Alisher Navoiy tavalludiga tadbirlar ssenariysi


Ona tili va adabiyot kursi tinglovchisi


Download 299.23 Kb.
bet2/5
Sana14.12.2020
Hajmi299.23 Kb.
#166481
1   2   3   4   5
Bog'liq
Alisher Navoiy tavalludiga tadbirlar ssenariysi


Ona tili va adabiyot kursi tinglovchisi Jumaeva Gulnoza

Mana bugun biz buyuk shoirimiz, she`riyat mulkining sultoni, nazm osmonining quyoshi bo`lmish Mir Alisher Navoiy tavalludining 570 yilligi munosabati bilan o`tkaziladigan “G‘azal mulkining sultoni Mir Alisher Navoiy” nomli badiiy kechamizni sizning e`tiboringizga havola etamiz. Kechamizga xush kelibsiz, aziz ustozlar!



Ona tili va adabiyot kursi tinglovchisi Nurova Gulchehra

Azizlar, sizlarni parvardigor haq yo`lidan adashtirmasin, saodatli hayot garovi bo`lmish, iymon yo`lida sobitqadam bo`lishingizni nasibu ro`z aylasin.



Ona tili va adabiyot kursi tinglovchisi Halilova Muborak

O`zbek xalqining ulug‘ shoiri va mutafakkiri, buyuk olim va davlat arbobi, jahon adabiyotining buyuk siymolaridan biri Alisher Navoiy sevishga qodir insondir.



Ona tili va adabiyot kursi tinglovchisi eshpo`latova Shaxlo.

Alisher Navoiy butun hayoti davomida insonning baxtu-saodati uchun kurashgan xalq osoyishtaligiga intilgan, ilmi fan, san`at va o`zbek adabiy tili, mumtoz adabiyotini yangi taraqqiyot pog‘onasiga chiqishiga  katta hissa qo`shdi.



To`garak kursi tinglovchisi raqs ijro etadi.

Ona tili va adabiyot kursi tinglovchisi Nasrullaeva Shoxista

Bu gulshan soz ekan soz

Ustiga soz etgali keldik.

Bu galshan soz, davramiz soz.

Sarafroz etgali keldik.

Kelinglar, do`st-u yoronlar

Ahli mehmon ahli donishlar

Xush kelibsiz Navoiyga

Sizni xushhol kutgali keldik.

Ona tili va adabiyot kursi tinglovchisi Hosilova Hilola

Navoiy nazmiga tushdi-yu ko`zim

Hayrat gulshanida unutdim o`zim

Sehrli ko`rindi bu charhli ko`lan

Ko`k bilan er uzra tuzib anjuman

Ona tili va adabiyot kursi tinglovchisi Yuldosheva Ma`mura

Falaxbaxsh zamonning fazosi ichra

Jannatga topilmas havosi ichra

Sarbaland tog‘lardek yuksalib turar

Dunyoga ko`rk bo`lib buyuk siymolar

Ona tili va adabiyot kursi tinglovchisi Tursunova Feruza 

Buyuk tog‘lar ichra bo`lib buyukroq,

Suyuk tog‘lar ichra bo`lib suyukroq.

Navoiy ko`rinar ko`zimga mening,

Nafasi urilar yuzimga mening.

Ona tili va adabiyot kursi tinglovchisi Qosimova Xursand

Islom olamning buyuk zotlari bizga shul muqaddas hikmatni bashorat qilmishlar.



Ona tili va adabiyot kursi tinglovchisi Yuldosheva Ma`mura

Qay bir inson o`z qavmidan biror zotning xotirin yod aylasa, ul zotning pok ruhlari shul xonadonga tashrif buyurar ekan.



Ona tili va adabiyot kursi tinglovchisi Temirova Oynisa

Shohona libosda bobom Alisher

O`ychan ko`zlarida ming yillik alam

Butun olam uni ahli donish der

ey, g‘azal mulkining sultoni salom.

Boshlovchi:

Buyuk yurtdoshlarimiz Zahriddin Muhammad Bobur Hazrat Alisher Navoiyning buyuk nomlarini tilga olib shunday degan ekanlar: “Alisherbek naziri yo`q kishi erdi. Turkiy til bila to she`r aytibdurlar, hech kim ancha ko`p va xo`p aytgan ermas.



Boshlovchi:

Assalom dono Alisher

Buyuk daho Alisher

Bugun to`ying dillar shod

Barhayotsan umrbod

Navoiy: (Mehnat kursi tinglovchisi) 

Ko`nglimga ne ma`ni o`lsa erdi paydo,

Til aylar erdi nazm libosiga ado.

Ul nazmga jonin qilibon fido,

Solurlar edi gumbazi gardunga sado.

Ona tili va adabiyot kursi tinglovchisi qo`shiq ijro etadi.

 Ona tili va adabiyot kursi tinglovchisi Rahmonova Gulnora

So`zdirki nishon berur o`likka jondin,

So`zdirki xabar berur jong‘a jonondin.

Insonni so`z ayladi judo hayvondin,

Bilki guhari sharifroq yo`q ondin.



Navoiy: (Mehnat kursi tinglovchisi Tojiev Hasan)

Ne vajdin fuqaro ajib majlis qurmish?

Ushbu anjumanning boisi nedur?

Ona tili va adabiyot kursi tinglovchisi Fayzieva Nazira

Sizdek dono ruhini shod etmak maqsad,

Bizning yurtda har bir o`zbek navoiyxon

Navoiy: (Mehnat kursi tinglovchisi Tojiev Hasan)

Nahotki shul damgacha xotirim yod eturlar?



Ona tili va adabiyot kursi tinglovchisi Jumaeva Gulnoza

Navoiy nazmi bilan tili chiqar farzandin,

Bobosidan faxr etmas topilmas bir qiz-o`g‘lon

Navoiy (Mehnat kursi tinglovchisi Tojiev Hasan)

A`shorlarimni hozir ham yod eturlarmi?



Ona tili va adabiyot kursi tinglovchisi Nurova Gulchehra

Qur`ondek tavof etsa arzir sizning “Xamsa”ngiz

«Chor devon» kirmagan topilmas bir xonadon

Ona tili va adabiyot kursi tinglovchisi Yangiboeva Qandolat.

Dunyo va ko`ngil. . .

Har ikkisin sarhadlar behad.

Dunyo kezib orom topmagan ko`ngil.

Dunyo kezib ko`ngil topmagan ko`ngildagi unlar betakror she`rlarga, g‘azallarga aylanib, oppoq qog‘ozlarning bag‘rini qora qiladur.

Ona tili va adabiyot kursi tinglovchisi Halilova Muborak.

Shu taxlit inson ko`nglining hadsiz sog‘inchlari, iztiroblari nozik, bebaho san`at asarlari millat boyligiga aylanaveradi



Ona tili va adabiyot kursi tinglovchisi eshpo`latova Shaxlo

“Xamsa” ona tilim buyukligin yana bir durdonasi.



Ona tili va adabiyot kursi tinglovchisi Nasrullaeva Shoxista “Xamsa» – Navoiy buyukligining buyuk sayqali.

Ona tili va adabiyot kursi tinglovchisi Hosilova Hilola

Haqiqat xalq bilan, xalq qo`lida u,

Mangulik mash`aldir, haq yo`lida u.

Navoiy: (Mehnat kursi tinglovchisi Tojiev Hasan)

Shukurki insonning o`lib yovarim

Topdi hikoyat daftarim varag‘in

Hayrati abror ko`rib zotini

“Hayrat ul-abror” dedim otini.

(“Shoh G‘oziy” hikoyati qo`yiladi).



Boshlovchi: (Ona tili va adabiyot kursi tinglovchisi Salimova Zilola) Kunlarning birida Shoh G‘oziy sayrga chiqadilar. Yo`lda ketayotganida yonidan bir telbanoma kampir uning yo`lini to`sdi.

Kampir: (Ona tili va adabiyot kursi tinglovchisi Xoliqova Marxabo) Sen mening yakka-yu yagona jigarbandimni, merosxo`rimni o`ldirding, sen qotilsan. Yur, sen men bilan shariat mahkamasiga boramiz.

Boshlovchi: Shoh shariat qonuniga bo`ysunib mahkamaga borishga rozi bo`ldi.

Shoh: (Milliy g‘oya kursi tinglovchisi eshonqulov Shaxobiddin)

 Agar mening aybim bo`lsa mayli boraman.



Boshlovchi: Shariat qozisi oldida ikkisi: da`vogar kampir shoh o`tirdilar.

Kampir: Taxt uchun kurash bo`lganda yakka-yu yagona o`g‘limni halok qilgan. endi u qotilligi uchun javob berishi kerak.

Qozi: (Milliy g‘oya kursi tinglovchisi Juraev Bahodir)

Shariat qonuni bo`yicha har qanday qilinayotgan da`voga ikki guvoh keltiring, guvohingiz bormi?



Kampir: Menda ikkita guvoh bor. U shohning adolati va insofi.

Boshlovchi: Adolatli va insofli shoh, tabiiyki, aybiga iqror bo`ldi. Shunda shariat qozisi hukm chiqardi:

Qozi: Yo shoh qotilligi uchun qatl etilishi kerak. Yoki xun to`lashi kerak.

Boshlovchi: Butun boshli bir mamlakat va uning aholisi taqdiri o`z ixtiyorida bo`lgan shohning bu hukmga munosabatiga e`tibor bering.

Boshlovchi: Shoh kampirning bir qo`liga qilichni bir qo`liga bir patnisga oltin berdi va dedi:

Shoh: Agar qasos tilasang, mana qilich bilan qonimni to`k, agar boylik kerak bo`lsa, mana senga oltin to`la hamyonimni ol.

Kampir: Yo`q menga joning ham, oltining ham kerakmas. Men bir o`g‘limni yo`qotdim, ikkinchisini topdim. Sen o`z xalqingga ana shunday adolatli va insofli bo`lgin.

Boshlovchi: Shunday so`ng bu kampirni tilla kampir deb aytishadi. Bunday adolatli va insofli podshoh o`z yurtining boshlig‘i bo`la oladi. Alisher Navoiy “Shoh G‘oziy” hikoyasi asosida Husayn Boyqaroni tasvirlagan. “G‘oziy” so`zi “G‘olib” degan ma`noni anglatadi.

Navoiy: (Mehnat kursi tinglovchisi Tojiev Hasan)

ey, sen, Farhod bo`lib o`g‘urlagan ishq.

ey, sen, Shirin bo`lib qayg‘ulardan ishq.

(Sahnaga Farhod va Shirin chiqadi).

Shirin: (Ona tili va adabiyot kursi tinglovchisi Fayzieva Nazira)

Nedur ahvoling ey zoru g‘aribim

Visolim davlatidin benasibim

Bu yukdin jismu chun nola nechundir?

Qattiq g‘urbat aro holing ne erkin?

Achchiq furqatda ahvoling ne erkin?



Farhod: (Geografiya kursi tinglovchisi Zozirov O`ktam)

Nigoro, ahvolo iffatpanoho

Jahon mahbashlarig‘a podshoho

G‘amingdur manga tobu tavon ham

erur darding chekardim quti jon ham.

Navoiy: (Mehnat kursi tinglovchisi Tojiev Hasan)

O`z zaylisin topmay Navoiy hatto

Dasht aro kersinmu tirik ekan to?

ey, sen jallod qilib yaratgan ishq

ey sen qattol qilib yaratgan ishq.

(Sahnaga Layli va Majnun chiqadi) .

Majnun: Milliy g‘oya kursi tinglovchisi Boboyorov Shodali

Yo`q seni malak desam g‘aribi

Kim yo`q senga ishqdin nasibi

Mendekni erur malak demak rev

Kim ko`rsa meni quroq mutar dev

Ishq o`rtadi ul sifat vujudim.

Kim o`ldi nobud barcha budum.

Layli: (To`garak kursi tinglovchisi Sultonova Lobar)

Ishqingda menga bu erdi maqsud

Kim ko`rsam o`zimni anda novud

Davron bu murodima eturdi

Ne istagim, olima keturdi

Ishqingda ne orzuki ettim.

Ul nav`ki komil erdi ettim.

Tushti mening olima ajab yo`l

Sen yaxshi qol emdi-yu, tirik bo`l.

Boshlovchi:

emas oson bu maydon ichra turmoq,

Nizomiy panjasiga urmoq.

Kerak she`r oldida ham she`riy jangi,

Agar sher enga olmasa bori palande.

Navoiy: (Mehnat kursi tinglovchisi Tojiev Hasan)

Ashraf “Haft paykar”ni tutib egildi.

Etti go`zal unga ta`zimga keldi

Qoshida tikkayib turdi shoh Bahrom.

Saodat dutorin chaldi Dilorom

Boshlovchi: To`garak kursi tinglovchilari Etti go`zal

Alisher Navoiy 1484 yil “Xamsa”sining 4 dostoni “Sabbai sayyor”ni yaratadi. Asar Shox Bahromga bag‘ishlanadi. O`z sevgilisi Diloromdan ayrilgan shox g‘am g‘ussaga botadi. Uni bunday kayfiyatdan chiqarish uchun vazirlar kengashi unga atab etti qasr bino qiladilar. Bu etti qasrga shox uchun ziyofat uyushtiradilar. Etti mamlakatdan kelgan go`zallar shohning kunglini olishga harakat qiladilar. Ettinchi go`zal o`z sevgilisi Dilorom edi. (Olti go`zal raqsga tushadi, Dilorom dutorda musiqa chalib beradi).

 

Navoiy: (Mehnat kursi tinglovchisi Tojiev Hasan)

Ketur soqiy to`ldurub jomi adl

Ki ko`rguzdi Iskandar ayyomi adl

Shohikim, adolatdir oning ishi.

Teng ermas anga shohlardin kishi.

Saddi Iskandariy. Ona rolida ona tili va adabiyot kursi tinglovchisi Holiqova Marxabo.

(Iskandarning onasiga maktubi parda ortidan o`qiladi).

Bu xat mendin, joni azobda qolg‘an. Ajal qo`lida pajmurda holiga kelgan

Iskandardur buzilgan tanamning joni. Vujudim bebaho la`lisining koni

Bo`lmish onamga so`zim shuki, men sizni ko`pdan ayriliqlarga tashlab yurdim, sizdan yiroq kelib, sizni qiynadim. Men sizning amr farmoningizga buysunmagan bo`lsam ham, lekin siz mening bu iltimosimni qabul eting, ey ona ... Mening tanimni tobut ichiga solib, kecha-kunduz demay, jangu-jadal bilan yurib, Iskandariya shahriga olib boring va lekin meni tobutga yotqizgan paytingizda, yoqut teshigidan ipni chiqazib qo`yilgani kabi, albatta, bir qo`limni tobutdan chiqazib qo`ying. Toki xaloyiq bu qo`lga hayrat ko`zi bilan emas, ibrat ko`zi bilan boqsin”.

Navoiy: (Mehnat kursi tinglovchisi Tojiev Hasan)

Jame asarlarimni bitgali ketgan umrimga achinmagaymen.

Yaratganga ming qatla shukr.

elim, yurtim, tilim omonmi?



Ona tili va adabiyot kursi tinglovchisi Yuldosheva Ma`mura

Boshimizga nur sochar shamsul millat Navoiy

Tabarruk siymongizdan ro`shnodur O`zbekiston.

Navoiy. (Mehnat kursi tinglovchisi Tojiev Hasan)

Ulus qaratgan musiqalar jaranggi qani?

G‘azallarimchi?

Boshlovchi: 

Kuyib-kuyib kuy bo`lganimda

Tanglayapsan beparvo loqayd

Alamlardan bu nimta-nimta

Yuragimni tirnaydi bir bayt

Nima qilay shu ekan qismat

Besh asrga qaytib ketaman

Har manzilga to`xtab bir fursat

“Kelmadi”ni aytib o`taman.

(Navoiy g‘azallari aytiladi)



Navoiy: (Mehnat kursi tinglovchisi Tojiev Hasan)

Men yaratgan asarlarning umr boqiyligiga sabab, xalq og‘zaki ijodidan foydalanganimdadur.

(Navoiyning hikmatli so`zlari aytiladi)

Navoiy: (Mehnat kursi tinglovchisi Tojiev Hasan)

Deganimni ulusg‘a marg‘ub et

Yozganimni ko`ngilda mahbub et

Boshlovchi:

Navoiy ijodini o`rganish o`z davridayoq boshlandi. Bu izlanishlar XX asrda ayniqsa yaxshi olib borildi. Atoqli ijodkorimiz Oybek “Navoiy” poemasi, “Navoiy” romanini, M.Jo`raev “el desa Navoiy”ni rivoyatlar to`plamini, Uyg‘un va Izzat Sulton hamkorlikda “Alisher Navoiy” dramasini yaratdilar. (Sahnaga Guli va Navoiy chiqadi).



Tong payti. Navoiy shiyponda o`tirib, she`r yozish bilan mashg‘ul.

Navoiy (o`qiydi).

e, nasimiy subh, ahvolim diloromimga ayt!

Zulfi sunbul, yuzi gul, sarvi gulandonimga ayt!

Kom talxu, boda zaxru, ashk gulgun bo`lg‘onin...



Guli (paydo bo`ladi. Navoiyni tinglaydi. So`ng ilova qiladi.)

La`li rangin, labzi shirin, sho`x xud komimga ayt.



Navoiy:          Ko`zimning nuri kel, toza gulim kel!

Ko`ngil bog‘ida sayroq bulbulim kel!



Guli:               Ko`rib gulzor ichida sizni yolg‘iz

So`roqsiz, indamay, men behayo qiz,

Kechirgaysiz, kelishga jur`at etdim.

Navoiy:          Ko`ngil armoni kel! Maqsadga etdim.

Nechuk bezovtasan! Barvaqt turibsan?

Malak yanglig‘ o`zing tanho yuribsan?

Guli:               Sahar chog‘i turib, shirin g‘azaldin

eshitmak odatim bo`lgan azaldin.



Navoiy:          Quloq soldingmi?

Guli:               Yolg‘iz men emas, gul,

Samo, er, koinot, aftoda bulbul —

Butun jonlik va jonsiz tingladi jam.

G‘azaldin bu kabi zavq olmagan kim?

G‘azalkim, so`zlagay mehru vafodin.

G‘azalkim, so`zlagay ishqdin, safodin,

G‘azaldin, bu kabi zavq olmagan kim?

Navoiy:          Ko`ngil ilhomchisi sensan, azizim.

Bularning barchasi senga atalg‘on.



Guli:               Xudo bilsin, so`zingiz, balki yolg‘on.

Navoiy:          Nechuk? Xo`sh!

Guli:               So`nggi chog‘da kamnamosiz.

G‘arib, bechora men - er, siz — samosiz.



Navoiy:          Yoningda bo`lmoq orzum ertayu-kech,

Faqat, naylay, ilojin topmadim hech.

Ariq qazmoqdamiz, cho`llarda ish ko`p,

Rabotu, madrasa, yo`llarda ish ko`p.

Yumush der, erdagi har zarra tuproq,

Yumush der, bog‘dagi har toza yaproq.



Guli:               Kimiki bo`lsa inson, bo`lsa odam

Xaloyiqning g‘amin eydur damodam.



Navoiy:          Vafodorim, shuning-chun kamnamoman,

Olur vaqtimni bu ishlar tamoman.



Guli:               Alisher! Chindanam shersiz, Buyuk sher!

Ulur ishlarni qilmoq istagan er

Bo`lur sherday jasur qaytmas izidin,

Qilich kelganda ham qaytmas so`zidin,

Faqat ko`pdur, esiz ko`p dushmaningiz.

Navoiy:          Engur zulmatni nur, albatta, shaksiz.

Guli:               Biroq, hozircha zulmatning kuchi ko`p,

Xaqiqat nurini so`ndirguchi ko`p.

Kecha ko`rgan edim, men bir yomon tush

tushni eslasam boshdin uchar hush…

Navoiy:          Nechuk tush?

Guli:               So`ramangiz

Navoiy:          So`zla, azizim!

Guli:               Tilim bormaydi hech, qalbim to`la bim . ..

Yotibsiz erda siz, qo`l-bo`yin bog‘liq.

Va sizni qurshamish bir to`p pichoqlik.

Yozib, men sochlarimni yig‘lar erdim,

Jafo tig‘ida bag‘rim tig‘lar erdim

Cho`chib uyg‘ondimu, bildim banogoh

Tush erkan. Shul mahaldin nolayu oh

ezar bag‘rimni qattiq, o`rtanur dil,

Misoli o`tga tushgan bir uziq qil…

Navoiy Gulining so`zlaridan qattiq ta`sirlanadi. Ammo ta`sirlanganini yashirishga tirishib, Gulini ovuta boshlaydi.

Navoiy:          Gulim, behudaga bezovta bo`lma,

O`zingni qiynama, g‘amlarga to`lma.

Dadil bo`lsang vahmning rangi so`lg‘ay,

Ishon, odatda tushning aksi bo`lg‘ay.

Meni shersiz deding, yovlar quyondir,

Quyonlarning ishi senga ayondur.



Guli:               Durust, shersiz... faqat… zanjiri band sher....

Navoiy:          ( g‘oyat ta`sirlanib og‘ir).

Ajab, zanjiri band sher, engaman, der.



Guli:               esiz, men sizni ranjitdim…

Navoiy:          (o`zining yangi devonini Guliga taqdim etadi,

Guli:               (devonni olib.)

Jonim bilan.



Navoiy:          Yangi bitilgan

Sening ishqing bilan

O`sgan, etilgan.

Umuman ifodali o`qish talabalarni estetik jihatdan tarbiyalashning muhim vositalaridan biri bo`lib, aql-idrokni charxlaydi, zavq va nazokat uyg‘otadi   hamda to`g‘ri fikrlash va radov gapirish mahoratini o`stiradi.



Boshlovchi:

Magar o`zbek tirik bo`lsa

Ash`oring dillarga to`lsin

O`zga yurtda bo`lsa hamki

Mozoring gullarga to`lsin

Ruhing shod, qadring obod

Boshing uzra chechaklar unsin

O`g‘lonlari ng Farhod sifat

Shirindek qizlaring bo`lsin.

******************************************************

NAVOIY YODI-ILA YASHAYMIZ MUDOM!”  TADBIR SSENARIYSI

                           

Davrlar o’tadi, masofa ortar,

Yurakka yaqinlab boradi bu nom.

Har lahza hikmati yodimni tortar,

Navoiy yodi-la yashaymiz mudom.

 

Sahna. XV asr oid milliy jixozlar bilan bezatilgan.Shamdonda shamlar yoqilgan.

Lavhda kitob. (Nog’ora ovozi)

 

Jarchi: ”Tinglang,Hirot ahli,bu kecha ahlu fuzalo, dono-yu ulamo,izzat va ma’murlik

Bo’stonida yig’ilib,ilm nurlaridan ko’ngillarini yoritgay, qalblariga adolat va ezgulik urug’larini sochgay, dillarini nuri ziyo  

      

“Tinglang,Hirot ahli,bu kecha  ahl-u fuzalo, dono-yu ulamo,izzat va ma’murlik bo’stonida yig’ilib,ilm nurlaridan ko’ngillarini yoritgay, qalblariga adolat va ezgulik urug’larini sochgay, dillarini nuri ziyo suvlari bilan munavvar qilgay,alar xizmatiga bel bog’lang va suhbatidan bebahra qolmang”.



      

Sahnada PIR-U KOMIL USTOZ paydo bo’ladi (o’ychan qiyofada, xayol surganday) birin-ketin mashvarat ahli kirib keladilar.

 

1-Shogird: Ustoz, nechun bu mashvaratni tunda uyushtirdinggiz.



Ustoz: Beishq ulusqa kom uyqu,

            Ishq ahlig’a harom uyqu ,- deydilar.

 

Shu payt qo’llariga ramzlar ko’targan yosh mullabachchalar kirib kelishadi va odob bilan salom berishadi:

 


  • Assalom-u alaykum, ustoz!

  • Vaalaykum assalom, Vo ajab, nesababdan bu yosh mullabachchalar bizning mashvaratimizni ixtiyor qilubdur.

  • Ustoz, biz tavoze’ ahlimiz.

  • Tavoze’, qanday go’zal lutf,bu so’zning ma’nisini chuqur anglaysizmi?

Mullabachchalar birin-ketin:

  • Xokisorlik

  • Kamtarlik

  • Hurmat

  • Izzat

  • Ehtirom

  • Itoatgo’ylik

  • Bo’ysunish, insonga xos mana shu yeti fazilatni o’zida mujassamlashtirgan bu birgina sifat tavoze’dir.

Barcha  mullabachchalar birgalikda:

 

“Ham tavoze’li bo’lib, ham boadab,



Yaxshilarning suhbatin qildik talab”.

    


Ustoz:Barakallo, bugungi suhbatimiz esa rostgo’ylik va tog’rilik haqidadir.

 

Dunyo shu tog’rilik tufayli barqaror, uning qorong’u go’shalari, yig’inlari shu sham nuri bilan beangandir va egrilik inkoridankim,agar egri kishi kumushbadan go’zallar yuzidan zulfdek joy olsa ham boshi kesilgulik. Kishining o’zi to’g’ri bo’lsa, dunyoning teskari aylanishidan uning ne ishi bor.



 

1-shogird: To’g’ri aytasiz ustoz, mana qarang, nay to’g’ri bo’lgani uchun so’fiylar uni yaxshi ko’radi, egri bo’lganida tanbeh olar, qulog’I buralar edi.

2-shogird: Nayza to’g’riligi tufayli doim balandda turadi, arqon egriligi uchun doim bog’langan.

3-shogird: Sozlangan torning qili to’g’ri bo’ladi, egri bo’ldimi sozlanmagani (qo’lidagi tordan kuy chaladi.)

 

Ustoz: Kimki to’g’rilik nima ekanligini anglamoqchi bo’lsa, shuni bilsinki, kishining so’zi birla o’zi ham to’g’ri bo’lishi kerak.



Mullabachchalardan biri: Sizlar to’grilik haqida ko’p va xo’p so’z aytdingiz, dalillar keltirdingiz, ammo biz shunday zamon odamlariga mubtalomizki, ularning oldida rostgo’ylikdan yomon narsa yo’q,

2-mullabachcha: Kimki bu davrda rostgo’ylikni odat qilsa, kambag’allik, yetishmovchilikdan boshi chiqmaydir.

3-mullabachcha: Ha, ha! Davr ham egrilini talab qilganida sen to’g’rilikni o’zingga shior qilib olsang zamon senga  dushmanlik qiladi.

Ustoz: (chuqur o’yga cho’mgan holda) fikringgizni dalillay olasizmi?!



  • mullabachcha:Mana, qarang, qalam to’g’rilikka yo’l ko’rsatgani uchun boshi kesilib pastda turadi.

  • mullabachcha: Alif to’g’rilikdan bong urgani uchun “balo” ( ﻻ ﺑﺎ ) ostida qoladur.

  • mullabachcha: Ilon tanasi egri bo’lsa ham doim xazina ustida yotadur.

  • mullabachcha: Salla qanchalik egri bo’lib chirmashmasin, bosh ustiga chiqishga loyiq topildi.

Ustoz: Hayotda shunday nohaqliklar ham bo’ladi. Ammo egrilikning ham, to’g’rilikning ham o’z haqiqiy ta’rifi bor. Egri nohaq, to’g’ri haqdir.

 

Mashvarat shu asnoda bahs-munozaraga aylanadi.O’quvchilar o’z fikrini asoslash uchun “Hayrat ul-abror”dan ayrim parchalarni yod olishadi va tahlil qilishadi.

 Sham bo’yi tuz kelib ayvon aro,
1-o’quvchi:


Shahidi bazm o’ldi shabston aro.

Egri uchish birla chu ko’p aylanib,Qaydaki, parvona borib o’rtanib.

 

Ya’ni, ziyo nur timsoli bo’lgan Sham kuyib kul bo’lsada,ezgu amalidan mamnun,parvona esa egriligi, bemaqsad,besamar harakati ila o’zini halokatga olib keladi.Bunday insonlar to’g’rini egri,rostni yolg’on deyishlari tabiiydir.2-o’quvchi:Sarv to’g’ri o’sganligi uchun u haqiqatgo’ylik,adolatparvarlik timsolidir.Alqissa,bunday xususiyat egalari xazon ofati bo’lmish har qanday balo-qazolardan omon qoladi.Sumbula esa har kimning ketidan ergashib, mustaqil fikrga ega bo’lmagani uchun yuzi qaro.

 

2-o’quvchi:

Rost ulkim nazari to’g’ridir,

Kim iligi egridir,ul o’g’ridir.,

Bo’lsa ilik egrilik ichra samar,                          

El ani kesmakla tuz etgay magar..

 

3-o’quvchi:



El orasida”nazari to’q” degan fikr bor.Bunday odamlar barcha hoyu havaslardan o’zlarini tiya biladilar,ammo”qo’li egri” deb ta’riflanuvchi kimsalar borki,ular oily jazoga mahkumdir.

 

1-o’quvchi:



Ko’zki erur egri aning xilqa’ti .

Birni ikki ko’rmak aning san’ati

 

Ko’z insonning tashqi olamdan,uning go’zalligidan bahramand etadi,ammo u birni ikki qilib ko’rish bilan hodisalarni noto’g’ri baholaydi.



 

Piri komil:    Kimsaga yolg’onchi debon qilsa ot,

Bu ot ila chorlasalar o’zu yot.

 

Azizlar,hammamiz bu dunyoda o’tguvchimiz zero:



 

Bu gulshan ichra yo’qdir baqo guliga sabot

Ajab saodat erur yaxshilik bila chiqsa ot..

 

Shu asnoda fikrlar dalillanib, yosh mullabachchalar ko’targan muammo o’z yechimini topadi. Asar badiiyligini ta’minlovchi tanosib – baytda ma’no jihatdan bir-biriga yaqin tushunchalarni anglatuvchi : sham – sabiston, parvona-aylanmoq, o’rtanmoq, sarv – xazon, sunbula, bog’ kabi so’zlarni qo’llash orqali hosil qilinganligi izohlanadi.



 

Tashbeh-o’xshatish,qiyoslash ma’nolarini anglatib, nayza va nay – to’g’rilikka, arqon, chaqmoq, ilon, salla – egrilikka tashbehlanganligi o’ziga xos badiiylikni ta’minlagani haqida nazariy ma’lumotlar beriladi.

 

Tadbir  so’nggida boshlovchi:



 

Darhaqiqat, Alisher Navoiy ijodi bir xazinadirki, har kim qo’l solib siqqanicha olar, bir ko’zgudirki, har kim ko’z tashlab ko’rganicha olar, u zamon tanlamaydi, makon tanlamaydi, doimo dunyo bo’ylab kezib yuraveradi.

 

Navoiy so’z mulkida yagona sulton,



Turkiygo’y shoirlar bazmini qurdi.

O’z ona tilida terib injular,

Qalblarga umrbod muhrlab qo’ydi.

Odamlar keladi va ketar yana,

Ammo yashajakdir qalbda zo’r  mehr.

Do’stlar besh asrkim guvohsiz mana,

Avlodlar dilida yashar Alisher !

 

Mashvarat yakunida Navoiyning quyidagi so’zlari o’qib eshittiriladi:



“Umidim shulki, bu asrga o’quvchilar diqqat e’tibori bilan nazar solib, har qaysilari o’z idrokiga yarasha o’qib dillarini obod  va yozuvchi ruhini shod etgay… ”

Tamom


*********************************************************

 

AJDODLAR RUHI MANGU BARHAYOT”    TADBIR SSENARIYSI



 

 

Sahna bayramona bezatilgan.

 

Sahnaga Alisher Navoiy chiqadi:

Turk nazmida chu men tortib alam,

Ayladim ul mamlakatni yak qalam.

 

Men ikki daryo bo`yidagi xalqimni yak qalam qildim. Tilimizni tahqir va haqorat botqog`idan she`riyat osmoniga ko`tardim. Yo`q-yo`q, men yanglishibmen pista po`chog`idan kema yasamoqchi bo`libmen.



 

Men yetolmagan orzularga kelajak nasllarim yetmog`I darkor. Shunda men o`z she`rlarim bilan labbay deb javob berurmen.

 

Hind, o`zbek qizlari sahnadan o`tib ketadi. Ortidan Bobur chiqadi:

 

Ko`ngil asli g`amxona ko`rinur kibi g`uncha



Yozdim ko`p Andijon yurtim haqida g`zal

Bu miskin zor Bobur sindiyda shoh bo`lguncha,

O`z yurtimda gado bo`lmoq erdi afzal

Avlodlarga qilgum eng pokiza tilak

Mehr - muhabbatli, sobit bo`ling har dam

Bo`ling she`r mardoni sizga bo`lsin katta yurak

Katta buyuklik sari olg`a tashlang qadam.

 

Sahnadan Bobur Mirzo chiqib ketadi.

 

Sahnaga hind, chin, misr, farang elchilari kiradi. 

 

Sahna ortidan: “ Hirot taxtining hukmdori, Temuriyzoda, Ollohning yerdagi elchisi Husayn Boyqaro tashrif buyuradilar!”

       

Husayn Boyqaro:

Xush kebdurlar, elchibeklar dargohimizga,

Eshitgayman arzlarini!

 

Chin elchisi:

Xurosonu Turkistonni sayr etib yurdik,

Hamma yoqda mehmondo`stlik e`htirom ko`rdik.

 

        Hind elchisi:



Hind mulkidan kelganimda niyat qilgandim,

Xurosonu Turkistonni sayr etib chiqsak,

Undan keyin ko`ra olsam janoblarini.

Zero hindning barcha orif va olimlari

Siz hazratning nomlarini ko`p ulug`laydi.

 

       Misr elchisi:



Hatto bizning tilimizni tariximizni

Bizga ta`lim kilib turdi bu donishmandlar.

Bizga agar lutf etilsa ruxsati oliy

Bu kitoblar nushasidan olib ketgaymiz.

 

Farang elchisi:

Ko`p bilimlar o`rgangusi faranglar sizdan,

Yuraklarda minnatdorlik hissi bilan biz

Yo`l olamiz uzoq yurtga - Farangistonga,

Mag`ribdagi insonlarga rostin aytamiz!

Hazrat Navoiy “Hamsa”sini olib ketmoq istarmiz.

 

Husayn Boyqaro:

Bajonidil bu buyuk asarning olam uzra tarqalmog`in biz ham istarmiz!

Qani buyuk Navoiy “Hayrat ul-abror”din bayt o`qing!

 

Alisher Navoiy:

Emas oson bu maydon ichra turmoq,

Nizomiy panjasig`a panja urmoq.

Kerak sher oldoda sher jangi,

Agar sher o`lmasa bori palangi.

 

Husayn Boyqaro: 

Shabistonda tug`di yangi biro y,

Yangi oy yo`qki, mehri oamoroy.

 

Sahnaga Farhod va Xusrav chiqib keladi.

 

Xusrav:

Qaydinsen ey mMajnuni gumrah?



Farhod:

Majnunu vatanidin qayda ogah?



Xusrav:

Nedur sanga olamda pasha



Farhod:

Ishq ichra majnunliq hamisha



Xusrav:

Ishq o`tiding de fasona



Farhod:

Qo`ymas kishi topmas nishona.

 

Sahnani Farhod va Xusrav tark etadi.

 

Husayn Boyqaro:

Ishq ichra becha etib maloli

Mahvash qilur erdi zabt holi.

 

Majnun bilan Layli chiqadi.

 

Majnun:

Layli ishqidin kuydi yuragim yomon

Modibadar hijronida dil o`rtar hamon.

Majnun ishqi erur vafodor

Vaslini ko`rmoq Qays Majnunga armon.

 

Layli:

Majnun so`zidin ayladim hitob

Layli qalbida erur hijlat behisob.

 

Layli va Majnun sahnani terk etib, Bahrom bilam Dilorom chiqadi.

 

Bahrom: 

Dilorom raftoridin mast bo`ldim,

Ul jonon ruhsorida orzuga to`ldim.

 

Dilorom:

Bahrom oshiq kechsa ham jondin,

Oshiq sevgisi ketmas yurak qondin.

 

Iskandar: 

Eshitdimki Iskandar nomdor

Chu bo`ldi jahon ahlig`a komgor

Ne kishuvar bo`ldi musaxxar anga

Mute bo`ldi Doroyu kishvar anga.

 

Alisher Navoiy:

Bu asarni sizga taqdim etgum!

 “Xamsa”ni elchilarga taqdim etadi.

 

Husayn Boyqaro:

Uni avaylab asrang. Bir necha avlodlarga yetkazing. Endi xonanda va sozandalarimizning mahoratlaridan ham bahramand bo`ling!

 

Barchalari chiqib ketadilar.

****************************************************

NAVOIY ZIYOSI

Alisher Navoiyning hayoti va ijodiga bag`ishlangan tadbir ssenariysi

 

Sahnaga ikki boshlovchi chiqadi.

 

1-boshlovchi:  Buyuk mutafakkir, g`azal mulkining sultoni - Mir  Alisher Navoiy tavalludi tantanasiga yig`ilgan aziz mehmonlar, assalomu alaykum!

 

2-boshlovchi:  "Davron elining jismida jon bo`lg`on" mo`'tabar ustozlar, assalomu alaykum!

 

1-boshlovchi:

Jondin seni ko`p sevarmen, ey umri aziz,

Sondin seni ko`p sevarmen, ey umri aziz.

Har neniki sevmak ondin ortuq bo`lmas,

Ondin seni ko`p sevarmen, ey umri aziz.

 

2-boshlovchi:

Kamol et kasbkim olam uyidin,

Senga farz o`lmag`ay g`amnok chiqmoq.

Jahondin notamom o`tmak biaynih,

Erur hammomdin nopok chiqmoq.

 

Boshlovchilar chiqib ketadilar.Sahnaga 3 o`quvchi va Navoiy chiqadi.

 

1-o`quvchi:  

Aziz bobojon! Siz betakror va boqiy siymosiz. Siz yaratgan asarlar samodek tiniq, tongdek shaffof, musiqiy ohanglar bilan yo`g`rilgan.

Asarlaringizni o`qir ekanmiz, har bir satringizdan o`z xalqingizga, insoniyatga cheksiz mehringiz, u bilan bir jon, bir tan ekaningizni anglash qiyin emas.

 

Vatan tarkini bir nafas aylama,



Yana ranji g`urbat havas aylama.

 

2-o`quvchi:

Aziz bobojon! Siz jozibador baytlaringiz bilan insoniyatga so`zning sehrini, hayotning ma'nosini, saodatning eshigini ochib  berayotgandeksiz. Bu gulshanda saodatning kaliti odamlarga yaxshilik qilishda ekanligini anglatdingin,

 

Bu gulshan ichra yo`qtir baqo guliga sabot,



Ajab saodat erur yaxshilik bila chiqsa ot.

3-o`quvchi:

Ulug` ustoz!  Siz  g`azal mulkining sultonisiz. Siz bir umr:

 

Odamiy ersang demagil odami,



Onikim yo`q xalq g`amidin g`ami,-

degan shioringizga sodiq qoldingiz.

 

O`quvchilar chiqib ketadilar.

 

Ovoz:

 

Jahonki muqaddas neni ko`ribdi,



Bariga onasan, ey qodir hayot.

Asrlar qa'ridan boqib turibdi,

Nurli bu yuzlarga nuroniy bir zot.

Shu buyuk o`g`lingni ardoqlab dildan,

Xalqim, ta'zim etsang arzigay tamom.

Uning nomi bilan birga bitilgan

Dunyo daftariga o`zbek degan nom!

 

Mumtoz kuy chalinadi. 

 

Navoiy o`z ijodxonasida

 

Kecha kelgumdir debon ul sarvi gulro` kelmadi,



Ko`zlarimg`a kecha tong otquncha uyqu kelmadi.

Lahza-lahza chiqdimu chektim yo`lida intizor,

Keldi jon og`zimg`ayu ul sho`xi badxo` kelmadi.

 

Asta-sekin Navoiy siymosi sahnadan chekinib, kuy qo`shiq va raqsga ulanadi. 



Munojot.

 

1-boshlovchi: 

Navoiy 60 yillik umri davomida o`z davrining ijtimoiy-siyosiy  voqeliklarini, inson tuyg`ularini, uning kamolini, o`z orzu-tilaklarini  boy adabiy ilmiy merosida aks ettirdi.

 

2-boshlovchi: 

Navoiyning  mana shu boy badiiy, ijodiy dahosi o`z davridan boshlab adabiy hayotimizda alohida bir maktab bo`lib keldi.

 

1-boshlovchi: 

Navoiyga bag`ishlangan bugungi tadbirni ramziy ma'noda to`rt faslga bo`lamiz. Zero, Navoiy "Xazoyin ul-maoniy"da aytganidek, "Umr fusulining navbahori"ga sayr etsak.

 

Yosh Alisher bolaligidanoq o`zining o`tkir zehni, ziyrakligi va xushxulqi bilan  barchani hayratga solgan. U uch-to`rt  yoshidayoq she'riyatga mehr qo`yadi,  to`rt-besh yoshida Qosim Anvor g`azallarini yod biladi, maktab yoshida Farididdin Attorning "Mantiq ut-tayr" asarini to`liq yodlaydi.



SAHNA KO`RINISHI

 

Yosh Alisherning Taft shahrida Sharafiddin Ali Yazdiy bilan uchrashuvi sahnalashtiriladi (5-sinf. “Zulmat ichra nur” qissasi asosida):

 

Sho'x Alisher ertalab turib, o'z o'rtoqlarini boshlab ko'chaga chiqdi. Karvonsaroyning yonida katta bir xonaqoh bor edi. Bolalar ikki tavaqasi lang ochiq darvozadan kirishdi. Xonaqoh hovlisining bir chekkasida keksa odam ko'zini yumib, pichirlab o'tirardi.

Yuringlar, o'shul quduqning charxini aylantirurmiz, — dedi Alisher ko'zlarini chaqnatib.

Yo'q, anovi kishi koyib beradur.

Urishmaydur ul kishi, o'zi yuvosh odamga o'xshaydur.



Bolalar qo'raning o'rtasiga kelib, quduqning yonida to'xtashdi. Burchakda o'tirgan kishi ko'zlarini ochib, ularga maroq bilan qaradi va:

Hoy bolalar, bu yoqqa kelinglar, — dedi kulib. Bolalar bir narsadan hurkigan jayronlardek duv etib o'zlarini darvoza tomon urdilar. Faqat Alisher qo'rqmay, cholning oldiga borib salom berdi.

Vaalaykum assalom, katta bo'ling! Sizlar bizning qishloq bolalariga o'xshamaysizlar.   Qoydin keldinglar?

Hirotdin, Iroqqa ko'chib ketayotirmiz, — dedi Alisher cholning ko'kragigacha tushgan oppoq soqoliga qarab.

Nega ko'chib ketayotirsiz?

Iye, gapdan xabaringiz yo'qmi? Xurosonda urush boshlanib ketdi-ku. Podshohzodalar bir-birlarining kallasini kesmoqda, yurtni talamoqda, mundoq zamonda...



Chol og'zini ochib, o'ng qo'lini qulog'iga qo'yib, Alisherning gapiga quloq soldi.

Mabodo telba Mironshohning merosxo'rlaridin biri taxtga o'tirsa bormi, naq kallamiz ketadur-a...



Chol qiqirlab kulib yubordi.

Ne sababdin?

Bizlar Boyqarolarg'a xizmat qilib kelganmiz. Boyqarolar Mironshoh avlodi bilan it-mushuk.

Rost aytding, bolam. Farosatli ekansan. Bobongning ismi nedur?

G'iyosiddin, laqabi Kichkina Bahodir.

Ofarin, ul kishini taniydurmen. Shohrux vafotidin besh-olti yil avval Sabzavorda hokim erdi. Ul kishini bilurmen. Xo'sh, o'zing maktabga   borurmisen?

Ha, taqsir, men to'rt yosh-u to'rt oylik bo'lg'onimda ota-onam maktabga eltib berganlar. Hozir «TaBorak» surasiga tushdim.

Borakallo. Bul jamoat bolalaridin biz choqirg'onda sen kelib, men bila oshno bo'lding. Kel, sening uchun fotiha o'qoli...



Shu payt Alisherning otasi G'iyosiddin va bir necha kishi kirib, cholga salom berishdi va uning qo'lidan o'pib, yuzlariga surtishdi. Alisher hozirgina o'zi bilan gaplashib turgan chol ulug' bir odam ekanini payqab, xonaqohdan chiqib qochdi.

Kechqurun karvonsaroy hujrasida ovqat yeb o'tirganlarida Alisherning otasi xonaqohda o'tirgan cholning Sharafiddin Ali Yazdiy degan ulug' tarixchi ekanini so'zlab berdi.

Ul kishi Shohruxning yonida yurib, ko'rgan voqealarni bitgan, Temur tarixi «Zafarnoma»ni bitgan, — dedi G'iyosiddin hurmat bilan. — Shundog' olim bir kishi umrining oxirida qashshoqliqqa tushib, do'stlarga zor, dushmanga xor bo'libdur, hay darig'!

 

2-boshlovchi: 

Navoiy o`z umrining ikkinchi davrini "Yigitlik nodirliklari" deb atadi. U yetti-sakkiz yoshlarida g`azallar bitgan bo`lsa, o`n ikki-o`n uch  yoshlarida mamlakat bo`ylab shuhrat taratadi, el e'tiborini qozonadi. Navoiy yigitlik yillarida o`zi sevgan shoirlarning  "shirin ash'ori va rangin  ab'yotidin" ellik mingdan ortiq baytni yod bilgan. Aziz qat- nashchilar, Sizni Navoiy umrining shu fasliga chorlaymiz.

 

Navoiy (Navoiy qiyofasidagi o`quvchi) o`z g`azallaridan birini o`qiydi.

 

Ikki o`quvchi Navoiyning  "Qaro ko`zim" hamda "Topmadim" radifli g`azallarini yod aytadilar. Kuy chalinib turadi.

 

1-boshlovchi: 

"Fusulning xazoni, tiriklik bog`ining barg- rezining nishoni" bo`g`on fasl. Alisher Navoiy umrining bu davrida mamlakatda "Amiri kabir" - (Ulug` vazir) sifatida o`zining olijanob va eng yuksak orzulari - xalqqa xizmat qilish, mamlakat osoyishtaligini  saqlash, hokimiyatni mustahkamlash, ilm-fan va adabiyot, obodonchilik va madaniyatni rivojlantirishdek ulkan ishlar qanchalik og`ir va ma'suliyatli bo`lmasin, ularni katta mehr-muhabbat va ulug`vorlik bilan amalga oshirdi. Shu bilan birga, bir lahza ham ijoddan to`xtamadi.

 

2-boshlovchi:

Emas oson bu maydon ichra turmoq,

Nizomiy panjasig`a panja urmoq.

 

1-boshlovchi:

Kerak sher oldida sher jangi,

Gar sher o`lmasa bori palangi.

 

Shu o`rinda o`quvchilar ijrosida "Xamsa"dan parchalar va Navoiy g`azali bilan aytiladigan qo`shiqlar ijro etiladi.

 

2-boshlovchi: 

Buyuk "Xamsa"ni yaratib, Nizomiy, Xisrav Dehlaviy, Jomiyga hamqadam bo`lib, buyuklar qatoridan joy olgan hazrat Navoiy o`z oldiga  qo`ygan maqsadini sharaf bilan ado etdi.

 

1-boshlovchi: 

Zamonining alloma shoiri, ustozi Jomiyning yuksak bahosiga musharraf bo`ldi. Husayn Boyqaro esa  "Bu qalamga falakdin ofarinlar yog`ilsin" deya niyat bildirdi.

 

2-boshlovchi: 

To`rtinchi fasl - "Umr fusulining qishi". Navoiy ishq dardi va ranjining umr oxirida ko`rsatgan natijalariyu jonni o`rtovchi kechinmalarini  "Favoyid-ul kibar"da jamlagan.

 

Tadbirda Navoiy g`azal va ruboiylari bo`yicha mushoira o`tkazishni ham tavsiya qilamiz. Mumtoz musiqa chalinib turadi.

 

1-boshlovchi: 

Alisher Navoiy haqida shoirning do`sti, maslakdoshi Husayn Boyqaro o`z "Risola"sida deydi…

 Sahnaga Husayn Boyqaro kirib keladi.

 

Husayn Boyqaro:



"Mir Alisher turk tilining o`lgan jasadiga Masih nafasi bilan ruh-jon kirgizdi… U har bir she'r turi maydoniga topqir otini surar ekan, o`sha mamlakatni til qilichi bilan o`ziga tobe' etdi. Uning nazmini maqtashga til nuqsonli va qalam ojizdir va bu kun nazm dunyosining ruboi maskunida qahramon udur va uni bu mamlakatni qo`lga kiritgan sohibqiron desa bo`ladi".

 


Download 299.23 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling