiq ham, mehr- siz ham emas. Lekin ruhiyati ustunlari imonning talablaridan emas, sharoit imkoniyatlaridan tiklanganligi uchun ham omonat: «Nima deb o‘ylaysiz, nega Shoikrom xayoliga o‘g‘ridan q asos olish fikri kelganida vujudi titrab ketsa-da, ahdidan qaytmadi? Razolatga qar- shi qabohat bilan kurashib bo‘lmasligini tan olgisi kelmaganining sabablari haqida o‘ylab ko‘ring». Odamzot, umuman yovuzlikka, yomonlikka qarshi qat’iy qanoat shakllantirmay turib ezgulikning xizmatida bo‘lolmaydi. Shuning uchun ham mehribon o‘g‘il, riso- ladagiday ota bo‘lgan yigit o‘zi bilmagani, istamagani, xayoliga ham keltirmagani holda qotilga aylandi. Yana o‘z onasining qoti- liga... O‘quvchilar bu qadar murakkablik qarshisida qanchalar ko‘p o‘yga tolsalar, shuncha yaxshi. Chunki ularda shu tariqa hayotiy qarash, nuqtai nazar shakllanadi. Asardagi ona timsoli tahlil qilinayotganda o‘quvchilar Umri xola katta o‘g‘lininig oldiga chiqqani sababini, uning: «Payshan- Download 1.72 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling