Alisher parvarish qilayotgan sayroqi qushlarni ko‘rgan ayrim bolalar unga havas qilishdi


Download 23.47 Kb.
Sana09.02.2023
Hajmi23.47 Kb.
#1182477
Bog'liq
blok test tayyor


#1. Alisher parvarish qilayotgan sayroqi qushlarni ko‘rgan ayrim bolalar unga havas qilishdi.
Ushbu gapdagi so‘zlar tarkibida qanday fonetik o‘zgarishlar vujudga kelgan?
A) tovush orttirilishi
+B) tovush tushishi, orttirilishi va almashishi
C) tovush tushishi va almashishi
D) tovush almashishi va orttirilishi
#2. Imlo qoidasiga ko’ra qaysi so’z to’g‘ri yozilgan?
A) uzur +B) mumiyo
C) mayil D) mab’r
#3.Quyidagi so'zlardan nechtasida harflar soni bilan tovushlar soni bir xil?
1.dengiz 2.ko'ngil 3.singil 4.ingliz 5.sharbat
A)2 B)3 C)4 D)5
#4. Quyidagi sozlardan qaysi birini paronim jufti yoq?
A. urush, adib, azim
B. ahil, dars, ganj
C. avlod, dahriy, lanj
D.burch, o`qish, nufuz
#5.O’tkir Hoshimov “Cho’l havosi” qissasi bilan qaysi yirik adibning nazariga tushgan?
A)Cho’lpon
B)Gafur Gulom
C)Said Ahmad
D)Abdulla Qahhor
#6. Qaysi qatorda narsani joyga nisbat berishni bildiruvchi qo’shma otlar berilgan?
A) olaqarg‘a, qizilishton, achchiqtosh
B) karnaygul, achchiqtosh, suvilon
C) olaqarg‘a, qo‘ziqorin, qirg‘iyko’z
D) suvilon, qashqargul, tog‘olcha
#7. Qaysi qatordagi so’zlar to‘g‘ri yozilgan?
A) iztehzomuz, diqinafas, doktarant
B) islohat, behuzir, teleminatura
C) taraddud, masalliq, federativ
D) muqarrar, hamsuhan, elektravoz
#8.Zilday zamin darz ketibdi , qilday maysa dastidan
Parchada eng kop takrorlangan undoshga xos belgilar qaysi qatorda togri korsatilgan?
A) Til oldi, sirgaluvchi, jarangli
B) til orta sirg`aluvchi, jarangli
C) til oldi, portlovchi, jarangli
D) til oldi, portlovchi, jarangsiz
#9.”Uch og’a-ini botirlar”da to’ti o’z yurtidan podshoh huzuriga necha kunda yetib keladi?
A)6
B)5
C)9
D)7
#10.”Gilam paypoq”da qahramon gilam paypoqni qayerlarda ko’p sotiladi deb aytadi?
A)Kavkaz tomonlarda
B)Tog’ning sovuq joylarida
C)Sibirda
D)Sovuq o’lkalarda
#11.Dadasidan qoraxat kelganini eshitib,hatto muallimini ham yig’latgan obraz kimning ijodida uchraydi?
A)E.Vohidov
B)A.Qodiriy
C)A.Avloniy
D)A.Oripov
#12.Al-Buxoriyning kòrish ne'mati qaytishini onasining tushida qaysi payģambar aytadi?
A)Muhammad s.a.v.
B)Dovud payg’ambar
C)Sulaymon alayhissalom
D)Ibrohim alayhissalom
#13.Umrim davomida kam bilim olganim,ko’proq hunar o’rganmaganim, ustuvor zakovatga erishmaganim mening
xatolarimdir. Gapda nechta yopiq bo’g’in tarkibida M tovushi qo`llangan?

  1. 5 ta B) 7 ta C) 8 ta D) 9ta

#14. Snekdoxa yo'li bilan ma'no ko'chgan qatornj toping.
A)Dunyoda tashvishlarni ko'p chekdi boshim
B)Umrini ilmga bag'ishlagan odam abadiy hayot topadi
C)El og'ziga elak tutib bo'lmaydi
D)Mehmonlar uchun meva-cheva,quyuq-suyuq keltirildi.
#15.“Guliston”ni o'zbek tiliga kim tarjima qilgan?
A)Sayfi Saroyi
B)Komil Xorazmiy
C)Jamol Kamol
D)Mirkarim Osim
#16. Olma eksa bog’iga har kim mehmoniga ol, yey,
demasmi?
“Olma”mening mehmondo’st xalqim odatiga yot
so’z emasmi?
Ushbu parchada olma so’zida urg’u qaysi
bo’g’inga tushmoqda?
A) 2- bo’g’inga B) 1-bo’g’inga
C) 1 satrdagi olma so’zida 1 bo’g’inga, keyingi
satrda olma so’zidagi 2 bo’g’inga
+D) 1 satrdagi olma so’zi 2 bo’g’inga, keyingi
satrdagi olma so’zida 1 bo’g’inga
#17.Yoz( dasturxon yozmoq), yoz ( yoz fasli), yoz( qalamda yozmoq).
Uchala o’rinda qo’llangan yoz so’zining xususiyati qaysi o’rinda berilgan?
A) Bir xil shakldagi yagona so’z.
B)Bir xil shakldagi uch ta so’z.
C)Bir xil shaklga ega ko’p ma’noli so’z.
D)Birgina so’zning uch o’rinda qo’llanishi
#18.Insonlardagi yuksak va chirkin xususiyatlarni o'zida mujassam etgan asar qaysi?
A)Susambil
B)Oygul bilan Baxtiyor
C)Uch og'a-ini botirlar
D)Ezop masallari
#19.Quyidagi so'zlarning qaysi biri shakldosh so'z hisoblanadi?
1.Bas 2.Band 3.Banda 4.Bal. 5.Bog'
A)1, 2, 5.
B)1, 2, 3, 5.
C)1, 2, 3, 4, 5.
D)2, 5.
#20.Metafora usuli bilan qo'yilgan ismlarni belgilang.
A)Bo'riboy,Qoplonbek
B)Gulnora,Feruza
C)Charos ,Asalxon
D)Barchasi metafora usulida ko'chgan.
#21.Leksik omonimlar berilgan qatorni toping.
A)Chang, zang.
B)Bezak,ziynat.
C)Qosh,bel
D)Patefon,nurxona.
#22.Hosil bo'lish o'rniga ko'ra b hamda p undosh tovushlarga to'g'ri tavsif berilgan qatorni toping.
A) B-lab, lab-lab; p-lab, lab-lab.
B) B -jarangli, P-jarangsiz.
C) B jarangli undoshining jarangsiz undoshi p undoshidir.
D) B va C
#23.”Birni ko'rib fikr qil,birni ko'rib shukur qil” .Ushbu maqol Ezopning qaysi masaliga tegishli?
A)Burgut,zag'cha,cho'pon
B)Eshak bilan baqalar
C)Bo'ri bilan laylak
D)Kiyik bilan tokzor.
#24.Nuqtalar o'rniga mos ismlarni qo'ying.
“Nemis shoiri …….. asarlarini o'zbeklar qanchalik qiziqish bilan mutolaa qilsalar,…….ning “Boburnoma”asarini nemislar shunchalik diqqat bilan o'rganadilar”
A)Shekspir ,Bobur
B)Bobur ,Balzak
C)Gyote,Bobur
D)Balzak, Bobur
#25.,,Musicha” , ,,Singan umid” hikoyalari muallifi kim?
A)O'tkir Hoshimov
B)Oybek
C)Mirkarim Osim
D)Anvar Obidjon
#26.Qaysi qatorda zid ma'noli so'zlar birgalikda yangi so'z hosil qilgan?
A)Yosh-u qari, achchiq-chuchuk, uzoq-yaqindan
B)Yaxshi-yomon,oq-qora,yangi-eski
C)uzun-qisqa,kecha-kunduz,ozg'in-semiz
D)katta-kichik, urush-tinchlik,baland -past.
#27.Ot+fe’l shaklida yasalgan qo’shma so’z qaysi qatorda berilgan?
A)Gulhamishabahor
B)Gultojixo’roz
C)Qushqo’nmas
D)Achchiqtosh
#28.Quyidagi so'zlardan nechtasida harflar soni bilan tovushlar soni bir xil?
1.dengiz 2.ko'ngil 3.singil 4.ingliz 5.sharbat
A)2
B)3
C)4
D)5
#29.Bu yerda shoirga qo'yildi haykal,Inson zakovati,aqli,mehri bu!Keksa tabiatga berilgan sayqal,She'riyat qudrati,san'at sehri bu.
Ushbu misralar muallifi kim?
A)Hamid Olimjon
B)Zulfiya
C)Anvar Obidjon
D)Asqad Muxtor
#30.”Bolalar va oilaviy ertaklar”nomli uch jildlik kitob muallifi kim?
A)H.K.Andersen
B)Svift
C)Grimmlar
D)Rodari
Download 23.47 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling