3-laboratoriya mashg‘uloti: Kasbiy motivasiyani aniqlash metodikasi. Maqsad


Download 35.46 Kb.
bet1/2
Sana30.04.2023
Hajmi35.46 Kb.
#1412900
  1   2
Bog'liq
3-labaratoriya(kasbiy motivat) (3)


3-laboratoriya mashg‘uloti: Kasbiy motivasiyani aniqlash metodikasi.
Maqsad: o‘quvchilarning kasbiy qiziqishlari, qobiliyatlarini aniqlashga mo‘ljallangan bo‘lib, maktab psixologining kasbiy proforiyentasion yo‘nalishda ko‘nikma va malakalarini shakllantirishga qaratilgan.
Mashg‘ulotning borishi: Kabiy motivasiya (moyillik) kasb tanlashga sabab bo‘ladigan aniq rag‘batlantiruvchi harakatdir.
Kasb egallash istagi o‘quvchilarda atrof- muhit omillari va maktabda o‘tkaziladigan kasb-hunarga yo‘naltiruvchi ishlar orqali shakllanadi. Kasbiy motivasiya o‘zgaruvchan uning shakllanishi uzluksiz jarayon bo‘lib, ob’yektiv va sub’yektiv omillar ta’sirida boradi. Shuning natijasida kasbiy motivasiyani ilk bosqichlarida aniqlash zarurat bo‘lsa, ularni to‘g‘rilash maqsadga muvofiqdir. Kasbiy motivasiyani guruhlarda va alohida o‘rganish mumkin.
O‘smirlarga javoblar uchun qog‘oz tarqatiladi, qo‘llanma o‘qiladi, savolnoma tasdiq gaplardan iborat har bittasi 3 ta har xil ma’noli gap bilan tugallangan. 3 vapiant javobdan faqat bitta to‘g‘ri kelgan javobni topib javoblar varag‘iga belgilash lozim. Diqqat qiling, har bitta tasdiq uchun 1 ta javob belgilangan bo‘lishi kerak.
Javob berganingizda, yodingizda bo‘lsin, aniq javobdan ko‘ra ballarning jami muhimroq.
CABOLHOMA
1.
a) Menga mehnatim zoye ketmaydigan ishni qilish yoqadi.
b) Menga oldimga qo‘yilgan maqsadlarimga erishish uchun yangi bilim olish yoqadi;
v) Menga hamma ishlarni iloji boricha yaxshi bajarish yoqadi, chunki bu hayotimda asqotadi;
2.
a) O‘ylanmanki, berilgan topshiriqlarni iloji boricha yaxshi bajarish kerak, chunki bu hayotimda asqotadi;
b) O‘ylanmanki, qilgan ishlaring bilan atrofdagilarga yaxshilik keltirish kerak, chunki ulardan ham shu qaytadi;
v) Qanday qilib bo‘lsa ham, qo‘yilgan maqsadlarga erishish lozim deb o‘ylayman;
3.
a) Kelajak hayotim ychun yangi bilim olishni yaxshi ko‘raman;
b) Har qanday ishni yaxshi bajarishni yaxshi ko‘raman, agarda uni birontasi baholasa;
v) Har qanday ishni, yaxshi qilishni yoqtiraman, chunki bundan atrofdagilar xursand bo‘ladi;
4.
a) Hayotda hamma vaqt maqsad sari intilishni yaxshi ko‘raman;
b) Hayotda hamma narsada kuch sinab ko‘rish kerak deb hisoblayman;
v) Hayotda muhimi — doim yangi bilimlarga intilish deb hisoblayman.
5.
a) Har qanday ishni men yaxshi bajara olganday his qilsam ko‘nglim ko‘tariladi;
b) Mening mehnatim atrofdagilarga foyda keltirsa ko‘nglim ko‘tariladi, chunki bu har qanday ishda muhim;
v) Ishlash doim yoqimli bo‘lganligi uchun, har qanday ishni bajarishdan ko‘nglim ko‘tariladi;
6.
a) Yangi bilim olish jarayoni meni jalb etadi;
b) Qo‘limdan kelgan barcha ishni bajarishni yoqtiraman;
v) Atrofdagilarga foyda keltiradigan ish jarayoni meni jalb etadi;
7.
a) Har qanday muhim va mas’ul ish qiziqarli bo‘lishiga ishonchim komil;
b) Har qanday ish qiziqarli bo‘lishiga ishonchim komil, agarda u menga foyda keltiradigan bo‘lsa;
v) Har qanday ish qiziqarli bo‘lishiga ishonchim komil, agar uni ustalik bilan bajara olsam;
8.
a) Menra o‘z ishimning ustasi bo‘lish yoqadi;
b) Menga biror ishni kattalarning yordamisiz bajarish yoqadi;
v) Menra doim yangi narsa o‘rganish yoqadi;
9.
a) O‘qish menga qiziqarli;
b) Atrofdagilarga seziladigan ishlarni qilish menga qiziqarli;
v) Menga mehnat qilish qiziqarli;
10. a) O‘ylaymanki, bajargan ishlarimning natijalari atrofdagilarga sezilsa yaxshi bo‘lardi;
b) O‘ylaymanki, har qanday ishda muhimi natijadir;
v) O‘ylaymanki, hohlagan ishlarni mustaqil qilish uchun tezroq kerakli bilimlarni olish lozim;
11.
a) Men faqat o‘zimga yoqadigan ishlar bilan shug‘ullanishni hoxlar edim;
b) Men har qanday ishni qo‘limdan kelganicha yaxshi bajarishni hohlayman, chunki shu yo‘l bilan haqiqatdan ham yaxshi qilsa bo‘ladi;
v) Mening ishim atrofdagilarga foyda keltirishini hohlayman, chunki bu mening kelajak hayotimda yordam beradi;
12.
a) Ko‘pchilikning qo‘lidan kelmaydigan ishni qoyilmaqom qilib qo‘yish men uchun qiziqarli;
b) Avval qilolmaydigan ishimni o‘rganish men uchun qiziqarli;
v) O‘ziga diqqatni jalb etadigan ishlarni bajarish men uchun qiziqarli,
13.
a) Men hamma qadrlaydigan ishni bajarishni yaxshi ko‘raman;
b) Menga halaqit berishmasa, barcha ishlarni bajarishni yaxshi ko‘raman;
v) Qiladigan ishim borligini yaxshi ko‘raman;
14.
a) Men turli ishlarni bajarishni hohlayman, chunki menga natijalari qiziqarli;
b) Men foyda keltiradigan ishni bajarishni hohlayman;
v) Menga yoqadigan ishni bajarishni hoxlayman;
15.
a) Har qanday ishda eng qizig‘i uning bajarilish jarayoni deb hisablayman;
b) Har qanday ishda eng qizig‘i uning natijasi deb hisoblayman,
v) Har qanday ishda eng qizig‘i, boshqa odamlarga uning qanchalik muhimligi deb hisoblayman;
16.
a) Menga kelajakda kerak bo‘ladigan barcha narsalarni o‘rganish yoqadi;
b) Menga kerak 6o‘lsa, bo‘lmasa yangi bilimlar olish yoqadi;
v) Menga o‘qish jarayonining o‘zi yoqadi;
17.
a) Meni o‘qishdan so‘ng ochiladigan manzara qiziqtiradi;,
b) Meni o‘qishdan so‘ng kerakli odam bo‘lishim qiziqtiradi;
v) O‘qishning menga foydaliligi qiziqtiradi;

18.
a) O‘rgangan narsam menga doim kerak bo‘lishiga ishonchim komil;


b) Menga o‘qish doim yoqishiga ishonchim komil;
v) O‘qishdan so‘ng kerakli odam bo‘lishimga ishonchim komil;
19.
a) Ishimning natijasi atrofdagilarga ko‘rinishi menga yoqadi,
b) O‘z ishimni ustalik bilan bajarish menga yoqadi;
v) O‘z ishimni boshqalar bajara olmaydigan darajada yaxshi bajarish menga yoqadi;
20.
a) Topshirilgan vazifani sifatli bajarish men uchun qiziqarlidir;
b) Atrofdagilar sezadigan ishni bajarish men uchun qiziqarlidir;
v) Ishxonada nima bilan bandligimni hamma bilishi men uchun qiziqarlidir.

Download 35.46 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling