Alisher Sultanov Keys. Vaziyatni tahlil qiling


Download 38.92 Kb.
Sana09.01.2022
Hajmi38.92 Kb.
#255814
Bog'liq
keys


Alisher Sultanov

1.Keys.Vaziyatni tahlil qiling: 

AQShda ishlaydigan yapon diplomatining o'g'li  Amerika maktabida o'qiydi. O'qituvchining so'zlariga ko'ra, u tanaffus paytida, boshqa o'quvchilarga nisbatan o'zini noto'g'ri tutgan. O'qituvchi talabani bir burchakka olib borib, o'zini noto'g'ri tutganligini tushintira boshladi.Suhbat davomida bola ko'zlarini pastga qaratib jim turaverdi. O'qituvchi bola uning gapining mohiyatini tushungani yoki yo'qligini so'raganda, bola yerga qarab  indamay turishda  davom etdi. Suhbatdan so'ng o'qituvchi direktorga o'quvchining nomaqbul xatti-harakatlari va o'qituvchiga nisbatan hurmatsizligi haqida shikoyat qildi.Bola uyga kelib, ota-onasiga vaziyat haqida gapirib berdi, ular o'qituvchining o'zini yaxshi tutmaganligini his qildilar va direktor bilan uchrashishni xohladilar. Yozma ravishda quyidagi savollarga javob bering: 1. Konflikt tuzilishi va uning sabablarini aytib bering. Nima uchun bu mojaroni madaniyatlararo deb hisoblash mumkin?

2. O'qituvchi va o'quvchining ota-onasi bu holatni qanday qabul qiladi deb o'ylaysiz?

3. Vaziyat sabablarini va tegishli madaniyatlarda qabul qilingan nizolarni hal qilish usullarini hisobga olgan holda nizolarni hal qilishning qanday strategiyasini tanlash kerak? Tasavvur qiling, sizni direktor va o'quvchining ota-onasi uchrashuviga vositachi sifatida taklif qilishdi. Dastlab direktor va bolaning ota-onasi alohida so'ngra birgalikda gaplashsangiz  qanday taktika tanlaysiz?

1) Konfliktning tuzulishi



Konfliktning asosiy sabablari shundan iboratki asli yaponiyalik bo’lgan talaba AQSH da ta’lim olayotkanini unitib qo’ygan. O’qituvchidan o’tkan xatolik esa talabani Yaponiyalik, xali yosh ekanligini unutgan. Ya’ni ular bir birilarini tushunishmagan. Tushunishmagan deganda men til, muloqotni emas o’zaro madaniyatlarini nazarda tutdim. AQSH madaniyatiga ko’ra talaba dars vaqtida professor bilan muhokamalar olib borishi darsni to’xtatishi yoki o’z fikrini hurmat doirasida bemalol ifoda etishi mumkin. Yaponiyada esa talabalar kamdan kam xolatlarda darsni to’xtatishadi. Hozirgi mojaroda ham faqat AQSH madaniyatidan kelib chiqib baho berish xato. Albatta quyidagi mojaroni madaniyatlararo deb hisoblashimiz mumkin. Chunki bu ziddiyat ikki millat o’rtasida soddir bo’lmoqda. Hamma o’z madaniyati orqali qaramoqda. O’quvchi o’qituvchini oldida o’zini no maqbul tutmagan. O’qituvchi maktab direktori oldida talabani xurmatsizlikda aybladi albatta u yanglishgan Yaponiyaliklarda o’qituvchi juda e’zozlanadi. Bolani xatti-xarakatlarini taxlil qilsak : bola ko'zlarini pastga qaratib jim turaverdi. O'qituvchi bola uning gapining mohiyatini tushungani yoki yo'qligini so'raganda, bola yerga qarab  indamay turishda  davom etdi. Bu o’qituvchini tushunganligini o’qituvchiga nisbatan chuqur xurmatni anglatadi. Albatta bu yapon madaniyatidan qarasak..



Albatta bu xolatni o’qituvchi o’ziga nisbatan o’ta qopol xurmatsizlik deb qabul qilgan.

O’quvchining ota-onasi ham o’qituvchi o’zini yaxshi tutmagan deb xisoblashmoqda.

Bunday nizolarni xal qilishda albatta ozga davlatni madaniyatidan oz bo’lsada xabardor bo’lish joiz.



Aslida bu kundalik hayotda doim uchrab turadigon uncha muxim sanalmaydigon mojarolardan biridir. Lekin shu mavzudagisi tubdan farq qiladi chunki bunda boshqa boshqa madaniyat a’zolari o’rtasida sodir bo’lmoqda. Men bu ziddiyatli nizoni xal qilishda avval maktab direktori songra talabaning ota onasi bilan kelishgan bo’lar edim.
Download 38.92 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling