Alisher navoiy nomidagi toshkent davlat
Download 0.77 Mb.
|
УМК Менглиев
Жами соат Мустақил ўзлаштириладиган мавзулар бўйича талабалар томонидан рефератлар тайёрланади ва уни тақдимоти ташкил қилинади. 6. Фан бўйича талабалар билимини баҳолаш ва назорат қилиш меъзонлари
7. Асосий ва қўшимча ўқув адабиётлар ҳамда ахборот манбалари Асосий адабиётлар 1. Жамолхонов Ҳ. Ҳозирги ўзбек адабий тили. Олий ўқув юртлари учун дарслик. – Тошкент: ЎзМЭ, 2013. 2. Сайфуллаева Р., Менглиев Б., Боқиева Г. ва б. Ҳозирги ўзбек адабий тили. Ўқув қўлланма. – Тошкент: Фан ва технологиялар, 2009. 3. Сайфуллаева Р., Менглиев Б., Боқиева Г. ва б. Ҳозирги ўзбек адабий тили. Дарслик. – Тошкент: Фан ва технологиялар, 2010. 4. Раҳимов С., Умурқулов Б. Ҳозирги ўзбек адабий тили. Дарслик. – Тошкент: Ўқитувчи, 2003.
Мирзиёв Ш.М. Танқидий таҳлил, қатъий тартиб-интизом ва шахсий жавобгарлик – ҳар бир раҳбар фаолиятининг кундалик қоидаси бўлиши керак. Ўзбекистон Республикаси Вазирлар Маҳкамасининг 2016 йил якунлари ва 2017 йил истиқболларига бағишланган мажлисидаги Ўзбекистон Республикаси Президентининг нутқи. // Халқ сўзи газетаси. 2017 йил 16 январь, №11. Миртожиев М. Ўзбек тили семасиолигияси. – Тошкент: Фан, 2007. Миртожиев М. Ўзбек тили фонетикаси. – Тошкент: Фан, 2014. Неъматов Ҳ., Бозоров О. Тил ва нутқ. −Тошкент: Ўқитувчи, 1993. Неъматов Ҳ., Расулов Р. Ўзбек тили систем лексикологияси асослари. – Тошкент: Ўқитувчи, 1995. Нурмонов А. Лингвистик белги назарияси. – Тошкент: Фан, 2008. Нурмонов А. Лингвистик белги назарияси. – Тошкент: Фан, 2008. Сайфуллаева Р., Менглиев Б, Боқиева Г. ва б. Ҳозирги ўзбек адабий тили. – Тошкент: Фан ва технологиялар, 2010. – Б. 49. Сафаров Ш. Семантика. – Тошкент: “Ўзбекистон Миллий энциклопедияси” Давлат илмий нашриёти, 2013. Сhomsky N. Language and mind. –Cambridje: Cambridje Univ. Press. 2006. Wilkinson P.R. Thesaurus of Traditional English Metaphors. -London, New York: Routledge, 1992. Интернет сайтлари 1. http://www.ziyo.net 2. http://www.thinsan.com 3.http://www.literature.uz 4. http://www. genhis philol.ru. 5. http://en.wikipedia.org/wiki/Structuralism. 6. http://www.brocku.ca/english/courses/4F70/struct.html. MORFEMIKA-MORFOLOGIYA FANIDAN JORIY NAZORAT SAVOLLARI Grammatika atamasiga ta‘rif bering. (tayanch tushunchalar: til, lison, nutq) Grammatikaning tarkibiy qismlari, o’rganish obyekti nimalardan iborat? (tayanch tushunchalar: morfologiya va sintaksis, tilning grammatik qurilishi, tilning grammatik qurilishini o’rganuvchi bo’lim, so’z turkumlari, grammatik shakl, so’z birikmasi va gap) Grammatika va milliy mafkura munosabati nimalardan iborat. (tayanch tushunchalar: til va tafakkur, til va ruh) Zotiy yondashuvda grammatika. Morfologiya va sintaksis munosabati. (tayanch tushunchalar: til sathlari, sathlararo hamkorlik) Morfemika-morfonologiya fanining o’rganish obyekti. (tayanch tushunchalar: so’z turkumlari, grammatik shakl, grammatik kategoriya, umumiy grammatik ma‘no, xususiy grammatik ma‘no, oraliq grammatik ma‘no) Morfemika va uning birligi haqida umumiy ma‘lumot. (tayanch tushunchalar: o’zak, asos, ma’noli qism, morfema, leksema-morfema, yetakchi morfema, ko’makchi morfema, qo’shimcha morfema) Morfemalarning funktsional-semantik tasnifi. (tayanch tushunchalar: derevatsion morfemalar, grammatik morfemalar) Morfemalarning struktural tasnifi. (tayanch tushunchalar: sodda morfemalar, murakkab morfemalar, yaxlitlanish) Morfemalarning shakl va ma‘no munosabatiga ko’ra turlari. (tayanch tushunchalar: morfemik polisemiya, morfemik omonimiya, morfemik sinonimiya, derevatsion sinonimiya, grammatik sinonimiya, morfemik antonimiya) Morfonema haqida. (tayanch tushuncha: fonema variantlari) So’z va bo’g’in tuzilishi. (tayanch tushunchalar: fonetik struktura) So’z va morfema variatsiyalari. (tayanch tushunchalar: agglyutinativ morfemalar, unliliar almashinuvi, undoshlar almashinuvi, fonetik o’zgarishlar) So’z yasalishi tilshunoslikning alohida bo’limi sifatida. (tayanch tushunchalar: derivatsiya, tarixiy va sinxron so’z yasalishi) So’z yasash derivatsion qoliplari. (tayanch tushunchalar: so’z yasash qoliplari, unumli va unumsiz qoliplar, yasama so’z, ixtisoslashish, soddalashish, tublashish, qo’shma so’z.) Nutqiy yasama so’zlarning lisoniy sathga ko’tarilishi. (tayanch tushunchalar: lisoniylashish, leksemalashish, yaxlitlanish, soddalashish). Grammatik ma’no haqida umumiy tushuncha. (tayanch tushunchalar: morfologik vosita, grammatik ma’no, leksik ma’no, uslubiy ma‘no, grammatik shakl, grammatik kategoriya) Grammatik va leksik ma’no munosabati. (tayanch tushunchalar: morfologik vosita, grammatik ma’no, leksik ma’no, uslubiy ma‘no, grammatik shakl, grammatik kategoriya) GM turlari. UGM, OGM, XGM haqida. (tayanch tushunchalar: morfologik vosita, grammatik ma’no, leksik ma’no, uslubiy ma‘no, grammatik shakl, grammatik kategoriya, umumiy grammatik ma’no, xususiy grammatik ma’no, oraliq grammatik ma’no) GM tarkibi. Kategorial, yondosh va hamroh ma’no. (tayanch tushunchalar: grammatik shakl, grammatik ma‘noning yangi talqini, kategorial ma’no, yondosh ma’no va hamroh ma’no) UGMni ochish yo’llari. (tayanch tushunchalar: xususiylik, umumiylik, oraliqlanish, oraliq bosqichlar, nutqiy hosila, xususiylikdan umumiylik yo’nalish, umumiylikdan xususiylikka yo’nalish.) Grammatik ma’no ifodalash usullari. (tayanch tushunchalar: affiksal vositalar, sof nomustaqil va nomustaqil vazifadagi so’zlar, so’z tartibi, takror, ohang, sintaktik qoliplar.) Grammatik shakllarning tuzilishiga ko’ra turlari. (tayanch tushunchalar: sintetik tur, analitik tur, sodda shakl, murakkab shakl.) Grammatik kategoriya. (tayanch tushunchalar: zidlanish, nisbatlanish, grammatik shakl, grammatik, ma‘no, morfologik kategoriya) So’z turkumlari va ularni tasniflash tamoyillari haqida. (tayanch tushunchalar: so’zlarning semantik tasnifi: mustaqil lug’aviy ma’noli so’zlar, nomustaqil lug’aviy ma’noli so’zlar, lug’aviy ma’nosiz so’zlar; so’zlarning morfologik tasnifi: o’zgaruvchi leksemalar, o’zgarmas leksemalar; leksemalarning sintaktik tasnifi: gap bo’lagi bo’lishga xoslanmagan so’zlar, gap bo’lagi bo’lishga xoslangan so’zlar.) So’zlarning semantik tasnifi. (tayanch tushunchalar: mustaqil lug’aviy ma’noli so’zlar, nomustaqil lug’aviy ma’noli so’zlar, lug’aviy ma’nosiz so’zlar) So’zlarning morfologik tasnifi. (tayanch tushunchalar: o’zgaruvchi leksemalar, o’zgarmas leksemalar) Leksemalarning sintaktik tasnifi. (tayanch tushunchalar: gap bo’lagi bo’lishga xoslanmagan so’zlar, gap bo’lagi bo’lishga xoslangan so’zlar.) Fe’l va uning UGMsi. (tayanch tushunchalar: umumiy grammatik ma‘noni ochish, xususiy grammatik ma‘no ma‘no, oraliq grammatik ma‘no, umumiy grammatik ma‘no) Fe’lning asosiy LMGlari. (tayanch tushunchalar: LMGda markaz leksemalar, LMGda qurshov leksemalari, harakat fe’llari, nutq fe’llari , holat fe’llari, natijali faoliyat fe’llari, tafakkur fe’llari, munosabat fe’llari ) Fe’llarda so’zshakllarning turlari. (tayanch tushunchalar: nol shakl, sintetik shakl, sintetik-analitik shakl, takroriy shakl) Fe’llarning yasalishi. (tayanch tushunchalar: affiksatsiya usuli, kompozitsiya usuli, qo’shma fe’llar, juft fe’llar) Fe’l tasniflovchi kategoriyalari haqida umumiy ma’lumot. (tayanch tushunchalar: grammatik shakllar sistemasi, nisbat, o’zgalovchi, harakat tarzi, bo’lishli-bo’lishsizlik shakllari) Nisbat kategoriyasi. (tayanch tushunchalar: aniq nisbat, o’zlik nisbati, orttirma nisbat, birgalik nisbati, majhul nisbat.) Bo’lishli-bo’lishsizlik kategoriyasi. (tayanch tushunchalar: harakat-ning sodir bo’lish/bo’lmasligini ko’rsatish, –ma, -may, -maslik morfologik ko’rsatkichlari, -may/masdan bo’lishsizlik ko’rsatkichi, na nomustaqil so’zi, yo’q, emas inkor ifodalovchi so’zlar, emas inkor shakli) Harakat tarzi kategoriyasi. (tayanch tushunchalar: harakat tarzi shakli qolipi, ko’makchi fe‘l, yetakchi fe‘l, murakkab butunlik, [ravishdosh shakli+ko’makchi fe’l] qolipi) O’zgalovchi kategoriyasi. (tayanch tushunchalar: ravishdosh shakllari, ravishdosh shaklining variantlari, sifatdosh shakllarining turlari. harakat nomining turlari. ) Fe’lning harakat tabiatini ko’rsatuvchi shakllari. (tayanch tushunchalar: nokategorial shakllar, -la, -kila (gila/g’ila/qila), -(i)nqira, -(i)msira shakllari) Sintaktik kategoriyalarning fe’llarda voqelanishi. (tayanch tushunchalar: egalik kategoriyasi, kelishik kategoriyasi.) Ot va uning UGMsi. (tayanch tushunchalar: umumiy grammatik ma‘noni ochish, xususiy grammatik ma‘no ma‘no, oraliq grammatik ma‘no, umumiy grammatik ma‘no) Otning UGM parchalanishiga ko’ra turlari. (tayanch tushunchalar: atoqli va turdosh ot, muayyan va mavhum ot, sanaladigan va sanalmaydigan otlar, yakka va jamlovchi ot.) Atoqli va turdosh ot. (tayanch tushunchalar: birlik yoki ko’plik sonda qo’llanishi) Muayyan va mavhum ot. (tayanch tushunchalar: birlik yoki ko’plik sonda qo’llanishi) Yakka va jamlovchi ot. (tayanch tushunchalar: semantik ko’plik, shaklan birlik, ma‘noviy jihatdan ko’plik) Otlarning yasalishi. (tayanch tushunchalar: affiksal qolip, kompozitsion qolip abbrevatsiya) Otning morfologik belgilari va tasniflovchi kategoriyalari. (tayanch tushunchalar: morfologik o’zgaruvchi so’zlar, son kategoriyasi, subyektiv baho shakllari.) Otning xususiy lugaviy shakllari. (tayanch tushunchalar: kichraytirish-erkalash shakllari, shaxsiy munosabat shakllari) Otlarda sintaktik kategoriyalarning voqelanishi. (tayanch tushunchalar: egalik kategoriyasi, kelishik kategoriyasi) Sifat va uning UGMsi. (tayanch tushunchalar: umumiy grammatik ma‘noni ochish, xususiy grammatik ma‘no ma‘no, oraliq grammatik ma‘no, umumiy grammatik ma‘no) Daraja kategoriyasi. (tayanch tushunchalar: oddiy daraja, orttirma daraja, ozaytirma daraja.) Sifat LMGlari. (tayanch tushunchalar: xususiyat bildiruvchi sifatlar, holat bildiruvchi sifatlar, shakl bildiruvchi sifatlar, rang-tus bildiruvchi sifatlar, maza-ta’m bildiruvchi sifatlar, hid bildiruvchi sifatlar, o’lchov bildiruvchi sifatlar, o’rin bildiruvchi sifatlar, payt bildiruvchi sifatlar.) Sifatlarning yasalishi. (tayanch tushunchalar: affiksatsiya usuli, kompozitsiya usuli.) Sifatlarning tuzilishiga ko’ra turlari. (tayanch tushunchalar: sodda va murakkab; juft sifatlar, takroriy sifatlar, qo’shma sifatlar.) Sifatlarda sintaktik kategoriyalarning voqelanishi. (tayanch tushunchalar: egalik kategoriyasi, kelishik kategoriyasi) Son va uning UGMsi. (tayanch tushunchalar: umumiy grammatik ma‘noni ochish, xususiy grammatik ma‘no ma‘no, oraliq grammatik ma‘no, umumiy grammatik ma‘no) Sonning grammatik xususiyatlari. (tayanch tushunchalar: predmetlarning tartibiga ko’ra munosabatini ifodalovchi grammatik ma’no, predmetlarning guruhini, to’dasini ifodalovchi grammatik ma’no, predmetlarning taxminiy hisobini ifodalovchi grammatik ma’no, predmetlarning taqsimini ifodalovchi grammatik ma’no.) Sonning LMT va LMGlari hamda ularga xos lug’aviy shakl hosil qiluvchi vositalar. (tayanch tushunchalar: miqdor son, tartib son) Sanoq sonlarning hisob so’zlari bilan qo’llanlishi. (tayanch tushunchalar: morfologik ko’rsatkich, sintaktik munosabat, mustaqil va nomustaqil sintaktik mavqe) Sintaktik kategoriyalarning son turkumida voqelanishi. (tayanch tushunchalar: egalik kategoriyasi, kelishik kategoriyasi) Ravish va uning UGMsi. (tayanch tushunchalar: umumiy grammatik ma‘noni ochish, xususiy grammatik ma‘no ma‘no, oraliq grammatik ma‘no, umumiy grammatik ma‘no) Ravish o’zgarmas so’zlar turkumi sifatida. (tayanch tushunchalar: so’z o’zgartiruvchi, shakl yasovchi qo’shimchalar bilan birika olish yoki birika olmaslik) Ravish LMGlari. (tayanch tushunchalar: holat, miqdor-daraja, o’rin, payt, maqsad, sabab LMGlari.) Ravishlarda so’z yasalishi hodisasi. (tayanch tushunchalar: affiksatsiya usuli, kompozitsiya usuli.) Ravishlarning tuzilishiga ko’ra turlari. (tayanch tushunchalar: sodda va murakkab; juft ravishlar, takroriy ravishlar, qo’shma ravishlar.) Taqlid va uning UGMsi. (tayanch tushunchalar: taqlidlarning lug’aviy ma’no ifodalashi,taqlidlarning olmoshlarga qiyosi, «ma’noviy bo’shliq» tushunchasi, umumiy grammatik ma‘noni ochish, xususiy grammatik ma‘no ma‘no, oraliq grammatik ma‘no, umumiy grammatik ma‘no, mimemalar.) Taqlidlarning LMTlari. (tayanch tushunchalar: tovushga taqlid, ko’rinishga taqlid.) Taqlidlarning tuzilishiga ko’ra turlari. (tayanch tushunchalar: juft ko’rinish, takroriy ko’rinish) Olmosh mustaqil so’z turkumi sifatida. (tayanch tushunchalar: mustaqil ma’noli so’zlar, bo’sh - ishora ma’noli so’zlar, lug’aviy ma‘no ifodalamaslik, ishoraviylik.) Olmoshlarning ifoda etadigan ishoraviy ma’nosiga ko’ra guruhlari. (tayanch tushunchalar: kishilik olmoshlari, ko’rsatish olmoshlari, o’zlik olmoshlari, belgilash olmoshlari, so’roq olmoshlari, gumon olmoshlari, bo’lishsizlik olmoshlari.) Olmoshlarning tuzilishiga ko’ra turlari. (tayanch tushunchalar: tub, yasama, qo’shma, soda, juft, takroriy) So’zlarning sintaktik shakllari haqida ma‘lumot. (tayanch tushunchalar: egalik, kelishik, kesimlik shakllari.) Kesimlik kategoriyasi. (tayanch tushunchalar: tasdiq/inkor ma’nosi, mayl-munosabat ma’nosi, zamon ma’nosi, shaxs ma’nosi, son ma’nosi) Egalik kategoriyasi. (tayanch tushunchalar: morfologik shakl, grammatik ma‘no, kategoriya, tajalli ma‘no.) Kelishik kategoriyasi. (tayanch tushunchalar: morfologik shakl, grammatik ma‘no, kategoriya, tajalli ma‘no.) Fe‘llarda kesimlik kategoriyasi. (tayanch tushunchalar: tasdiq-inkor, mayl, zamon, shaxs-son ma’nolari, kesimlik ma’nosining yig’iq ifodalanishi, kesimlik ma’nosining yoyiq ifodalanishi, kesimlik ma’nosining tafsiliy ifodalanishi.) Ot kesimlik kategoriyasi. Bog’lama. (tayanch tushunchalar: bog’lama, kesimlik shakllari, zamon shakllari, kelishiklar, yordamchi fe‘llar.) Sifatlarda kesimlik kategoriyasi. Bog’lama. (tayanch tushunchalar: bog’lama, kesimlik shakllari, zamon shakllari, kelishiklar, yordamchi fe‘llar.) Sonlarda kesimlik kategoriyasi. Bog’lama. (tayanch tushunchalar: bog’lama, kesimlik shakllari, zamon shakllari, kelishiklar, yordamchi fe‘llar.) Leksemalarning ma’noviy tasnifidagi “ma’noviy nomustaqillik” belgisi tushunchasi. (tayanch tushunchalar: leksik sath bo’linishi, mustaqil so’zlar va yordamchi so’zlar, ichki bo’linishlar, privativ ziddiyat.) Yordamchi so’zlarning “oraliq uchinchi” tabiatiga egaligi. (tayanch tushunchalar: mustaqil leksemalar, yordamchi leksemalar, oraliq leksemalar.) Yordamchi so’zlarning shakliy xususiyatlariga ko’ra turlari. (tayanch tushunchalar: qo’shimchasimon yordamchi so’zlar, sof yordamchi so’zlar, nisbiy yordamchi so’zlar.) Ko’makchi. (tayanch tushunchalar: sof ko’makchilar, yarim ko’makchilar, qo’shimchasimon ko’makchilar.) Bog’lovchi. (tayanch tushunchalar: teng bog’lovchilar, ergashtiruvchi bog’lovchilar, bog’lovchi-yuklamalar.) Yuklama. (tayanch tushunchalar: qo’shimchasimon yuklamalar, sof yuklamalar, nisbiy yuklamalar, yuklamalarning shakliy va vazifaviy turlari) So’z-gaplar to’plamini ajratish tamoyillari. (tayanch tushunchalar: Bo’laklarga ajratilmaydigan gaplar, mustaqil gap bo’la olish belgisi, semantik funktsional shakllanish) So’z–gaplar tasnifi. (tayanch tushunchalar: so’z-gaplarning ma’noviy guruhlari: modallar, undovlar, tasdiq/inkor so’zlar, taklif/ishora so’zlar.) So’z-gaplarning sintaktik xususiyatlari. (tayanch tushunchalar: kesimlik qo’shimchalarini qabul qilmasligi, bog’lama bilan birika olmasligi.) HOZIRGI O’ZBEK ADABIY TILI (MORFEMIKA-MORFOLOGIYA) NAZORAT UCHUN TEST SAVOLLARI 1. Yig`lasa, yig`lablar ketmaydimi?! gapidagi —lar qo`shimchasining vazifasini aniqlang. A) ko`plikni anglatish B) hurmatni ifodalash C) taxmin-chamani bildirish D) ma‘noni kuchaytirish E) bu gapda -lar ortiqcha. 2. Ot so`z turkumi, unga xos grammatik kategoriya(xususiyat)lar, otlarning yasalishi, ot yasovchi qo`shimchalar tilshunoslikning qaysi bo`limida o`rganiladi? A) morfologiya B) morfologiya va sintaksis C) morfologiya va so`z tarkibi D) morfologiya va so`z yasalishi E) C, D.
3. Quyilagi gapda qaratqich kelishigidagi so`z qanday ma‘no anglatyapti? Jahonning shodligi yig`ilsa butun... A) shaxs B) to`dadan bo`lak C) tur
D) butundan qism E) payt.
4. Mavhum ot yasovchi qo`shimchalar berilgan qatorni aniqlang. A) —li va -lik; B) —lik va -chilik; C) —lik, -chilik, -at, -ot; D) —.li, -lik, -chilik; E) —lik
5. Quyidagi gapda qo`llangan o`rin-payt kelishigidagi otning ma‘nosini aniqlang. Shu-shu Anora har kuni avtobusda ishga qatnaydi. A) vosita B) payt C) o`rin D) atash E) masofa. 6. Qanday holatlarda otlarda grammatik ko`plikni ifodalayotgan qo`shimcha egalik qo`shimchasidan keyin joylashishi mumkin? A) shaxs yoki narsada asli bir dona bo`ladigan predmetlarni bildirgan so`zlarga qo`shilganda B) atoqli otlarga qo`shilganda C) ko`plik qo`shimchasi har doim egalik ko`shimchasidan oldin joylashadi D) hurmat ma‘nosi ifodalangan otlarda E) donalab sanaladigan otlarga qo`shilganda. 7. Egalik qo`shimchalaridan qaysi biri o`zakdan anglashilgan predmet yoki belgini kishidan boshqa narsalarga ham nisbatlaydi? A) 3-shaxs egalik qo`shimchasi B) 1- va 2- shaxs egalik qo`shimchasi C) 1- shaxs egalik qo`shimchasi D) 2- shaxs egalik qo`shimchasi E) 2- va 3-shaxs egalik qo`shimchasi. 8. Faqat mavhum otlar qatorini toping. A) bola, daftar, qishloq B) gul, zafar, shahar C) shodlik, sevgi, kulfat D) yo`l, daraxt, vodiy E) asar, asal, bog`. 9. Mavhum otlar qatorini toping. A) uyqu, jahl B) soch, kiprik C) quyosh, tutun D) gul, orzu E) yaxshilik, avtomobil‘. 10. Faqat birlikda qo`llanadigan otlar qatorini toping. A) Toshkent, Farg`ona, Ko`qon, Toshkent B) bola, o`quvchi, temir, mis C) bo`ron, qo`zg`olon, qo`l, muallim D) ko`z, quloq, burun, g`ildirak E) ko`mir, kerosin, benzin, sovg`a. 11. Quyida berilgan gapdagi nuqtalar o`rniga qaysi qatordagi qo`shimchalarni qo`yish mumkin? U... voqea... bexabar ekani... bilib, butun vujudi... yengib bo`lmas bir horg`inlik sezdi. A) -ni, -ga, -dan, -da B) -dan, -ni, -ning, -ka C) -ning, -dan, -ni, -da D) -ni, -dan, -qa, -ning E) -ga, -ni, -ning, -dan. 12. Tushum kelishigining belgisiz ishlatilishi asosan qaysi so`z turkumlariga xos? A) ot turkumidagi barcha so`zlarga xos B) faqat turdosh otlarga xos C) ot, olmosh, sifat va songa xos D) ot va olmoshga xos E) ot, son va olmoshga xos. 13. Qaysi grammatik ma‘no maxsus ko`rsatkichga ega emas? B) otlarda birlik C) bo`lishsizlik D) A, V. E) A, V, S. 14. O`zbek tilida otning qaysi shakli sintaktik munosabatni ko`rsatmaydi? A) kelishik shakli B) egalik shakli C) birlik va ko`plik shakli D) egalik, birlik va ko`plik shakllari E) otga xos bo`lgan uchala grammatik shakl ham sintaktik munosabatni ko`rsatadi. 15. Qaysi qatordagi so`zlar faqat ot turkumiga mansub? A) kelma, o`qima, tugma B) gazlama, childirma, ko`rsatma C) yasama, qaynatma, to`qima D) uchirma, kulma, bog`lama E) yigirma, sekinlama, surma. 16. Ko`plik ma‘nosi qo`shimchasiz holda ifodalangan qatorni aniqlang. A) Har doim sof dil bo`laylik. B) Ko`chada bir qancha bola ko`rindi. C) Bemor tezroq tuzalsa edi... D) Har rastada ming-ming do`kon E) V va D. 17. Ko`plik qo`shimchasi chama, taxminni ifodalagan misolni toping. A) Onda-sonda ochilgan chanoqlar ko`k dengizda sadafdek yaltiradi. B) Quvnashdi havasdan dil bilan ko`ngillar. C) Vatandosharim bilan quvonaman D) Adanglar bu ishingdan xursand bo`ladilar. E) Kechqurunlari bo`sh bo`laman, keling, suhbatlashamiz. 18. Ko`k... boqma, ko`p... boq. (maqol.) Nuqtalar o`rniga qaysi kelishik qo`shimchalarini quyish mumkin? A) qaratqich kelishigi B) jo`nalish kelishigi C) tushum kelishigi D) o`rin-payt kelishigi E) chiqish kelishigi. 19. Qaratqich kelishigini olgan otdan so`ng keluvchi so`zda qanday qo`shimcha mavjud bo`ladi? A) ko`plik qo`shimchasi B) shaxs-son qo`shimchasi C) egalik qo`shimchasi D) kelishik qo`shimchasi E) hech qanday qo`shimcha bo`lmaydi. 20. Turlanish bilan bog`liq tovush o`zgarishi bo`ladigan so`zlar qatorini toping. A) kitob, xo`roz, ittifoq B) samo, osmon, shivir C) bo`taloq, chiroq, etik D) o`qish, pedagog, yetti E) o`lchov, chiniqish, ishtirok. 21. Quyidagi -cha qo`shimchasi bilan shakllangan so`zlarning qaysi qatorida kichraytirish ma‘nosi ifodalanmagan? A) qizcha, ko`zacha, daftarcha B) qushcha, soatcha, zarracha C) yulduzcha, bog`cha, kitobcha D) novcha, yangicha, o`zgacha E) ariqcha, ko`rpacha, yostiqcha. 22. Ko`plik qo`shimchasini olmaydigan so`zlar qatorini belgilang. A) siz, kitob, qalam B) safar, oqshom, u, olim C) quvonch, men, sen D) kun, baliq, ishchi, kiyim E) kampir, til, sinf. 23. Qaysi qatorda faqat birlikda qo`llanadigan otlar berilgan? A) ko`z, qosh, bosh B) uyqu, soat, ko`ngil C) un, yog`, suv D) A va V javoblarda E) barcha javoblarda. 24. -m egalik qo`shimchasining vazifasi to`g`ri ifodalangan javobni toping. A) fe‘llarga qo`shilib, birinchi shaxsni ifodalaydi B) fe‘llarga qo`shilib, ot yasaydi C) unli bilan tugagan otlarga qo`shilib qarashlilikni ifodalaydi D) fe‘llarga qo`shilib miqdor anglatuvchi ot yasaydi E) to`g`ri javob yo`q. 25. -ga qo`shimchasining ko`rinishlari to`g`ri belgilangan javobni toping. A) -k tovushi bilan bitgan otlarda -ka shakliga ega bo`ladi. B) -g`, -k tovushi bilan bitgan otlarda -ka shakliga ega bo`ladi. C) mumtoz adabiyotda -ga -na, -a shaklida ham uchraydi. D) A, V, S E) barcha javoblar noto`g`ri. 26. -lar qo`shimchasi taxmin ma‘nosini anglatgan gapni aniqlang. A) Oyimaar ancha kech qaytdilar B) Karimlar uylariga endi ketishdi. C) Oyoqlarim zirqirab og`riyapti. D) Shifobaxsh suvlar inson uchun foydali. E) Qishloqqa ham o`n chaqirimlar bor. 27. Egalik qo`shimchalari qo`shilganda, o`zakda o`zgarish bo`ladigan so`zlar qatorini toping. A) qarmoq, etik, koptok, park, qoshiq B) qaymoq, o`rik, eshik, o`rtoq, buloq C) qishloq, quloq, huquq, palak, chelak D) barmoq, bilak, ertak, ufq, zavq E) ishtiyoq, o`q, eshik, ko`sak, istak 28. Qaysi qatordagi otlarga egalik qo`shimchasi qo`shilganda k tovushi g tovushiga aylanmaydi? A) terak, yurak B) bilak, chelak C) tilak, ko`ylak D) idrok, ishtirok E) barcha qatordagi otlarga egalik qo`shimchasi qo`shilganda k tovushi g tovushiga aylanadi. 29. Qaysi qo`shimchalar turlovchi qo`shimchalar deyiladi? A) egalik qo`shimchalari B) kelishik qo`shimchalari C) shaxs-son qo`shimchalari D) ko`plik shaklini hosil qiluvchi qo`shimcha E) fe‘l nisbatlarini hosil qiluvchi qo`shimchalar. 30. Qaysi qatorda faqat otlar berilgan? A) uchqun, to`lqin, bilimdon, qalamdon B) yong`in, toshqin, tuzdon, kuldon C) tuyg`un, keskin, qumdon, xumdon D) so`lg`in, turg`un, suvdon E) yorqin, ozg`in, gapdon, qadrdon. 31. Qaysi kelishikdagi so`zlar xarakat yo`nalgan biror narsani ko`rsatadi? A) jo`nalish kelishigi B) chiqish kelishigi C) tushum kelishigi D) qaratqich kelishigi E) o`rin-payt kelishigi 32. Quyidagi gapda qaysi kelishiklar bilan bog`liq xato mavjud? Uyg`ur xati o`z tarixi mobaynida uyg`urlarnigina emas ,balki butun turkiy xalqlarning umumiy yozuviga aylandi. A) bosh kelishik, tushum kelishigi B) qaratqich kelishigi, tushum kelishigi C) tushum kelishigi, jo`nalish kelishigi D) jo`nalish kelishigi, o`rin-payt kelishigi E) chiqish kelishigi, bosh kelishik. 33. -lar qo`shimchasi qaysi gapda kesatiq, kinoya ma‘nosini ifodalagan? A) U qanday azoblarni boshidan kechirmadi? B) Og`a, sog` borsangiz, avval dadamlarga salom ayting (Hamza). C) Bu yerda bir paytlar xaroba uylar bor edi D) O`zlariyam qadam ranjida qilibdilar-da. E) Bu kishi ham Afg`onda xizmat qilganlardan. 34. Qaysi qatordagi so`zlarga egalik qo`shimchasi qo`shilsa, o`zakda o`zgarish ro`y beradi? A) qayroq, kitob, qalam B) kuch, og`iz, hosil C) yong`oq, burun, bilak D) o`g`il, yoqa, kuz E) pishloq, bog`, yog`. 35. Gul rangin bulbul doimo, Gul bo`yin ardoklar tong esgan sabo. Rangu bo`y savdosi tushib bo`ldilar, Sabo sargardonu bulbul sernavo. Ushbu misralarda qaratqich va tushum kelishigi qay tarzda qo`llangan? A) ikki o`rinda qaratqich, bir o`rinda tushum kelishigi belgisiz qo`llangan B) uch o`rinda belgisiz qaratqich, ikki o`rinda tushum kelishigi belgili qo`llangan C) ikki o`rinda belgisiz qaratqich, ikki tushum kelishigi belgili qo`llangan D) bir o`rinda belgili, ikki o`rinda belgisiz qaratqich kelishigi qo`llangan E) bir o`rinda qaratqich belgili, uch o`rinda tushum kelishigi belgisiz qo`llangan. 36. Qaysi qatordagi so`zlardan -q, -k qo`shimchalari bilan ot yasalganda o`zakda tovush o`zgarishi bo`ladi? A) o`ta, ista B) kura, yama C) bo`ya, sana D) tala, tara E) ela, suva. 37. Quyidagi gaplarning qaysi birida qaratqich kelishigining qisqargan shakli qo`llangan? A) Seza olardim kuchin, ko`pi yolg`on, ko`pi chin. B) Chappar urib, gullagan bog`in, O`par edim, vatan tuprog`in. C) Tepasida uchar gala qush, arg`imchog`in daryoga solib. D) Yer kurrasin boshin tang`idik. E) Yaxshi bo`lsa oshin yer, yomon bo`lsa boshin yer. 38. Qaysi qator faqat kichraytirish, erkalash otlaridan iborat? A) yulduz, archa, cho`ntak B) tugunchak, quzichoq, kuyunchak C) qizaloq, yalinchoq, qo`g`irchoq D) kelinchak, bo`taloq, kitobcha E) ko`rpacha, toychoq, qizilcha. 39. Qaysi javobda otga xos bo`lgan sintaktik vazifa noto`g`ri ko`rsatilgan? A) ega vazifasida keladi. B) kesim vazifasida qo`llanadi. C) undalma vazifasida kelmaydi. D) to`ldiruvchi vazifasida keladi E) hol vazifasida 40. -lik qo`shimchasi qaysi turkumga oid so`zlardan ot yasay oladi?1) ot; 2) fe‘l; 3) sifat; 4) ravish. A) 1, 2, 3, 4 B) 1, 2, 3 C) 1, 2 D) 1, 3, 4 E) 1, 2, 4 41. Hammasi faqat birlikda qo`llanadigan otlar qatorini toping. A) baxt, ko`z, kitob B) asal, daftar, go`zalllik C) quyosh, sut, neft‘ D) ozodlik, bola, qo`l E) mashina, kerosin, sevinch. 42. Birlik sonda predmetlar to`dasini anglatadigan otlar qatorini toping. A) qush, olma, shahar B) ko`chat, ishchi, universitet C) terak, yaproq, avtobus D) xalq, armiya, poda E) shoir, raqqosa, qovun. 43. Turlanish qaysi turkumga xos? A) sifat B) son C) ot
D) ravish E) fe‘l
44. Ot bilan ot, odatda, qaysi kelishik qo`shimchasi orqali birikadi? A) tushum B) jo`nalish C) qaratqich D) o`rin-payt E) chiqish. 45. Qaysi kelishikdagi ot doim fe‘l bilan birikadi? A) tushum B) bosh C) jo`nalish B) o`rin-payt E) chiqish 46. Qaysi qo`shimchalar predmetning uch shaxsdan biriga qarashli ekanini bildiradi? A) shaxs-son B) kelishik C) tuslovchi D) ko`plik E) egalik 47. Qaysi qatordagi otlarga II shaxs birlikdagi egalik qo`shimchasi qo`shilgan? A) kitobim, onam B) xulqingiz, onangiz C) daftaring, ukang E) singlisi, idroki
A) Cho`l qovunlari shirin bo`ladi. B) Hech qachon o`zing qilishing mumkin bo`lgan ishni birovga yuklab, uni tashvishga qo`yma. C) Har fasl o`z ishin bilsin... D) Bir kishi ariq qaziydi, ming kishi suv ichadi. E) bahor havosi juda o`zgaruvchan. 49. -lar qo`shimchasi yordamida otlarda hosil qilinuvchi hurmat ma‘nosini ifodalash uchun har doim qaysi qo`shimchaning bo`lishi shart? A) hurmat ma‘nosini ifodalashda otlarga -lar qo`shimchasi qo`shilishi yetarli. B) kelishik qo`shimchalaridan biri C) egalik qo`shimchalaridan biri D) kelishik yoki egalik qo`shimchalaridan biri E) -niki qo`shimchasi. 50. Ko`plik qo`shimchasi qaysi gapda narsaning turini bildirishga xizmat qilgan? A) Bu yerdagi olma daraxtlariga ziyon yetmadi. B) Issiq-issiq obi nonlarni dasturxonga qo`ydim. C) Bog`dagi gullardan gulchambar yasadim D) Daraxtning barglari sassiz shivirlaydi. E) Katta qopdagi yong`oqlardan chaqib ko`rdim. 51. Kelishik qo`shimchalari qanday vazifa bajaradi? A) yangi so`z hosil qiladi B) yangi so`z shakli hosil qiladi C) so`z birikmalari va gaplarda so`zlarni bog`laydi D) qo`shma so`z yasaydi E) juft so`zlarni hosil qiladi. 52. Ot qaysi so`z turkumidagi so`zlar bilan birika olmaydi? A) ot, sifat B) olmosh C) ravshi, fe‘l D) ot mustaqil so`z turkumlarining barchasi bilan birika oladi E) son.
53. Atoqli ot asosida paydo bo`lgan turdosh otlar qatorini toping. A) asal, rayhon, arslon, muhabbat B) anor, lola, shirin, to`qson C) yetmish, bultur, turdi, ra‘no D) rentgen, xosiyatxon, michurinchilar, amper E) A, V
54. Faqat turdosh otlar asosida paydo bo`lgan atoqli otlar qatorini toping. A) Ergash, Lobar, Gulchehra, To`xtamurod B) Juma, Bahri, Rayhon, Nilufar C) Ulug`, Suluv, Dilbar, Go`zal D) Ortiq, Quvonch, Xursand, Vali E) A va D. 55. Egalik qo`shimchasi tushib qolgan holat qaysi qatorda aks etgan? A) maktab bog`i, kitob o`qidi, odobli bola B) bizning uy, bizning ko`cha, bizning mahalla C) ashula tinglamoq, kuzgi terim, o`tkir bilim D) hovli sahni, mashina ovozi, kino ko`rdi E) A, D.
56. Osh ichida tosh, tosh ichida osh. Topishmoqda qanday badiiy san‘at qo`llangan? Yashiringan kelishik qo`shimchasini toping. A) tarse‘; -ning (qaratqich) B) talmeh; -ni (tushum) C) tazod; -ga (jo`nalish) D) saj‘; -da ( o`rin-payt) E) portret; kelishik qo`shimchasi qo`llanmagan. 57. Qutilmog`a tilasang xavf elindin. Raiyat holina yaxshi boqodir (Sayfi Saroyi)Baytda keltirilgan raiyat so`zining qanday ma‘nosi berilgan? Holina so`zidagi kelishik qo`shimchasini aniqlang. A) do`st; jo`nalish kelishigi B) shoh; o`rin-payt kelishigi C) dushman; kelishik qo`shimchasi yo`q D) xalq; jo`nalshi kelishigi E) xavf-xatar; tushum kelishik 58. Mavhum otlarga -lar qo`shimchasi qo`shilganda, ko`plik ko`rsatkichi qanday vazifani bajarish uchun xizmat qiladi? A) morfologik vazifani bajaradi B) sintaktik vazifani bajaradi C) leksik ma‘noni ifodalaydi D) uslubiy vazifani bajaradi E) grammatik vazifani bajaradi. 59. Na bo`lg`ay bir nafas men ham yanog`ing uzra xol bo`lsam. Labing yaprog`idin tomgan ki go`yo qatra bol bo`lsam. (H. O.) g`azal aruzning qaysi bahrida yozilgan? Baytdagi so`zlarning nechtasi ot turkumiga mansub? A) mutaqorib bahrida; 6 tasi ot B) ramal bahrida; 5 tasi ot C) rajaz bahrida; 4 tasi ot D) hazaj bahrida; 6 tasi ot E) mutadorik bahrida; 7 tasi ot. 60. Ot turkumi uchun asosiy belgilar nimadan iborat? A) o`ziga xos yasalish tizimiga ega va gapda gapning har qanday bo`lagi vazifasida kela oladi. B) son, egalik, kelishik kabi grammatik ko`rsatkichlarga ega C) ot, sifat, son, olmosh, fe‘l va ravish bilan birika oladi. D) otning asosiy belgisi predmetlik ma‘nosini ifoda etish E) A, B, C, D. Download 0.77 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling