Keys bayoni
Download 29.5 Kb.
|
psixologiya Keys
- Bu sahifa navigatsiya:
- Keysni bajarish bosqchilari va topshiriqlar
Keys KEYS BAYONI: Temur umumo’rta ta’lim maktabning 9-sinfini tamomladi. U esa qanday kasb-hunar bo’yicha bilim olish bo’yicha aniq tasavvurga ega emas. Shu sababli uning ota-onasi farzandining nimaga qobiliyatli ekanligidan xavotirda. Ota-ona bu holatdan chiqish uchun qaysi mutaxassisga murojaat qilish haqida o’ylab qolishdi va psixolog maslahatiga murojaat qilishdi. Psixolog ota-onaning murojaatlarini hal qilishda qanday xolisona yondashuvni amalga oshirishiga to’g’ri keladi. Keysni bajarish bosqchilari va topshiriqlar: • Keysdagi muammoni keltirib chiqargan asosiy sabablarni belgilang (individual va kichik guruhda). • Temurning kasb-tanlashga qiziqishi va qobiliyatlarini aniqlash bo’yicha individual yechimingizni taqdim eting. YECHIM: Keysdagi muammoni keltirib chiqargan asosiy sabablardan biri bu maktab psixologi, masul shaxslar va ota-onalar tomonidan bitiruvchi o'quvchilar bilan suhbatlar olib borilmaganligi, o'quvchilarga kasblar haqida ma'lumotlar berilmaganligi, o'quvchilarning qiziqishi va qobiliyatlarini aniqlash uchun maxsus metodikalar o'tkazilmaganligi hisoblanadi. Temurning kasb tanlashiga qiziqishi va qobilyatini aniqlash uchun avvalambor u bilan alohida suhbat tashkil etish zarur. Unga kasblar haqida ma'lumotlar berish va qiziqishlarini so'rash darkor. Hamda maxsus metodikalar masalan: Klimovning "Differensial diagnostik so'rovnomasi", Ayzenkning "Qobilyatlarni aniqlash" metodikasi, "Qiziqishlar xaritasi" metodikasi, "Holland" metodikalari yordamida Temurning kasbiy qiziqishlari, qobiliyatlari aniqlanishi kerak. So'ngra qiziqish va qobiliyatlarini umumlashtirgan holda unga yo'llanma berish zarur. Download 29.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling