Alisher Navoiy va Zaxiriddin Muhammad Bobur tavallud topgan kuniga bag’ishlangan bayram ertaligining kompozisiyasi.
Bog’cha bayramona bezatilgan. To’rida A.Navoviy va Z.M.Bobur portretlari. Gullar. Zal milliy tusda bezatilgan. Choyxona tasviri, so’richalarga yakandozlar solingan, choyxonachi davraga kirib keladi.
Choyxonachi: Odamlaru-odamlar, bog’da bitgan bodamlar,
Eshitmadim demanglar, eshitganlar jilmanglar.
Umidlar honasiga, bog’cha choyxonasiga,
Hamma jam bo’lib kelsin, quvonchga to’lib kelsin.
Allomalar kelyapti, momolarim kelyapti,
Ajdodlarim ulug’lagan, o’zbeklarim kelyapti.
Exe…..xe…….xe……..!
(Davraga Shum bola kirib keladi).
Shum bola: Choyxonachi aka namuncha jar solasiz, tinchlikmi uzi?!
Choyxonachi: Ey..! Shum bola! Bugun bu yerda ulug’ alloma bobolarimiz, momolarimiz jam buladilar! Bugun xazrat Navoiy va Bobur bobokalonlarimizni tavallud kunlari nishonlanadi.
Shum bola: Ey… bulmasa katta yig’in boshlanar ekanda.
Choyxonachi: Xa shunday. Kel, sen ham menga qarashib yubor choy-poy tashigani.
Shum bola: Xo’p bo’ladi.
Choyxonachi: Qani davramizga marhamat!
(«Choyxonachi» musiqasi ostida milliy kiyim kiygan bolalar davraga kirib keladilar. Shum bola «Choyxona» qo’shig’ini aytib beradi. Choyxonachi o’yinga tushadi.)
Bola: Navoiy, Bobur bobolarni,
Yod etmoq uchun.
Alarning ruxini,
Shod etmoq uchun.
Bilganlarimizni yetkazmoq uchun.
Choyxonada bir piyola,
Choy ichmoq uchun
To’planib aytamiz,
Shirin bir kalom.
Sizlarga yo’llaymiz,
Hamma: Dildan ASSALOM!
Choyxonachi: O’xu…. Kelinglar bolajonlar! Choyxonamizga xush kelibsizlar. Hozircha bolajonlar bu yerga she’riyat sultonlari bo’lmish Navoiy va Bobur bobokalonlarimiz o’zlarining tavallud topgan kunlarini nishonlash uchun kelib qoladilar. Ularni yana tavallud kunlari bilan tabriklash uchun bobolarimiz va momolarmiz tashrif buyuradilar.
Navoiy bobomiz aziz bolajonlar, 1441 yil 9-fevralda Afg’onistonning Xirot shaxrida dunyoga keladi. U o’zbek xalqining ulug’ shoiri, buyuk olimi, davlat arbobi, jahon adabiyotining misilsiz siymolaridan biridir. U butun xayoti va faoliyatini insonnig baht-saodati uchun kurashga, xalqning osoyishtaligiga, urushlarning oldini olishga, obodonchilik ishlariga, ilm va fan, san’at va adabiyot taraqqiyotiga bag’ishladi. U 1501 yilda Afg’onistonning Xirot shaxrida olamdan o’tadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |