Alishyer navoiy nomidagi samarqand davlat univyersityeti
Download 8.06 Mb. Pdf ko'rish
|
2-masala: YUqoridagi savolda aytib o’tganimizdyek siyosiy partiyalar tuzilishi, ular tomonidan dasturiy hujjatlar qabul qilinishi Turkistonda milliy harakatning kyeng quloch yoyganidan dalolat byerar edi. Biroq Pyetrograddagi oktyabr to’ntarishi oqibatida 1917 yil oktyabr-noyabr oylarida Turkiston o’lkasida, xususan Toshkyent va Qo’qonda yuz byergan voqyealar milliy ozodlik harakatini butunlay boshqa yo’nalishdan kyetishga majbur qildi. 1917 yil 26-28 noyabr (yangi xisob bilan 9-11 dyekabr) Qo’qon shaxrida Turkiston o’lka musulmonlarining favqulodda IV qurultoyi bo’lib o’tdi. Qurultoyda Dyemokratik musulmon ziyolilar talabi bilan Turkiston aholisini yevropalik qismi vakilligi ham tyeng xuquqli bo’lib ishtirok etdilar. Turkistonni boshqarish tuzumi to’g’risidagi masala uch kun davom etgan qurultoyning diqqat markazida turdi. Qurultoyda o’lkaning barcha mintaqalari va ko’pgina jamoat tashkilotlardan 200 nafardan ortiq vakillar ishtirok etdi. Unda vakillarning siyosiy faolligi tufayli muxim masalalar yuzasidan qizg’in munozaralar bo’lib o’tdi. Ma’lumki, musulmonlarning ushbu nufuzli qurultoyi va unda qabul qilingan qarorlar 10 yillar davomida “millatchilar guruhining yig’inida e’lon qilingan burjua muxtoriyati” dyeb noto’g’ri talqin qilib kyelindi. Xujjatlar esa ushbu xolning butunlay aksi bo’lganligini isbotlaydi. Masalan, 204
Turkiston jadidlarining otasi sanalgan Mahmudxo’ja Byehbudiy o’z ma’ruzasida qurultoyning Turkiston xalqlari tarixida ulkan ijobiy, tarixiy hodisa va burilish davri ekanini ta’kidlab, “Qurultoyimiz qabul qilayotgan qarorlar shuning uchun ham ahamiyatliki, unda Turkiston aholisining yevropalik vakillari ham ishtirok etmoqdalar”, dyeydi. Byehbudiy qurultoy xay’atida musulmonlar bilan bir qatorda boshqa milliy guruhlarning ham vakillari bo’lishini yoqlab chiqdi. Qurultoyda Turkistonni boshqarish shakli to’g’risidagi masala yuzasidan so’zga chiqqanlarning ko’pchiligi Turkistonni muxtor Ryespublika dyeb e’lon qilinishini, bu esa o’lka aholisining ijtimoiy maqsadlaridan kyelib chiqqani va unga mos tushishini uqtiradi. Muxtoriyat va mustaqillik e’lon qilish fikrini hamma qo’llab quvvatlaydi. 1917 yil 28 noyabr (11 dyekabr)da tarkib topayotgan mazkur davlatning nomi aniqlanib, Turkiston muxtoriyati dyeb ataladigan bo’ldi. Butunrossiya Ta’sis majlisi chaqirilgunga qadar hokimiyat Turkiston Muvaqqat kyengashi va Turkiston xalq (millat) majlisi qo’lida bo’lishi kyerak edi. Turkisiton Muvaqqat kyengashi a’zolaridan tuzilgan Muvaqqat hukumat hay’ati tarkibiga 8 kishi saylandi yana 4 o’rin yevropalik aholi vakillariga ajratildi. Hukumatning Bosh vaziri hamda ichki ishlar vaziri etib qirg’iz “Aralash o’rda” partiyasining rahbari Muhammadjon Tanishboyev saylandi. Kyeyinchalik Mustafo CHo’qayev hukumat boshlig’i bo’ldi. Islom Sulton o’g’li SHoaxmyedov - bosh vazir o’rinbosari, Mustafo CHo’qayev - tashqi ishlar vaziri, Ubaydullo Xo’jayev - harbiy vazir, Xidoyatbyek YUrg’uli Agayev - yer va suv boyliklari vaziri, Obidjon Maxmudov- oziq - ovqat vaziri, Abduraxmon O’rozbayev - ichki ishlar vazirining o’rinbosari, Solomon Abramovich Gyertsfyel’d moliya vaziri lavozimlarini bajarishga kirishdilar. Vazirlardan uch kishi oliy ma’lumotli xuqushunos, ikki kishi o’rta malakali xuquqshunos ekanligi Muxtoriyat hukumati a’zolari bilim darajasining naqadar yuqori ekanligidan dalolat byeradi. Qurultoy jarayonida Turkiston Millat majlisi 54 kishidan iborat qilib saylandi, shundan 36 kishi mahalliy millat vakillari edi. Turkiston o’lkasi mahalliy myehnatkashlar ommasi Muxtor hukumatini qo’llab-quvvatladi. CHunki bu davrda yangi hukumatni quvvatlovchi yirik shaharlarda miting va namoyishlar bo’lib o’tdi. Turkiston Muxtoriyati hukumati qisqa muddat ichida xalq o’rtasida katta e’tibor qozondi. Abdurauf Fitrat Muxtoriyat e’lon qilingan kunni “milliy laylatulqadrimiz” dyeb atadi. 1917 yil 1 dyekabrda Turkiston Muxtoriyatining Muvaqqat hukumati a’zolari maxsus Murojaatnoma e’lon qildi. Unda Turkistondagi barcha axoli: millati, irqi, dini, tili, jinsi, yoshi va siyosiy e’tiqodlaridan qat’iy nazar yakdillik va hamjihatlikka da’vat etilgan edi. Turkistonda tashkil topgan bu yangi hukumat ko’p o’tmay Millat Majlis tomonidan tasdiqlangan qonunlar e’lon qildi. Konstitutsiya tayyorlash uchun taniqli xuquqshunoslarni jalb etdi. “El bayrog’i”, “Birlik tug’i”, “Svobodniy Turkyestan”, “Izvyestiya vryemyennogo Pravityel’stva Avtonomnogo Turkyestana” kabi hukumat gazyetalari o’zbyek, qozoq va rus tillarida nashr etila boshlandi. Nashr ishlarini yaxshilash uchun O.Mahmudovning bosmaxonasi hukumat ixtiyoriga o’tdi. Muxtoriyat hukumati milliy qo’shinni tashkil qilishga kirishdi. 1918 yil milliy qo’shin tarkibida 1000 dan ortiq askar bo’lgan bo’lsa, harbiy vazir Ubaydullo Xo’jayev ishtirokida o’tkazilgan ko’rik - parad vaqtida askarlar soni 2000 kishiga yetgan. Bundan tashqari Qo’qonda taxminan shuncha mirshablar bor edi. Hukumat iqtisodiy sohada 30 million so’m miqdorida ichki zayom chiqarishni yo’lga qo’ydi. CHunki har xil muammolarni, ya’ni gazyetalar nashr etish, qo’shinlar ta’minoti uchun mablag’ kyerak edi. Afsuski, o’lka bol’shyeviklari Turkiston Muxtoriyati hukumatiga katta xavf dyeb qaradilar. Turkiston Sovyetlarining IV s’yezdi Turkiston Muxtoriyati hukumatini va uning a’zolari qonundan tashqari dyeb xisobladi va hukumat a’zolarini qamoqqa olish xaqida qaror qabul qildi. Hatto bol’shyeviklar partiyasining vakili, o’lka myehnat komisari P.Poltoratskiy qurultoyda bu yangi hukumatni “boylar muxtoriyati” dyeb atadi. Turkiston XKS Muxtoriyat hukumatni tugatish uchun harbiy harakat boshladi. Bol’shyeviklar o’zining bu jirkanch harakatida armanlarning “Dashnoktsutyun” partiyasi a’zolaridan kyeng foydalandi. 1918 yilning 19 fyevralida (eski xisob bilan 6 fyevral) Qo’qon shaxrida faoliyat ko’rsatayotgan Turkiston Muxtoriyati hukumati bol’shyeviklarning qonli xujumlari natijasida ag’darib tashlandi. Hukumat ag’darilgach ham Qo’qon va uning atrofidagi tinch axolini talash va o’ldirish battar avjiga chiqdi. Faqat Qo’qonning o’zida uch kun davomida 10000 kishi o’ldirildi. Sobiq xonlik poytaxti bo’lgan Qo’qon shaxri butkul vayronaga, “o’liklar shaxriga” aylandi. 205
Nihoyat, 1918 yil 22 fyevralda Qo’qon shaxridagi Rus-Osiyo banki binosida bol’shyeviklar tomonidan tayyorlangan “Tinchlik shartnomasi” imzolandi. Uning ikkinchi moddasida: “Aholi o’lka XKS hokimiyati va barcha mahalliy sovyet tashkilotlarini tan oladi”, dyeb yozilgan edi. Turkiston Muxtoriyati hukumati atiga 72 kun umr ko’rgan bo’lsada, u erksyevar xalqimizni milliy mustaqillikka va istiqlol uchun da’vat etdi. Turkiston muxtoriyatchilarining ozodlik kurashi izsiz yo’qolib kyetmadi, balki bu harakatning uchqunlari 1918 yilning bahorida Farg’ona vodiysida so’ngra butun Turkistonda alangalana boshladi. Tarixda bu harakat istiqlochilik yoki milliy ozodlik harakati dyeb nom oldi. “Turkiston Muxtoriyati” hukumatining umri qisqa bo’lganligini Mustafo CHo’qayev shunday ifodalaydi: “Bu hukumatning tyezda tugallanishiga asosiy sabab, ular qo’llariga qurol olib ximoya qilish o’rniga, muzokaralar olib borib, ryejalar tuzdi, ular mutlaqo byefoyda ishlar edi”. 1917 yilga kyelib Turkiston xo’jaligi batamom tushkunlikka uchradi. Birinchi Jaxon urushi mamlakat iqtisodiga kyeskin ta’sir ko’rsatdi. Ekin maydonlari kyeskin kamayib, 1917 yilda 2,3 mln. dyesatinaga tushib qoldi. Biroq u 1917 yil oxiriga kyelib yarmiga, 1918 yilda esa uchdan ikki qismiga qisqargan. O’lkaning uchta o’zbyek viloyatlarida 1917 yilda 8440 ming bosh qoramol bo’lgan bo’lsa, 1920 yilda ular soni 3440 ming boshni tashkil etgan. Paxtachilikdagi inqiroz surunkali tus oldi. 1915 yili 542 ming dyesyatina yerda paxta yetishtirilib, uning yalpi xosili 831 ming tonnani tashkil etgan bo’lsa, 1921 yili bu raqamlar 76 ming dyesyatina va 15 ming tonnani tashkil etdi. Bunga sabab, sovyet hokimiyatining agrar soxadagi noto’g’ri tadbirlari edi. Oktyabr davlat to’ntarishidan so’ng sovyet hokimiyatining pomyeshchik yer egaligini yo’q qilish to’g’risidagi dyekryetiga binoan yerlar qashshoq dyexqonlarga taqsimlab byerila boshlandi. Ular bu tadbirlarni Turkistonda ham o’tkazmoqchi bo’ldilar. Lyekin bu yerda sharoit ya’ni dyexqonlar ommasining urf-odati, kayfiyati boshqacha edi. 1917 yil 9 dyekabrida Turkiston XKS yerni sotish va sotib olishni man qiluvchi, yerni ijraga byerishni chyeklovchi qarorlar qabul qildi. Ammo u qog’ozda qoldi. SHunday qilib yer to’g’risidagi dyekryet bajarilmadi. Dyehqonlar agrar masalani Turkistonda inqilobiy zo’ravonlik bilan qayta ko’rilishiga yo’l qo’ymadilar. Turkiston axolisining 80 % dan ortig’ini dyehqonlar tashkil etib, ular uch guruhga bo’linar edi: badavlat dyexqonlar, o’rta xol dyehqonlar va kambag’allar. Sovyet hokimiyati davridagi ba’zi o’zgarishlarni hisobga olmaganda, bu holat 20- yillar oxirigacha davom etib kyeldi. O’lkaning uchta o’zbyek viloyatlarida ikkinchi guruh dyehqonlar uchdan ikki qismini tashkil etar edi. Sovyet hokimiyatining xususiy mulkchilikni tugatish borasidagi olib borgan tadbirlari ko’plab salbiy oqibatlarni kyeltirib chiqardi. Turkistonda xususiy mulkchilik byekor qilingan joylarda vayronagarchiliklar kuchaydi, egasiz korxonalar, yer maydonlari, bog’lar qarovsiz qoldi, ulardagi jihozlar talandi. SHaharlarda non tanqisligi syezila boshladi. Kartochka tizimi joriy etildi. Bunday sharoitda Sovyet hokimiyati dyexqonlarni hamda o’lkadagi xunarmand kosiblarni talay boshladi. Ularning oziq -ovqatlarini, donlarini, ot-ulovlarini, mollarini tortib ola boshladi. 1920 yilda Turkistonda oziq-ovqat razvyorstkasining joriy etilishi, ya’ni oziq - ovqatga davlat monopoliyasi asosida xo’jaliklardan ortiqcha g’alla va boshqa maxsulotlarni majburan tortib olinishi xalq noroziligiga sabab bo’ldi. “Harbiy kommunizm” nomini olgan bu siyosat asosida shahar va qishloqlarda voyaga yetgan va 55 yoshgacha bo’lgan myexnat bilan band bo’lmagan har bir fuqaro majburiy ravishda myexnatga jalb qilindi. Hatto nomoz paytida askarlar machitlarga bostirib kirib odamlarni zo’rlik bilan ishga xaydab borgan. Dyehqonlarni talash ularning qaxr - g’azabi, noroziligini yanada oshirdi. Bu esa o’z navbatida o’lkada milliy ozodlik harakatining boshlanishiga sabab bo’ldi. 3-masala: Turkiston Muxtoriyati hukumati bol’shyeviklar tomonidan tor-mor etilgan bo’lsa ham, u Farg’ona vodiysida istiqlolchilik harakatini tashkiliy jihatdan rasmiylashtirdi, unga milliy tus byerdi. Qo’qondagi muxtor hukumatning tor-mor qilinishi istiqlolchilar harakatini butun Farg’ona vodiysida ommaviy ravishda boshlanishiga bir turtki bo’ldi. Hatto “Turkiston Muxtoriyati” hukumatining ba’zi qochib qutilgan a’zolari bu harakatga qo’shildi. Turkistonda CHor Rossiyasining mustamlakachilik va bol’shyeviklarning zo’rovonlik siyosatiga qarshi bu milliy ozodlik harakati Turkistonda 1918 yil fyevral oyidan ommaviy tus oldi. 206
Dastlabki istiqlolchi guruhlarning tuzilishi Qo’qon atrofidagi Baqchir qishlog’i edi. Horijdagi tarixiy manbalarga nazar tashlaydigan bo’lsak, bu harakatga 200 ming kishi ishtirok etib, ulardan 70 minggi qurollangan va 125 minggi esa qurolsiz kishilar edilar. Sovyet davri tarixshunosligida Turkistondagi bu harakatga noto’g’ri baxo byerilib, uni o’lkadagi fuqarolar urushining bir qismi sifatida yoki “bosmachilik” dyeb baxo byerilgan edi. Turkistondagi bu harakatni 2 davrga bo’lish mumkin: birinchi davr 1918-1924 yillar, ikkinchi davr esa 1925 yildan to 30 yillarning o’rtalarigacha. Bu harakatning birinchi bosqichi 1918 yil fyevraldan 1920 yilning bahorigacha qurolli kurashning boshlanishi va uning ommaviy harakatga aylanishi bilan haraktyerlanadi. Bu yillardagi voqyealarning rivojlanishida Kichik Ergash, Katta Ergash va yniqsa Madaminbyek syezilarli ta’sir ko’rsatadi. Birinchi davrning ikkinchi bosqichi 1920 yilning martidan 1922 yilning oxirigacha davom etib, bu bosqichda harakat tyeppasida SHyermuhammadbyek turadi. Uchinchi bosqich 1923-1924 yillarni o’z ichiga olib, bu davrda istiqlolchilik harakati biroz susayadi. Bu davrda qo’rboshilarning o’ndan ortiq qurultoylari bo’lib o’tadi. Harakatning ushbu birinchi davrida Farg’ona vodiysida 200 nafar qo’rboshi to’dalari (1921 yil) faoliyat ko’rsatgan bo’lsa 1923 yilga kyelib ularning soni 230 nafarga yetdi. Turkistondagi bu harakatning dastlabki Bachqir qishlog’ida bo’lgan qurultoyida bosh qo’mondon etib Ergash, 1919 yil Oyim qishlog’idagi qurultoyda Madaminbyek, 1923-24 yillarda esa Islom Paxlavon, YOrmat Maxsum ismli kishilar bosh qo’mondonlik vazifasiga saylangan. Turkistonda boshlangan bu harakatning harakatlantiruvchi kuchlari to’g’risida Turkiston MIK raisi Nozir To’raqulov shunday dyeydi: “Bu harakatga asosan dyehqonlar va hunarmandlar jalb etilgan bo’lib, 1920 yil dyekabrda Farg’ona vodiysida qurollangan vatanparvarlarning soni 57860 kishi bo’lgan”. Turkistondagi istiqlolchilik harakatiga 1970 yil 10 martida Turkiyaning Adami shaxrida vafot etgan sobiq Bosh qo’mondon SHyermuhammadbyek aytganidyek: “Bosmachilik” Turkistoniining istiqloli uchun bir oraga kyelgan chinakam millat fidoyilarining harakati edi”. Uning ukasi Nurmuhammadbyekning aytishicha “Bu harakat Vatan, Millat, Din mudofaasi uchun hayotlarini fido qilgan kurashchilarning harakati edi”. Turkistondagi bu harakatga qatnashganlar o’zlarini “bosmachi” dyeb atashmaganlar. Masalan, 1975 yil Turkiyada vafot etgan Turkman bosmachilarining a’zolaridan biri Mirza Pirnafasning guvoxlik byerishicha “Biz o’zimizni qo’rboshi dyeb atar edik, ammo Anvar poshsho harakatga raxbarlik qila boshlagach, u bunga chyek qo’ydi va o’zimizni “mujohid” dyeb atashga buyruq byerdi”. Turkistonda istiqlolchilik harakati vujudga kyelishi bosh sababi sovyet hokimiyatining o’lkada yuritayotgan mustamlakachilik va shovinistik siyosati bo’ldi. Bol’shyeviklar tomonidan amalga oshirilgan dastlabki sotsialistik tadbirlar (Korxonalarning davlat ixtiyoriga o’tkazilishi, xususiy mulkning byekor qilinishi, oziq-ovqat razvyortkasi va g’alla monopoliyasi, masjid, xususiy maktab va qozixonalarning byekitilishi, vaqf yerlarining tugatilishi, majburiy myehnatning joriy qilinishi) hamda qizil armiya jangchilarining talonchilik va bosqinchiliklari harakatga alohida kyeskinlik va ko’lam bag’ishladi, uning tobora kyengayishiga va rivojlanishiga olib kyeldi. Istiqlolchilik harakatining o’ziga xos milliy ko’rinishi va Turkistonga xos xususiyatlari bo’lgan. Harakatning boshidan oxirigacha ustivor bo’lgan fikr bu butun Turkiston mustaqilligi bo’lib qolavyerdi. Turkistondagi istiqlolchilik harakati xaqida yangi manbalarga murojaat etsak, bu harakatda Farg’onalik SHakarxon va Muhiddinbyekning onasi singari o’zbyek va qirg’iz ayollaridan chiqqan qo’rboshilar o’z yurti, vatan ozodligi uchun kurash olib borgan. CHunki ushbu kungacha adabiyotlarda qo’rboshi ayollar xaqida xech qanday ma’lumotlar yo’q edi. Ularning niyatlari bosmachilik emas, balki CHor Rossiyasi bosqinchilariga qarshi ozodlik kurashi edi. Turkistonda istiqlolchilar harakatining asl moxiyatini ochib byeradigan tarixiy xujjatlar sobiq sho’rolar davrida saqlanmagan. CHunki bu xujjatlarni istiqlolchilarning o’zlari bilan birga xorijga olib kyetganlar. Moskva va Sankt Pyetyerburg Davlat arxivlarida saqlanayotgan xujjatlardagi voqyealar SHo’ro davriga xos qilib bitilgan. shu sababli ushbu harakatning mohiyati noto’g’ri talqin qilingan. Vatanni tark etib, o’zga yurtlarda kun ko’rishga majbur bo’lgan istiqlolchilar va ularning avlodlari 207
qo’lida ko’pdan ko’p qimmatli xujjatlar va matyeriallar dunyoning turli burchaklarida saqlanmoqda. Tarixchi olim R. SHamsiddinov xizmat safari bilan 1995 yil kuzida AQSHda bo’lganida N’yu- Yorkda yashayotgan Davronbyek xonadoniga tashrif buyuradi. Bu kishi SHo’rolar davrida Ko’r SHyermat dyeb xaqoratlangan, aslida esa sobiq bosh qo’mondon SHyermuhammadbyekning o’g’li edi. Davronbyekning aytishicha u kishining otasi va amakisi Nurmuhammadbyeklar 1927 yili Qobul shaxridagi Bog’i Alimardonga to’planishib, andijonlik istiqlolchi Abdulhay Maxdum kotibligida Farg’ona vodiysida 1917-24 yillardagi istiqlol urushi xaqida ba’zi bir ma’lumotlarni esga olib aniqlab, kyelajak avlod uchun bir xujjat tayyorlagan. U Abdulhay Maxdum tomonidan eski (o’zbyek) turkiy tilda arabcha imloda yozilgan. Unda Farg’ona vodiysida istiqlol uchun kurash olib borgan ba’zi qo’rboshilar haqida ma’lumotlar byerilgan. Bu xujjatda aytilishicha SHyermuhammadbyek 23 yoshida istiqlol uchun kurashga otlanib, avval 13000, so’ngra 103 ming askarga ega bo’lgan. Uning yetakchiligida Parpibyek, Ergashbyek, Madaminbyek, Xolxo’ja Eshon, Nurmuhammadbyek, Jonibyek qozilar milliy ozodlik kurashini olib borganlar. Qo’qonlik 35 yoshli Ergashbyek 12000 askari bilan 6 yil urush olib borgan. Marg’ilonlik Madaminbyek 23 yoshida 10000 askar bilan 3 yil urush olib borgan va 1920 yil mayida shahid bo’lgan. 43 yoshli O’shlik Xolxo’ja 10000 askarga ega bo’lgan va bir guruh yigitlari bilan Oloy vodiysida qor ko’chkisi ostida qolib kyetgan. Bu xujjatda Andijonlik Parpibyek qo’rboshi, ko’kjarlik Muxiddinbyek, Namanganlik Omon polvon, YAkkatutlik Nurmuhammadbyek, O’zganlik Jonibyeklar kabi o’nlab millat Vatan mustaqillik uchun janglarda qahramonlik ko’rsatgan va shahid kyetgan qo’rboshilarning nomlari tilga olingan. Qobuldagi Bog’i Alimardonda shaxid kyetgan bu vatandoshlarimizning xotirasiga qo’yilgan xotira lavxasida shunday so’zlar yozilgan: “Qabringda rohat top millat shahidlari, yosh Farg’ona mujohidlari, qahramonlari!” Sobiq SHo’rolar hukumati va Qizil Armiyaning Turkistonlik istiqlolchilarga qarshi qizg’in janglarida 15000 nayza va qilichlar, 61 to’p, 324 pulyemyot, 6 ta samolyot, 3 ta aerostat, 4 ta bronyepoyezd ishtirok etdi. Bu urushlar Turkiston axolisiga juda qimmatga tushdi. 1917-30 yillar o’rtasida Turkistondan 1,9 mln kishi o’z vatanlarini tashlab horijga chiqib kyetishga majbur bo’ldi. 1 mln kishi vafot etdi. 1,7 mln kishi Turkistondan badarg’a qilindi. Endi, Turkistondagi istiqlolchilik harakatining g’oyaviy rahnomolari kimlar bo’lgan, bu harakatning jadidlar bilan aloqasi bormi dyegan savollarga to’xtalsak. Turkistondagi istiqlolchilik harakatlarining g’oyaviy raxnamolari ham yetarli darajada mavjud bo’lib, ular asosan jadid munavvarlari va islom ulamolari edi. SHuni alohida ta’kidlash kyerakki, istiqlolchilik harakatiga g’oyaviy rahnamolik qilish borasida jadidlar bilan ulamolar o’rtasida o’zaro raqobat mavjud edi. Namanganlik Nosirxon To’ra Said Kamolxon To’ra o’g’li, toshkyentlik Muftiy Sadriddinxon Maxsum SHarifxo’ja Qozi o’g’li, Turkiston MIKning sobiq o’rinbosari To’raqul Jonuzoqov, asli boshqirtistonlik Ahmad Zakiy Validiy Tugon va boshqalar istiqlolchilik harakatining g’oyaviy mafkurachilari edi. Harakatga raxbarlik qilgan islom ulamolari orasida yassaviylik va naqshbandiylik tariqatlarining pirlari ham ko’p bo’lgan. 1920-24 yillarda istiqlolchilik harakati Buxoro va Xorazm ryespublikalarida ham avj oldi. Buxoro Xalq Ryespublkasidagi harakatning Turkistondagi istiqlolchilik harakatidan farq qiladigan asosiy tomoni shundan iboratki, vatanparvarlar Buxoroda ikki jabxada turib kurash olib borishlariga to’g’ri kyeldi. Bir tomondan amirlik tuzumi tarafdorlari bo’lgan mujoxidlar, jadidlardan iborat. Buxoro hukumatiga va shuningdyek Qizil Armiya qo’shinlariga qarshi kurash olib bordilar (Ibrohimbyek, Mulla Abdulqaxxor va boshqalar). Ikkinchi tomondan, milliy istiqlol g’oyalariga sodiq bo’lgan buxorolik vatanparvarlar Fayzulla Xo’jayev boshliq Buxoro Xalq Ryespublikasi Hukumati bilan yashirin aloqalar o’rnatib, Buxoroning muqaddas tuprog’idan qizil askarlarning olib kyetilishi, Buxoro Ryespubliikasining mustaqilligi amalda qaror topishi uchun kurashdilar (Anvar Podsho, Davlatmanbyek, Jabborbyek, Doniyorbyek va boshqalar). Xorazm Xalq Ryespublikasida Qizil Armiyaga qarshi kurashning tyeppasida Junaidxon turdi. U Xorazmda siyosiy hokimiyat uchun kurash boshlab, katta muvaffaqiyatlarga erishdi. Qisqa muddatda Junaidxon o’z qo’shinini 20000 kishiga yetkazdi. O’zbyek xunarmandlari va dyexqonlaridan tashkil topgan dastlabki guruhlarga Madraimboy, Sa’dulla bola, SHokir bola va boshqalar rahbarlik qilgan. Junaidxon boshchiligidagi mujohidlar hujumga o’tib, 1920 yil yozida qo’xna Urganch, Xo’jayli, Ilonli va Taxtani qayta egallashdi, ko’plab qizil askarlarni asrga olishdi. 208
Junaidxon Sovyet qo’mondonligiga maxsus maktub yo’llab, agar qo’shinlar Xorazmdan olib chiqib kyetilmasa asirlarni otib tashlashini bildiradi. Biroq Sovyet qo’mondonligi Junaidxonning xaqli talabini rad qilgach, u bosqinchilarni otib tashlashga buyuradi. 1924 yilga kyelganda istiqlolchilar iqtisodiy tanazzul va qashshoqlik, dahshatli ochlik, xalqning og’ir turmushini ko’rmasliklari mumkin emas edilar. Tinimsiz davom etgan yetti yillik urushdan Turkiston xalqlari ham, qo’rboshi va ularning yigitlari juda ham toliqqan edilar. SHuning uchun qasoskorlarning ko’pchiligi 1924 yil davomida qarshilikni to’xtatdilar. Bunga ularning rahbarlari orasida jipslik va umumiy dasturning yo’qligi ham sabab bo’ldi. Lyekin oldinda kurashning to’liq o’n yili turar edi. vatanparvarlar yana 1935 yilgacha bosqinchi qizil armiya qo’shinlariga qarshi kurashini olib bordilar. Download 8.06 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling