Alisher Navoiyning hayoti va ijodi. Reja


Download 474.89 Kb.
bet43/79
Sana06.11.2023
Hajmi474.89 Kb.
#1750683
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   79
Bog'liq
Marosim folklori-fayllar.org

"Zarbulmasal" haqida. Gulxaniyning "Zarbulmasal" asari XVIII - XIX asrlar o'zbek nasrining nodir namunasi hisoblanadi. Ma'lumotlarga qaraganda, Qo'qon xoni Umarxon Gulxaniyga masal va maqollar to'plashni buyuradi. Shoir bu topshiriqni tez fursatda a'lo darajada bajaradi. U shunchaki to'plamni emas, maqol, matal va masallarni o'z ichiga olgan va yaxlit syujetga ega bo'lgan "Zarbulmasal" asarini yaratdi. Asarning "Zarbulmasal" deb nomlanishiga sabab, masal zarb qilish, tasvirlanayotgan voqealarni masal va maqollar bilan qu-vvatlab, to'ldirib zarblashdir. Mazkur asarga "Toshbaqa bilan chayon", "Tuya bilan bo'taloq", "Maymun bilan najjor" kabi masallar, 400 dan ortiq maqol va bir qancha xalqona hikmatli iboralar voqealar tavsifiga singdirib kiritilgan. Gulxaniy, asosan, turkiy tildagi maqol va matallardan foydalanadi, qisman tojikcha maqollar ham keltiradi, hatto o'zi ham hikmatona bir necha jumlalar yaratadi.
Asar nasriy tuzilishga ega, adib o'ziga xos bir usulda ichki hikoyalarni, personajlarning nutqlarini, ba'zan o'z munosabatlarini she'riy yo'lda beradiki, nasrdagi bu usul asarni yanada qiziqarli va o'quvchiga tushunarli qilib beradi. "Zarbulmasal" majoziy xarakterdagi asar bo'lib, uning qahramonlari qushlardan iborat. Gulxaniy achchiq satirik til bilan tekinxo'r bo'lgan Yapaloqqush, Kulonkir sulton, Boyo'g'li va boshqalarning asl qiyofalarini tasvir etadi. Qushlar obrazi orqali jonli xarakterlar yaratib, yaramas illatlarini, bedavo nafs kasalligiga duchor bo'lib, mol-mulk yo'lida har qanday tubanlikdan voz kechmaslik kabi salbiy xususiyatlarini ochib tashlaydi.
"Zarbulmasal"da voqealar Yappoloqqush bilan Boyo'g'lining quda-anda tutinishi bilan boshlanadi. Yappoloqqushning o'g'li Kulonkirga Boyo'g'lining qizi Gunashbonuning olib berilishi sarguzashtlari majoziy, o'tkir hajviya tarzida tasvirlanadi. Bu qudachilik voqealari qoliplovchi hikoya bo'lib, uning ichida asar qahramonlari va personajlari tilidan masal tipidagi mustaqil syujetli hikoyatlar keltiriladi. Bu esa yozuvchining o'ziga xos hikoya ichida hikoya yaratish usulidir.
Gulxaniy xalqning ahvolini yomonlashtirayotgan xudbin hukmdorlarni Yapaloqqush va Boyo'g'li obrazlari orqali ko'rsatib beradi. O'zaro urush-janjallar natijasida ularning boyliklari qo'ldan ketadi, qo'rg'onlari vayron bo'ladi. Boyo'g'li o'z qizi uchun ming chordevor vayrona so'raydi. Boyligi qo'lidan ketgan bo'lishiga qaramasdan, Yapaloqqush o'zini katta oladi. Ko'rqushning qatorlashtirib keltirgan maqollari orqali uning haqiqiy basharasi ochiladi. Kulonkir sulton ham birovga qaram odam bo'lishiga qaramasdan, dabdabali yurishlar qiladi, badavlat xonadonga kuyov bo'lib, o'z imkoniyatlarini oshirmoqchi bo'ladi. Vaholanki, uning o'zi juda pastkash va xasis. Uning ishi bilan yurgan Ko'rqushga balandparvoz gaplar qiladi, birovlardan qolgan sarqit ovqatni uning oldiga qo'yadi. Bir necha maqollar keltirib kamtarlik qilgandek bo'ladi. Ammo o'zi mehmonga qo’yilgan ovqatni yeb qo'yadi. Ko'rqush uning ochko'zlik bilan ovqat yeyishini ko'rib: "Bu nechuk osh yemakdur?.. - deb so'rasa, surbetlarcha turib: "Bizning sha'nimizda isrof bo'lmas. Nechukkim qiyomatning hisob-javobini mazmuniga boqib osh yedumki, anda ortiq halol-haromdin hisob qilar-da, bunda oz-oz olib, oxiratda hisobini ko'p berguncha, munda bir olib, anda bir javob bersam, yaxshidur", — deydi.
Adib o'z yurtining og'ir iqtisodiy ahvolini ko'rdi. Bunga befarq qarab tura olmadi. Uning safdoshi va zamondoshi Maxmur Hapalak qishlog'ining achinarli manzarasini chizib bergan bo'lsa, Gulxaniy yuzlab hapalaklarning qanday qilib, nima uchun shunday ahvolga tushib qolganligining sabablarini ochib berdi. "Zarbulmasal'da latifa shaklidagi kichik-kichik hikoya va jamiyatdagi bir qancha yuqori tabaqadagi kimsalarning qusurlarini fosh etuvchi parchalardan tashqari personajlarning nutqlarida o'z fikrlarini suhbatdoshiga yaxshiroq tushuntirish uchun "Tuya bilan Bo'taloq", "Maymun bilan najjor", "Toshbaqa bilan Chayon" masallari kiritilgan.

Download 474.89 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   79




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling