Alisher Navoiyning hayoti va ijodi. Reja


Download 474.89 Kb.
bet50/79
Sana06.11.2023
Hajmi474.89 Kb.
#1750683
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   79
Bog'liq
Marosim folklori-fayllar.org

Beshinchi tabibi Turobiy erur,
Salomiga la'nat javobi erur.
Bu "nobakor johil" hakimning aks muolajasidan, davolash o'rniga kasallarni o'limgacha olib kelgan savodsiz tabib oldiga hechkim kelmay qo'yganidan mijoz istab "dasht-u sahro" kezadi:
Kezar dasht-u sahro kasal istabon,
Ajal orqasidin yurar qistabon.
Jahon ichra ul johili nobakor,
Ajal ilkin olganga keldi duchor.
Shoirning tasvhiashicha, Hakim Turobiy oldiga ming xil lattani yozib olib o'ltirar, kimda kim dori so'rab kelsa, kerakli dori o'rniga o'zi tushunmay turli "dori"ni berib, ularning o'limiga sabab bo'lgan:
Yozib oldiga ikki ming xaltani,
Yig'ib eski yuz lak tugun lattani...
Kelar oldida kimki doru so'rab,
Ba ahvoli ranjur dard-u taab.
Berar zahrni no'sh doru debon,
Ani o'ldurib beajal shul zamon.
Ko'ringanidek, yuqoridagi kulgili lavhalar qahqahali tasvirlar Hakim Turobiy ma'naviy qiyofasini yorqin ochishga xiz­mat qilmoqda. Va hajviy shaxsga xos barcha illatlar har bir harakatda bo'rttirib ifodalanadiki, bu tasvirlanayotgan timsoln­ing ma'naviy qiyofasini ta'sirchan ochishga imkon beradi. Bu nodon tabibning shu kabi qilmishlari tabib tilidan yozilgan "Dar sifati hakim Turobiy hazor xalta budif" sarlavhali she'rida yanada ochiq bayon etilgan. Hajviy timsol o'zining nuqsonlari, be'mani qilmishlari, ayb-u gunohlari bilan faxrlanadi, go'yoki ularni o'z fazilatlari deb biladi. She'r boshlanmasidanoq Hakim Turobiy:
Bihamdillo, tabibi shahri buqroti xaloyiqman,
Ajaldin ham bani odamni o'ldirmoqqa foyiqman, —
tarzida maqtanar ekan, o'ziningbilimsizligi-yu nodonligini fosh qilib qo'yadi. Albatta, bu holat shartli berilgan, ya'ni hech qachon hakim shu tarzda maqtana olmaydi, bu — shoir niyati bilan tasvirlangan holat. Shoir tabib nomidan aytilayotgan bun-day so'zlar orqali ilmsizligi tufayli kimlarning-da o'limiga sabab bo'layotgan tabib qiyofasini kulgi vositasida haqqoniy tasvirlashni maqsad qilgan. Keyingi misralarda tasvirlanayotgan hodisalarning har qaysi nuqtasi kulgiga, nodon tabib Turobiy ustidan qahqahaga xizmat qiladi. Mana, qarang, hajviy qahramon tib ilmida "nimaga qodirligini" quyidagicha tan olmoqda:
Tabibi shahr nomi oyda bit bemor o'ldirsa,
Vale men kunda yuz bemor o'ldirmoqqa hoziqman.
Bu "badbaxt" tabib o'zini "tabiblikda" masalga, hajvga aylanib ketganligiga, har qanday haqoratlarga loyiqligiga iqror bo'ladi:
Meni badbaxt to zarb-ul-masal bo'ldim tabiblikda,
Jahon voricha aknun ko'p haqoratlarga loyiqman.
Hakim deb kelganki bemorning aksariyatini noto'g'ri dori-darmon qilib o'ldirishgacha boradi. Shoir hakim Turobiyni xalqning jallodi bo'lganligini, buning evaziga qancha tavqi la'natlar olganini, "jahannam"ning "sardori" ekanligini o'z tilidan tasdiqlatadi:
Hakimi shahr deb oldimga har shay keldi o'ldirdim,
Tariqi rostim shuldirki, jallodi xaloyiqman.
Erur ko'p nohaq (ishlar) gardanimga tavqi la'natkim,
Jahannam sadriga bu jurm ilan sardori sobiqman.
She'rning so'nggi baytlarida mehnatkash xalq oddiy tibbiyot xizmatidan ham mahram bo'lgani, odamlarni davolashdek sharafli vazifani pul topish vositasiga aylantirgan "munofiqqa munosib" "nonxo'rai" barcha qilmishlarini o'ziga hikoya qildirar ekan, zamona ahli ichida eng qora yuzli jinoyatchi ekanligiga yana bir bora iqror qildiradi:
Adamdin to kelibman davri olamda hisolim shul,
Musuhnonlarga hosidman, munofiqqa muvofiqman,
Turobiy qayda borsam nozanin ro'yi murabbaqni,
Anga bir pulni ko'rmay musht nonxo'rlarga oshiqman.
Ko'ringanidek, Maxmurning bu adabiy usuli — hajv qilinuvchi shaxsning o'z tilidan o'zini fosh etishi kulgini tobora kuchaytirib, Hakim Turobiy qiyofasining yanada chuqurroq ochila borishiga'bo'ysundiriladi. Bir so'z bilan aytganda, yuqorida keltirilgan Qozi Muham­mad Rajab Avj, Hoji Niyoz, Hakim Turobiy hajviga bag'ishlangan she'rlar voqeaband asarlar sirasiga kiradi. Zero, ularda garchi aniq bir voqelik berilmagan bo'lsa-da, ana shu shaxslar turmush faoliyatining ko'pgina lavhalari aksini topgan. Adabiyotimizda o'z so'zlarida o'zlarini fosh etish adabiy usul sifatida Alisher Navoiy, Majlisiy, Gulxaniy, Turdi hajviyotlarida ham mahorat bilan qo'llangan.Shunday qilib, Maxmur o'z salaflarining eng yaxshi an'analarini davom ettira olgan va rivojlantirgan, XIX asrning birinchi yarmida Qo'qon xonligidagi ijtimoiy illatlarni, turmush manzaralarini aniq va real lavhalarda tasvirlab, bu davr o'zbek satirasining ma'lum tomonini to'ldirgan satirik shoir sifatida qadrlidir.


Tayanch tushunchalar:

  • Maxmur

  • Hapalak

  • Sipohiy

  • Qurama

  • Rajab Avj


  • Jayxun



Savol va topshiriqlar:

  1. Maxmurning shoir bo'lib yetishuvida oilaviy muhitning qan­day o'rni bor?


  2. Nima sababdan shoirning butun she'riyatida norozilik kayfiyati, afsus-nadomat, qaqshatqich hajv va fosh etish ustuvor?


  3. Maxmurning qaysi she'rida uning hayotiy kechinmalari badiiy aks etgan? Shu asarni shaxsiy hayoti bilan bog'lab tahlil qilib bering.


  4. Maxmur ijodiy merosidan bizgacha qanday va qancha asarlari qachondan yetib kelgan?


  5. Shoirning qaysi she'rlari millat taqdiri haqidagi o'y-kechinmalarni aks ettirgan?


  6. "Hapalak", "Qurama" she'rlarini og'zaki sharhlab bering.


  7. Maxmurning yangi badiiy shakl yarata olishdagi mahoratini qanday baholaysiz? Uning aniq, tayinli kishilarga bag'ishlangan qaysi hajviyalarini bilasiz? Ulardan birini tahlil qilib bering.


  8. "Maxmur — satirik shoir" mavzuida mustaqil ravishda uyda ish daftaringizga insho yozing.



Adabiyotlar:
  1. S.Matjon, Sh.Sariyev. O’zbek adabiyoti. T., 2007


  2. B.Qosimov, N.Jumaxo’ja. O’zbek adabiyoti. 10-sinf uchun darslik.T., 2001


  3. B.Jalilov va bosh. O’zbek adabiyoti. T., 2006


  4. B.To’xliyev. Adabiyot . T., 2005






Download 474.89 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   79




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling