Bolalar: «O’zbegim» qo’shig’ini kuylaydilar.
Bola: Navoiy bobojon. Siz yozib qoldirgan xikmatlarni xalq nixoyatda e’zozlaydi. Ruxsatingiz bilan ulardan o’qib bersak.
Navoiy: Barakallo, barakallo!
1-bola: Ona ko’nglini olmoq 50 marta haj qilmoqdan afzaldir.
2-bola: Chin so’z e’tiborli, yaxshi so’z qisqa bo’lur.
3-bola: Tilga ixtiyorsiz, elga e’tiborsiz.
4-bola: Oz-oz o’rganib donno bo’lur, qatra-qatra yig’ilib daryo bo’lur.
5-bola: Bilmaganni so’rab o’rgangan olim,
Orlanib suramagan o’ziga zolim.
Allomalar: Ofarin bolajonlar, ofarin.
Bola: Bir aziz bobom bor dunyoda tanxo,
Xushtabiat, xushkomat, muloyim dono.
Ko’ngillari kengligi yer qurra osmon,
Ko’zlari nuroniy oynai jaxon.
So’zlari so’lmas gul sochar ko’klam, yoz.
Jahon ziynatiga berar keng parvoz,
Ilxomlari jo’shqin sho’x oqar daryo.
G’azal, bayt, she’rlari bulbuli guyo.
Bola: So’z matni lazzati asalu-qaymoq,
Tafti jon havosi, oftobdek qaynoq,
Shoir, bog’bon, alloma sarvar,
Umrini halqiga, bergay halqsevar.
Uylari hamisha otalik mexri,
Olamga ma’rifat odillik mexri.
Halqlarning g’amini yegan otaxon
Haqiqat borini degan otaxon.
Bola: Asrlar taqdirin oldindan ko’rgan,
Adolat uyiga poydevor ko’rgan.
Ellarga quyoshdek maqbul kitobi,
Jaxonda nur sochar «Hamsa» oftobi.
So’z bilan jaxoni lol-xayron etgan,
Odamzod qalbini mudom eritgan.
Zulmatni qalagan gulhanga, o’tga,
Erkin hayot, tenglik istagan yurtga.
Bola: Jahondek bag’ri keng sahiy bobomsiz,
567 yoshga kirgan donosiz.
Ko’ngil uyimizda doimo borsiz,
So’zingiz qo’shiqdir mangu bahorsiz.
Alisher farzandi bo’lganim uchun,
Bobomning qalamin tutganim uchun,
Burchimni oqlashga axd-qarorim bor,
Farzandlik nomim mangu baxtiyor.
Do'stlaringiz bilan baham: |