Alishyer navoiy nomidagi samarqand davlat univyersityeti


Download 8.06 Mb.
Pdf ko'rish
bet22/81
Sana14.02.2017
Hajmi8.06 Mb.
#419
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   81

3-masala: 

 

XV  asrning    o‘rtalariga  kelib,  Mirza  Ulug‘bek  vafotidan  keyin  (1449  yil)  Temuriy 



shahzodalar  o‘rtasida  toju-taxt  uchun  kurash  yana  avj  oldi.  Abulqosim  Bobur  va  Abdusaid 

sultonning  faoliyati  ham  o‘zaro  urushlarga  barham  bera  olmadi.  1469  yilga  kelganda  Xurosonda 

Xusayn Bayqaro xokimiyatni egallab, bu xududlarda  nisbatan tinchlik o‘rnatdi. Uning do‘sti buyuk 

Alisher  Navoiy  muxrdor,  vazir,  Astrabod  hokimi  lavozimlarida    ishlab  Xurosonning  ijtimoiy  – 

siyosiy hayotida katta rol o‘ynadi. Navoining sa’iy – harakatlari bilan Hirotda ilm-fan, madanimyat 

gurkirab rivojlandi. Feodal urushlarga nisbatan barham berildi. 

 

Movarounnaxrda esa bu davrga kelib feodal tarqoqlik avjiga  chiqdi. Har bir viloyat, har 



bir  shaharda  temuriy  shahzodalar  o‘zlarning  mustaqil  hukmronligini  o‘rnatishga  harakat  qildilar. 

Ular  hokimiyat  uchun    o‘zaro  kurashlarda  Dashti  Qipchoq  o‘zbeklari  kuchlaridan  flydalanishar 

edilar.  Masalan:  1451  yilda  Urusxon  nabiralari  Abdusaidga  hokimiyatni  egallash  uchun  yordam 

bergan  bo‘lsa, oradan  uch  yil o‘tgach  Abdulxayrxon  Muhammad Juqiyga  hokimiyatni egallashga 

ko‘maklashdi. Bu o‘zaro kurashlar  Movoraunnaxr axolining axvolini yomonlashishiga olib  keldi. 

 

XV    asr  oxirlariga  kelib,  Movarounnaxrda  temuriylarning  bir-biridan  o‘zaro  mukstaqil 



bo‘lgan hokimiyati vujudga keldi: I. Samarqandda  sulton Ahmad Mirzo hukmronligi; Toshkentda 

Sulton  Maxmud  Mirzo  hukmronligi;  Andijonda  Umarshayx  Mirzo  xukmronligi.  Bu  uchchala 

davlatning  o‘zaro urushlari Movarounnaxr ahlining temuriylaridan noroziligini yanada avj oldirdi. 

Ayniqsa, yuqori tabaqa  vakillari markazlashgan davlat tarafida  turdilar. Bu temuriylarning  davlat 

boshqaruvida  mustahkam    tayanchga  ega    emasligidan    dalolat  berardi.  Bu  vaqtda    temuriylar 

huzurida  ta’lim  olgan  Abdulxayrxonning  nevarasi  Muhammad  Shohbat  Shayboniy  Dashti 

Qipchoqda ko‘chmanchi o‘zbek urug‘larini birlashtirib, o‘z hokimiyatini mustahkamlamoqda edi. 

 

Shayboniyxon  harbiy  harakatlar olib  borib  markazlashgan davlat tuzish  maqsadida goh 



temuriylar, goh shimoldagi mo‘zg‘ullar bilan ittifoq tuzdi. U 1487 – 1488 yillarda O‘tror. Sayram, 

Yassa  (Turkiston),  Sig‘noq  shaharlarini    bosib  olib,  1499  yilda  Movarounnaxr  xududlariga  jiddiy  

harbiy harakatlar boshladi. 

 

Mahalliy  xukmdorlar  o‘rtasidagi  o‘zaro  kurashlar  avj  olgan  Samarqand  shahrini 



Shayboniyxon  1500  yilning  boshlarida  jangsiz  egalladi.  Ko‘chmanchi  o‘zbeklar  bir  necha  oy  

shaharni    shavqatsiz  talon-taroj  qildilar.  Bu  esa  mahalliy  feodallar  noroziligiga  sabab  bo‘ldi. 

Bundan    foydalangan  Temuriy  shahzoda  Zaxriddin  Muhammad  Bobur  o‘sha  yili  (1500  yil)  

Samarqand  taxtini  egalladi.  Ammo  mahalliy    oq  suyaklarning  ko‘pchiligi  Boburni  qo‘llab 

quvvatlamadilar.  1501  yilning  bahorida  Bobur  Shayboniyxon  bilan  bo‘lgan  jangda  yengiladi  va 

Samarqandni ko‘chmanchi o‘zbeklarga topshiradi. 

Ko‘chmanchi o‘zbeklar qisqa  muddat  ichida  Buxoro (1500), Samarqand (1501), Toshkent (1503), 

Xisor (1504), Urganch (1505), Xirot (1507) kabi shahar va viloyatlarni egallab, Sharqiy Turkiston 

chegaralaridan  Markaziy  Afg‘oniston  xududlarigacha    cho‘zilgan  yerlarda  markazlashgan 

Shayboniylar davlatiga asos soldilar. Temuriylar davlatdagi feodal tarqoqlik hukmdorlarning ajralib 

mustaqillikka  intilishi  bu  davlatning    yemirilishiga  olib  kelgan  bo‘lsa,  Shayboniyxon  bunday 

tarqoqlikka  chek  qo‘yib    mamlakatning  birligini  mustaxkamlay  oldi.  Shayboniyxonning  janubga 

tomon  yurishlari  Eron  Shohi  Ismoil  1  tomonidan  to‘xtatildi.  1510  yil  Marv    atroflarida  bo‘lgan 

jangda ko‘chmanchi o‘zbeklar qo‘shinlari, tor – mor  etildi va Shayboniyxon halok bo‘ldi. Eroniylar 

tomonidan  qo‘llab  –  quvvatlangan    Bobur  1511  yilda  Hisor,  Qo‘lob,  Kunduz,  Badaxshon  va 

Samarqandni  egalladi.  Ammo,  1512  yilda    shayboniylardan  bo‘lgan  Ubaydulla  Sulton  qo‘shinlari 

G‘ijduvon yaqinida Bobur va shoh Ismoilning birlashgan kuchlarni  uchratdi. Shundan so‘ng Bobur 

avval  Qobulda,  keyin  esa  Xindistonda  o‘z  hokimiyatini  o‘rnatdi.  Ko‘chmanchi  o‘zbeklar  esa 

Movarounnaxrda o‘rnashib qoldilar. 

 

Muhammad  Shayboniyxon  vafotidan  so‘ng  Movarounnaxr  va  Xurosonda    markaziy 

hokimiyat  zaiflashdi    Ubaydullon  1534  yildan    butun  markazlashgan    o‘zbek  davlatining    Oliy 

xukmdori  etib  saylandi.  Ubaydullaxon  poytaxtni  Samarqanddan  Buxoroga  ko‘chirdi.  XVI  asrning  



 

153 


40 – yillariga kelib feodallar va mahalliy sulolalar o‘rtasida shaharlar va hududlar uchun  kurash avj 

olib  ketdi. Samarqand xukmdori Abdullatifxon (1541-1552 y.y.) bilan Buxoro  xoni Abdulazizxon 

(1540-1550  y.y.)  o‘rtasidagi  kurashni  Toshkent  va  Sirdaryo  bo‘yidagi    shaharlarning    hukmdori 

Baroqxon  (Navro‘z  Axmadxon)  yanada  kuchaytirdi.  U  xatto    1551  yilda  Samarqandni  bosib  oldi. 

Karmana va Miyonqala xukmdori Abdulla Sulton Baraqxonga qarshi jang olib bordi. 

 

1561  yilda  taxtga  o‘tirgan  Iskandarxon  ham  siyosiy  tarqoqlikka  barham  bera  olmadi. 



Ammo  uning  o‘g‘li  Abdullaxon  II  markazlashgan  Shayboniylar  davlatini  tiklash  maqsadida  

sultonlar  bilan  ayovsiz    kurash  olib  borildi.  Tinimsiz  urushlar  natijasida  Farg‘ona  (1573), 

Shaxrisabz,  Qarshi,  Hisor  viloyatlari  (1574),  Samarqand  (1578),  Toshkent,  Shohruhiya,  Sayram, 

Ohangaron (1582), Balx (1583), Hirot (1588), Xorazm (1595) Abdullaxon qo‘l ostiga  birlashtirildi. 

Ammo 1598 yilda Abdullaxon II vafotidan so‘ng uning o‘g‘li Abdulmo‘min uzoq taxtni  boshqara 

olmadi. So‘nggi Shayboniy xukmdori Pirmuhammad II ham bebosh amirlarni tiyib qo‘ya olmadi. 

 

Yuzaga  kelgan  vaziyatdan  Eron  safoviylari,  Xiva  inoqlari  va  qozoqlar  unumli  



foydalandilar.  Eroniylar  Balxni,  qozoq  sultonlari  Toshkentni  egallagan  bo‘lsa,  Xorazm  xonlari 

mustaqil  bo‘lib  oldilar.  Buxoroning    feodal  guruxlari  astraxanlik  Jonibek  Sultonni  taxtga  taklif 

qildilar.  Jonibek  sulton  o‘g‘illari  foydasiga  taxtdan  voz  kechdi  va  shu  tariqa  O‘rta  Osiyoda 

Ashtarxoniylar  sulolasi  hukmronligi  boshlandi.  Ashtarxoniylarning  Balxdagi  urushlarga  qaramay 

Xorazm o‘z mustaqilligini saqlab qoldi. 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

154 


Ma’ruza mashg’ulotlari 

 

8-mavzu  

Turkistonning xonliklarga bo'linib ketishi, uning sabablari va oqibatlari 

 

8.1. Ma’ruzada ta’lim texnologiyasi 

 

Mashg’ulot vaqti-2 soat 

Talabalar soni: 100 – 130 nafargacha 

Mashg’ulot shakli 

Kirish-axborotli ma’ruza 



 

Ma’ruza rejasi 

1 .Mavoraunnahr  va   Xurosonning shayboniylar tomonidan  bosib 

o l i n i s h i  va shayboniylar sulolasining boshqaruv tizimi. 

2.Mamlakatimizning     uch     xonlikka     bo'linishi.     

Xonliklarning geogralik o'rni. aholisi va ijtimoiy-siyosiy a h v o l i .  

3 . X o n l ik la r d a    ichki    va  o'zaro  kurashlarning  avj 

olishi  va uning oqibatlari. 

O’quv mashg’ulotining maqsadi: 

Turkistonning xonliklarga bo'linib ketishi, uning sabablari va oqibatlarini  

shakllantirish va mustahkamlash: 

 

Pedagogik vazifalar

  Mavoraunnahr 

 

va 



 

 

Xurosonning 



shayboniylar  tomonidan    bosib  o l i n i s h i   va 

shayboniylar  sulolasining  boshqaruv  tizimi 

yoritib beriladi. 

  Mamlakatimizning          uch          xonlikka     

bo'linishi.          Xonliklarning  geogralik  o'rni. 

aholisi va ijtimoiy-siyosiy a h v o l i n i     y o r i t i sh  

v a   m u st a h k a m l a sh  

 X o n l ik la r d a    ichki    va  o'zaro 

kurashlarning  avj  olishi    va  uning 

oqibatlarini  yoritib berish 



O’quv faoliyati natijalari: 

  Mavoraunnahr  va   Xurosonning shayboniylar tomonidan  bosib 

o l i n i s h i     uning  oqibatlari  hamda  shayboniylar  sulolasining 

boshqaruv tizimini gapirib berishdan iborat 

  Mamlakatimizning          uch          xonlikka          bo'linib  ketishi.     

Xonliklarning  geogralik  o'rni.  aholisi  va  ijtimoiy-siyosiy  a h v o l i  

h a m d a   m a d a n i y  h a y o t i n i   g a p i r i b   b e r i sh  

  X o n l i k l a r d a  ichki  va o'zaro kurashlarning avj olishi  va uning 

oqibatlarini  gapirib berish 

Ta’lim berish usullari 

Ko’rgazmali  ma’ruza,  namoyish  etish,  savol-

javob, suhbat, tushuntirish, klaster 

Ta’lim berish shakllari 

Ommaviy, jamoaviy, yakka tartibda   



Ta’lim berish vositalari 

O’quv  qo’llanma,  kompyuter  texnologiyalari, 

slaydlar, xaritalar, turli xil  ko’rgazmali qurollar          

Ta’lim berish sharoiti 

Texnik 


vositalardan 

foydalanishga 

va 

guruhlarda ishlashga mo’ljallangan auditoriya 



Monitoring va baholash 

Og’zaki nazorat, savol-javob  



 

 

155 


1.2. «

Turkistonning xonliklarga bo'linib ketishi, uning sabablari va oqibatlari

»  mavzusi bo’yicha 

ma’ruza mashg’ulotining texnologik xaritasi

 

 

Ish 

bosqichlari 

va vaqti 

Faoliyat mazmuni 

Ta’lim beruvchi 

Ta’lim 

oluvchilar 

  

1. 



Mavzuga 

kirish 


(15 

daqiqa) 


1.1.O’quv  kursi  nomini  aytadi.  Ekranga 

o’quv  kursining  tuzilmaviy  mantiqiy  chizmasini 

chiqaradi,  mavzular  ro’yxati  bilan  tanishtiradi  va 

ularning mazmunini  qisqacha yoritadi  

1.2.Birinchi  mashg’ulot  mavzusi,  uning 

maqsadi  va  o’quv  faoliyati  natijalarini    e’lon 

qiladi.  

1.3.Klaster  asosida  o’tiladigan  mavzuning  mazmuni  va  mohiyatini 

qisqacha yoritadi  

Tinglaydilar. 

 

 

 



Tinglaydilar  

 

 



 

 

2-



bosqich 

Asos


iy bosqich   

(55 


daqiqa) 

2.1.  Talabalar  bilimini  faollashtirish  maqsadida 

savol-javob usulini qo’llaydi:  

 

Movaraunnahrning  shayboniylar  tomonidan 



bosib olinishini  aytib bering?  

 

Buxoro  amirligi  qachon  tashkil  topgan  va 



uning boshqaruv tizimi ayting? 

 

Buxoro  amirligiga    oid  tarixiy  manbalarni 



ayting? 

 

Xiva  xonligi  qachon  tashkil  topgan  va  uning 



boshqaruv tizimini  ayting? 

 

Xiva  tarixnavislik  maktabiga  kim    asos  



solgan? 

 

Qo’qon Xonligi qachon tashkil topgan va uning 



boshqaruv tizimini  ayting? 

 

2.2  Javoblarni  to’ldiradi,  umumlashtiradi  va 



bugungi  o’quv  mashg’ulotida  ushbu  savollarga 

kengroq javob olishlarini aytadi.  

2.3.  Ekranda  slaydlar  namoyish  etish    bilan  Uch 

xonlik 


tarixiga 

oid 


tarixiy 

ma’lumotlar 

ko’rsatiladi,  sulolalar,    uch  xonlik  boshqaruv 

tartiblari,  madaniy  hayoti    to’g’risida  to’liq 

ma’lumot beriladi 

       Talabalar 

diqqatini 

mavzuning 

asosiy 

jihatlariga 



karatadi, 

ularning 

dolzarb 

va 


ahamiyatli ekanini asoslaydi. 

2.4. Vazifani barcha talabalar yakka tartibda bajarishlarini 

aytadi.  

Talabalar  faoliyatini  kuzatadi,  ularni  yo’naltiradi,  zarur 

maslahatlar beradi. 

2.5.  Bir  nechta  talabaning  ish  natijasini    tekshiradi, 

talabalar  bilan  birgalikda  muhokama  qiladi.  Zarur  bo’lsa, 

qo’shimchalar  kiratadi  va  ushbu  savol  bo’yicha  to’liq 

ma’lumot berishini aytadi.  

Savolga 


javob 

beradilar. 

Fikrlarini 

bildiradilar. 

 

 

 



 

 

 



Tinglaydila

r, 


zarur 

ma’lumotlarni 

yozib oladilar.  

 

 



Vazifani 

yakka 


tartibda 

bajaradilar. 

 

 

Ish 



natijasini  taqdim 

kiladilar. 

 

 

Tinglaydila



r, 

zarur 


ma’lumotlarni 

yozib oladilar.  

 


 

156 


2.6.  Rejaning  ikkinchi  savoliga  doir  bo’lgan 

slaydlarni ekranga chiqaradi va har bittasini to’liq 

yoritadi  

2.7.  Mavzu  bo’yicha  talabalarda  yuzaga  kelgan 

savollarga javob beradi 

3. 


Yaku

niy bosqich 

(10 

daqiqa) 


3.1. Mavzu bo’yicha yakuniy xulosalar qiladi. Mazkur mavzu buyicha 

egallangan  bilimlarning  dolzarbligi  va  ahamiyatli  ekanini  alohida 

qayd  etadi  hamda    kelajakda  ushbu  bilimlardan    qayerlarda 

foydalanishi mumkinligi haqida ma’lumot beradi. 

3.2.  Mustaqil  ishlash  uchun  vazifa  beradi:  (1) 

o’tilgan  mavzu  asosida  B/B/B  jadvalini  to’ldirib 

kelish.  B/B/B  jadvalini  to’ldirish  qoidasini 

tushuntiradi  (6-ilova);  (2)  ikkinchi  mavzu 

bo’yicha keyingi o’quv mashg’ulotiga tayyorlanib 

kelish.  

Savollar beradilar. 

 

 



 

Vazifani 

yozib 

oladilar. 



 

 

 8- Mavzu Turkistonning xonliklarga bo'linib ketishi,  



uning sabablari va oqibatlari 

Ryeja: 

1 .Mavoraunnahr  va   Xurosonning shayboniylar tomonidan  bosib o l i n i s h i va shayboniylar 

sulolasining boshqaruv tizimi. 

2.Mamlakatimizning     uch     xonlikka     bo'linishi.     Xonliklarning geogralik o'rni. aholisi va 

ijtimoiy-siyosiy a h vo li.  

3 . X o n l ik la r d a  ichki  va o'zaro kurashlarning avj olishi  va uning oqibatlari. 

 

12. 

Asosiy adabiyotlar: 

1.  Karimov.I.A Yuksak ma’naviyat- yengilmas kuch T; “Ma’naviyat” 2008 

2.  Karimov I.A. Tarixiy xotirasiz kelajak yo’q T;“Sharq” 1998 

3.  Karimov.  I.A.Xiva  va  Buxoro  shaharlarining  2500  –yilligiga  bag’ishlangan  tantanli 

marosimlardagi tabrik so’zi. “Xalq so’zi” 1997 21 oktabr soni  

4.  Axmedov B. Tarixdan saboqlar T; “o’qituvchi” 1994 

5.  Axmedov B. O’zbek ulusi T; “Nur” 1992 

6.  Ziyoyev X. Turkistonda Rossiya tajovuzi va hukumronligiga qarshi kurash T; “Sharq” 1998  

7.  Bayoniy. M. Yu. Shajarai Xorazimshohi T; “G’.G’ulom’ 1994. 

8.  Bobobekov X.N Qo’qon tarixi T; ”Fan” 1996 

9.  Vamberi H. Buxoro yohud Movaraunnahr tarixi T; “G’ulom” 1991 

10. Hoshimov I. Hindistondagi Boburiylar sulolasi saltanati T; “O’qituvchi” 1996 

11. Ibrat. I Farg’ona tarixi T; “Kamalak” 1991 

12. Mirzo Abdullazim Somiy. Mang’it hukumdorlar M; 1962 

13. O’zbekiston xalqlari tarixi. T; “Fan” 1993 2 jild  

14. O’zbekiston tarixi T; “Unverstitet’ 1996 1 jild 

15. Ozbekiston tarixi (R.Murtazayeva va boshqalar) T;  “Yangi asr avlodi” 2003 

16. O’zbekiston tarixi va ma’daniyati. T; “O’qituvchi” 1992 

17. Nabiyev  R.N  Iz  istorii  Kokandskogo  xanstvo  (fyeodal’noye  xozyaystvo  Xudoyarxana)  «Fan» 

Tashkyent 1973 g 

18. Ivanov P.P Ochyerki po istorii Sryednyey Azii (XVI-syeryedina XIX v) M. 1958 g 

19. Usmonov.Q Sodiqov.M va boshqalar. O’zbekiston tarixi Toshkent. “Iqtisod, molya” 2006 

 

Qo’shimcha adabiyotlar: 

20. Ibrat I. Farg’ona tarixi. - T.: Kamalak, 1991.  

21. Mirza Abdulaziz Somiy. Mang’it hukmdorlari tarixi. - M., 1962.  

22. Xoshimov I. Hindistonda Boburiylar sulolasi saltanati. - T., "O’qituvchi", 1996 y.,  

23. history.uzsci.net – Tarix institute “O’zbekiston tarixi” jurnali. 

 


 

157 


 

Darsning  o`quv  va  tarbiyaviy  maqsadi:Ushbu  mavzu  orkali      Turkistonning    xonliklarga  

bulinib    kyetish    sabablarini    hamda  oqibatlarini    manbalar  va  adabiyotlar  asosida  yoritish. 

SHuningdyek,  o’zaro  porokandalik  va  ijtimoiy-iqtisodiy  qoloqlikning  sabablarini  tushuntirishdan 

iborat  


 

Dars  o’tish  vositalari:  (Doska,  plakat,  fan  yuzasidan  manba  va  adabiyotlar,  tarixiy 

ma’lumotlar, mavzu yuzasidan har xil tyestlar, kompyutyer, jahon siyosiy xaritasi, izohli lug`atlar) 

13. 

Dars  o’tish  usullari:  Takrorlash,  suhbat  va  savol-javob  (mavzuni  o`zlashtirishni 

mustahkamlash),  jonli  muloqot  o`tkazish,  erkin  fikrlash  va  so`zlashga  o`rgangan  holda  fikr 

mulohazalarini  bayon  qildirish,  buning  uchun  har  bir  talabaga  o`tilgan  mavzular,  tayanch 

iboralardan  savol  tashlanadi.  O`qituvchi  va  talabalar  o`rtasida  byerilgan  savollarni  tahlil  etish. 

Tarqatma tyestlar asosida talabaning mavzuni qay darajada o`zlashtirganligini aniqlash. Talabalarni 

voqyealarni tahlil etishga o`rgatish. Xarita bilan ishlashni talabalarga o`rgatish. Iboralarni izohlash 

va unga tahlil byerish. 

 

Darsning xrono kartasi – 80 minut.  



 

O’qituvchi dars davomida quyidagi ishlarni bajaradi 

 

Tashkiliy qism: xonaning tayyorgarligi, jihozlanishi, sanitariya holati. Talabalarning 



davomati – 2 minut 

 

Hafta davomida bo`lgan yangiliklar-5 minut 



 

Yo`qlama- 5-minut 

 

Dars yuzasidan talabalarni zarur adabiyotlar bilan tanishtirish- 10 minut 



 

YAngi mavzu bayoni – 50 minut  

 

Sinov savollar namunasi – 5 minut 



 

Uyga vazifa byerish – 3 minut 



14. 

Tayanch so’zlar va  tushunchalar: 

O’zaro  urushlar,  parokandalik,  Shayboniyxon,  Bobur,  Safofiylar,  Abdullaxon  II,  Ashtarxoniylar, 

udel,  suyurg’ol,  iqto,  tanxo  soliqlar,  Samarqand  qog’ozi,  Imomqulxon,  Subqonxulqon, 

Ubaydullaxon, Abulfayzxon, mang’itlar, inoqlar, qo’ng’irotlar, minglar otaliq, sud va sudlov ishlari 

Rossiya bilan savdo aloqalari. 

 

1-masala: 



Manbalar.Buxoro  amirligi  tarixiga  oid  yozma  manbalar  ichida  “Qushbegi  arxivi”  hujjatlari, 

mahalliy tillarda, shunengdek rus va boshqa Yevropa tillarida yozilgan tarixiy asarlar muhim o’rin 

tutadi. Mahalliy tarixchilar asarlari  ichida  “Tarixi salotuni  mang’itiya”, “Tuhfai shohiy”,  “Dostoni 

amironi mang’it”, “Tarixi amiri Xaydar”, “Gulshan al-mulk” kabi bir qancha asarlarni aytib o’tish 

mukin. Ularning bazilari rus tiliga tarjima qilinib nashir etlgan. Bu davr tarixiga oid rus manbalari 

ichida 1820- yilda Buxoroda bo’lgan E.K Meyendorfning “Orenburgdan Buxoroga sayohat” asarini, 

1833-yili  Buxoroda  tatar  mullosi  Mirzo  Jafar  nomi  bilan  to’rt  oy  yashagan  P.I  Demezonning 

“Buxoro xonligi haqida qaytlar” asarini, 1841-yilda amirlikka Butenov elchilik missiyasi tarkibida 

tashrif  buyurgan  orientolist  N.  Hanikovning  “Buxoro  xonligining  tarifi”  asarini  aytib  o’tish 

mumkin.  O’rta  Osiyo  ruslar  tomonidan  istilo  etilgandan  so’ng  Buxoro  tarixiga  bag’ishlangan  rus 

tilidagi  manbalar  soni  yanada  ortib  ketdi.  Buxoroda  XIX  asrning  birinchi  yarmida  bo’lgan  ingliz 

josuslik hizmati xodimlari Mir Izzatullo  va A.Byorns, shunengdik  X.Vamberining asarlarida ham 

Buxoro amirligi tarixiga oid muhim manbalar bor.  

 

Xiva  xonligi  tarixiga  oid  manbalar  ichida  mahalliy  mualliflar  tomonidan  yozilgan  asarlar 



muhim  o’rin  tutadi.  Ular  ichida  Xiva  xoni  Abulg’ozixon  tomonidan  yozilgan  “Shajarai  turk  “  va 

“Shajarai  tarokuma”  asarlari,  saroy  tarixchisi  Munis  (1778-1829)  tomonidan  yozilgan,  shoir  va 

tarixchi  Ogahiy  (1809-1874)  tamonidan  davom  ettirilgan  “Firdavs  ul  iqbol”  (Iqbolnoma)  asari, 

Bayoniyning  (1859-1923)  “Shajarai  Xorazimshohi”  asari  va  boshqa  bir  qancha  tarixiy  asalarni 

takidlab o’tish mumkin.  

 

Qo’qon xonligi tarixiga oid  manbalar  ichida Mahalliy tillarda  bitilgan asarlar, rus elchilari, 



sayyohlari,  harbiylari  tomonidan  yozilgan  hisobotlar  hamda  arxiv  hujjatlari  muhim  o’rin  tutadi. 

Qo’qon xonligi tarixi  haqida  ma’lumotlar beruvchi  mahalliy  mualliflar asarlari  ichida  Miraziz Ibn 

Muhammad  Rizo  Marg’iloniyning  “Tarixi  Aziziy”  asari,  Otabek  Fozil  o’g’lining  “Mufassal  tarixi 


 

158 


Farg’ona”, Shavqiyning “Tarixi Shovqiy”, Mulla Olim Mahdum Hojaning “Tarixi Turkiston” asari, 

Mullo  Mirzo  Olim  Mulla  Rahim  Toshkandiyning  “Ansob  as-salotin  va  tavorixi  al  havoqin”  asari 

hamda  Ishoqhon  Junaydullo  Ho’ja  o’g’li  Ibratning  “Tarixi  Farg’ona”  asari  va  boshqalar  muhim 

tarixiy manbalar hisoblanadi.                       

XV  asr  oxiri  -XVI  asr  boshida  Xuroson  va  Movarounnahrning  bir  necha  Mustaqil  o’lkalarga 

bo'linib ketishi, ayrim  viloyatlar hokimlari o'rtasida uzluksiz davom etgan o'zaro nizolar avj olishi 

oqibatida  Temuriylar  saltanatining  iqtisodiy  va  siyosiy  inqirozi  tezlashmoqda  edi.  Masalan,  Farg' 

ona, Hisor, Samarqand, Buxoro singari  mulklari  markaziy  hokimiyat bilan  bog'lanmagan  mustaqil 

siyosiy  hoshqaruviga  ega  bo'lgan.  Xorazmni  So'fiylar  sulolasining  vakili  mustaqil  boshqargan. 

Buning ustiga yana ularning ko'plari imperiya markazi Samarqandga ho'lgan da'vogarlik maqsadini 

amalga  oshirish  uchun  goh  mo'g'ullardan,  goh  ko'chmanchi  o'zheklardan  harbiy  yordam  so'rash 

yo'liga  ham  o'tganlar.  Natijada,  mamlakatda  tijorat  ishlari  va  karvon  savdosi  deyarlik  to'xtadi, 

dehqonchilik va hunarmandchilik izdan chiqdi, xalqning moddiy ahvoli og'irlashdi.  

XV asr oxirlariga kelib, Movarounnahrda temuriylarning bir-hiridan o’zaro mustaqil  

bo'lgan uchta hokimiyati vujudga keldi:  

        1. Samarqandda Sulton Ahmad Mirzo hukumronligi (1468-1503) 

          2. Toshkentda Sulton Mahmud Mirza hukmronligi (1468-1498);  

          3. Andijonda Umarshayx Mirzo hukmronligi (1468-1494).  

Bu  uchala  davlatning  o'zaro  urushlari  Movarounnahr  aholining  tcmuriylardan  noroziligini  yanada 

avj  oldirdi.  Ayniqsa,  yuqori  tabaqa  vakillari  markazlashgan  davlat  tarafida  turdilar.  Bu 

temuriyzodalarning davlat boshqaruvida mustahkam tayanchga ega emasligidan  dalolat beradi. Bu 

vaqtda  temuriylar  huzurida  ta'lim  olgan  Abulxayrxonning  navarasi  Muhammad  Shohbat  Dashti 

qipchoqda dasht urug’larini birlashtirib o’z hokimyatini mustahkamlamoqda edi.  

Shayboniyxon  1487-1488  yillarda  O'tror,  Sayram,  Yassa  (Turkiston  ),  Sig'noq  shaharlarini  bosib 

olgan,  1499  yilda  Movarounnahrga  jiddiy  harakat  boshladi.  U  o'zining  harbiy,  qarashlarida  piri 

Shayx  Mansurning  "o'rtasidan  emas,  chetlaridan  boshlamoq  zarur"  degan  so’zlariga  amal  qilib, 

Movarounnahrni istilo etishni Samarqanddan boshladi. Lekin, u Buxoro hokimi Amir  Muhammad 

Boqi  Tarxonning  Samarqandga  yordamga  kelayotganligini  eshitib,  Samarqand  qamalini  to'xtatadi 

va Buxoro tomon o'z qo'shinlarini  safarbar etib,  Dobusiya qal'  asi  yonida Boqi Tarxonning  harbiy 

qismlarini tor-mor keltiradi.  

 

 

Bundan  tahlikaga  tushgan  Buxoroning  yirik  yer  egalariga  va  ruhoniylari  xalqni     



mudofaaga undash o'rniga, shaharning jangsiz taslim bo'lish yo'lini tutdilar.  

Ayni  paytda  Samarqandda  ham  ikkilanishlar  boshlanib,  yirik  ruhoniy  Xo'ja  Ahrorning  o'g'li 

Muhammad Yaxyo  boshliq  bir guruh  amaldorlar  Andijon  hokimi Temuriy  shahzoda Boburdan  va 

Toshkent  hokimi  Sulton  Mahmuddan  yordam  so'radilar.  Bu  yashirin  harakatdan  xabardor  bo'lgan 

Sulton  Ali  ham  Shayboniyxon  bilan  aloqa  o'rnatishga  kirishdi.  Natijada,  1500  yili  Samarqand 

Shayboniyxonga jangsiz topshirilda.  

Samarqand  4  oy  maboynida  Shayboniyxon  qo'shinlari  tamonidan  talon-taroj  qilinadi,  istilochilar 

foydasiga katta miqdordagi  boj olindi, aholi kutgan tinchlik va  yengilliklar ham  bo'  lmadi. Shahar 

aholisi  keng  qatlamlarining  va  feodal  -  zodagonlarning  noroziligidan,  Shayboniyxonning  boshqa 

joyda  istilochilik  harakati  bilan  band  bo'lganligidan  foydatangan  Zahiriddin  Bobur  1500  yil  kam 

sonli  askarlari  bilan  Samarqandni    ikkinchi  marta  qo'lga  kiritdi.  U  tezlikda  shahardagi 

Shayboniyxonning  600  kishilik  qo'shinini  va  tarafdorlarini  yo’q  qildi,1501-  yil  aprel  oyida 

Zarafshon atrofidagi Kuxakda olib horilgan shoshilinch hal qiluvchi jangda mag'lubiyatga uchradi.  

Bobur  Samarqandga  yashirinishga  majbur  bo'ldi  va  uni  bir  necha  oy  qamal  qilib  turishda  oddiy 

aholi,  ayniqsa  hunarmandlar  mudofaa  ishida  faol  qatnashdilar,  Shayboniyxonning  hujumini  bir 

necha  bor  qaytardilar.  Lekin,  shaharda  qurol  yetishmasligi  va  dahshatli  ocharchilik  boshlanishi 

hamda  atrofdan  hech  qanday  yordam  olish  mumkin  bo'maganli  sahabli  shaharni  Shayboniyxon 

ikkinchi  bor  qo'lga  kiritdi.  Bu  voqea  Shayboniyxonning  navbatdagi  istilochilik  harakatini  amalga 

oshirishga shart-sharoit yaratdi.  

Dashti  qipchoqliklar  qisqa  muddat  ichida  Buxoro  (1500),  Samarqand  (1501),  Toshkent  (1503), 

Xisor  (1504),  Urganch  (1505),  Balx  (1506);  Hirot  (1507)  kabi  shahar  va  viloyatlarni  egallab, 

Sharqiy  Turkiston  chegaralaridan  Markaziy  Afg'oniston  hudlldlarigacha  cho'zilgan  fyerlarda 

markazlashgan Shayboniylar Davlatiga asos soldilar.  


 

159 


Shayboniyxon  tasarrufiga  o'tgan  barcha  hududlarni  uning  qarindoshlari,  o'zhek  qabilalarining 

zodagonlari  va  harbiy  qo'mondonlari  o'rtasida  taqsimladi.  Ukasi  Mahmud  Sultonni  Buxoroning, 

amakilari  Kuchkunji  Sulton  va  Suyun  Xojalarni  Toshkent  hilan  Sirdaryo  ho'yidagi  shaharlar 

hokimlari  etib  tayinladi.  Samarqandni  mamlakatning  poytaxtiga  aylantirdi.  Bu  bilan  Temuriylar 

davri  feodal  tarqoqligiga,  shahzodalar  va  amirlar  o'rtasidagi  o’zaro  ur-yiqitlarga  chek  qo'  yildi, 

mamlakat yaxlitligi ta'minlandi.  

Shayhoniyxonni bu mllvaffaqiyatlar ham qanoatlantira olmadi. 1508-1509 yillarda qozoqlar yurtiga 

hujum uyushtirdi, Volga daryosi orqali Rossiyaga, g'arbiy va janbiyg'arbiy Eronga va Hindistonga 

eltuvchi yo'llarni ham qo'lga kiritishni rejalashtirdi.  

Shayboniyxonni  janub  tamon  yurishini  Eron  shohi  Ismoil  I  to'  xtatih,  1510  yil,  dekabrida  Marv 

shahri yaqinida bo’lgan  jangda ko' chmanchi o’zheklar qo' shinini tor-mor keltirdi. Shayhoniyxon 

halok  bo'ldi.  Mag'lubiyat  natijasida  ilgari  Shayhoniyxon  davlati  tasarrufida  bo'lgan  Xorazm  va 

Xuroson (Balxdan tashqari) safoviylar hokimiyati ostiga o'tdi.  

Shayboniyxon  ayrim  kimsalar  aytgandek  savodsiz  va  vahshiy  kimsa  emas  edi.  U  tarixiy  kitoblar 

yozgan,  turk  va  fors  tillarini    mukammal  bilgan.  Ruhoniylar  o'rtasida  yuksak  martabali  kishi 

hisoblangan.  U  kishi  hamma  vaqt  safarlarida  kichgina  go'zal  kutobxonani  0'  zi  bilan  birga  olib 

yurgan,  Ulamolarni  xizmatga  olib  munosib  vazifalar  topshirgan.  Buxoro,  Samarqand,  Toshkent 

shaharlarida masjidlar va madrasalar qurdirgan.  

Shayhoniyxon 

tarqoq 


mulklarni 

qisqa 


vaqt 

ichida 


hirlashlirih, 

siyosiy 


hokimiyatni 

markazlashtirishga  erishdi.  U  o'zaro  ichki  urushlar  kamayishiga,  ochiq  talon-tarojlarni,  sug'orish 

ishlari  buzilishini  bartaraf  etishga  ma'lum  darajada  harakat  qildi.  Natijada,  iqtisodiy  yuksalishga 

erishildi.  

Shayboniyxon qo'lga kiritilgan yerlarni o'z qarindoshlariga, xizmat ko'rsatgan sultonlar va beklarga 

taqsimlab herdi. Ularning har biri udel boshqaruvini joriy qilib, mustaqil siyosat yuritishga harakat 

qilar edi. Natijada, boshqaruvning udel tizimi yaxlit davlatni mustaqil bekliklarga bo'linib ketishiga 

sabab  bo'ldi.  Lekin,  bunday  separistik  harakatlarga  chek  quyish  maqsadida  ayrim  sultonlar  va 

amirlarni  bir  udeldan  ikkinchisiga  o'tkazish  tartibini  ham  joriy  etdi.  Bunday  markazdan  qochish 

harakatining  oldini  olishga  qaratilgan  tadbirlar    avrim  hollarda  IStalgan  natijani  herish  0'  rniga 

hukumdorning udel boshliqlari bilan kelishmovchiliklarni keltirib chiqardi.  

Shayboniyxonning  pul  islohotini  o'tkazishi  ham  markaziy  hokimiyatining  siyosiy  va  iqtisodiy 

mavqeini kuchaytirishga va mahalliy hokimlar rolining zaiflashtitishga qaratilgan siyosat edi. Uning 

ichki siyosati, ayniqsa islohotlarni bu sohada muayan yutuqlarga olib keldi.  

Shayboniyxon  vafotidan  keyin  uning  vorislari  o'rtasida  taxt  uchun  bo'lgan  kurash  natijasida 

markaziy hokimiyat zaiflashdi va markazlashgan davlat parchalanishi boshlandi. Hirot shahri bilan 

Januhiy  Xuroson  Ismoil  Safaviy  qo'shinlari  tomonidan  ishg'ol  qilindi.  Xorazmda  ham  Eron  shohi 

Ismoil  Safaviy  hukmronligi  o'rnatildi.  Lekin,  unga  qarshi  uyushtirilgan  fitna  natijasida  1511  yilda 

hokimiyatga Berka sultonning o'g'li Eldare keldi va u Xorazm xoni deh e'lon qilindi. Toshkent udeli 

ham amalda mustaqil ho'lgan. Unga o'sha ,davrda Farg'ona, XVI asrning ayrim yi11arida Sirdaryo 

bo'yidagi  shaharlar  ham  kirgan.  Shayhoniyxonlar  qo'  lida  faqat  Movarounnahr  saqlanib  qoldi. 

Faqatgina  Shayboniyxonning  lik

Fayzulloxon  (1533-1539)  ta'sirli  hukumdor  bo'ldi.  U  Xurosonga  bir  necha  bor  harbiy  yllrish 

uyushtirildi,  Davlal  chegarasini  Shayboniyxon  davridagi  holatga  keltirishga  harakat  qildi,  udel 

hokimlarini  ma'lum  darajadabo’ysingan  holda    saqlashga  muaffaq  bo'ldi.  Buxoroning 

siyosiy,  iqtisodiy  va  madaniy  markaz  sifatidagi  ta'sirini  kuchaytirib,  Shayhoniyxonlar 

davlatining poytaxtiga aylantirdi  

Lekin,  Ubaydullaxondan  keyin  boshlangan  siyosiy  tarqoqlikning  va  udellar  o'rtasidagi  o'zaro 

kulrashlarning oldini olishga faqat Ahdullaxon (1557-1598) erishdi. U aslida Karmana viloyatining 

hokimi  Iskandarning  o'g'li  bo'lih,  Buxoro  yaqinidagi  Jaydar  qishlog'ining  ta'sir-chan  shayxlari 

himoyasida hokimiyatga keldi  

Abdullaxon  olib  borgan  tinimsiz  urushlar  natijasida  1573  yilda  Farg'  ona,  1584  yilda  Samarqand, 

1582  yilda Toshkent, Shoxruxiya, Sayram, 1583  yilda Balx shaharlari egallandi Shu davrga kelib u 

deyarli  butun  Markaziy  Osiyo  yerlarini  0'  z  tasarrufiga  0'  tkazdi.  N'avbatdagi  harbiy  yurishlar 

natijasida 1584 yilda Badaxshon, 1588 yilda Hirot va 1595 yilda Xorazmni Abdullaxon II ixtiyoriga 

o'tkazildi.  



 

160 


Abdullaxonning o'ta qattiq qo'llik va uzoq olib horgan harbiy yurishlari natijasida feodal larqoqlik 

hollariga chek qo'yilgan, katta hududda Shayboniylar davlatini qayta tiklashga erishilgan bo'lsa ham 

qator  viloyatlar  vayron  etildi,  tinch  aholi  qirg'  in  qilindi  va  ortiqcha  azobu-uqubatlarga  duchor 

bo'ldL  0'  sha  davrdagi  dahshatli  voqealar  tarixini  Hofiz  Tanish  Buxoriyning  Abdullaxon 

hukumronligiga  bag'ishlangan  asari  "Sharafnomaiy  shoxiy"  ('  Abdullanoma")  )dla  0'  z  aksini 

topgan. Unda qayd etilishicha, hatloki Ahdullaxon II 0' z, hokimiyatini mustahkamlash maqsadida 

hukmron sulolaning barcha a'zolarini qirdirib tashlagan. Natijada, 1598 yilda Abdullaxonning o'zi, 

1599  yilda  o'g'li  Abdulmo'min  o'idirilgandan  keyin  ShayboniyIardan  taxtni  egallaydigan  hiron  bir 

vakil qolmagan va Shayboniylar sulola sifatida barham topgan.  

Shayboniylarning qariyb 100 yillik hukmronligi davrida davlat luzilishi o'ziga xos hususiyatga ega. 

Hokimiyat  tepasida  xon  turgan.  Davlat  viloyatlarga  bo'linib,  ularga  sultonlar  boshchiIik  qilganlar. 

Uhaydullaxon  davrida  (1533-1539)  poylaxt  Samarqanddan  Bluxoroga  ko'chirildi.  Saroydagi 

devonlarga davlat  mahkamasi  va  moliya  ishlari  hoshlig'I devonbegi  boshchilik qilgan. Xonlikdagi 

oily  martabali  lavozimlar  quyidagilar  ho'igan:  ko'kaldosh  (bir  ona  sutini  emgan  ma'  nosida) 

muassasalarni  boshqargan  va  xon  to'g'risidagi  turli  ijobiy  va  salbiy  ma'lumotIarni  yig’ish  bilan 

shugullangan; mushrif - xonning kishilarga beriladigan inomlarni ro'yxatini va soliq yig'ish ishlarini 

olib  borgan;  qo'shhegi  -  xon  va  sultonlarning  ov  qilish  anjomlari  nazorati  bilan  shugullanuvchi 

shaxs;  munshi  (mirza)  -  xonning  farmonlarini  yozgan.  Bundan  tashqari  xon  saroyida  mirshab, 

dodxox  (aholi  shokoyatlarin  tinglovchi),  miroxo'r  (otxona  boshligi),  parvonachi  (yorliqIar 

topshiruvchi) kabi :lavozimlar ham ho'igan.  

Xonlikda  ruhoniylar:  payg'ambar  (Muhammad)  avlodi  hisoblangan  sayidlar  va  payg'ambar 

xalifalari  (Abubakr,  Umar,  Usmon  va  Ali)  avlodi  xo'jalarning,  ayniqsa  juybor  xo'jalari  ta'siri  juda 

katta bo'lgan. Xo'ja Islom Juybari va uning o'g'li Xo'ja Saud xonlikning doimiy maslahatchilari edi. 

Hukmdorlarning  siyoisiy  mavqeini  mustahkamlashdagi  xizmatlari  uchun  ularga  katta  yerlar  in'om 

qilingan,  xo'jalik  ishlarini  bajarishda  dehqonlar  va  hunarmandlar  safarbar  etilgan,  yangi  binolar 

qurib berilgan, hattoki urushlarda qo'lga kiritilgan boyliklarning ham bir qismi herilgan,  

Shaboniylar Temuriylar davrida shakllangan ijtimoiy-iqtisodiy tuzumni deyarli 0'zgartirmadi. Agrar 

munosabatlar ham eskicha qoldirilib, asosiy "mamlakat - i - podshohi" yoki "'mamlakat - i - sultoni" 

deb  nomlangan  davlat  yerlarning  egasi  xon  bo'  Igan.  Bulardan  foyda!angan  feodallar  yerlarning 

ishlash  uchun  dehqonlarga  berganlar.  Davlat  yerlari  foydalanish  mazmuniga  ko'ra  suyurg'ol,  iqta, 

tanho  kabi  shakllarga  bo'lingan.  Suyurg'ol  hukmron  suJola  a'zolariga,  yirik  davlat  arboblariga  va 

xizmat  ko'rsatilgan  harbiy  'qumondonlarga,  keyinroq  esa  taniqli  ruhoniylar,  shoirlar  va  olimlarga 

ham  berilgan.  Iqtodan  ShayboniyIar  avlodlari,  yirik  davlat  va  harhiy  arbohlar  foydalanganlar. 

Tanho  XVI  asrlardan  yuzaga  kelgan  yangi  yer  egaligi  munosabati  bo'lib,  u  asosan  kichik 

xizmatlarga  herilgan.  Vaqf    0'  sha  davr  yer  egaligi  mlunosabatlarining  alohida  ko'  rinishi  bo'igan. 

Vaqf  yerlari  xon  tamonidan  musulmon  ruhoniylariga  berilib,  ulardan  tushadigan  daromad  asosan 

qozikalonlarga, mutavalilarga (vasiyIarga) berilardi, madrasa va maktab ishlariga xarajat qilinardi.  

Yerning  turli  yo'  llari  bilan  tarqatib  berilishi  davlat  xazinasidagi  daromadni  kalmavtirgan,  xon 

hokimiyatni bo'shlashtirgan va mamlakatda separalistik harakal yuzaga kel'jishiga sabab ho'igan.  

  

Temur  va  temuriylar  davrida  yuzaga  kelgan  murakkab  soliq,  to'lov  va  majburiyatlar 



Shayhoniylar  davrida  ham  saqlanib  qoldi.  Dehqonlar  ham  davlatga,  ham  feodallarga  soliq 

to'lagan!ar.  Bu  soliq  "Malvat  jihat"  deh  nomlangan.  Yana  dorug'a-soliq  yig'uvchilar  va  viloyat 

hokimlari  foydasiga,  zakot  -  mol  boshiga,  zobitona  -  hukmdor  foydasiga,  tanohona  yer  solig'i, 

madadi  Iashkar  -  harbiy  soIiq  kabilar  bo'lgan.  Ekin  ekiladigan  yerlardan  olinadigan  hosilning  30-

40%  ini  har-xil  soliqlar  va  to'loviar  tashkil  qilgan.  Mamlakat  aholisildan  olinadigan  soliqlar  va 

to'lovlar  soni  90  dan  ortiq  bo'lgan.  Bundan  tashqari  kanal  qazish,  ariq  tozalash,  yo'l  tuzatish  kabi 

majburiyatlar soni ham yildan yilga ko'payib borgan.  

Majbur  etishning  mazkur  iqtisodiy  va  boshqa  xil  yo'llari  ko'pincha  dehqonlar,  hunarmandlar  va 

shahar  kambag'  allarining  noroziligiga,  qarshilik  ko'  rsatish  hollariga  sabab  bo’ldi.  Bular  ekin 

ekishdan  bosh  torish,  qochib  ketish,  qashshoqlarning  ochlik  e'lon  qilishi,  ba'zan  qo'zg'olonlar 

uyushtirish  yoki  feodal  hokimlarni  almashtirishga  intilish  kabi  shaklla.rda  namoyon  bo'  lardi. 

Fikrimizning  isboto  sifatida  1501  yili  Qorako'lda  qo'zg'alonchilar  Shayhoniy  hukmdorga  qarshi 

chiqib  shaharni  qo'lga  olishini,  Samarqand  viloyatida  xon  farmonining  e'lon  qilinishi,  XVI  asr 

boshida  Kosonda  ho'lgan  qo'zgolonni  bostirish  uchun  shayboniy  sultonlar  3  oydan  ko'proq  vaqt 



 

161 


sarflashgan,  1587  Toshkentda,  1588  yili  Xo'jand  va  Shoxruxiya  shaharlaridagi  ommaviy 

harakatlarni bostirish uchun Abdullaxon II ning aralashuvini Ko'rsatish kifoya. 

XVI  asrda  hunarmandchilik  bir  muncha  rivojlandi.  Buxoro,  Toshkent  va  Samarqand  viloyatlarida 

temir  va  cho'  yandan  turli  xil  asbob  -  uskunalar  va  buyumlar:  qurol  -  yaroq,  mis  va  jez  idishlarni 

yasash,  to'qimaehilik,  qog'oz,  sovun  va  o'ymakorlik  buyumlari  ishlah  chiqarish  sezilarli  darajada 

taraqqiy  etdi.  To'qimaehilik  kengayishi,  bo'yoqchilik  rivojlanishiga  asos  soldi.  Bobur  "eng  zo'r 

qog'oz  Samarqandda  tayorlangan",  deh  yozadi.  Q,og'oz  ipak  bilan  kanop  aralshmasidan  ham 

paxtadan  tayorlangan.  "qogoz  ipak"  eng  oliy  navli  qag'  oz  hisohlangan.  Ularni  tayorlash  siri 

hozirgaeha bizga noma'lumligicha qolmoqda.  

Shayboniylar  davrida  tashqi  va  ichki  savdo,  xalqaro  aloqalar  kengayishini  sezish  mumkin. 

Ma'lumotlarga  ko'ra  bizning  shahrimizdagi  savdogarlar  Hindistonga,  Eron,  Qashqar  va  Nug'ay 

xonliklariga borih turli xildagi mol olib kelganlar.  



Download 8.06 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   81




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling