“ALISHER NAVOIY VA BOBUR MEROSI – BEQIYOS MA’NAVIY XAZINA”
Ulug‘ mutafakkir bobolarimiz, so‘z mulkining sultoni Alisher Navoiy hamda shoh va shoir Zahiriddin Muhammad Boburning boy ma’naviy merosi butun dunyoni hayratga solib, insonlar qalbiga, ongu shuuriga ezgulik, insonparvarlik, saxovat va mehr-muruvvat nurini taratib kelmoqda.
9-fevral kuni O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi huzuridagi “Binolardan foydalanish va kapital qurilish direksiyasi” davlat muassasasida Alisher Navoiy tavalludining 582 hamda Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 540 yilligi munosabati bilan “Alisher Navoiy va Bobur merosi – beqiyos ma’naviy xazina” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi.
Tabdirda so‘zga chiqqanlar buyuk ajdodlarimiz Alisher Navoiy va Zahiriddin Muhammad Boburning serqirra ijodi va hayoti, ular yozib qoldirgan bebaho asarlar haqida so‘zlab berildi.
Ijodlarida xalqning farovonligi, millat ulug‘ligi, mehr-muhabbat, ta’lim-tarbiya va albatta, ilm o‘rganishga bo‘lgan e’tiborga to‘la, butun dunyo tan olgan mutafakkir olimlarimiz ijodini o‘rganishga bo‘lgan qiziqish, ularning asarlarini turli xorijiy tillarga tarjima qilish va kelgusi avlodlarga yetkazish dolzarb ahamiyatga ega ekanligi ta’kidlandi.
Tadbir so‘ngida ishtirokchilar tomonidan Alisher Navoiy va Zahiriddin Muhammad Boburning g‘azal va ruboiylaridan misralar aytildi.
Do'stlaringiz bilan baham: |