Alisher navoiy nomidagi toshkent davlat


Download 1.72 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/124
Sana16.09.2023
Hajmi1.72 Mb.
#1679311
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   124
Bog'liq
adabiyot o\'qitish metodikasi q husanboyeva , r niyozmetoa 2

yot darslari, deya ko‘rsatish mumkin
Mazkur fanning predmeti esa uzluksiz ta’lim tizimida badiiy 
adabiyotning o‘qitilishiga doir didaktik ashyolar va qonuniyatlar 
hamda badiiy asarni o‘rganishda o‘qituvchi-o‘quvchi munosa-
batlaridagi hamkorlik jarayonidir.
«Adabiyot o‘qitish metodikasi» fanining maqsadi bo‘lajak 
o‘qituvchining kasbiy kompetentliligini shakllantirish, ularga 
yoshlar ma’naviyatini qaror toptirishda badiiy asarning ta’sir 
kuchidan oqilona va samarali foydalanish yo‘llarini o‘rgatishdan 
iborat.
Adabiyot o‘qitish metodikasi fani adabiyot darslarining ta’lim 
muassasalarida o‘rganiladigan boshqa o‘quv fanlaridan farqini 
ko‘rsatish; adabiy ta’limdagi an’anaviy va novatorlik yondashuvga 
xos jihatlarni o‘rganish; pedagoglarda adabiy ta’lim uchun optimal 
variantlarni belgilashda zarur bo‘ladigan ko‘nikmalarni shakllan-
tirish; adabiyot darslarida o‘qituvchi va o‘quvchi faoliyati hamda 
ularning o‘zaro munosabatidagi o‘ziga xosliklar bilan tanishtirish 
singari vazifalarni o‘z ichiga oladi. Shundan kelib chiqiladigan 
bo‘lsa, «Adabiyot o‘qitish metodikasi» fanining vazifalari o‘qitish 
jarayonida ta’limning samarali metod va usullaridan foydalanish 
yo‘llarini o‘rgatish, badiiy asar tahlilida o‘quvchi ma’naviyatiga 
ijobiy ta’sir ko‘rsatadigan jihatlarni ochish hamda undan 
maqsadga muvofiq tarzda foydalana bilishga yo‘naltirishdan ibo-
rat.
«Adabiyot o‘qitish metodikasi» fanining mazmuni ta’lim 
metodlari, usullari, shakllari va ularning o‘ziga xos xususiyat-
lari, badiiy asar bilan bog‘liq nazariy va didaktik tushunchalar
adabiy matn bilan ishlash jarayonida o‘qituvchi va o‘quvchi 

Download 1.72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   124




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling