Alisher navoiy nomidagi toshkent davlat


Download 1.72 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/124
Sana16.09.2023
Hajmi1.72 Mb.
#1679311
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   124
Bog'liq
adabiyot o\'qitish metodikasi q husanboyeva , r niyozmetoa 2

Savol va topshiriqlar:
1. Adabiyot o‘qitish metodikasi fan sifatida ilmning alohi-
da turi bo‘lish uchun qo‘yiladigan talablarga javob bera olishini 
bildingiz va bu talablar bilan tanishdingiz. Aytingchi, ularni qan-
day tushundingiz? Anglaganlaringizni o‘z so‘zlaringiz bilan, mi-
sollar keltirgan holda ifodalab bering.
2. Adabiyot o‘qitish metodikasi fanining adabiyotshunoslik va 
pedagogika fanlaridan farqli jihatlarini bir asar misolida sharhlab 
bering. 
3. Mazkur fanning predmetini qayta o‘qing. Undagi:
«Badiiy ada biyotning o‘qitilishiga doir didaktik ashyolar va 
qonuniyatlar»ni qanday tushundingiz? Fikringizni asoslang.
4. «Adabiyot o‘qitish metodikasi» fanining maqsadiga e’tibor 
qiling:
«...bo‘lajak o‘qituvchining kasbiy kompetentliligi» deganda 
nimalarni angladingiz? «Umumiy pedagogika» kursidan olgan bi-
limlaringizga tayanib javob bering. Bu gap sizga qanchalik daxldor 
deb o‘ylaysiz?
5. Adabiyot o‘qitish uchun:
«Yoshlar ma’naviyatini qaror toptirishda badiiy asarning 
ta’sir kuchidan oqilona va samarali foydalanish»ning ahamiyatini 
qanday tushundingiz? Ushbu fanning zimmasiga ortilgan vazifalar-
ga e’tibor qiling: «...badiiy asar tahlilida o‘quvchi ma’naviyatiga 
ijobiy ta’sir ko‘rsatadigan jihatlar», Sizningcha, nimalardan iborat 
bo‘lishi mumkin? Fikringizni bir asar misolida asoslashga urinib 
ko‘ring. 
6. Adabiyot darslarida badiiy bitiklardan: «...maqsadga muvo-
fiq tarzda foydalana bilish», Sizningcha nimani anglatadi? Qanday 
maqsad nazarda tutilayotgani haqida o‘ylab ko‘ring. 
7. «Adabiyot o‘qitish metodikasi» fanining mazmunida aks etgan:
«...matn bilan ishlash jarayonida o‘qituvchi va o‘quvchi faoli-
yatini tashkil etish» masalasini qanday angladingiz? Bu faoliyat-
ning bir qismi bevosita Sizga daxldor ekaniga diqqat qilgan holda 
«subyekt-obyekt» va «subyekt-subyekt» munosabatlarini peda-
gogik bilimlaringiz asosida sharhlang. 
8. Talabaga, ya’ni Siz – bo‘lajak o‘qituvchiga qo‘yilayotgan 
talablarga diqqat qiling. Ular orasida sizning qo‘lingizdan kelmay-
diganlari bormi? O‘zingizda ularning barchasini egallashga moyil-
likni his qilyapsizmi? Aks holda nima qilish kerak deb o‘ylaysiz?


11

Download 1.72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   124




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling