Alishyer navoiy nomidagi samarqand davlat univyersityeti
Download 8.06 Mb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- O’quv mashg’ulotining maqsadi
- O’quv faoliyati natijalari
- 1.2. «Turkistonda mustabid Sovet hokimiyatining ornatilishl va unga qarshi qurolli harakat» mavzusi bo’yicha ma’ruza mashg’ulotining texnologik xaritasi
- Ta’lim oluvchilar
- 10- Mavzu: Turkistonda mustabid sovet hokimiyatining ornatilishi va unga qarshi qurolli harakat Ryeja
- Dars o’tish vositalari
Ma’ruza mashg’ulotlari 10-mavzu Turkistonda mustabid Sovet hokimiyatining o'rnatilishl va unga qarshi qurolli harakat 1.9. Ma’ruzada ta’lim texnologiyasi Mashg’ulot vaqti-2 soat Talabalar soni: 100 – 130 nafargacha Mashg’ulot shakli Kirish-axborotli ma’ruza Ma’ruza rejasi 1.1917 yil fevral inqilobining Turkistonga ta'siri. O'lkada inqilobiy harakatlar. Mahalliy xalqlarning siyosiy faollashuvi. 2.Turkistonda mustabid Sovet hokimiyatining o'rnatilishi va uning shovinistik siyosati. 3.Turkistonda qarshilik ko'rsatish harakatining boshlanishi, uning mohiyati va harakatlantiruvchi kuchlari. Xiva xonligi va Buxoro amirligining tugatilishi.
oktyabr davlat to’ntarishi va mamlakatda sovet hokimiyatining o’rnatilishi masalalari talabalar ongida shakllantiriladi
1917 yil fevral inqilobi va uning Turkistonga ta’siri; Turkistonda qarshilik harakatining yuzaga kelishi, uning bosqichlari tushuntiriladi; Xiva
va Buxoro
amirligining tugatilishi haqida ma’lumot beriladi. O’quv faoliyati natijalari: 1917 yil fevral inqilobi g’alabasi va uning Turkistonga ta’siri tushuntirib beriladi; Rossiyada oktyabr to’ntarishi, sovet hokimiyatining o’rnatilishi, uning tadbirlari, bu davlatning shovinistik siyosati tushuntiriladi; Sovet tuzumiga qarshi Turkistonda ko’tarilgan qarshilik harakatining mazmun-mohiyati, uning bosqichlari harakailantiruvchi kuchlari tushuntiriladi Ta’lim berish usullari Ko’rgazmali ma’ruza, namoyish etish, savol- javob, suhbat, tushuntirish, klaster
Ommaviy, jamoaviy, yakka tartibda Ta’lim berish vositalari O’quv qo’llanma, kompyuter texnologiyalari, slaydlar
Texnik
vositalardan foydalanishga va guruhlarda ishlashga mo’ljallangan auditoriya Monitoring va baholash Og’zaki nazorat, savol-javob 197
1.2. «Turkistonda mustabid Sovet hokimiyatining o'rnatilishl va unga qarshi qurolli harakat» mavzusi bo’yicha ma’ruza mashg’ulotining texnologik xaritasi Ish bosqichlari va vaqti Faoliyat mazmuni Ta’lim beruvchi Ta’lim oluvchilar
1. Mavzuga kirish
(15 daqiqa)
1.1.O’quv kursi nomini aytadi. Ekranga o’quv kursining tuzilmaviy mantiqiy chizmasini chiqaradi, mavzular ro’yxati bilan tanishtiradi va ularning mazmunini qisqacha yoritadi 1.2.Birinchi mashg’ulot mavzusi, uning maqsadi va o’quv faoliyati natijalarini e’lon qiladi. 1.3.Klaster asosida o’tiladigan mavzuning mazmuni va mohiyatini qisqacha yoritadi Tinglaydilar.
Tinglaydilar
2- bosqich
Asos iy bosqich (55 daqiqa)
2.1. Talabalar bilimini faollashtirish maqsadida savol-javob usulini qo’llaydi:
Roosiyadagi fevral burjua-demokratik inqilobi Turkistonga qanday ta’sir ko’rsatdi?
Turkistonda Sovet hokimiyati o’rnatilishining salbiy oqibatlari nimalardan iborat?
Turkistonda qarshilik harakati nima sababdan ko’tarildi va ularning nomayondalari kimlar?
Xiva xonligi va Buxoro amirligining tugatilish sabablarini ayting?
Javoblarni to’ldiradi, umumlashtiradi va bugungi o’quv mashg’ulotida ushbu savollarga kengroq javob olishlarini aytadi. 2.3. Ekranda slaydlar namoyish etish orkali chorizmning harbiy yurishlari, jadidchilik ijobiy rol o’ynagani to’g’risida to’liq ma’lumotlar beradi Talabalar diqqatini mavzuning asosiy jihatlariga karatadi, ularning dolzarb va ahamiyatli ekanini asoslaydi. 2.4. Vazifani barcha talabalar yakka tartibda bajarishlarini aytadi. Talabalar faoliyatini kuzatadi, ularni yo’naltiradi, zarur maslahatlar beradi. 2.5. Bir nechta talabaning ish natijasini tekshiradi, talabalar bilan birgalikda muhokama qiladi.
Zarur bo’lsa,
qo’shimchalar kiratadi va ushbu savol bo’yicha to’liq ma’lumot berishini aytadi. 2.6. Rejaning ikkinchi savoliga doir bo’lgan slaydlarni ekranga chiqaradi va har bittasini to’liq yoritadi 2.7. Mavzu bo’yicha talabalarda yuzaga kelgan savollarga javob beradi Savolga
javob beradilar. Fikrlarini bildiradilar.
Tinglaydila r,
zarur ma’lumotlarni yozib oladilar.
Vazifani yakka
tartibda bajaradilar.
natijasini taqdim kiladilar.
r, zarur
ma’lumotlarni yozib oladilar.
3.
Yaku niy bosqich 3.1. Mavzu bo’yicha yakuniy xulosalar qiladi. Mazkur mavzu buyicha egallangan bilimlarning dolzarbligi va ahamiyatli ekanini alohida qayd etadi hamda kelajakda ushbu bilimlardan qayerlarda foydalanishi mumkinligi haqida ma’lumot beradi. Savollar beradilar.
198
(10 daqiqa)
3.2. Mustaqil ishlash uchun vazifa beradi: (1) o’tilgan mavzu asosida B/B/B jadvalini to’ldirib kelish. B/B/B
jadvalini to’ldirish qoidasini tushuntiradi (6-ilova); (2) ikkinchi mavzu bo’yicha keyingi o’quv mashg’ulotiga tayyorlanib kelish.
Vazifani yozib oladilar.
1. 1917 yil fevral inqilobining Turkistonga ta'siri. O'lkada inqilobiy harakatlar. Mahalliy xalqlarning siyosiy faollashuvi. 2. Turkistonda mustabid Sovet hokimiyatining o'rnatilishi va uning shovinistik siyosati. 3. Turkistonda qarshilik ko'rsatish harakatining boshlanishi, uning mohiyati va harakatlantiruvchi kuchlari. Xiva xonligi va Buxoro amirligining tugatilishi.
1. Karimov I.A. O’zbyekiston XXI asr bo’sag’asida: xavfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari. Toshkyent, «O’zbyekiston», 1997. 328-byet. 2. Karimov I.A. Tarixiy xotirasiz kyelajak yo’q. Toshkyent, «O’zbyekiston», 1998. 31- byet. 3. Karimov I.A. Istiqlol va ma’naviyat. - T., O’zbekiston, 1996 y. 4. Karimov I.A. “Yuksak ma’naviyat - engilmas kuch” T:Ma’naviyat, 2008 y. 5. Aliyev A. Mahmudxo’ja Behbudiy. – T., Yozuvchi, 1994y. 6. Jadidchilik islohat, yangilanish, mustaqillik va taraqqiyot uchun kurash. – T., Universitet, 1999 y. 7. Qosimov B.Ismoilbek Gaspirali. – T.,1992 y. 8. Ziyoev H. Turkistonda Rossiya tajavuzi va hukmronligiga qarshi kurash. -., “Sharq”, 1998 y. 9. O'zbekistonning yangi t ar ix i. Birinchi kitob: Turkiston Chor Rossiyasi mustamlakachiligi davrida. T., «Sharq». 2000y, 253-318; 412-444 b 10. O’zbekiston tarixi (R. Murtozaeva va boshqalar). – T., 2003y, 359-380 b. 11. A’zamxo’jayev S. Turkiston muhtoriyati (Mustaqilligimz tarixidan sahifalar). Toshkyent, «Fan», 1996. 60-byet. 12. Ibrohimov Q. Madaminbyek. Toshkyent, «YOzuvchi», 1993. 13. Mustafo CHo’qay o’g’li. Istiqlol jallodlari. Toshkyent, 1992. 8-byet. 14. Rajabova R.YO. va boshqalar. O’zbyekiston tarixi (1917-1993 y.y.) Toshkyent, «O’qituvchi», 1994. 15. Q.Usmonov, M.Sodiqov va boshqalar “O’zbekiston tarixi”. T., “Iqtisod moliya”, 2006y.
Qo’shimcha adabiyotlar: 16. R.Tursunov. Jadidlarning Turkiston ijtimoiy-iqtisodiy holatiga qarashlari. “O’zbekiston tarixi” ilmiy jurnal 2004 y, № 3. 17. Rajabbov Q. Mustaqil Turkiston uchun mushohadalar (1917-1935 y.y.). Jamiyat va boshqaruv. 1998, № 1-2, 3-4. 18. Ibodullayev A. Qo’rboshi Madaminbyek. Toshkyent, «YOzuvchi», 1993. 19. history.uzsci.net – Tarix institute “O’zbekiston tarixi” jurnali.
hokimiyatining o'rnatilishi va unga qarshi qurolli harakatning mazmun mohiyatini tarixiy manba va adabiyotlar tahlili asosida yoritib byerishdan iborat
ma’lumotlar, mavzu yuzasidan har xil tyestlar, kompyutyer, jahon siyosiy xaritasi, izohli lug`atlar) 16.
mustahkamlash), jonli muloqot o`tkazish, erkin fikrlash va so`zlashga o`rgangan holda fikr mulohazalarini bayon qildirish, buning uchun har bir talabaga o`tilgan mavzular, tayanch iboralardan savol tashlanadi. O`qituvchi va talabalar o`rtasida byerilgan savollarni tahlil etish. Tarqatma tyestlar asosida talabaning mavzuni qay darajada o`zlashtirganligini aniqlash. Talabalarni
199
voqyealarni tahlil etishga o`rgatish. Xarita bilan ishlashni talabalarga o`rgatish. Iboralarni izohlash va unga tahlil byerish. Darsning xrono kartasi – 80 minut. O’qituvchi dars davomida quyidagi ishlarni bajaradi Tashkiliy qism: xonaning tayyorgarligi, jihozlanishi, sanitariya holati. Talabalarning davomati – 2 minut Hafta davomida bo`lgan yangiliklar-5 minut Yo`qlama- 5-minut Dars yuzasidan talabalarni zarur adabiyotlar bilan tanishtirish- 10 minut YAngi mavzu bayoni – 50 minut Sinov savollar namunasi – 5 minut Uyga vazifa byerish – 3 minut
SHu sababli o’lkamizda 1917 yil fyevral inqilobi arafasidagi va undan kyeyingi ijtimoiy siyosiy vaziyatni haqqoniy yoritish katta ahamiyat kasb etadi. XX asr boshlariga kyelib Butun Rossiyadagi kabi O’zbyekistonda ham inqilobiy o’zgarishlarni amalga oshirish uchun barcha imkoniyat va shart-sharoitlar mavjud edi. SHu davrda Turkiston aholisi ham mahalliy, ham rus harbiy fyeodal impyerializm zulmi ostida qattiq ezilmoqda edi. Xalq barcha haq-huquqlaridan mahrum bo’lib, xo’rlanib, xaqoratlanar edi. Aholining ko’pchilik qismi (60-80%) qishloq joylarda yashab o’z yeriga ega emas edi. Ular ko’chib kyeltirilgan boshqa millat vakillari qo’lida ishlab, qattiq ekspluatatsiya qilinar edi. CHuqur iqtisodiy-ijtimoiy va siyosiy sabablar natijasiga 1917 yil 27 fyevralda Rossiyada boshlangan fyevral inqilobi samodyerjaviyani ag’darilib tashladi. XIX asrning oxirida ishlab chiqarish munosabatlari bilan ishlab chiqarish kuchlarini haraktyeri va darajasining mos emasligi natijasida Rossiyada XX asr boshlaridayoq inqilobiy o’zgarish uchun ob’yektiv asos vujudga kyeldi. Uning ustiga ustak birinchi jahon urushi mamlakatda dyemokratik inqilobning yetishuvini tyezlashtirdi. Bu urush impyerializmning barcha ziddiyatlarini kyeskinlashtirdi. Mamlakatda dyemokratik inqilobning bosh vazifalari, ya’ni agrar va milliy masalalar hal qilinmagani sababli Rossiya dyehqonlari, milliy o’lkalar myehnatkash ommasining faollik jarayoni yanada kuchaydi.
Rossiya fuqarolari, xususan milliy o’lkalarda ham 1917 yil fyevral inqilobi g’alabasini zo’r shodlik va ko’tarinkilik bilan kutib oldilar, chunki uning ezgu shiori Ozodlik, Tyenglik va Birodarlik edi. Fyevral inqilobi asrlar osha ekspluatatsiya va zulm ostida ezilib kyelgan myehnatkashlar va mazlum xalqlarga baxt-saodat yo’lini ko’rsatdi. Muvaqqat hukumat mahalliy xalq vakillardan front orqasidagi ishlarga-mardikorchilikka olishga chyek qo’ydiki, bu tadbirlar millati, irqi va ijtimoiy kyelib chiqishidan qat’iy nazar barcha xalqlarning istak-orzulariga javob byerar edi. Rossiyadagi barcha o’n bitta partiya erkin suratda o’z faoliyatlarini olib bora boshladi. Xullas qisqa muddat ichida Rossiya harbiy yarim fyeodal monarxistik mamlakatdan dunyoda eng ilg’or dyemokratik mamlakatga aylandi.
Tarixiy voqyealar va dalillarga murojaat qilaylik: 1917 yil fyevral inqilobi chor monarxiya tuzumini ag’darib tashlab Turkiston o’lkasida yangi tarixiy sahifa ochdi. Muvaqqat hukumatining dasturida aholining tabaqalarga bo’linishi byekor qilingan edi. Diniy va milliy mahdudlikka chyek qo’yildi, hokimiyat idoralariga to’g’ridan-to’g’ri maxfiy ovoz byerish yo’li bilan saylov joriy qilindi, mahalliy aholini mardikorlikka olish byekor qilindi. Xullas jaholat va zulm iztirobi ostida ezilib kyelgan va g’aflat uyqusida yotgan Turkiston xalqlari uyg’onish davriga kirdilar. Birin-kyetin xalq baxtu saodat uchun kurash bayrog’i ostida turli xildagi tashkilotlar vujudga kyela boshladi. Toshkyent, Andijon, Qo’qon, Samarqand shaharlarida sho’rolar kyengashlari, Andijon avgust oylari boshlarida musulmon hunar ahlining “Sanoyi-ul Islom SHo’rosi” tuzildi. Faqat 1917 yilning yozida Toshkyentdagi eski shaharning o’zida o’n ikkita kasaba sho’rosi tuzildi. Ulardan Samarqandda “Musulmonlar klubi”, “Mirvat ul-Islom”, Qo’qonda “Musulmon myehnatkashlari ittifoqi”, 200
Kattaqo’rg’onda “Ravnak ul-Islom”, Xo’jandda “Muayn at-Tolibin”, taraqqiy parvar ziyolilar tomonidan tashkil etilgan “Turon” jamiyati tashabbusi bilan vujudga kyelgan yirik tashkilotlarda biri “SHo’roi Islomiya”, “SHo’ro-i Ulamo”, “Alash O’rda”, “YOsh buxoroliklar”, “YOsh xivaliklar” kabi tashkilotlar Turkistonning har-bir shahrida tashkil qilindi. 1917 yil 15 martida “SHo’roi-Islomiya” tashkilotining doimiy raisi qilib Abdulvohid Qori, muovunlikka Munavvar Qori Abdurashidxon o’g’li, sarkotiblikka Kattaxo’ja Boboxo’ja o’g’li, xazinadorlikka Mulla Rizo Oxund Yo’ldoshxon o’g’li saylandi. Tashkilotning asosiy ro’znomasi “Najot” dyeb ataldi.
“SHo’roi Islomiya” quyidagicha o’z dasturining maqsad va vazifalarini bayon qildi: 17. Turkiston musulmonlari orasida siyosiy, ilmiy va ijtimoiy jihatdan zamonaga muvofiq islohot fikri tarqatmoq. 18. Butun Turkiston musulmonlarini bir fikr va bir maslakka kyeltirishga harakat qilmoq: 19. Mamlakatning usul idoralari xaqinda ma’lumot yig’ib TA’SIS majlisiga hozirlanmoq. 20. Turkistonning har bir shahar, qishloq va ovullarida mitinglar yasab siyosiy, ilmiy va ijtimoiy xutbalar o’qimoq. 21. Eski ma’murlarni o’rnidan oldirib, o’rniga yangi ma’murlar qo’ymoq. 22. Turkistondagi turli millatlar orasidagi bo’layotgan ixtilof va shubxalarni bitirib, ularni bir-biriga yaqinlashtirmoq. 23. Turli millat va firqalarning komityetlari ila aloqada bo’lib, o’z vakillari vositasi ila musulmon extiyojlarini ul komityetlarga bildirmoq va lozim topganda ulardan yordam so’ramoq kabilar edi.
“SHo’roi Islomiya” esa Turkistonning ijtimoiy siyosiy hayotida juda katta rol o’ynadi. Uning vakillari Moskva va Qozonda bo’lib o’tgan Umumrusiya musulmonlari qurultoyida qatnashdi, Turkiston shaharlari Dumasiga a’zo bo’lib kirdi, Ta’sis majlisida tasdiqdan o’tkazish uchun o’lkani idora etish usuli qonun loyihasini tayyorlashda faol ishtirok etdi, har turli xayriya ishlarida faol bo’ldi. Maktab va madrasani isloh qilish yo’llarini byelgilab byerdi. Dyemak “SHo’roi Islomiya” a’zolari bo’lmish turkistonlik milliy dyemokratik ruxdagi taraqqiyparvar ziyolilarimiz Rossiya 1917 yil fyevral inqilobidan so’ng avj olgan umumdyemokratik harakatda Turkiston mustaqilligi uchun kurashdi. Taraqqiyparvar islohotchilar matbuot va mitinglarda Turkistondagi ijtimoiy tyengsizlik, myehnatkash ommasining og’ir ahvoli xaqida kuyunchaklik bilan so’zlab, uning ijtimoiy sabablari, ildizlarini anglashga va xalqqa tushuntirishga harakat qilishdi.
Buxoro va Xivada inqilobiy harakatlarning boshida “YOsh buxoroliklar”, “YOsh xivaliklar” turar edilar. Ularning raxbari Fayzullo Xo’jayev turar edi. Ular qizil gvardiya bo’limlari yordamida Buxoroda amir xukumronligini ag’darib tashlashni maqsad qilib qo’ygan edi. Bu ishda yosh buxoroliklar Turkiston XKS raisi Fyodor Kolyesovga qurolli yordam byerishni so’radilar. YOsh buxoroliklarning bu urinishlari natija byermadi. Ularning katta xatosi xalqdan uzoqdaligi edi. YOsh buxoroliklar dasturida amirni saqlab qolib jamiyatni o’zgartirishni maqsad qilib qo’ygan edi. YOsh buxoroliklar harakati tor-mor etilgandan kyeyin ular Buxoro, Samarqandni tashlab chiqib kyeta boshladi. Amir yosh buxoroliklardan qattiq o’ch oldi. Kyeyinchalik yosh buxoroliklar Buxoro kommunistik partiyasini tuzishda aktiv ish olib bordi. 1918 yilda Xivada Junaidxon tuzumiga qarshi kurashda milliy burjuaziya vakillaridan tashkil topgan “YOsh Xivaliklar” 1919 yilda Pyetroalyeksandrovskda Xiva inqilobchilarning shtabi tuzildi. Ulardan: Juma Atashov, Raxmon Primbyetov, Qurbon Byekniyazov va boshqalar bu shtabning a’zolari edi. “YOsh Xivaliklar” tashkilotiga a’zo bo’lib kirgan hunarmandlar va dyehqonlar Xiva xalq inqilobini g’alaba qilishda katta rol’ o’ynadi. Inqilobdan kyeyin chiqa boshlagan Toshkyentda “Xurshid”, “Sadoyi Turkiston”, “Turon”, “Turk eli”, “Najot”, “Kyengash”, “SHo’roi Islom”, Samarqandda “Oina”, “Hurriyat”, Buxoroda “Turon”, “Buxoroi sharif”, Qo’qonda “Sadoyi Farg’ona”, “Tirik so’z” ro’znomalari va “Hurriyat” oynomasi va Farg’onada “Farg’ona nidosi” oynomasi Turkiston xalqining g’oyaviy siyosiy madaniyatini shallantirishda katta faollik ko’rsata boshladi. Turkiston xalqlari V.I.Lyeninning “CHorizm tomonidan ezilgan, chorizm o’zining davlat chyegaralariga qo’shib olgan, yoki davlat chyegarasi ichida majburan saqlab kyelayotgan, ya’ni annyektsiya qilingan barcha millatlar va xalqlarning Rossiyada batamom ajralib chiqish huquqini e’lon qilishi va buni darrov amalga oshirishni talab etishi va shunga erishuvi lozimligi” haqidagi xulosalarning amalga oshuvidan umid uchqunlari paydo bo’lib turgan bir paytda Oktyabr’ to’ntarilishi sodir bo’ldi.
201
Ammo 1917 yil Oktyabr to’ntarishi mamlakatdagi vaziyatni tubdan o’zgartirib yubordi. Zo’rlik yo’li bilan Kyeryenskiy boshchiligidagi dyemokratik muvaqqat hukumat ag’darib tashlandi. Xalq Oktyabr’ to’ntarishini qabul qilmadi. Mamlakatda 1918-1920 yillarni o’z ichiga olgan dahshatli fuqarolar urushi boshlandi. Oktyabr to’ntarishi allanyechuk tasodif, noxush hodisa jamiyat va Vatan oldidagi jinoiy voqyea sifatida hatto uzoq Turkistondagi rus ro’znomalarida ham o’z aksini topdi. Bu borada o’sha davrda chop etilgan ro’znomalardagi maqolalarning sarlavhalarini sanab o’tishning o’zi kifoya qiladi: “Bol’shyeviklar faqat Smol’niyda qoldilar”, “Xotirjam bo’lingiz”, “Vatan oldida jinoyat” va hokazo. “Svobodnыy Samarkand” ro’znomasida esa hatto RSDRP ning Samarqand tashkiloti 25 oktyabrda Pyetrogaraddagi voqyea, ulkan fitnani qoralab chiqdi dyegan xabarlarni bosgan edi. Hatto buyuk prolyetar yozuvchisi A.M.Gor’kiy ham Oktyabr to’ntarishiga o’zining salbiy munosabatini bildirgandi. M.Gor’kiyning “Novaya jizn’” da e’lon qilingan “Dyemokratiyaga” dyeb ataluvchi murojaati bu fikrimizning dalilidir. Bu murojaatni juda ko’pchilik ro’znomalar takror va takror chop etdilar. Bu murojaatda biz quyidagi jumlalarni o’qiymiz: “Lyenin, Trotskiy va ularning yo’ldoshlari hokimiyatning chuqur zaqqumi ila zaharlab bo’ldilar. Ularning so’z erkinligi, dyemokratiya erishgan shaxs huquqlariga bo’lgan sharmisor munosabati bunga shahodatdir. So’qir mutaassib va vasvasaga uchragan jahongashtalar oldi-kyetini bilmay, go’yoki, “Sotsial inqilob” tomon bormoqdalar, aslida esa bu yo’l – o’zboshimchalik yo’li, inqilobning va yo’qsillarning o’lim yo’lidir. Mazkur yo’lda Lyenin va safdoshlari Pyetyerburg atrofidagi xunryezlik, Moskvani yemirish, so’z erkinligini puchga chiqarish, byema’ni hibsga oluvchilar singari o’z vaqtida Plyevye va Stolipin qo’llagan qabihlik va jinoyatlarga qodirligini namoyon qildilar”. (Turkiston vyedomosti 1917 yil 16 noyabr’). Oktyabr to’ntarishi Rossiya sharoitida noqonuniy ekan, Turkiston sharoitida esa o’n qirra, yuz qirra ortiqroq noqonuniy bo’lgan va zo’rlik yo’li bilan byevaqt amalga oshirilgan. Minglab, millionlab avlod-ajdodlarimiz gunohsiz qirilib kyetganlar yoki qadrdon ona-yurtlarini tashlab horijiy mamlakatlarga boshpana izlab kyetishga majbur bo’lganlar. Masalan, Mustafo CHo’qayev, SHoir Buloqboshi, Andijoniy, yirik tarixchi olim Boymirza Hayit va ko’plab shunga o’xshash kishilarni misol kyeltirish mumkin. Ularning o’z yurtlaridan kyetishiga yana bir sabab Turkistonning ijtimoiy- iqtisodiy jihatdan nihoyatda qoloqligi, kam taraqqiy etganligidadir. Bu yerda fyeodal ijtimoiy- iqtisodiy ishlab chiqarish munosabatlari hukmron mavqyega ega edi. Kapitalistik ishlab chiqarish munosabatlari to’g’risida umuman fikr yuritish mumkin emasdi. Turkiston o’lkasida endigina ba’zi bir kichik-kichik sanoat korxonalari (paxta tozalash korxonalari, tyemirchilik ustaxonalari kabi) vujudga kyelayotgan edi, xolos. SHu boisdan bu o’lkada “sotsialistik” inqilobni amalga oshirishda asosiy kuch bo’lgan yo’qsillar-prolyetariat sinfining o’zi hali sinf sifatida shakllanib ulgurmagan edi. 1913 yilda Turkistondagi jami 6 million aholining faqat 1 foizidan kamrog’ini ishchilar tashkil etgan, xolos. Oktyabr to’ntarishi Turkistonga chyetdan olib kyelindi va zo’rlik bilan amalga oshirildi. Bu inqilobni mahalliy vakillari qo’llab-quvvatlamadigina emas, balki oktyabr to’ntarishiga qarshi qo’llariga qurol – byelkurak, kyetmon, bolta, tayoqlar olib kurashdilar. Buni tarixiy xujjat-ashyolar tasdiqlaydi. Bu haqda o’z vaqtida mahalliy millatchilar vakillari orasidan chiqqan musulmon inqilobchilari va bol’shyeviklar Mustafo CHo’qayev, Turor Risqulov, Norbo’tabyekov, Axmad Boytursunov va boshqalar ham aytgan edilar. Afsuski bularning adolatli fikr xulosalari inobatga olinmadi. Aksincha ular kyeyinchalik birin-kyetin xibisga olinib qatag’on qilindilar. Mana ulardan ba’zi bir na’munalar: T.Risqulov 1919 yil iyun oyida bo’lib o’tgan Turkiston Kompartiyasi III s’yezdining milliy kommunistik syektsiyasida qilgan ma’ruzasida “Agar biz Turkistondagi xaqiqiy vaziyatga e’tibor byersak, ham ko’chmanchi, ham o’troq aholi shu paytga qadar ham O’rta asrchilik sharoitidadir” dyegan edi. Mustafo CHo’qayev o’zining “Turkiston sho’rolar hokimiyati ostida” dyeb nomlangan kitobida 1917 yilgi fyevral inqilobi ulug’ umidlar tug’dirgan bo’lsa, “Oktyabr to’ntarishi bularning hammasini yo’qqa chiqargani”ni yozadi. Axmad Boytursunov “Ryevolyutsiya va qirg’izlar” maqolasida quyidagicha yozadi. “Birinchi ryevolyutsiya (1917 yil fyevral) qirg’izlar tomonidan (bu yerda “qirg’izlar”-qozoqlar ma’nosida ishlatiladi) to’g’ri tushunilgan va xursandchilik bilan kutib olingan edi, chunki, birinchidan, ryevolyutsiya ularni chor hukumati zulmi va zo’rligidan ozod qildi va ikkinchidan 202
mustaqil boshqarishdan iborat tub maqsadlarning ro’yobga chiqishiga umid-ishonchni mustaxkamladi. Ikkinchi (1917 yil oktyabr) ryevolyutsiyaning qirg’izlar uchun tushunarli bo’lmaganligi aniq va soddadir: qirg’izlarda kapitalizm ham sinfiy tafovut ham yo’qdir... Oktyabr to’ntarishi o’zining tashqi ko’rinishlari bilan qirg’izlarga dahshat soldi. Rossiyaning markaziy qismlarida bol’shyevistik harakatning qanday amalga oshganligi qirg’izlarga noma’lum edi. CHyekka o’lkalarda esa hamma yerda zo’rlik, talonchilik, suistye’mollik va o’ziga xos diktatorlik hokimiyati shaklida amalga oshadi”. YUqorida aytilgan fikrlarni tasdiqlash uchun ba’zi bir G’arb sovyetshunos tarixchilarning gaplarini kyeltirib o’tish darkor. Masalan, frantsuz olimi Glyen Karyer dye Ankossning yozishicha o’lka myehnatkashlari fyevral inqilobidan kyeyin sotsialistik inqilobga o’sib o’tishi uchun boshlangan umumrossiya kurashiga qo’shilmaganligini isbotlaydi. 80-yillarda faoliyat ko’rsatgan frantsuz sovyetshunos olimi M.Rivkin O’rta Osiyodagi inqilobiy harakatlar mustamlakachilikka juda o’xshab kyetishini va bu ishlarning bariga musulmonlarning dyeyarli xech qanday aloqasi yo’qligini, bu rus shovinistlarining ishi ekanligini, o’lkada Sovyet hokimiyati ruslar tomonidan o’rnatilganligini o’zining “Musulmonlarning Moskvaga dag’dag’asi” asarida ko’rsatib o’tdi. Bu fikrlarni g’arbdagi islomshunos olimlar Alyeksandr Byennigsyen va Myeri Broksap ham o’zlarining “Sovyet davlatiga islom xavfi” nomli kitobida qo’llab- quvvatlaydilar. Xullas, oktyabr to’ntarishi Turkiston o’lkasining ob’yektiv taraqqiyot qonunlariga zid suratda o’lkaga chyetdan – Rossiyadan kyelgan bir guruh shaxslar tomonidan zo’rlik bilan amalga oshrildi, ya’ni zo’rlik yo’li bilan eksport qilindi. Muvaqqat hukumat ag’darib tashlandi. 1917 yil 1 noyabrda Toshkyentda ham muvaqqat hukumat ag’darildi. 2 noyabrda Turkistonda butun o’lka dyemokratik tashkilotlarning qo’shma majlisi bo’ldi. Unda hokimiyat masalasi muhokama qilindi. Ammo, bu anjumanda o’lka sho’rosi Toshkyent sho’rosi ijroqo’mi musulmon vakillari o’lka sho’rosi faqat maslahat ovozi bilan qatnashishi imkoniyatiga ega bo’ldilar xolos. Albatta, bundan mahalliy sho’rolari norozi bo’lib 5 noyabrda mustaqil suratda o’z qurultoylarini chaqirdilar. Ular Turkiston ishchi – askar va dyehqon sho’rolarining chaqirilmoqchi bo’lgan navbatdagi III qurultoyiga hal qiluvchi ovoz bilan qatnashish xuquqlarini talab qildilar. Biroq, qurultoy ularning barcha talabini rad etdi. Eng haraktyerli tomoni shundaki, mahalliy musulmon xalqlari irodasiga qarama-qarshi qarorlar qabul qilgan Turkiston o’lkasi SHo’rolarning 1917 yil 15-21 noyabrda bo’lib o’tgan III qurultoyi Turkiston xalq komissarlari kyengashini tuzdi. Unga 7 bol’shyevik va maksimalist, 8 so’l esyer saylandi. Hukumat tarkibida mahalliy millat vakillaridan birorta ham kishi saylanmadi, ularning hammasi, 100 foizi Turkistonga Rossiyadan yuborilgan yevropalik shaxslar edilar. Ular mahalliy xalqning na tilini, na dinini, na madaniyatini, na milliy urf-odatini, bu yerda asrlar osha tarkib topgan tarixiy, iqtisodiy va siyosiy munosabatlarini bilmas edilar. Bu xol kyeyinchalik o’lkada sovyet hokimiyati “tartib qoidalari”ni o’rnatish chog’ida o’zining eng yaramas va jirkanch qiyofasini ko’rsatdi. CHunki bu tasodifiy rahbar unsurlar mahalliy shart-sharoitlar bilan xisoblashmaydilar, CHor Rossiyasining mustamlakasi bo’lgan Turkistonda Ulug’ rus shovinizmi siyosatini zo’rlik yo’li bilan davom ettiradilar. Bu narsa hatto Turkiston o’lkasi SHo’rolarining 3 qurultoyi qabul qilgan qarorida ham o’z aksini topdi. Jumladan, qurultoy qarorida “Mahalliy aholi o’rtasida prolyetar sinfi bo’lmaganligi sababli” ular vakillarining o’lkadagi hokimiyat organlarida ishlariga yo’l qo’ymaslik kyerakligi ta’kidlanadi. Bunday ulug’ davlatchilik shovinistik siyosat kyeyinchalik ham surunkasiga doimiy suratda o’lka myehnatkashlari o’rtasida oddiy bir qoida tariqasida olib boriladi. Buni biz Turkiston o’lkasi SHo’rolar hukumatining a’zosi, o’ta shovinist so’l esyerlar partiyasining boshliqlaridan biri K.YA. Uspyenskiy o’lka SHo’rolarining 1918 yil yanvar oyida bo’lib o’tgan IV qurultoyida so’zlagan nutqidagi quyidagi jumlalar bilan yana bir bora tasdiqlamoqchimiz: “O’rtoq musulmonlar! SHuni bilingizki, Biz Sizlarning katta og’angizmiz. Siz kichiksiz va tushunarliki, bizga bo’ysinishingiz kyerak!” Har qanday savodsiz nodon ham hatto bu so’zlarning mag’zini chaqib tushuna oladi va bu jumlalar bilan millatlarning tyeng xuquqliligi, ularning o’z taqdirini o’zi byelgilashi xuquqi to’g’risidagi qoida o’rtasida yer bilan osmoncha farq borligini biladi. Samodyerjaviye ag’darilgandan so’ng ryeaktsiya va impyerialstik urush yillarida chorizm tomonidan tor-mor etilgan sotsial dyemokratik tashkilotlar tiklana boshladi. 5 martda Toshkyentda 203
V.S. Lyapin, N.V. SHumilov, A.A.Kazakov va boshqa bol’shyeviklar raxbarligida partiya guruhlari RSDRPning shahar tashkiloti bo’lib birlashdi. Bu tashkilot a’zolarining soni dastlabki yildayoq 300 kishiga yetdi. Ular orasida mahalliy millatlarning namoyandalari o’zbyek ishchilari T.Abduraxmonov, O.Bobojonov, J.Kamolov va boshqalar bor edi. SHu vaqtda Samarqandda, Andijon, Qo’qon, Skobyelyevda va Turkistonning boshqa shaharlarida ham sotsial dyemokratik tashkilotlar tuzildi. Inqilobning dastlabki kunlaridan boshlab sotsial-dyemokratik tashkilotlar bilan bir qatorda, kasaba uyushmalari tuzila boshladi. 1917 yilning martida Toshkyentdagi zavodlarning ishchilari, tyemir yo’l ishchilarning kasaba uyushmalari, o’qituvchilar, vrachlar, hukumat muassasalari xizmatchilari va matbaachilarning kasaba uyushmalari tuzildi. Toshkyentning “eski shahrida” (bu yerda asosan tub yerli axoli yashar edi) S.Qosimxo’jayev va O. Bobojonov raxbarligidagi quruvchilarning 1000 ga yaqini o’zbyek ishchilaridan iborat katta kasaba uyushmasi tashkil qilindi. SHundan kyeyin Toshkyentda o’zbyek myetallist-ishchilari, yuk tashuvchilar, savdo xodimlari (prikazchiklar) va boshqalarning kasaba soyuzlari vujudga kyeldi. Turkistonda, mamlakatning markaziy rayonlaridan farq qilib, kasaba soyuzlari hamda ishchi va soldat dyeputatlari sovyetlari bilan bir qatorda, ommaviy dyemokratik tashkilotlar musulmon ishchilari dyeputatlari Sovyetlari (Ittifoqlari) tuzilgan edi. Bu tashkilotlar faqat ishchilargina emas, balki taraqqiyparvar ziyolilarni, myehnatkash dyehqonlarni, kosib-hunarmandlarni ham birlashtirdi. Mazkur tashkilotlarning paydo bo’lishi tub yerli aholining myehnatkash tabaqalari orasida ryevolyutsion aktivlikning kuchayganligidan dalolat byerar edi. Harbiy front orqasidagi ishchilar qaytib kyelgan mahalliy aholi ishchilari bu tashkilotlarni vujudga kyeltirishda faol ishtirok etdilar. Ular o’sha joylarda rus ishchilari bilan birgalikda ish tashlashlarda, namoyishlarda, mitinglarda qatnashib, ryevolyutsion kuzatish tajribasiga ega bo’lgan edilar.
Inqilobning dastlabki kunlarida Turkiston gyenyeral-gubyernatori Kurapatkin o’z mansabida qolishga urinib ko’rdi. Lyekin ryevolyutsion ishchi va barcha myehnatkash ommaning qat’iy talabi va taz’yiqi ostida Kurapatkin gyenyeral-gubyernatorlikdan chyetlatildi. Murosachi myen’shyevik va esyerlar, rus va mahalliy burjuaziya tashabbusi bilan muvaqqat hukumatning Turkiston Komityeti tuzildi. Burjua muvaqqat hukumati va uning Turkiston komityeti xalq manfaatlariga doir biron masalani xal qilmadi va hal etishni istamas ham edi. Ular mustamlakachilik tizimini saqlab qolish uchun harakat qildilar. Ilgarigi CHor harbiy gubyernatorlari va u’yezd boshliqlari o’rniga chor amaldorlari bo’lib xizmat qilgan kishilardan oblast va u’yezd komissarlari vazifasiga tayinlandi. Turkiston Komityeti o’lkaning xalqlarini “yovvoyi” va o’z taqdirlarini o’zlari byelgilashga “ojiz” dyeb hisoblab, Turkistonni avtonomiya qilish xaqida o’ylamas edi. Rossiyaning Muvaqqat hukumati Buxoro amirligi va Xiva xonliklarini o’z protyektorati ostida saqlab qoladi.
Download 8.06 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling