698.“Uzun sochli, oy yuzli, shirin so`zli Oyxon” qaysi asar qahramoni?
*Hamza “Maysaraning ishi”
699.Urg’u olmaydigan unsurlarni ko’rsating? * –ku, -u, -yu, mi, chi yuklamalari
700.Uyg‘ur yozuvida bitilgan va bizgacha yozma tarzda etib kelgan qadimiy afsonani toping: * "O‘g‘uznoma"
701.“… Usmon Nosir deganda biz kimni tushunamiz? U shunday iste’dod egasiki, bamisoli tekkan joyini kuydirguvchi olovdir”. Usmon Nosir haqidagi ushbu fikrlar muallifi kim? * Abdulla Oripov
702. Ulug’bekka qasida yozgan o’zbek shoirini ko’rsating * Sakkokiy
703. Umumta’lim maktablari bitiruvchi 9-sinf o’quvchilarining egallashi lozim bo’lgan bilim darajalarini belgilang? *A2
704.Vazn talabiga ko’ra so’zlardagi ayrim tovushlarning o’rin almashtirilishi hodisasi aruz ilmida qanday nomlanadi? *Tag’yir
705.Vazn talabiga ko’ra biror harfni orttirilish hodisasi aruz ilmida qanday nomlanadi? *Taznib
706. «Vаʼz» soʻzi qaysi tildan kelib chiqqan va qanday ma’noni anglatadi?
* “Vаʼz” soʻzi аrаbchа tаrgʻib qilish, pаnd-nаsihаt dеgаn mаʼnоlаrni аnglаtаdi
707. “Va’zxon shunday bo’lishi kerakki, uning majlisiga bo’sh kirgan odam to’lib chiqsin, to’la kirgan odam esa yengil tortib holi qaytsin. Voiz olim va halol ish ko’ruvchi bo’lsa, uning nasihatidan chetga chiqqanlar gunohkor bo’ladi. Agar u boshqalarga buyursayu o’zi qilmasa, uning so’zlari hech kimga ta’sir etmaydi va foyda keltirmaydi”–degan fikrning muallifini toping? *Alisher Navoiy
708.“Xamsa”ning “Farhod va Shirin”dostonidagi Eron shohi Xusrav Parvez nechanchi yillar Eron taxtiga egalik qilgan? * 590-628-yillar
709.Xalq dostonlarining yozma nusxalari qachon vujudga kelgan? * XIX asrdan
710.Xalq og’zaki ijodi fanining mazmuniga berilgan ta’rif qisqacha javoblarning qaysi birida to’g’ri ko’rsatilgan?
* xilma-xil janrlardan tarkib topgan og’zaki so’z san’ati bo’lib, muayyan xalqning dunyoqarashi, badiiy zavqi, ijodiy salohiyati, orzu va intilishlarini aks ettiruvchi fan;
Do'stlaringiz bilan baham: |