Alisher navoiyning “ muhokamat ul lug’atayn” asarini o’qib o’rganish


Download 1.54 Mb.
bet2/2
Sana21.01.2023
Hajmi1.54 Mb.
#1106816
1   2
Bog'liq
Adabiyotshunoslikka kirish Eshniyazova Lolagul

"Muhokamat ul-lugʻatayn" („Ikki til muhokamasi“, 1499) — Alisher Navoiyning tilshunoslikka oid asarlaridan biri. Navoiy „Ikki til muhomamasi“ (Muhokamat ul-Lugʻatayn)asarida oʻzbek tilining boyligini, qudratini, oʻsha zamonning adabiy tillari qatoridan oʻrin olishga qodir va haqli ekanligini ilmiy tomondan isbotladi. Asarda oʻzbek (turkiy) va fors tillari unli tovushlar, leksika va morfologiya doirasida oʻzaro qiyoslanadi. Dastlab har ikki tildagi unlilar qiyoslanganda, shoir fors tilida unlilar soni cheklanganligi, oʻzbek tilida esa unlilar bir qancha maʼno farq, lovchi variantlarga ega ekanligi va ular uzaro uzunqisqaligi bilan ajralib turishini dalillar orqali koʻrsatib bergan.
Alisher Navoiy oʻzbek va fors tillari leksikasini qiyoslash uchun tabi-at manzaralari, uy-roʻzgʻor buyumlari, ov jarayoni, hayvon va qushlarning turlari kabi juda koʻp sohaga oid yuzlab soʻzlarni keltirib, bu soʻzlarning mukrbalasi forschada yoʻkligini, forslar koʻpincha oʻsha oʻzbekcha soʻzlarning oʻzini ishlatishlarini taʼkidlab, oʻzbek tilining boy imkoniyatlarini har tomonlama koʻrsatgan. Mana shunday fikrlaridan ayrimlari: „…xoʻblarning koʻz va qoshlari orasinki, qabogʻ derlar, forsiyda bu uzvning oti yoʻqtur..“.
Alisher Navoiy soʻzlarning koʻp maʼ-noliligi, sinonimlar jihatidan ham oʻzbek tilining imkoniyati kengligini, ularning sheʼriyatda turli nozik maʼnolarni ifodalashdagi ahamiyatini (ot, it, tush, yon, yoq, bor, sogʻin, tuz, koʻk kabi soʻzlar talqinida) koʻrsatadi. Navoiy grammatik jihatdan ham oʻzbek tili fors tiliga nisbatan baʼzi imkoniyatlarga ega ekanligini tahlil etadi.
Maʼlumki, qaysi til maʼ-noni qisqa yoʻl bilan ifodalay olsa, shu til rivojlangan til hisoblanadi. Oʻzbek tilining rivojlangan til ekanligini shoir zaruriy misollar bilan koʻrsatib beradi. Mas, oʻzbek tilida birgalik nisbat qisqagina -sh affiksi orqali yasaladi: „va masdargʻa bir shin harfi ilhaq qilmoq bila ul maqsudni topibdurlar. Andoqki chopishmoq va topishmoq va quchushmoq va oʻpushmoq va bu shoye lafzdur“. Forslar bu maʼnoni soʻz birikmasi orqali ifodalaydilar. Navoiy shaxs oti yasovchi qoʻshimchaning xususiyatini 30 ga yaqin soʻz misolida isbotlab (qoʻrchi, suvchi, nayzachi, yurtchi, qushchi, barschi, qoʻychi, turnachi, kiyikchi va h.k.), oʻzbek tilining soʻz yasash va fikr ifodalash jihatidan ham oʻziga xos imkoniyati mavjudligini koʻrsatgan. Navoiy oʻzbek tilining boyligi va qudratini, ifodaviy imkoniyatini asosli tahlil etib, quyidagi xulosaga keladi: oʻzbek tilida bu xildagi nozik maʼnoli suz va iboralar koʻp, ammo „bu kunga degincha hech kishi haqiqatigʻa muloxaza qilmogʻon jihatidan bu yashurun qolibdur… hunarsiz turkning sitam zarif yigitlari osonliqqa boʻla forsiy alfoz bila nazm ayturgʻa mashgʻul boʻlubturlar“. Shuning uchun Navoiy oʻzbek shoirlarini uz tilida ijod qilishga daʼvat etadi.
Alisher Navoiyning morfologik qarashi ham uning «Muhokamat ul lug‘atayn» asarida qisman aks etgan. Alisher Navoiy turk (о‘zbek) tilining shuhratini olamga yoyish bilan birga, umuman, tilshunoslikning eng muhim masalasiga nisbatan о‘z fikrini ham aytib о‘tgan, о‘z munosabatini bildirgan. Alisher Navoiyning morfologik qarashi uning quyidagi fikrida, talqinida о‘z ifodasini topgan: a) sо‘zni uch turkumga ajratadi: fe’l, ism va harakat (yordamchi). Bunda Navoiyning fe’lga alohida e’tibor qaratgani ancha muhim; b) fe’lning birgalik nisbatdagi shakliga alohida e’tibor beradi (orttirma nisbat yasovchi -t qо‘shimchasiga diqqat qiladi); v) mazmuniy sintaksis bо‘yicha ilk ma’lumot bergan. Kо‘rinadiki, Alisher Navoiy о‘z davrida tilshunoslikning boshqa sathiga tо‘xtalish bilan birga, morfologik sathga oid о‘z talqinini beradi. О‘zbek tili morfologiyasiga doir о‘z qarashini bayon qiladi.
A.Navoiy bu asari bilan «fors-tojik tiligina boy va nafisdir, o’zbek tili qashshoq, qo’poldir» degan g’ayriilmiy an‘analarni uzil-kesil tor-mor keltirdi, o’zbek yozuvchilarini o’z ona tilisida ijod qilishga rag’batlantirish, o’zbek tilini fors-tojik tili bilan chog’ishtirishni, bu tilning boyligi va go’zalligini, uning o’ziga xos leksik-morfologik xususiyatlarini so’z yasalish, fonetik tartibi, uslubiyati va boshqa jihatlarini solishtirib, o’zbek tilining fors tilidan qolishmasligi, qolaversa, undan qolishmasligini isbot etdi hamda o’zbek tili so’z boyligi va boshqa ayrim xususiyatlari bilan fors-tojik tilidan bir qator ustunliklarga egaligini ko’rsatib berdi. A.Navoiy tilning lug’at boyligiga alohida e‘tibor beradi.
U ikki tilni bir-biriga chog’ishtirar ekan, fors-tojik tilida ekvivalenti bo’lmagan ko’pgina o’zbekcha so’zlarga e‘tibor qildi. Shoir, ayniqsa, ot turkumi yuzasidan fors-tojik tilida og’o ham, ini ham birodar so’zi bilan, egachi so’zi ham, singil so’zi ham xohar so’zi bilan aytiladi, otning egari zin deyilsa, jibilgir, to’qum; torlig’, to’qa, qushqun kabi asboblari turkiy so’zlar bilan aytilishini ta‘kidlaydi. A.Navoiy so’z yasalishi masalalari haqida ham to’xtalib, o’zbek tilining yangi so’z yasash imkoniyatlari va usullarini misollar asosida isbotlaydi, izohlaydi: o’zbek tilida shin sh harfi chopishmoq, topishmoq, -chi vositasida ko’rchi, suvchi, qushchi kabi so’zlar vujudga keladi deydi va shu kabilar.

E’tiboringiz uchun raxmat !


Download 1.54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling