Alisher Navoiy va Zaxiriddin Muhammad Bobur tavallud topgan kuniga bag’ishlangan bayram ertaligining kompozisiyasi


Uvaysiy: Barakallo qizlar, barakallo. (Qizlar Uvaysiyga boshlarini xiyol egib ta’zim qilib turadilar)


Download 0.77 Mb.
bet6/87
Sana16.06.2023
Hajmi0.77 Mb.
#1497374
TuriKompozisiya
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   87
Bog'liq
ALISHER-NAVOIY-TADBIRI

Uvaysiy: Barakallo qizlar, barakallo.
(Qizlar Uvaysiyga boshlarini xiyol egib ta’zim qilib turadilar).
Uvaysiy: Sizlarni ko’rib yanayam quvonchim ichimga sig’may ketdi. Men sizlarga chiston ya’ni topishmoq olib kelganman, topasizlarmi?
Qizlar: Topishga harakat qilamiz.
Uvaysiy: U na gumbazdir eshigi, tuynugidin yo’k nishon,
Necha gul-gun pok qizlar manzil aylabdur makon.
Tuynugin ochib, alarning holidan olsam habar,
Yuzlarida parda tortug’lik, turarlar bag’ri qon.
Qizlar: (O’ylanib) Anor, anor, anor.
Allolamalar: Barakallo, barakallo aziz bolajonlar.
RAQS.
Choyxonachi: O’zbekiston jahonda buyuk daxo, allomalar, sarkardalar Vatanidir.
Okean ortidagi yerni, birinchi bo’lib kashf etgan Kim?
Bolalar: Abu Rayxon Beruniy.
Choyxonachi: Tib ilmining asoschisichi?
Bolalar: Abu Ali ibn Sino.
Choyxonachi: Buyuk matematik Al Xorazmiyni voyaga yetkazgan qaysi yurt?
Bolalar: O’zbekiston zarin tuprog’i.
Choyxonachi: El qalbida buyuk insonlar qoldi,
Metinday mustaxkam iymonlar qoldi.
Toshlar cho’kib ketdi, ummonlar qoldi,
Navoiy, Bobur, Temur ruhida,
O’zbek elining armoni qoldi.
Bayram kompozisiyasi «O’zbekiston» fonogramma qo’shig’i bilan yakunlanadi.


Navoiy viloyati Nurota tumani XTBga qarashli 42-umumiy o’rta ta’lim maktabi Ona tili va adabuyot fani o’qituvchisi Jalolova Irodaning Alisher Navoiyning 578 yilligiga bag’ishlab “Navoiydan so’z ochsam agar” deb nomlangan adabiy-badiiy kecha senarisi:
+
Sahna Alisher Navoiy rasmlari,bukletlar,asrlari ,slayd vidyoroliklar,Prezidentimiz Islom Karimovning “Barcha oliyjanob ishlarimizda Navoiy g’oyalari,Navoiy ibrati,Navoiy ruhi bizga hamisha hamroh bo’lsin!” degan so’zlari yozilgan shiorlar bilan bezatilgan.
Dastlab sahnaga kuy sadosi ostida ikki boshlovchi, so’ng esa o’quvchilar chiqib keladi.


  1. Download 0.77 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   87




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling