Mavzu: Agrar munosabatlar va agrobiznes


Download 97.43 Kb.
Sana20.06.2023
Hajmi97.43 Kb.
#1627138
Bog'liq
Iqtis.naz


Toshkent Amaliy Fanlar Universiteti
Mavzu:
Agrar munosabatlar va agrobiznes
Tayorladi: Ostanaqulov Hasan
Reja:
1.Agrar munosabatlarning mohiyati va mazmuni.
2.Renta va renta turlari.
3.Agrosanoat, integratsiya va agrobiznes.
4.O`zbekistonda agrar islohotlarni amalga oshirishning.
1.Agrar munosabatlarning mohiyati va mazmuni.
1. Agrar munosabatlarning mohiyati nimadan iborat? 2.Agrar soha xalq xo`jaligida qan-day o`rin tutadi? 3. Agrar sohaning asosiy ishlab chi-qarish vositalariga mulkchilikning qan-day ahamiyatli jihatlari bor?
Agrar munosabatlar – bu qishloq xo’jaligi mahsulotlarini:
  • ishlab chiqarish,
  • qayta ishlash,
  • sotish va qishloq xo’jaligi vosita-larini ishlab chiqarish bilan bog’liq bo’lgan turli-tuman subyektlar o’rtasidagi munosabatlardir.

Agrar munosabatlar – bu qishloq xo’jaligi sub- yektlari o’rtasidagi o’zaro munosabatlarning keng doirasidir. Ayniqsa,mehnatda band aho-lining sezilarli darajada katta qismi qishloq xo’jaligida band bo’lgan mamlakatlar uchun agrar munosabatlar alohida ahamiyat kasb etadi. Jumladan, bugungi kunda mamlakati-mizda iqtisodiyot sohalarida band bo’lgan aholining uchdan bir qismi qishloq xo’jaligi sohasida mehnat qilmoqda.
Ya`ni, agrar munosabatlar deganda biz, qishloq xo`jalik ekinlarini ekish, yetishtirish, ishlov berish, yig’ib-terib olish, xom ashyo mahsulotlarini qayta ishlash, qishloq xo`jalik oziq-ovqat mahsulotlarini sotish, ayribosh-lash, daromadni taqsimlash bilan bog’liq ag-rosanoat majmui jarayonida subyektlar hisob-langan yuridik va jismoniy shaxslarning ijti-moiy-iqtisodiy, madaniy-ma‟rifiy va tashkiliy-texnikaviy jabhalardagi faoliyatni tushunamiz.
2.Renta va renta turlari.
Agrar munosabatlarining asosini – renta munosabatlari tashkil qiladi. Renta nazariyasi dastlab fiziokratlar maktabining asoschilari F. Kene va A. Tyu`rgolarning ilmiy asarlarida ko`rib chiqilgan.
Fransua Kene Ann T`yugro
Ular rentaning vujudga kelish sababini tabiat, yerning qandaydir sirli kuchi, tabiat ehsoni, yerning qo`shimcha mahsulot yara- ta olish qobiliyati natijasi orqali izohlagan- lar. Ular qishloq xo`jalik mahsulotlarini ya- ratishda, jumladan, sof va qo`shimcha mah-
sulot yaratishda tabiat rolini ko`rsatishga harakat qilganlar.
Yer rentasi yer ekanligini iqtisodiy jihat-dan amalga oshirish (realizatsiya qilish)ning shaklidir.
Yer rentasining bir qancha tarixiy ko`rinish- lari mavjud. Masalan, uch shakldagi:
  • barshchina (ishlab berish),
  • obrok (natural soliq) va
  • pul solig`i shakllardagi feodal rentalari shular jumlasidandir.

Hozirgi paytda turli mamlakatlarda mavjud renta vujudga kelish sabablari va shart-sharoitlariga qarab quyidagi turlarga bo`linadi, ya`ni, ажратилади: 
1)Mutloq (absolyut) yer rentasi,
2)Differintsial (tabaqalashgan) renta I- va II-, 3)Monopol renta: qazilma boyliklar, quri-lishlar joylashgan yerlardan olinadigan renta.
3.Agrosanoat, integratsiya va agrobiznes.
Agrosanoat integratsiyasi – qishloq xo`jaligi bilan unga xizmat qiluvchi va mahsulotni iste`molchiga yetkazib beruvchi tutash sa- noat tarmoqlari o`rtasida ishlab chiqarish alo-qalarining rivojlanishi hamda ularning uzviy birikish jarayonidir.
Agrosanoat majmuasi (ASM) – bu qishloq xo`jalik mahsulotlari yetishtirish, uni saqlash, qayta ishlash va iste`molchiga yetkazib
berish bilan shug`ullanuvchi iqtisodiyot tarmoqlaridir.
ASM to`rtta sohani o`z ichiga oladi:
Birinchi soha - qishloq xo`jaligiga ishlab chi-qarish vositalari yetkazib beradigan sano- at tarmoqlari, shuningdek, qishloq xo`jaligi ishlab chiqarishiga texnika xizmati ko`rsa- tish bilan band bo`lgan tarmoqlar;
Ikkinchi soha – qishloq xo`jaligining o`zi;
Uchinchi soha – qishloq xo`jaligi mahsulot- larini iste`molchiga yetkazib berishni ta`min- laydigan tarmoqlar (tayyorlash, qayta ishlash, saqlash, tashish, sotish);
To`rtinchi soha - odamlar hayoti va faoliyati- ning umumiy sharoitlarini ta`minlaydigan in- fatuzilma (yo`l-transport xo`jaligi, aloqa, mod- diy-texnika xizmati, mahsulotni saqlash tizi- mi, ommabop va tara xo`jaligi)dan iborat.
Tadbirkorlik faoliyatiningг qishloq xo`jalik sohalaridagi shakli agrobiznes  ko`rinishida namoyon bo`ladi.
Agrobiznes faoliyatining maqsadi iste`mol bozorini yetarli miqdorda sifatli qishloq xo`- lik mahsulotlari, sanoatni esa xom ashyo bi- lan uzluksiz ta`minlash orqali foyda ko`rish- dan iborat.
Agrobiznesning asosiy shakli va birlamchi bo`g`ini fermer va dehqon xo`jaliklaridir.  
Chunki, ular bevosita qishloq xo`jaligi mah- sulotlarini ishlab chiqaradi. 
4.O`zbekistonda agrar islohotlarni amalga oshirishning asosiy yo`nalishlari.
Respublikamizda islohotlarni amalga oshi- rishning dastlabki bosqichlaridayoq, Preziden- timiz Islom Karimov fermer xo`jaliklari, qishloq xo`jalik ishlab chiqarishini tashkil etishning asosi sifatida faoliyat ko`rsatishi lozimligini
ta`kidlab o`tgan qdi. Shu sababli respublika- mizda qishloq xo`jaligini fermerlashtirish ag- rar islohotlarning tarkibiy qismi hisoblanadi.
Respublikamizda fermer va dehqon xo`- liklarini tashkil qilish, rivojlantirish va ular fa-oliyatini tartibga solish O`zbekiston Respublikasining «Fermer xo`jaligi to`g`risida» gi, «Dehqon xo`jaligi to`g`risida»gi, «Qishloq xo`jaligi kooperativi (shirkat xo`jaligi) to`g`risi-da»gi qonunlarga hamda qishloq xo`jaligida
islohotlarni chuqurlashtirishga qaratilgan bosh-qa huquqiy bitimlarga va hukumat qarorlariga asoslanadi.
Respublikada fermer xo`jaliklari samarali ishlashi uchun zarur xizmat ko`rsatuvchi in-fratuzilma – agrofirmalar, mashina-traktor park-lari, ta`mirlash ustaxonalari, tayyorlov punkt-lari, qishloq xo`jaligi mahsulotlarini qayta ishlovchi kichik korxonalar tizimi shakllandi.
Download 97.43 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling