Alishyer navoiy nomidagi samarqand davlat univyersityeti


Download 8.06 Mb.
Pdf ko'rish
bet23/81
Sana14.02.2017
Hajmi8.06 Mb.
#419
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   81

 

2-masala: 

Shayboniy Ahdullaxon II va uning o'g'li Ahdulmo'min o'ldirilganidan keyin Buxaro xonligi taxtini 

egallagan Pirmuhammadxon (Balx hokimi) ham, 160 I yili yirik amirlar va mahalliy kuchlarga bas 

kelolmasdan  halok  bo'ldi.  Anoqrog'i,  Samarqand  hokimi  Boqi  Muhammadni  Markaziy  hokimiyat 

ixliyoriga tuish niyatida 50 ming qo'shin bilan unga qarshi chiqqan Pirmuhammadxon Bog'ishamol 

atrofida  mag'lubiyatga  uchraydi.  Buxoro  xonligi  taxti  Boqi  Muhammad  qo'liga  o'tdi.  Shu  tariqa 

Shaybonylar  hukmronligi  tugab,  Buxoro  xonligida  Ashtarxoniylar  sulolasi  boshqaruviga  asos 

solindi.  

Ashtarxoniylar  kimlar?  Ma'lumki,  Oltin  O'rda  Davlati  zaiflashishi  jarayonida  XV  asrning  30-

yillarida  Volga  bo'yi  yerlarida  Astraxon  xonligi  yuzaga  kelgandi.  "Astraxon"  Ashtarxonning 

ruslashganidir.  Ashtarxon  esa  aslida  Xolim  Tarxondir.  Tarxon  Turkiy  xalqlar  hayotida  mavjud 

siyosiy unvonlardan hisoblanib, mashhur Xazar xonligi (7 - 11 asrlar) davrlarielanoq ma'lum. 1552 

yili  Rossiya  Qozonni  hosib  olgaeh,  1554  yili  Ashtarxon  (Xoji  Tarxon)  xonligiga  nisbatan 

bosqinchilik  qiladi  va  uni  boshqargan  mang't  sulolasi  yengiladi.  Uning  o'rniga  shu  suloladan 

Darvishali  o'tqaziladi.  Lekin,  Darvishali  ham  ruslarga  bo’ysunishdan    bosh  tortgach,  1556  yili 

xonlik katta kuch bilan Rossiya imperiyasi lasarrufiga 0' tkaziladi. Ana shu ruslar bosqini natijasida 

Ashtarxon xonlaridan Yori Muhammadxon o'g'illari Joni Muhammad Sulton, Ahhos Sulton, Tursun 

Muhammad sulton, Pir Muhammad Sultonlar hilan Movarounnahrga elgan.  

Bu yerda Yormuhammadxon Abdullaxon II ning otasi Iskandarxon tomonidan yaxshi kutib olinib, 

hattoki  qizi  Zuhrabonuni  Joni  Muhammad  Sultonga  beradi.  Ulardan  Din  Muhammad,  Boqi 

Muhammad  va  Vali  Muhammadlar  tug'ilib,  qarindoshlik  aloqalari  yuzaga  keladi  Qarindoshlik 

hisobiga  Boqi  Muhammad  Shayboniylar  tomonidan  Samarqand  hokimligini  qo'iga  kiritadi.  Oxir 

oqihatda Boqi Muhammad davlatni boshqarish ishini shayboniy Pir Muhammadxondan tortib oladi 

va Ashtarxoniylar sulolasining bir yarim asrlik 1601-1753 faoliyati boshlanadi.  

  

Yangi  sulola  o'zhek  davlatchiligi  boshqaruviga  biron  -  bir  keskin  o'zgarish  kiritmagan 



bo’lsada,  mamlakat  yax1itligini  saqlashga  qaratilgan  siyosat  olib  bordi.  Bu  borada  Boqi 

Muhammadxon (1601-1605) Marv, Xorazm, Balx kabi yerlardagi siyosiy kuchlar boshboshdoqlikni 

oldini olish harakatini qilib ko'rdi. U 1602 yili Balx harbiy yurishini uyushtirib, uni o’z tasarrufiga 

o'lkazadi  va  ukasi  Vali  Muhammadga  tortiq  qiladi.  Boqi  Muhammad  vaqtni  qo'ldan  bermay 

Andxiya,  Shihirg'on,  Chechakti,  Maymana,  Murg'ob    daryosigacha  bo'lgan  hamda  Bolg'on, 

Badaxshon va Xisorni Movarounnahr tarkibiga kiritadi.  

Boqi  Muhammadxon  kabi  Vali  Muhammadxonning  safaviy  hukmdori  Abbos  bilan  yaqinlashuvi 

ayrim  buxorolik  yirik  amaldorlar  noroziligiga  sabab  bo'ldi.  Bundan  foyda1angan  Vali 

Muhammadxonning jiyani Samarqand hokimi Imomquli Sulton (Boqi Muhammadning o'g'li) 1611 

yili  Buxoro  taxtini  egallaydi.  Vali  Muhammadxon  Samarqand  atrofidagi  Imomquli  Sulton  bilan 

bo'lgan harbiy to'qnashuvda halok bo'ladi.  

Imomqulixon  (1611-1642)  davlatni  birmuncha  kengaytirishga  Muvaffaq  bo'ldi.  U  Toshkentni 

qozoqlardan  tortib  oldi  va  unga  o'g'li  Iskandar  sultonni  hokim  etib  tayinladi.  Bu  harbiy  harakatda 

unga ukasi Balx hokimi Nazar Muhammad Sulton ham qatnashgan.  

Imomqulixon qabila boshliqlarining hukumronligini hir muncha zaiflashtirishga erishdi.  

Eron  va  Hindiston  (Boburiylar)  bilan  ko'proq  elchilik  aloqalari  olib  borilgan.  Uning  davrida 



 

162 


mamlakatdagi  siyosiy,  ijtimoiy,  iqtisodiy  barqarorlikni  manbalardan  olingan  quyidagi  ,  so’zlardan  

bilishimiz  mumkin:  "Imomqulixon  nochorlar  ishini  yengillashtirdi,  arz  bilan  kelganlarni 

qaytarmadi,  uning  zamonasida  na  kambag'al,  na  bechora  qolmagandi.  Chiqargan  buyruqlari  ijrosi 

borasida  amaldorlarga  qattiq  turdi,  qorong'i  tushishi  bilan  oddiy  kiyim  kiyib  vaziri  va  qo'  riqchi 

bilan bozoru mahallalarni aylanib, oddiy xalqning haqiqiy turmush ahvolidan boxabar bo'lib turardi, 

buni  xalq  bilardi.  Shuning  uchun  ham  uning  hukmronligi  yillarida  mamlakatda  biron  marta  ham 

isyon tig'i ko'tarilmadi". 

Lekin, baribir ayrim qabilalarning amirlari markaziy hokimiyatni tan olmasdi. Masa1an, Samargand 

hokimi  Yalantushbiy  qudratli  feodal  bo'lib,  o'zining  ixtiyoridagi  kattagina  qo'shin  bilan  qo'shni 

viloyatlarga  yurishlar  qilgan,  mustaqil  shartnomalar  tuzgan.  Uning  mustaqil  farmoyishiga  ko'ra 

Samarqandda ikki mashhur madrasa -Sherdor va Tillakori madrasalari gurilgan.  

Ko'zi  ojizlanganligi  sababli  Imomqulixon  Buxoro  taxtini  Balxda  o'ttiz  yildan  beri  hukmronlik 

qi1ayotgan ukasi Nazar Muhammadxonga (1642-1645) beradi. U davlat  ishlarida  hal qiluvchi ro1 

0'ynaydi.  Kishilar  bilan  til  topisha  o1maganligi  va  ko'  chmanchilar  bilan  bosqinnning  oldini 

olinmaganligi  sababli  aholining  yalpi  noroziligi  kelib  chiqadi.  Nazar  Muhammadga  qarshi 

kayfiyatdagi  amirlar  fitnasi  natijasida  xonlik  taxtiga  o'g'li  Abdulla  Aziz  o’tqaziladi  kazildi  (J  645-

1680).  

Abdulazizxon  davrida  kuchli  Markaziy  hokimiyatning  yo'qligidan  va  davlat  parokandaligidan 

foydalanib  Xiva  xoni  1ashkarlari  Buxoro  xonligi  shaharlari  va  vohalariga  bostirib  kira  bosh1adi. 

Ular 1662 yilda Buxorogacha yetib kelishga u1gurdi.  

Keksayib qolgan Abdulaziz Xiva qo'shinlariga va feodallar xurujlariga zarba berishga ojizlik qilib, 

taxtdan  ukasi  Subxonqulixon  foydasiga  (1680-1702)  voz  keehishga  majbur  bo’ldi.  U  qatag'on 

qabilasidan  bo'lgan  otaliq  Mahmudbiy  yordamida  tez.-tez.  hujum  uyushtirayotgan  Xivaliklarni 

quvib yuborishga erishdi. Buning evaziga Mahmudbiy Balx va Badaxshon hokimi etib tayinlandi. U 

deyarli mustaqil ish tutdi va tezda Subxonqulixon bilan hisoblashmay qo'ydi.  

Subxonqulixon  mahalliy qarshiliklarni sindira olmadi. Tinimsiz olib  borilgan urushlar  mehnatkash 

xa1q boshigq katta yuk bo'lib tushdi. Aholidan olinadigan soliqlar va poraxo'rlik nihoyatda avj olib 

ketdi.  Xazina  bo'shab  qolganida  uni  alohida  qo'shimcha  soliq  olish  yo'li  bilan  to'ldirishga  harakat 

qilindi.  Ma'lumotlarga  ko'ra,  Subxonqulixon  alohida  yetti  yillik  soliqni  oldindan  to'lashni  talab 

qilgan.  

 

Boshboshdoqlik  



va  

mamlakat  

xo'jaligi  

butunlay  

izdan   chiqqan, 

sharoitda  

Subxonqlllixonning 

o'g'li 


Ubaydullaxon 

taxtga 


chiqdi 

(1702-1711). 

feodallarning 



o'zboshimchaligiga chek qo'yishga, markaziy hokimiyatni kuchaytirishga harakat qilgan bo’lsa ham 

mamlakatdagi eng asosiy viloyatlar va shaharlarda sulola namoyandalari emas,  

 

Tobora qudratga to' lib ketayotgan amirlar hukmronlik qilardi. Masalan: Samarqand,  



Shahrisabz,  Qarshi,  O'ratepa,  Hisor,  Balx  va  boshqalarda.  1711  yili  Ubaydullaxon  ham  suiqasd 

qurboni  bo'ldi.  Bu  to'g'rida  Muhammad  Amin  Buxoriyning  "Ubaydullanoma"  asarida  to’liq    ma' 

lumotlar saqlangan.  

Mamlakatda mahalliy kuchlar hamda yirik amirlar boshboshdoqligi so'nggi Ashtarxoniy hukmdori 

Abdulfayzxon  (1711-1747)  zamonida  ham  davom  etdi  Bundan  foydalangan  Afg'oniylar  sardori 

Nodirshoh  1770  yili  Ashtarxoniylarga  hal  qiluvchi  zarbani  berdi.  Garchi  Nodirshoh 

Abdulfayzxonni  o'z  o'rnida  qoldirgan  bo'lsa  ham  amalda  hokimiyat  boshqa  hir  mahalliy  sulola  - 

mang'itlari  namoyandalari  Muhammad  Xakimbiy  va  uning  o'g'li  Muhammad  Rahimbiy  qo'liga 

o'tadi.  Muhammad  Rahimbiy  buyrug'i  bilan  1747  yili  Abulfayzxon  qatl  etilib,  uning  o'rniga  o'g'li 

Ahdulmo'min xon deh e'lon qilindi. Ammo, almaldagi hokimiyat Muhammad Rahimbiy  ixtiyorida 

qolaverdi.  BiI'  yildan  keyin  Muhammad  Rahimbiy  bu  qo'g'irchoq  xonni  ham  o'ldirtirib,  o'rniga 

marhumning  ukasi  Ubaydulla  sultonni  o'tkazib  tez  orada  uni  ham  yo'q  qiladi.  Shu  tariqa 

Ashtarxoniylar sulolasi faoliyati barham topadi. 

Muhammad  Rahim  1756-yilda  taxtga  o’tirib  o’zini  Buxoro  amiri  deb  e’lon  qiladi  va  hokimyatni 

mustaqil  idora  qiladi,  mang’itlar  sulolasiga  asos  soladi.  Shundan  etiboran  Buxoro  xonligi  Buxoro 

amirligi deb atala boshladi. Amirlikda hokimyat 1920-yilgacha mang’itlar sulolasi qo’lida bo’ldi.  

Muhammad  Rahim  hukmronligini  beklik-vlioyatlardagi  boshqa  qavmlardan  bo'lgan  hokimlar  tan 

olmadilar.  Amir  mang'itlarga  tayanib  hokimiyatni  markazlashtirishga  intildi.  Barcha  qabilalarning 



 

163 


hukmdorlarini  Buxoroga  yig'ib,  ulardan  markaziy  hokimiyatga                bo'ysunishni  talab  qiIdi,  aks 

holda, qattiq  jazolanishi  haqida ogohlantirdi. Viloyatlardagi ko'pgina  hokimlar, bebosh amaldorlar 

hokimiyatdan  chetlashtirilib,  yer-mulki  tortib  olinib  boshqa  joylarga  ko'chirildi.  Ular  o’rniga  amir 

qabiladoshlaridan tayinlandi. Muhammad Rahim Buxoro minorasi yonidagi o'z qarorgohini maxsus 

qurdirgan  Arkka  ko'chirdi.  O'zboshimcha  beklarni  Arkka  chaqirib  qattiq  jazoladi.  Tarqoqlikni 

bartaraf  etish  maqsadida  ko'pgina  bekliklarga  -  Samarqand,  Jizzax,  O'ratepa,  Xisor,  Boysun, 

Shahrisabzga  qarshi  qonli  urushlar  qildi,  ko'pgina  viloyatlar  vayron  bo'ldi.  Muhammad  Rahim 

Nurotada  istiqomat  qiluvchi  burqut  qabilasi  qo'zg'olonini  bostirib,  ularning  harbiy  istehkomlarini 

buzib  tashlab,  o'zlarini  Buxoro  tumaniga  ko'chirdi.  Miyonqal'a  qipchoqlariga  hujum  qilib, 

istehkomlarini buzib tashlaydi, yo'lboshchilarini qatl etib, qoIganlarini ko'chirib yuboradi.  

Muhammad  Rahim  vafotidan  keyin  o'zaro  urushlar  yanada  kuchaydi.  Viloyat  hukmdorlari 

mang'itlarning markaziy hokimiyatiga qarshi qo'zg'olonlar ko'tardi.  

Kenagas,  yuz,  baxrin,  burqut,  saroy  qabilalarining  qo'zg'olonlari,  hokimiyatga  o'tirgan 

Doniyolbiyning  ularni  bostirish  uchun  qilgan  urushlari  minglab  odamlarning  yostig'ini  quritdi. 

Doniyolbiy  qo'shinlar  xarajati  uchun  qo'shimcha  soIiqIar  joriy  etib  aholi  noroziligini  oshirdi. 

Buxoro  hunarmandlari  va  tijorat  ahli  1784-  yilda  qo'zg'olon  ko'tardi.  Qo'zg'olonni  bostirish 

jarayonida minglab odamlar qurbon bo'ldi.  

Amir  Ma'sum  (begunoh  amir)  deb  nom  olgan  'Shohmurod  (1785-1800-  yillar)  tarqoqIikka  qarshi 

kurashni  davom  ettirdi.  Amir  Shohmurod  boshqaruv  tartibini  o'zgartirish,  amaldorlar  tarkibini 

yangilash  choralarini  ko'rdi.  Amir  ikki  yirik  davlat  arbobi  -  DavIat  qushbegi  bilan  Nizomiddin 

qozikalonni saroy, qo'shin va boshqa sohadagi amaldorlar huzurida o'z qo'li bilan o'ldirdi. SoliqIarni 

tartibga  soldi.  Buxoro  aholisiga  tarxon  yorlig'ini  topshirdi.  Unga  binoan  aholi  savdo  daromadidan 

boj  to'lashdan,  hunarmandlar  pul  yig'imidan,  majburiy  mehnat  va  soliqlardan  ozod  etildi. 

Shuningdek, xiroj, nikoh puIi, tarozi haqi va boshqa yig'imlar miqdori kamaytirildi.  

 

Shohmurod  davrida  Buxoro  amirligi  nisbatan  mustahkamlangan  bo’lsada,  o’zaro  urushlar 



to’xtamadi.  G’arbiy  chegaralarda  esa  Xiva  xoni  qo’shinlari  hujumga  o’tar,  ekinzor  va  bog’lar 

payhon qilinar, qishloqlar vayron bo’lar, odamlar va chorva mollar haydab ketilar edi 

Buxoro amirligi o'zbek xonliklari orasida o'zining hududiy o'rni, aholisi va tabiiy resurslari jihatidan 

muhim mavqega ega edi.  

XIX asrga kelganda, Buxoro amirligining hududi qariyb 200 ming kvadrat kilometrni tashkil etardi. 

Uning  chegaralari  janubda  Amudaryoning  so'l  qirg'og'idan  boshlanib,  Sirdaryoga  qadar  cho'zilgan 

qozoq  juzlari  bilan  chegaradosh  edi.  Amirlik  sharqda  Pomir  tog'lari,  g'arbda  Xiva  xonligi 

chegaralarigacha  bo'lgan  hududni  ishg'ol  etardi.  Buxoro  va  Samarqand  kabi  yirik  shaharlar 

joylashgan  Zarafshon  vodiysi  amirlikning  markaziy  qismi  hisoblanardi.  Qashqadaryo  va 

Surxondaryo  vohalari,  hozirgi  Tojikiston  hududidagi  Vaxsh,  Kafirnihon,  Panj  daryolari  vodiysida 

joylashgan  shahar  va  qishloqlar,  hozirgi  Turkmaniston  hududidagi  Murg'ob  daryosi  vohalaridagi 

yerlar Buxoro amirliglga qarar edi.  

Buxoro amirligining poytaxti Sharqda eng nufuzli shahar sifatida e'tirof etilgan Buxoroyi Sharif edi. 

Yirik  shaharlardan  Samarqand,  Qarshi,  Shahrisabz,  Kitob,  Termiz,  Sherobod,  Hisor,  Dushanbe, 

Ko'lob  va  boshqalar  amirlik  tasarrufida  edi.  Marv  va  Chorjo'y  shaharlari  uchun  Buxoro  amirligi 

bilan  Xiva  xonligi  o'rtasida,  Jizzax,  O'ratepa  va  Xo'jand  shaharlari  uchun  Buxoro  amirligi  bilan 

Qo'qon xonligi o’rtasida tez-tez urushlar bo'lib, bu shaharlar qo'ldan-qo'lga o'tib turardi.  

XIX  asr  birinchi  yarmida  Buxoro  amirligida  2  millionga  yaqin  aholi  yashardi.  Aholi  amirlikning 

sersuv  vohalarida  yashab,  jazirama  issiq,  suvsizlik  hukmronlik  qiluvchi  Qizilqum  sahrolari  va 

cho'llari kimsasiz yastanib yotardi. Zarafshon vodiysida 300-350 ming, Qashqadaryo vohasida 500 

ming, Surxondaryo vohasida 200 ming, Sharqiy Buxoroda 500 mingcha aholi yashardi. Amirlikning 

yirik shaharlari - Buxoroda 60 ming, Samarqandda 50 mingga yaqin aholi yashardi.  

Aholi  etnik  jihatdan  ko'pgina  elatlardan  iborat  bo'lib,  ularning  qariyb  57  foizi  o'zbeklar  edi. 

O'zbeklar  bir  qancha  qabilalardan  tashkil  topgan  bo'lib,  ular  orasida  mang'it,  saroy,  qo'ng'irot, 

jabg'u,  qarluq,  qalmoq,  nayman,  qipchoq,  ming,  yuz  qabilalari  ko'pchilikni  tashkil  etardi.  Ular 

asosan Zarafshon. Qashqadaryo va Surxondaryo vohalaridagi shahar va qishloqlarda yashardi. 

Buxoro  amirligining  Xisor,  Dushanbe,  Sharqiy  Buxorodagi  Vaxsh,  Kafirnihon  va  Panj  daryolari 

vodiylarida, asosan tojiklar yashar edi.  

Amirlikning  janubiy  va  garbiy  qismida  turkmanlar,  shimoli-sharqiy  tomonida  qozoq  va  qirg'izlar 


 

164 


yashardi. Shuningdek, amirlik hududida afg'onlar, eroniylar, arablar, yahudiylar, hindlar va boshqa 

etnik guruhlar mavjud edi.  

Aholining aksariyat ko'pchiligi qishloqlarda istiqomat qilardi. Ular dehqonchilik, chorvachilik bilan 

shug'ullanardi.  Sug'oriladigan  yerlarda  paxta,  bug’doy.  sholi,  jo'hori,  bog'  va  poliz  mahsulotlari' 

yetishtirilar  edi.  Uzum,  olma.  nok,  shaftoli,  o'rik,  gilos,  anjir,  qovun,  tarvuz  yetishtirilardi.  Meva-

chevalar  quritilib  shirinlik  o'rnida  ishlatilardi.  Chorvachilikda  qo'ychilik,  qorako'l  qo'ychiligi, 

hunarmandchilikda  gilamdo'zlik,  o'ymakorlik,  zardo'zlik,  tegirmonchilik,  ko'nchilik,  to'quvchilik, 

temirchilik,  kulolchilik,  beshikchilik,  sandiqchilik,  etikdo'zlik,  moyjuvozlik,  sovungarlik  keng 

tarqalgan edi.  

Amirlik iqtisodiy hayotida qoloqlik, turg'unlik hollari mavjud edi, aholining turmushi past darajada 

edi. Yerga egalik shakli ming yillar davomida o'zgarmay kelmoqda edi. aholiga solinadigan o'lpon 

va  soliqlar  haddan tashqari ko'p edi.  Aholi  sotib  olish qobiliyatining pastligi  hunarmandchilikning 

rivojlanishiga to'sqinlik qilardi. 

Buxoro amirligi monarxiya tipidagi davlat bo'lib, amir cheklanmagan hokimiyatga ega edi  

 

 

 



 

 

 



 

 

 



,

 

Muhammad Rahim  



1756-1758 

 

,



 

Doniyolbiy (otaliq)  

1758-1785 

Mang'itlar  

,

 

Shohmurod  



1785-1800 

sulolasi  

,

.

Haydar  



1800-1825 

(1753-1920)  

,

.

Nasrull0  



1826-1860 

 

,



.

Muzaffar  

1860-1885 

 

'



y

Abdulahad  

1885-1910 

 

>



-

O1imxon  

1910-1920 

 

XIX  asr  boshlariga  kelganda,  amirlikda  xizmatkor  amaldorlar  tabaqasi  shakllandi.  Faqat  amir 



saroyining o'zida 300 ga yaqin amaldor xizmat qilardi. Buxoro amirlgi 27 beklik Karmana, Xatirchi, 

Nurota, Qarshi, Kitob, Shahrisabz, Chiroqchi, Yakkbog', G'uzor, Boysun, Sherobod, Denov Karki, 

Chorjuy,  Hisor.  Ko'lob,  Qorategin,  Darvoz,  Baljuvon,  Sho'g'non-Rushon,  Qo'rg'ontepa, 

Qo’bodiyon, Ka1if, Bo' rdalik, Qoboyon bekliklaridan iborat edi. Har bir beklikni amir tomonidan 

tayinlab qo'yiladigan  hokimlar -  beklar  idora qilard  i. Hokim  huzurida  yuzlab  mahalliy  ma'murlar 

xizmat  qilardi.  Manbalar  amirlikda  mahalliy  ma'murlar  soni  30000  kishini  tashkil  etganligidan 

guvohlik  beradi.  Hokim  va  uning  xizmatkorlariga  maosh  davlat  xazinasidan  berilmas  edi,  ular 

mahalliy aholidan olingan turli - tuman soliq va to'lovlar hisobiga tirikchilik qilishardilar. Hokimlar, 

soliq  yig'uvchilar,  qozilar  xohlagancha  ish  yuritardilar,  ularning  faoliyatini  belgilovchi  qonun 

qoidalar, yo'q edi, Ularning suiiste'mollari xalq gardaniga og'ir yuk b o'lib tushardi,  

XIX asr 30- yillarida amir qo'shinida 19 mingga yaqin yollangan askarlar bo'lib, alar turli shahar va 

istehkomlarda  harbiy  xizmatni  o'taganlar.  Qo'shin  askarlari    asosan,  o'q-yoy,  nayza,  qilich,  xanjar 

oybolta kabilar  bilan qurollangan. Manbalar amir qo'shinida piltali  milliqlar  va kichik to'plar  ham 

bo’lganligidan guvohlik beradi.  

Amir  qo'shinining  jangovarlik    darajasi  past  edi.  Askarlar  harbiy  mashqlarga  nisbatan  ko'proq 

mehnat  bilan  band  bo'lardi,  Sipohlikka  15  yoshdan  70  yo  gacha  erkaklar  olinardi,  qo'shin  safida 

keksayib qolganlar anchagina bo'lardi. Amirlikning yillik daromadi 2 mIn. 300 ming so'm bo'lgani 


 

165 


holda,  uning                    1  mIn.  300  ming  so  'mi  qo'shinni  saqlashga  sarflanardi.  Oziq-ovqat 

yetishmasligidan    sipohlar  qochardi,  kiyimi  yupun  edi.  XIX  asr  O'rtalarida  askarlar  soni  piltali 

miltiq  va  to'plar  ham  anchagina  ko'paygan.  Qo'shinda  yuz  boshi  ming  boshi  singari  harbiy 

lavozimlar  bo'lib,  umumiy  qo'mondonlikni  lashkarboshi  boshqargan.  Amirlikning  qo'shini 

muntazam  bo'lmay,  zaruriyat  bo'lganda  to'planardi,  ularni  to'plash  qiyin  kechardi.  Bu  amirlikning 

zaif  tomonlaridan biri edi.  



Xiva xonligi 

Xorazm  XV  asr  oxiri  –  XVI  asr  boshida  temuriy  Sulton  Husayn  Boyqaro  boshliq  davlatning  bir 

qismi  edi.  1505-  yilda  Muhammad  Shayboniyxon  qo’shinlari  Xorazmni  egalladi  va  qo’ng’irot 

urug’idan Kepakbiy Xorazmga hokim etib tayinlanadi. Eron shohi Ismoil bilan jangda Muhammad 

Shayboniyxon  halok  bo’igandan  keyin  Xorazm  Ismoilshoh  tomonidan  zabt  etiladi.  Ismoilshoh 

Xorazmni o’z davlati tasarrufiga kiritgach, Vazir, Urganch va Xiva shaharlarini boshqarish uchun 3 

ta dorug’a (hokim) tayinladi.  

Xorazmda Ismoilshoh  hukmronligi uzoqqa bormadi. Sal o’tmay,  lsmoilshoh  hukmronligiga qarshi 

harakat  boshlandi.  Bu  harakatga  Vazir  shahri  qozisi  Umar  qori  va  Sayid  Hisamiddin  yetakchilik 

qrldi.  Ular  Shaybon  avlodidan  bo’igan  Berka  sultonning  o’g’li  Elbarsxonga  murojaat  qilib,  xon 

bo’lishni  taklif  qildilar.  Elbarsxon  1511-  yilda  qo’shin  bilan  kelib  Vazir  shahrini  egalladi.  1511-

1512  yillardagi  _ily_l_  natijasida,  Urganch,  Xiva,  Xazoraspni  Ismoilshoh  qo’shinlaridan  tozaladi, 

Xorazmning mustaqilligi tiklandi. Xorazmda Elbarsxon hokimiyati o’rnatildi. Shunday qilib, 1512- 

yilda mustaqil Xiva xonligi tashkil topdi, Elbarsxon uning birinchi xoni bo’ldi. Xivada shayboniylar 

sulolasi hukmronligi 1770- yilgacha davom etdi. Xiva xonligi poytaxti Urganch edi. XVI asr oxiri – 

XVII  asr  boshlarida  Amudaryo  o’zanining  o’zgarishi  munosabati  bilan  Urganchning  mavqeyi 

pasaydi, aholisi qulayroq joyga ko’chib borib joylashadi va bu yerda Yangi Urganch shahri paydo 

bo’ladi. Bu orada Xiva shahrining  mavqeyi ko’tariladi.  Arab Muhammadxon (1602-1623) davrida 

Xivaning  mavqeyi  kuchayib,  xonlikning  rasmiy  poytaxtiga  aylandi.  Xiva  xonligi  tasarrufiga 

Amudaryo  quyi  oqimidagi  vohalar,  Mang’ishloq,  Dahiston  (Mashhad)  va  O’zboy  atrofidagi 

ko’chmanchi  turkman  hududlari  kirardi.  Biroq,  xonlikda  tinchlik  bo’lmadi.  Uzoq  yillar  davomida 

xonlik tepasida turgan o’zbek qabilalari bilan turkman qabilalari o’rtasida, shuningdek, shahzodalar 

o’rtasida  tinimsiz  urushlar  bo’lib  turdi.  Xiva  va  Buxoro  hukmdorlari  o’rtasida  Murg’ob  daryosi 

bo’ylari uchun, Marv uchun qirg’inbarot urushlar bo’lib turar, bu hududlar qo’ldan-qo’lga o’tardi. 

Xonlikka  shimoldan  qalmoqlar,  qozoqlar,  Ural  kazaklari  tez-tez  hujum  qilib  falokatlar 

keltirardi.XVIII asr o’rtalarida Eron shohi Nodirshoh, uning o’g’li  

Nasrullo  Xiva  xonligini  bosib  olib,  o'z  boshqaruvini  o'rnatdi,  turkman  qabilalarini  Xorazmdan 

Xurosonga  ko'chirdi.  Biroq  Xiva  xonligida  tinchlik  bo'lmadi.  Eron  hukmdorlariga  qarshi  tez-tez 

g’alayonlar  bo’lar  aholi  boshi  oqqan  tomonga  ketardi.  Shunday  vaziyatda  xonlikdagi  o'zbek 

qabilalaridan Qo'ng'irot urug'ining boshlig'I Muhammad Amin Inoq 1770- yilda hokimiyatni qo'lga 

oldi  va  Xiva Xonligida  yangi  sulola – Qo'ng'irotlar sulolasiga asos soldi (bu sulola 1920-yilgacha 

hukm  surdi)  .  Muhammad  Amin  Inoq  turkmanlar  qo’zg’alonini  bostirdi  Buxoro  hukmdorining 

hujumini daf etdi va Xiva xonligidagi viloyat hokimlarini markaziy hokimiyatga bo'sundirdi. 

Sherg’ozixon  davrida  (1715-1728)  Xiva  xonligida  _ily_l  mojarolar  shiddatli  davom  etishdan 

foydalanib  Pyotr  I  uyushtirgan  A.Bekovich  Cherkasskiy  ekspedisiyasi  xonlikni  Rossiya  ta’siriga 

o’tkazish  yo’lidagi  dastlabki  harbiy  urinishini  qilib  ko’rdi.  Lekin,  xonlik  Cherkasskiyning  6000 

kishilik otryadining to’laligicha qirib tashladi va ancha vaqtgacha Rossiya tomonidan hujum bo’lish 

xavfi ostida yashadi.  

Shu orada Xiva xonligi Xurosonga bir necha bor uyushtirgan harbiy yurishni va Buxoro tomoniga 

o’tib  Nodirshoh  qo’shinlariga  qarshi  chiqishi  bilan  o’zining  janubiy  xavfsizligining  ham 

keskinlashtirdi  va  nihoyat  Nodirshoh  Buxoroni  o’z  tasarrufiga  o’tkazgandan  keyin  Xorazmga 

hujum qilishni boshladi. U Hazorasp va Xonqa janglarida Xivaliklar ustidan g’alaba qozondi. Xiva 

xoni  Eldorxon  (1728-1740)  o’ldirildi.  Xivada  Nodirshoh  noibi  tayinlanib  va  harbiy  garnizoni 

qoldiri1ib, Eron  hoshqaruv tizimi o’rnatildi.  Ammo ularni  hokimiyati  xonlikni  barcha qismini o’z 

ichiga  ola  olmadi  va  notinchlik  ko’rdi.  Shu  paytdan  boshlab  tez-tez  o’zgarib  turgan  xonlar  aslida 

hokimiyatni  qo’ldan  berib  qo’  ydilar,  ularning  nomidan  1763  yildan  boshlab  0’zbeklarning 

qo’ng’irot  qabilasidan  bo’lgan  inoqlar  hukmronlik  qildilar.  Ular  badavlat  shaharliklar  va 

ruhoniylarni qo’llab                                     quvvat1ashiga erishdilar. Chunki, mamlakat iqtisodiyoti 



 

166 


_ily_l tarqoqligidan zarar                       ko’ rayotgan edi. Markaziy hokimiyat zaifligi sababli aholi 

ko’plab  bosqinlarning  azobu  uqubatlariga  bardosh  bera  olmasdan  qo’shni  yurtlarga  qochib 

ketmoqda  edi.  Sug’orish  inshoatlari  qarovsiz  qolib  ko’pgina  yerlar  tashlandiq  holatga  tushib 

qalgandi. Xiva shahri aholisi soni harn keskin qisqargandi.  

 

Ana  shu  zarurat  tufayli  inoq  Muhammad  Amin  (1763-1790)  1770  yilda  Turkmanlarning, 



1782 yilda esa buxoroliklarning hujumlarini daf etib, 1804 yildan Xivada qo’ng’irotlar sulolasining 

amaldagina emas rasmiy ravishda ham hukmronligini ta’minladi.  

   

Muhammad Rahim I (1806-1825) Xiva xonligini birlashtirishni nihoyasiga yetkazdi. U soliq 



islohoti  o’tkazdi,  o’lponlarni  muntazam  undirush  yo’li  bilan  davlat  daromadini  oshirdi,  bojxona 

joriy etdi va oltin pul zarb qilishni yo’lga qo’ydi. U feodallar o’rtasidagi mojarolarga chek qo’yib, 

ularning  yerlarni  birlashtirdi.  Muhammad  Rahim  1811  yilda  Orollik  feudal  guruhlar  qarshiligini 

sindirib, ularni o’z itoatiga o’tkazdi. Xonlik qaraqalpoqlarni ham bo’ysundirdi.  

Bu  davrda  Markaziy  hokimiyat  mustahkamlandi,  mamlakatning  ichki  ahvoli  ancha  yaxshi1andi. 

Xonlikning Xiva, Yangi Urganch, Xazorasp, Xo’jayli, Toshhovuz, Gurlan, Honqa kabi shaharlarida 

turli hunarmandchilik sohalari ri vojlandi, ular savdo markaziga aylandi. Yangi Urganch bozori chet 

ellik savdagarlar bilan gavjum bo’idi.  

XIX asrning 40-yillardagi ma’lumotlarga ko’ra, Xorazmga tegishli yerlar 70 tumanga, 20 beklik va 

viloyatlarga  bo’lingan.  Xonlik  chegaralari  barqaror  bo’lmagan,  u  davlatdagi  va  qo’shni 

mamlakatlardagi siyosiy vaziyatga qarab o’zgarib turgan. Xonlik qazoq xonlarining yerlari, Eron va 

Buxoro  amirligi  bilan  chegaradosh  ho’lgan.  XVIII  asrdan  boshlab  uning  Rossiya  tasarrufidagi 

yerlar bilan ham chegaralari vujudga keldi.  

XIX  asrning  birinchi  yarmida  Xiva  xonligida  900  mingdan  ortiq  aholi  yashagan.  Ular  etnik, 

madaniyat va til jihatdan bir-biridan farqlanuvchi 3 guruhga bo’ Iingan:  

1.  O’zidga  ko’plab  chetdan  kelgan  unsurlarini  singdirgan  va  til  bo’yicha  turkiylashgan  qadimgi 

Xorazimliklarning  bevosita  avlodlari.  Ular  asosan  dehqonchilik  va  savdo  sotiq  bilan                  

shug’ ullanganlar.  

2. Xonlikning janubiy-sharqiy qismida o’rnashgan turkman qabilalari. Ular asosan  

 

chorvachilik  bilan  shug’ullangan,  shahar  va  qishloq  hayotidan  uzoq  bo’lgan.  Ular 



chorvadan kelgan daromadning o’zidan bir qismi miqdorida soliq to’lab turgan.  

Dashti  Qipchoqdan  Xorazmga  Elbarsxon  bilan  birga  o’tgan  ko’chmanchi  o’zbeklar,  ular 

qabilalarga bo’linib, yarmi ko’chmanchilik hayot tarzini saqlab qolgan va 4 ta asosiy guruhga 

bo’lingan:  qiyot-qo’ng’irot,  uyg’ur-nayman,  qang’li-qipchoq  va  nukus-mang’it.  Ana  shu 

qabila uyushmalarga inoqlar rahnamolik qilishgan.  

XVI asrda Xorazmda markazlashgan davlat bo’lmagan, bu yerda urug’chilik tuzumi asoratlari hali 

kuchli  saqlangan.  Davlatni  xon  avlodi  boshqargan.  Hukmron  sulola  urug’  oqsoqoli  xon  deb  e’lon 

qilgan.  U  mug’ul  udumiariga  asosan  bajarilgan.  Xon  urug’idan  bo’lgan  viloyat  va  shahar 

hukumdorlari  doimo  mustaqil  siyosat  yuritishga  intilgan.  Xon  hokimiyati  qabila  zadagon1ari 

harakati  tufayli  cheklangan.  O’zaro  nizolar  va  _ily_l  urushlar  deyarli  tinmagan.  Feodal  tarqoqlik 

davrida  har  bir  shahzoda  o’z  mulkida  mustaqil  boshqaruv  mahkamasiga  ega  bo’lgan.  Muhammad 

Rahimhon davridagina ularni Markazlashgan holda boshqarish uchun Devoni Oily ta’sis etilgan.  

Manbalarda  ko’rsatilishicha,  XIX  asr  birinchi  yarmida  Xiva  xonligining  hududi  19  ming  kvadrat 

milni  tashkil  etgan.  Xonlik  janubda  Eron  bilan,  sharqda  Buxoro  amirligi,  g’arbda  Kaspiy  dengizi, 

shimolda  qozoq  juzlari  bilan  chegaradosh  edi.  Suvsiz,  cheksiz  Qoraqum,  Qizilqum  sahrolari  Xiva 

xonligini hududiy jihatdan boshqa mamlakatlardan ajratib qo’ygan edi. Quyi Amudaryo bo’yi Xiva 

xonligining  markaziy  qismini  tashkil  etardi.  Amudaryo  sohillarida  joylashgan  Xiva,  Urganch, 

Qiyot,  Ko’hna  Urganch,  Xazorasp,  Qo’ng’irot,  Xo’jayli,  Kurdar  (hozirgi  Chimboy)  shaharlari 

xonlikning  yirik  shaharlari  edi.  0’rta  Osiyoning  eng  boy  savdo  markazlaridan  biri  bo’lgan  Xiva 

shahri  Xonlikning  poytaxti  hisoblanardi.  Shahar  ikki  qismdan  –  Ichan  qal’a  (shaharning  ichki 

qismi)  va  Dishon  qal’a  (shaharning  tashqi  qismi)dan  iborat  edi.  Ichan  qal’ada  xon  qarorgohi  va 

harami,  17  ta  masjid,  22  ta  madrasa,  karvonsaroy  va  bozar  joylashgan  bo’lib,  ular  asosan  X  I  X 

asrda  barpo  etilgan.  1842-  yilda  Dishon  qal’a  qurilib,  devor  bilan  o’rab  olinadi.  Dishon  qal’ada 

hunarmandlar, savdogarlar, mardikorlar, qisman dehqonlar ham istiqomat qilganlar.  

Xiva  xonligida  taxminan  800  mingga  yaqin  kishi  yashardi.  Aholining  ko’pchilik  qismi  o’zbeklar 

bo’lib, ulardan eng kuchli va ko’p sonlilari qo’ng’irot, nayman, qiyot, uyg’ur, nukuz, qangli, xitoy, 



 

167 


qipchoq  qabilalari  edi.  O’zbek  qabilalari  asosan  Amudaryo  tarmoq  yoygan  qismida,  kanallar 

bo’ylarida  joylashgan  edi.  Aholining  anchagina  qismini  (taxminan  ј  qismi)  turkmanlar  tashkil 

etardi.  Turkmanlar  qadimgi  o’g’izlarning  avlodlari  bo’lib,  forscha  gaplashuvchi  mahalIiy  xalqlar, 

o’zbeklar bilan qorishib ketgan edi.  

Qoraqalpoqlar  yashaydigan  Amudaryoning  quyi  havzasi  va  Orol  dengizining  janubiy  qirg’oqlari 

Xiva  xonligi  tasarrufida  edi.  Qoraqalpoqlar  bu  hududdagi  sho’rxok  yerlarni  qancha  mashaqqatlar 

bilan 

o’zlashtirib 



tirikchilik 

qilardi. 

Dehqonchilik, 

chorvachilik, 

baliqchilik, 

ovchilik 

qoraqalpoqlarning asosiy mashg’uloti edi.  

Xonlikning  shimoliy  qismida  qozoqlar  yashardi.  Shuningdek,  xonlikda  qisman  forslar,  arablar  va 

boshqalar ham yashagan.  

Muhammad Rahim I (1806-1825 yillar) davrida xonlikdagi o’zaro urushlar biroz tinchidi, xonlikni 

birlashtirish  nihoyasiga  yetdi.  Qoraqalpoqlar  hamda  turkmanlarning  chavdor  qabilalari  ham 

bo’ysundirildi.  Mamlakatda  o’tkazilgan  soliq  islohoti,  bojxona  joriy  etilishi,  oltin  pul  zarb  etilishi 

xo’jalik  ishlariga  o’zining  ijobiy  ta’sirini  ko’rsatdi.  O'z  vaqtida  yig'ib  olingan  soliqlar  xonlik 

daromadini oshirdi. 

  

 

R



 

Muhammad Amin Inoq  

- 1770-1790 

 

)



.

Avazxon  

- 1790-1804 

 

,



-

Eltuzarxon  

- 1804-1806 

r

 



,

 

Muhammad Rahimxon I 



- 1806- 1825 

Qo'ng'irotlar  

.

.

Olloqulixon  



- 1825-1842 

sulosasi  

«

 

Rahimqulixon  



-1842-1845 

1770-1920  

.

.

Muhammad Aminxon  



- 1846-1855 

 

y



 

Abdullaxon  

- 1855-1856 

 

,



 

Sayid Muhammadxon  

- 1856-1864 

 

,



 

Muhammad Rahimxon II  

- 1864-1910 

 

,



.

Asfandiyorxon  

- 1910-1918 

 

,



.

Sayid Abdullaxon  

-1918-1920 

 

O'rta  Osiyodagi  qo'shni  davlatlar  singari  Xiva  xonligi  ham  monarxiya  tipidagi  davlat  edi.  Davlat 



tuzumi  Buxoro  amirligiga  o'xshardi.  Oliy  hokimiyat  xon  qo'lida  bo'lib,  uning  huquqi 

chegaralanmagan hokimi  mutlaq edi. Xiva  xonligida qulchilik rasmiy  jihatdan  hamon  mavjud edi. 

Dishon qal'ada qul  bozori  bo'lib, qullar  sotilguncha ushlab turuvchi  maxsus  bino  mavjud edi. Qul 

savdosi  ayrim  toifadagi  odamlar  uchun  daromadli  edi,  qul  sotish  bilan  ko'proq  turkmanlar 

shug'ullanardi.  Ular  Eron,  Afg’oniston,  Badaxshonga  hujum  qilib,  qishloq  aholisini  qul  qilar,  

bozorda sotardi. 

  

Xonlikda  eng  nufuzli  lavozim  bosh  vazir  yoki  qushbegi  bo’lib,u  soliqlarni  to’plash  va 



xonning topshiriqlarini bajarish bilan shug’ullangan.  

Saroyda  Otaliq,  Rais,  Qozikalon,  Shayxulislom,  Mirobboshi,  Mirshabboshi,  To’pchiboshi, 

Yasovulboshi  kabi  amaldorlar  xon  xizmatida  bo’lardi.  Devonbegi  xon  devonini  boshqarardi. 

Xazinachi  xonlikning  kirim  va  chiqim  hamda  sarf-xarajatlarini  yuritar,  bu  haqda  xon  yoki  bosh 

vazirga  hisob  berar  edi.  Xonlikdagi  eng  katta  mansab  va  unvonlar  inoq,  otaliq,  biy  hisoblanardi. 

Bunday lavozimga ko’tarilganlar xonga eng yaqin odamlar bo’lib, soliqlardan ham ozod qilinar edi. 

Bunday unvonlar xon farmoni orqali e’lon qilingan va yorliqlar berilgan.  

Saroyda mirzaboshi, munshiy, mahramboshi kabi mansabdorlar ham faoliyat ko’rsatishgan.  

 Qo’shko’pir,  Pitnak,  G’azovot,  Qiyot,  Shoxabboz,  Shovot,  Toshhovuz,  Ambor-manoq,  Urganch, 

Xo’jayli, To’manoy, Qo’ng’irot kabi beklik yoki viloyatlarga bo’lingan.  

Bekliklarni  xon  tomonidan  tayinlangan  beklar,  noibliklarni  noiblar  idora  qilgan.  Bek  va  noiblar 


 

168 


huzurida ularga xizmat qiluvchi ko’pdan-ko’p amaldorlar bo’lgan.  

Xiva shahri shaxsan xonning va bosh vazirning izmida bo’igan.  

Shahar ichki tartiblari va osoyishtaligi mirshabboshi, jinoiy ishlarni ko’rish va jazo tayinlash shahar 

qozisi,  poytaxtni  tasodifiy  hujumlardan  himoyalash  To’pchiboshi  va  Ichan-qal’a,  Dishon-qal’a 

qutlovi (komentanti) zimmasida bo’igan.  

Xiva  xonligida  taxminan  40  ming  otliqdan  iborat  qo’shin  bo’lib,  qo’shinga  lashkarboshi 

qo’mondonlik qilgan. Askarlik xizmatida bo’lganlar soliqlardan ozod etilgan. Yurishda qatnashgan 

har  bir  suvoriy  5  oltin  tanga  olgan.  Xonning  ko’rsatmasiga  binoan,  o’zini  ko’rsatgan  harbiy 

lavozimdagilarga lO,20, 50,100 va undan ham ko’proq miqdorda oltin tanga berilgan. Biylarga 50-

100 tanga,  yuzboshilarga 10-20 tanga  maosh  berilgan. Tinchlik paytlarida askarlar  xo’jalik  ishlari 

bilan shug’ullanganlar.  

Xon  qo’shinlari  Buxoro  qo’shinlari  kabi  qilich,  o’q-yoy,  nayza  bilan  qurollangan.  Ozchilik 

askarlarda pilta miltiqlar ham bo’lardi, oz  miqdorda to’plar ham bor edi.  

 


Download 8.06 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   81




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling