Alisher Navoiy va XXI asr” Xalqaro ilmiy anjumani ssenariyi (2019-yil 9-fevral) Boshlovchi


Download 23.73 Kb.
Sana04.05.2020
Hajmi23.73 Kb.
#103266
Bog'liq
Navoiy-2019 tahrir[1]


Alisher Navoiy va XXI asr”

Xalqaro ilmiy anjumani ssenariyi

(2019-yil 9-fevral)

Boshlovchi:

Olibmen tahti farmonimg‘a oson,

Cherik chekmay Xitodin to Xuroson.

Xuroson demakim, Sherozu Tabriz,

Ki qilmishdir nayi kilkim shakarrez.

Ko‘ngul bermish so‘zimg‘a turk, jon ham,

Ne yolg‘uz turk, balki turkmon ham.

Assalomu alaykum muhataram xonimlar va janoblar…



Boshlovchi: Ulug‘ shoir va mutafakkir Nizomiddin Mir Alisher Navoiy-sharq, Renessansining yirik namoyondasi sifatida jahon sivilizatsiyasi tarixida, ayniqsa, turkiyzabon xalqlar madaniy va ma’naviy hayotining rivojida alohida o‘rin tutgan yorqin shaxsdir. Xitoydan to Xurosongacha bo‘lgan hududlarni o‘z qalami ostida birlashtirgan buyuk mutafakkir shoir, she’riyat mulkining sultoni tavalludining 578 yilligi munosabati bilan o‘tkazilayotgan “Alisher Navoiy va XXI asr” mavzusidagi I xalqaro ilmiy-nazariy anjumanga xush kelibsiz.

Boshlovchi: Alisher Navoiy xalqimizning ongi va tafakkuri, badiiy madaniyati tarixida butun bir davrni tashkil etadigan buyuk shaxs, milliy adabiyotimizning tengsiz namoyondasi, millatimizning g‘ururi, sha’nu sharafini dunyoga tarannum qilgan o‘lmas so‘z san’atkoridir.

Dedim nazm ahlining sarhayli kim bo‘lg‘ay

Dedi hotif Navoiy bo‘lg‘ayulkim tilaydursen agar bo‘lg‘ay.

Boshlovchi: Navoiy faqat turkiy xalqlarga emas, balki butun bashariyatga tegishli mutafakkir shoir. Uning asarlari faqat bir millat uchun yozilgan emas. Ularda tilga olingan har bir muammo va uni bartaraf etish g‘oyalari butun insoniyatga daxldordir.

Bu go‘yo jahon ichra to‘fon erur,

Ki andin jahon ahli vayron erur.

Ne to‘fon, balo bahri chayqalmog‘on,

Jahon ahli suv ostig‘a qolmag‘on

Muhtaram anjuman qatnashchilari endi ijozatingiz bilan konfirensiyamizning faxriy mehmonlarini tanishtirib o‘tsak.



Jiang Yan – Xitoy Xalq Respublikasining O‘zbekistondagi elchisi

Vladimir Tyurdenev – Rossiya Federatsiyasining O‘zbekistondagi elchisi

Alan Melser – Amerika Qo‘shma Shtatlarining O‘zbekistondagi muvaqqat ishlar vakili

Gunter Overfeld – Germaniya Federativ Respublikasining O‘zbekistondagi elchisi

Violen de Vilmor – Fransiya Respublikasining O‘zbekistondagi elchisi

Vinod Kumar – Hindiston Respublikasining O‘zbekistondagi elchisi

Sayid Shahobiddin Timuriy – Afg‘oniston Islom Respublikasining O‘zbekistondagi elchisi

Huseyn Guliev – Ozarbayjon Respublikasining O‘zbekistondagi elchisi

Mosud Mannan – Bangladesh Xalq Respublikasining O‘zbekistondagi elchisi

Sergey Zagorodniy – Belarus Respublikasining O‘zbekistondagi muvaqqat ishlar vakili

Amani al-Itr – Misr Arab Respublikasining O‘zbekistondagi elchisi

Anzor Meladze – Gruziyaning O‘zbekistondagi muvaqqat ishlar vakili

Bahman Og‘oroziy Do‘rmoniy – Eron Islom Respublikasining O‘zbekistondagi elchisi

Andrea Bertotsi – Italiya Respublikasining O‘zbekistondagi elchisi

Nabuaki Ito – Yaponiyaning O‘zbekistondagi elchisi

Kanat Hasenov – Qozog‘iston Respublikasining O‘zbekistondagi muvaqqat ishlar vakili

Kvon Yon U – Koreya Respublikasining O‘zbekistondagi elchisi

Daniyar Sidiqov – Qirg‘iziston Respublikasining O‘zbekistondagi elchisi

Mixails Popkovs – Latviya Respublikasining O‘zbekistondagi elchisi

Dato Norayni binti Abd Hamid – Malayziyaning O‘zbekistondagi elchisi

Irfan Yusuf Shami – Pokiston Islom Respublikasining O‘zbekistondagi elchisi

Pyotr Ivashkevich – Polsha Respublikasining O‘zbekistondagi elchisi

Yazguliy Mammedov – Turkmanistonning O‘zbekistondagi elchisi

Serdar Cham – O‘zbekiston Respublikasidagi TIKA prezidenti

Reychal Ayland – Britaniya Kengashining O‘zbekstondagi vakolatxonasi direktori

Jamilya Gulyamova - Britaniya Kengashining O‘zbekstondagi vakolatxonasi direktori o‘rinbosari

Samir Abbasov – Toshkentdagi Haydar Aliev nomidagi madaniyat markazi direktori

Viktor Shulika – O‘zbekistondagi Rossiya Fan va Madaniyat markazi direktori

Dastlabki so‘z navbati Alisher Navoiy nomidagi ToshDO‘TAU universiteti rektori filologiya fanlari doktori professor Shuhrat Samariddinovich Sirojiddinovga

1.Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri- Inomjon Madjidov

2.O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari-Dilshod Ahatov

3.O‘zbekiston yozuvchilar uyushmasi raisi-Sirojiddin Sayyid

4.Buyuk Britaniya va Shimoliy Irlandiya Birlashgan Qirolligining O‘zbekistondagi elchisi-Kristofer Allan

5Turkiya Respublikasining O‘zbekistondagi elchisi- Mehmet Sureyya Er

6.Tojikiston Respublikasining O‘zbekistondagi elchisi- Sodiq Imomi Ashurboyzoda

7. Qozog‘izstondagi “Do‘stlik” o‘zbek assosatsiyasi- Ikrom Hashimjanov



Boshlovchi:

Degonimni ulusqa marg‘ub et!

Yozg‘onimni ko‘ngulg‘a mahbub et!

Xalqqa zebi torak ayla oni,

O‘qig‘ang‘a muborak ayla oni.

Yetti aflokni anga yor et,

Yetti iqlim elin xaridor et.

Alisher Navoiy o‘zining gumanistik g‘oyalari, badiiy-falsafiy qarashlari, o‘lmas she’riy asarlari bilan insoniyat tafakkuri rivojiga beqiyos hissa qo‘shdi. Uning adabiy merosi nihoyatda ulkan va serqirradir. Hazrat Navoiy Sharq adabiyotining deyarli to‘liq 20 janrida ijod etgan, jami she’riy satrlari 100000 mingdan ortiq bunday shoir jahon adabiyotida yagonadir desak aslo mubolag‘a bo‘lmasa kerak. Alisher Navoiyning ilmiy merosi jahonning turli mintaqalaridagi muzeylar fondidan o‘rin egallagan. Masalan AQSh, Buyuk Britaniya, Fransiya, Germaniya, Rassiya, Turkiya, Eron. Azizlar cheksiz mamnuniyat ila endi Alisher Navoiy qo‘lyozmalarining raqamli nusxalarini topshirish marosimini boshlasak.



(Biror olim chiqib ma’ruza qilsa)

Boshlovchi: Barchamizga yaxshi ma’lumki Nizomiddin Mir Alisher Navoiy ilk turkiy “Xamsa” ijodkori hisoblanadi. Navoiy “Xamsa”sining ilk dostoni “Hayrat ul-abror” (“Yaxshi kishilarning hayratlanishi”) dostoni bo‘lib, u didaktik xarakterga ega. Unda shoir o`zining chuqur falsafiy qarashlarini ifoda etib, ilm o’rganish, olimning jamiyatdagi mavqeyi, ilm talabidagi riyozat ahli haqida so’z yuritadi. Bunday beqiyos fikrlar bilan hazrat Navoiy butun insoniyatni ma’rifatga va ma’naviy yetuklikka chorlaydi.



Birovkim qilsa olimlarg‘a ta’zim,

Qilur go‘yoki payg‘ambarg‘a ta’zim

Hadis o‘lmish Nabiydin bo‘yla hodis-

Ki, olim keldi payg‘ambarg‘a voris
Boshlovchi:

Ashraqat min aksi shamsil kasi anvorul-hudo

Yor aksin mayda ko‘r, deb jomdin chiqdi sado…

Endi e’tiboringizga universitetimiz talabalari va o‘zbek san’at ustalari tomonidan tayyorlangan badiiy chiqishlarni havola etamiz. Marhamat tinglab tomosha qiling.



Boshlovchi: Bugun biz Alisher Navoiy orzu qilgan, o‘z asarlarida tarannum qilgan osoyishta hayot, obod turmush, yuksak ma’naviyat va tarqqiyotidan bahramandmiz. Yurtimizda Alisher Navoiy ilmiy-ijodiy merosiga bag‘ishlab har jabhada ma’rifiy tadbirlar, adabiiy kechalar, xalqaro miqiyosda ilmiy anjumanlar, mushoiralar o‘tkazilmoqda bu oy chin ma’noda adabiyot oyi, she’riyat bayramidir. Bu bayram barchamizga muborak bo‘lsin.

Muhtaram anjuman qatnashchilari xonimlar va janoblar!



Shu bilan anjumanimizning ochilish marosimini yakunlaymiz, barchangizni dastlab tushlikka so‘ngra sho‘ba yig‘ilishlarga taklif etamiz

Bu gulshan ichra yo‘qdur baqo guliga sabot,

Ajab saodat erur chiqsa yaxshilik birla ot.
Download 23.73 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling