Mirzo ulug‘bek nomidagi o‘zbekiston milliy universitetining jzzax filiyali
Download 40.5 Kb.
|
Ovoz chiqarib mulohaza yuritish metodi va masalalarni yechish jarayoni tahlili
- Bu sahifa navigatsiya:
- JIZZAX 2023 Ovoz chiqarib mulohaza yuritish metodi va masalalarni yechish jarayoni tahlili Reja
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY TA’LIM, FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI MIRZO ULUG‘BEK NOMIDAGI O‘ZBEKISTON MILLIY UNIVERSITETINING JZZAX FILIYALI "____________________________________" fakulteti "_________________________________" yo‘nalishi _______________________________________________________ fanidan MUSTAQIL ISH Mavzu:____________________________________________________________ __________________________________________________________________ BAJARDI_______ guruh talabasi _________________ QABUL QILDI ___________________ JIZZAX 2023 Ovoz chiqarib mulohaza yuritish metodi va masalalarni yechish jarayoni tahlili Reja Vyursburg maktabi. O`z-o`zini kuzatish. O`z-o`zini kuzatishda kamchiliklari. Geshtaltpsixologiya, ovoz chiqarib muloxaza yuritish metodi. Fikrlash jarayoni eksteriorizatsiyasi. De Grot tadqiqotlari. Ovoz chiqarib mulohaza yuritish metodining kamchiliklari. L.Ansiferova, T.Meleshko, L. Sekey tadqiqotlari. XX asrning boshlarida O.Kyulpe raxbarligida bir gurux nemis psixologlari Bavariya xududida joylashgan Vyursburg universitetida oliy psixik jarayonlarni (tafakkur va iroda) tadqiq qilish bilan shug‘ullanganlar. Ular keng ko‘lamda laboratoriya tajribalarini olib borganlar va bu tajribalarda o‘z o‘zni kuzatish ya’ni tintrospeksiya metodini ko‘llab kelganlar. Bu tajribalarda sinaluvchilar o‘z xolatlarini dinamikasini berilgan yo‘riqnoma asosida bosqichma bosqich yaxshilab kuzatib borishlari kerak bo‘ladi. Vyursburg psixologiya maktabi vakillaridan: K.Marbe, N.Ax, K.Byuler, ingiliz psixologi G.Uatt, belgiya psixologi A.Mishott ko‘rsatish mumkin. Vyursburg psixologiya maktabi eksperimental psixologiyaga yangi tadqiqot predmeti sifatida intellektual xarakterdagi masalalarni echish jarayonini olib kirgan(mantiqiy masalalar, aqliy xarakatlarni talab qiladigan savollaga javob berish va x.k. )Tafakkur jarayonlari faqat mantiq qoidalari yoki assotsiatsiyalarni xosil bo‘lishi bilan cheklnmaydigan jarayon ekanligi aniqlangan. Tafakkurni o‘ziga xosligi shundaki sinaluvchi qabul qilgan masalaga muvofiq xolda assotsiatsiyalarni saralaydi. Tafakkurni tashkiliy komponenti sifatida ustanoka qabul qilingan va Vyursburg psixologiya maktabi ayrim vakillari uni ong ustanovkasi deb ko‘rsatganlar, ayrimlari esa anglanmagan ustanovka deb xisoblaganlar. Vyursburg psixologiya maktabi vakillari tafakkurda xissiy komponentlardan tashqari ma’no va mazmunlar mavjud degan shunday xulosaga keladilar. Vyursburg psixologiya maktabi Vyursburg psixologiya maktabi spetsifikasi psixologiyaga obrazsiz tafakkur tushunchasini olib kirishidadir. Tafakkur ularning fikricha bu operatsiyalar almashinuvidir, ayrim xolatlarda bu jarayon affektiv zo‘riqish bilan kechishi e’tirof etilgan. Vyursburg psixologiya maktabi vakillarini yutug‘i tafakkur boshqa bilish jarayonlaridan sifat jixatdan farqlanishi muammosini ko‘yganliklaridir, ammo tafakkurda amaliy faoliyat va nutqning rolini inkor qilinishi bu yo‘nalishning kamchiligidir. Vyursburg psixologiya maktabi ko‘llab kelgan introspeksiya metodini tanqid qilinishi umuman introspekti yo‘nalishining inqiroziga olib keldi. Layosh Sekey vengriya psixologi ijodiy tafakkur bo‘yicha olib borgan tajribalari bilan nixoyatda mashxurdir, u o‘z tadqiqotlarida ijodiy tafakkurni ong osti tizimi bilan bog‘liq qomponentlarini taxlil qilgan va muammrni qayta ishlash jarayonida kuzatiladigan “Ijodiy pauza” tushunchasini taxlil qilgan va uni ilmiy manbaaalarga kiritgan, bu muammoni echish davomida xech qanday echim ko‘rinmayotganga o‘xshagan xolat yuzaga kelsada ichki ong osti tizimida izlanish davom etayotgan xolatdir, va echim manashu pauzadan so‘ng paydo bo‘ladi. Mashxur tarozi bilan bog‘liq tajribalar L.Sekeyga tegishlidir. Bu tajribalarda Tarozini pallalari tenglashtirilgan bo‘lib xar ikki pallalada turli predmetlar qo‘yilgan bo‘ladi va sinaluvchiga bir muddatdan so‘ng biror predmetni olmasdan va qo‘shmasdan tarozini muvozanatdan chiqarish kerakligi aytiladi. (Masalan bir pallada: tosh kitob, o‘yichoq, pichoq ikkinchisida: sovun, qaychi, sham, bloknot kabi predmetlar ko‘yilgan) Mazkur tajribalarda tarozining bir pallasida boshqa predmetlar qatorida sham borlini ko‘rib uni yoqish orqali tarozini muvozanatdan chiqarish mumkinligi masalani to‘g‘ri echimi xisoblanadi. L.Sekey o‘z tadqiqotlarida tafakkurni kuyidagi komponentlarini tadqiq qilgan: 1)Tafakkur mazmuni. 2) tafakkur fazalari. 3) tafakkur mexanizmlari. 4) Tafakkurni tashkil qilish darajalari. L.Sekeyning yana bir yo‘nalishda tadqiqotlari mshxur bu ijodiy tafakkurda ong osti tizimini bir shakli bo‘lgan tushlarni o‘rganishdir. U o‘z davrining mashxur injener konstruktori bo‘lgan janob Tetaning tushlarni o‘rgangan, bu shaxs ko‘pgina kashfiyotlarni tushlarida ko‘rganidan so‘ng ularni amaliy faoliyatda amalga oshirgan. Download 40.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling