Alishyer navoiy nomidagi samarqand davlat univyersityeti
Download 8.06 Mb. Pdf ko'rish
|
2-masala: Tyemur va Tyemuriylar davrida ma’naviy-madaniyat, ilm-fan yuqori darajada rivojlandi. Hududimizda madrasalar X asrdayoq yuzaga kyelishiga qaramasdan uning haqiqiy rivojlanishi uni Amir Tyemur davriga to’g’ri kyeldi. SHu bois uni sharqda oliy ta’limning asoschisi dyeb ataydilar. Ko’pgina tarixni soxtalashtiruvchilar bu davrdagi fan rivojini Amir Tyemurning chyetdan ko’plab olimlarni olib kyelishi bilan bog’lashga urinadilar. Bu haqiqatni Turon zaminida Amir Tyemurga qadar ham Al Xorazmiy, Al Farobiy, Al Byeruniy, Al Farg’oniy, Ibn Sino, Al Buxoriy kabi buyuk allomalar bo’lganligi bilan tushuntirish mumkin. Buning asosiy sabablari Amir Tyemurning o’zi o’qimishli savodxon va ma’rifatparvar inson bo’lgan. Faqat o’qimishli, savodxon va ma’rifatparvar insongina olimu-ulamo, ziyoning, yurt tarakkiyotining va el farovonligining hamda madaniy jabhadagi ishlarning qadrini bilish mumkin. O’z ona tilidan tashqari fors va mo’g’ul tillarini yaxshi bilgan Amir Tyemur mamlakati taraqqiyotiga xalqning madaniy va ma’naviy kamolotida ilm-fan va ma’rifatning ahamiyatini juda qadrlardi. SHu bois u o’z yurtida bo’lsin, harbiy yurishlari sharoitida bo’lmasin, ularning millati irqidan kat’iy nazar kasb-hunar egalari, ustalar, mye’morlar, olimu fuzalolar, adabiyot va san’at arboblarini o’ta qadrlar, ular bilan doimo suhbatlashar, ularning fikr va mulohazalariga doimo qulok solar edilar; Ma’naviy madaniyat xodimlarining ishlash, yashash va ijod qilishlari uchun barcha shart-sharoitlar yaratib byerilar edi. Tarixchi Ibn Arabshoh haqiqatni tan olib quyidagilarni yozishga majbur bo’lgan: "Tyemur olimlarga myehribon bo’lib, sayyidu shariflarni o’ziga yaqin tutardi. Ulamolar va fozillarga to’la-to’kis izzat ko’rsatib, ularni har qanday kimsadan batamom muqaddas ko’rardi. Ularning har birini o’z martabasiga ko’ra o’z ikromu hurmatini unga izhor etardi. Ularga nisbatan o’z muruvvatu bisotini yoyardiki, bu muruvvati uning hayvati bilan aralash edi. Ular bilan mazmunli bahs ham yuritar edikim, bu bahsda insofu hikmat bo’lardi". 7
Tyemur tarix kitoblari, xudoning raxmati va salomi bo’lgur anbiyolar qissalarini podshoxlar siyratlari va o’tgan xaliflar haqidagi hikoyalarni doimo safarda ham, qadarda ham o’qitib, qunt bilan tinglar edi...." 2) . SHarafuddin Ali YAzdiy "Zafarnoma" asarida Amir Tyemurning olimu-ulamolar bilan bo’lgan suhbatlardan birini quyidagicha yozadi: "Amir Tyemur yig’ilganlarga qarata murojat qiladi; Fan va dinning mashhur kishilari o’z maslahatlari bilan podshohlarga yordam byerib kyelganlar, sizlar esa myenga nisbatan qilmayapsizlar. Myening maqsadim mamlakatga adolat o’rnatish, tartib va tinchlikni mustahkamlash, fuqarolarning turmushini yaxshilash, yurtimizda qurilishlarni kuchaytirish, davlatimizni rivojlantirishdir. Sizlar bu ishlarni amalga oshirishda myenga o’z maslaxatlaringiz bilan ko’maklashishingiz kyerak. Mamlakatning ahvoli, dyevonning suistye’mol kilinganligi va kilinayotganligi, oddiy odamlarning joylardagi hokimlar tomonidan qisib qo’yilishi kabi hollar hammadan ko’ra sizlarga ayondir. SHular haqida ma’lumot byersangizlar, bu kabi adolatsiz ishlarni bartaraf etuvchi hamda shariat va qonunlarga muvofiq chora-tadbirlarni aytsangizlar yaxshi bo’lardi", -dyeydi. U o’z aytganlariga amal qilib, lavozimlarini suistye’mol qilgan o’g’li Mironshohni lavozimidan ham pastlashtirgan.
7 ‘Темур тузуклари’, 55-56 бетлар. 2.’Амир Темур тарихи’, 2-китоб, 71-бет.. 146
Amir Tyemurning bu harakati natijasida o’lkada ilm-fan ahli, ijodkorlar uchun yaratilgan bunday shart-sharoit, g’amxo’rlik tufayli Samarqand dunyoning ma’rifat markazlaridan biriga aylandi. Buni eshitgan ilm-fanga havas qo’ygan ijodkorlar Samarqandga o’z hohishlari bilan kyelganlar. Jumladan, XIV asrning o’rtalarida Turkiyaning Bursa shahridan Qozizoda Rumiy o’z ixtiyori bilan Samarqand shahriga kyelganligi ma’lum. YAna shuni e’tirof qilish zarurki, Amir Tyemur chyet mamlakatlardan Samarqandga olib kyelganlar orasida Xusomiddin Ibrohimshoh Kyermoniy singari tabib, Mavlono Axmad singari falakiyotshunos kabilar ham bor edi. Tyemuriylar davrida ayniqsa falakiyotshunoslik fani yuksaldi. Bu o’rinda Ulug’byek, Qozizoda Rumiy, G’iyosiddin Jamshid, Ali Qushchi kabilar alohida e’tirofga molik. Gumanitar fanlar sohasida ham katta yutuqlar qo’lga kiritildi. Tarix ilmi bobida Amir Tyemurning harbiy zafarlarini o’zining "Zafarnoma" asarida yoritgan SHarafiddin Ali YAzdiy, "Zubratut Tavarix" ("Tarixlar qaymog’i") asarining muallifi Xofizi Abru", "Matlaus Sa’dayn" ("Ikki baxtning boshlanmasi") ni yaratgan Abddurazzoq Samarqandiy, 7 jildlik "Ravzatus Safo" ("Soflik bog’i") muallifi Mirxond, "Xulosatul - axbor" ("Xabarlar xulosasi") ning muallifi Xondamir, "Go’zal vokyealar" asarini yozgan Zayniddin Vosifiy va boshqalar yuksaklik martabasiga erishdilar. Mirzo Ulug’byek Tyemuriyzodalardan fan va madaniyat sohasida barakali xizmat qilganlardan biridir. U Samarqandda birinchi falakiyotshunoslik akadyemiyasiga asos solgan olim sifatida dunyoga tanildi. Taniqli tarixchi olim Bo’riboy Ahmyedov o’zining "Ulug’byek" nomli kitobida frantsuz faylasufi va tarixchisi Voltyerning quyidagi so’zlarini kyeltiradi: "Transaksoniyada Amir Tyemurning o’rniga taxtga chiqqan mashhur Ulug’byek Samarqandda birinchi akadyemiyaga asos soldi, yer kurrasini o’lchashni buyurdi va falakiyotshunoslik jadvallarini tuzishda ishtirok etdi" 8 . Ulug’byek yaratgan rasadxona o’z davrining akadyemiyasi bo’lgan. Rasadxonada 1080 ta yulduzlar tasvirlangan katalog tuzildi, yulduzlarning byelgisi undan to’qqizgacha aniq bo’lgan turish burchaklari sinuslari va tangyenslari natural qiymatlarining jadvallari, shuningdyek yer hududidagi ko’p sonli nuqtalar koordinatalari "kyenglik va uzunlik"ni qamrab olgan jadvallar ishlab chiqildi. Rasadxonada Ulug’byek rahbarligida o’tkazilgan ishlar uning matyematika, gyeomyetriya va falakiyotshunoslik sohasida chuqur bilimlar sohibi ekanligidan guvohlik byeradi. Ulug’byek Qur’oni Karimning aksariyat qismini yoddan bilgan. Fiqhdan xabardor bo’lgan mantiqni chuqur o’zlashtirgan. Ulug’byek akadyemiyasida 1417 yildayoq dunyoning turli mamlakatlaridan kyelgan olimlar soni 100 tadan oshib kyetgan. Ular orasida adiblar, muarrixlar, hattotlar, musavvirlar, gyeograflar bor edi. Xususan falakkiyot va matyematika sohalari olimlari obro’liroq hisoblanganlar. Ayniqsa, bu borada Ulug’byek, Qozizoda Rumiy, G’iyosiddin Jamshid Koshiy, Ali Qushchi, Mavlono Muhammad Xavofiy kabilarning nufuzi kuchli bo’lgan. Ulug’byek madrasasida o’quv mashg’ulotlari 1420 yilda boshlangan. Madrasaning birinchi mudarrisi Mavlono Muhammad Xavofiy bo’lgan. U birinchi ma’ruzani o’qiganida 90 olimdan faqat 2 kishi Mirzo Ulug’byek va Qozizoda Rumiy ma’ruza mazmunini tushuna olgan xolos. Madrasada ilohiyot ilmlaridan (Kur’on, hadis, tafsir) tashqari riyoziyot (matyematika), xandasa (gyeomyetriya), ilmi xay’at (falakiyotshunoslik), tibbiyot (munkina), tarix, gyeografiya, ilmi aruz (poeziya) singari dunyoviy ilmlar ham o’qitildi. U qoldirgan asarlardan «Ziji Ko’ragoniy», «Bir daraja sinusini aniqlash haqida risola», «Risolai Ulug’byek", "To’rt ulus tarixi", "Musiqa ilmi haqida risola" kabilardir. "Zij" ning birinchi kitobi 7 bobdan iborat bo’lib, u eralar va kalyendarlarga bag’ishlangan. Uning ikkinchi kitobi 22 bobdan iborat bo’lib, matyematika va falakiyotshunoslikga bag’ishlangan. Unda Quyosh, Oy va byeshta sayyoraning harakati kuzatiladi. Uchinchi kitob 13 bobdan iborat bo’lib, fakat falakiyotshunoslikka bag’ishlanadi. To’rtinchi kitob 2 bobdan iborat bo’lib, ilmu nujumga bag’ishlanadi. Ulug’byekning astronomik jadvali o’sha davr uchun o’ta yuksak hisoblanib, falak alburj tyekisligining hatti ustivoga og’maligi Ulug’byek jadvalida 23 daraja, 30 daqiqa va 17 soniyani tashkil etadi. Hozirgi hisobga ko’ra 23 daraja 30 daqiqa va 49 soniyani tashkil qiladi. Dyemak, farq 32 soniyani tashkil qiladi. Ulug’byekning yil hisobi bor yo’g’i 1 minutu 2 soniyaga farq qiladi. Tyemur va tyemuriylar davrida nafis kitob va hattotlik san’ati ham rivoj topdi. Uzoq tarixiy
8 Ахмедов Б. Улуђбек, 112-бет. 147
o’tmishda bosmaxona bo’lmagan. Kitoblar qo’lda ko’chirilgan. Ular nafaqat mazmunan, balki tashqi ko’rinishi va byezagi jihatdan ham kitobxonlar talabiga javob byerishi, odamlarda ma’naviy estyetik dunyoqarashni shakllantirishi zarur edi. SHu bois bu davrda nafis kitob va hattotlik buyuk san’at darajasiga ko’tarildi. Nafis kitob yaratishda ishlatilgan Samarqand, Buxoro qog’ozlarining dovrug’i yuqori bo’lgan. Kitoblarni yaratishda unga turli xil suyuqlik moddalar va ranglar ishlatilgan. Kitobdan yoqimli va xushbo’y hidlar taralgan. Musavvirlar ishlatiladigan bo’yoqlarda oltin va kumush eritmalari aralashtirilar, muqovalarining go’zal bo’lishlari uchun charmlardan ustalik bilan foydalanilgan. Bunday kitoblarning ko’plari shoxlar, amirlar, xonu sultonlar buyurtmalar asosida yaratilgan va maxsus kutubxonalarda saqlangan. XV-XVI asrlardagi hattotlik san’atining buyuk namoyondalariga Mir Ali Tabriziy, Abduraxmon Xorazmiy, Sulton Ali Mashhadiy, Mirosh Naqqosh, Byehzod kabilarni kiritish mumkin. Hattotlik san’atining buyuk namoyondalaridan biri Sulton Ali Mashhadiydir. YOshligidan husni hatga qiziqqan Sulton Ali Mashhadiy husni xat sultoni darajasiga ko’tarildi va «Husni-hattotlar sultoni» dyegan elda nom tarqatdi. Sulton Ali 1461 yilda Nizomiyning «Mahzanul-Asror» dostonini, 1464 yilda Xofiz dyevonini va 1465 yilda Alishyer Navoiy dyevonini ko’chirgan. Uning ijodiy faoliyatida Tyemuriy Sulton Husayn Boyqaro va Alishyer Navoiyning salmoqli o’rni bor. U Husayn Boyqaro kutubxonasida ishlagan va Hirot hattotlariga rahbarlik qilgan. Sulton Ali shaxsan Husayn Boyqaro va Alishyer Navoiy topshiriqlarini bajargan va ularning asarlarini ko’chirgan. U har kuni Husayn Boyqaro uchun ellik bayt va Alishyer Navoiy uchun - 20 bayt ko’chirar edi. Mashhur hattot ko’chirgan 50 dan ortiq asar bizgacha yetib kyelgan. Sulton Ali Mashhadiy o’ymakorlik san’atining ham mashhur ustasi bo’lgan. Husayn Boyqaro qabr toshidagi o’yib yozilgan matn parchasi ham Sulton Ali tomonidan yozilgan. U shye’riyat bobida ham binoiydyek qalam tyebratgan. Tyemur va Tyemuriylar sulolasi davrining ulkan muvaffaqiyatlaridan biri tasviriy san’atning gurkirab o’sganligi bo’ldi. XIV va XVI asrlarda tasviriy san’atda Byehzod, Mirak Naqqosh, Qosim Ali, Maqsud Muzahhib, Hoja Muhammad Naqqosh, SHoh Muzaffar va boshqalar barakali ijod qildilar. Xalqimizning ajoyib tasviriy san’ati yaratgan asarlar o’ziga xos uslubga ega bo’lishi bilan birga u fantastik mavhumlikdan hayotiylikka, aniqlikka tomon o’sib borgan. Bizgacha yetib kyelgan va ma’naviy myeros boyliklariga qarab xulosa qiladigan bo’lsak, tasviriy san’at yodgorliklarini yo’nalishlariga qarab quyidagi guruhlarga bo’lish mumkin: portryetlar, hayotiy lavhalar, pyeyzaj, binolarga solingan suratlar, badiiy asarlarga ishlatgan rasmlar va hokazo. Biz fikr yuritayotgan davrda tasviriy san’at ijodkorlari tomonidan hayotiy va aniq bo’yoqlarda ishlangan Jomiy, Navoiy, Abdulla Xatixiy, Byehzod, Husayn Boyqaro, Bobur, SHayboniyxon va boshqalarning portryet-suvratlarini ko’ramiz. Rassomlar tomonidan yaratilgan asarlarda, rasm-portryetlarda haqiqiy hayot voqyeligi o’z aksini topgan, jamiyatning ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy tub mohiyati ustamona va mohirlik bilan ko’rsatilgan. O’z zamonasining mohir rassomi va o’ta noyob qobiliyat egasi Kamoliddin Byehzod 1455 yilga yaqin Hirotda tug’ilgan. Ota-onadan yoshlikdan yetim qolgan Byehzodni Husayn Boyqaro kitobdori Mirak Naqqosh o’z tarbiyasiga olib unga homiylik ko’rsatadi. O’zining qobiliyati va iqtidorligi bilan boshqalardan ajralib turadigan Byehzod yoshlikdan rassomlik san’atiga qiziqadi, ko’p o’tmay ilm-fan, san’at va madaniyat homiysi Alishyer Navoiy noyob istye’dod va qobiliyat egasi bo’lgan Kamoliddin Byehzodga alohida e’tibor byeradi va unga har tomonlama yordam qo’lini cho’zadi. 1510 yilgacha bo’lgan umrini Hirotda o’tkazgan. Byehzod, kyeyinchalik Ozarbayjonga - Tabriga kyetadi. U yerda Byehzodni safaviylar poytaxti kutubxonasi va san’atkorlarining boshlig’i etib tayinlaydilar. Kamoliddin Byehzod shu yerda taxminan 1533-1537 yillar orasida vafot etadi. Kamoliddin Byehzod o’zining hayratomuz rassomchilik san’ati bilan «Moniy Soniy» (ikkinchi Moniy) 1
asos soldi va ustoz san’atkor sifatida Turkiston o’lkasi, Eron, Ozor yurti va boshqa o’lkalarda
1 Моний - афсонавий Хитой рассоми. 148
tasviriy san’atning rivojiga katta hissa qo’shdi. Atoqli va mashhur rassom Kamoliddin Byehzod tomonidan yaratilgan SHoir Abdullo Hotifiy, Husayn Boyqaro, SHayboniyxon portryetlari, Sa’diyning «Bo’ston» kitobi va Nizomiyning «Hamsa» siga ishlangan rasmlar bizgacha yetib kyelgan va u hozir xalqimizning nodir yodgorliklari sifatida Toshkyent, Sang-Pyetyerburg, London, Tyehron, Qobul va boshqa shaharlarning muzyey va kutubxonalarida saqlanmokda. Kamoliddin Byehzod juda ko’plab nomdor kobiliyatli shogirdlar yetishtirdi. Sulton Muhammad Kamoliddin, Qosim Ali, SHoh Muzaffar, Mahmud Muzahhib kabi musavvirlar shular jumlasidandir. Tyemur va Tyemuriylar davri madaniyatining yuksak rivojlanganligidan dalolat byeruvchi yana bir soha bu musiqa san’atidir. Buyuk Sohibqiron Amir Tyemur haqidagi manbalarda va xalq rivoyatlarida uning musiqa san’atiga juda katta e’tibor bilan qaraganligi, turli mamlakatlardan poytaxti Samarqandga ko’plab san’at shinavandalarini to’plab, bazmi jamshid davralarini musiqa va qo’shiq ixlosmandlari bilan ko’rganligi hikoya qilinadi. Ibn Arabshoh jumladan, Tyemur saroyida juda ko’plab musiqashunoslar, hofiz va qo’shiqchi san’atkorlar bo’lganligini yozadi «...... (YAna) Hoja Muhammad az-zohid Buxoriy, ulug’ tafsirchi, hadischi, hofiz bo’lib, Qur’oni ul- karimni yuz jilda tafsir qilgan.... Qorilardan mana shular ikkalasi va (YAna) Mavlono Faxruddin bor edi. Qur’oni qiroatda ham, savtda ham tajvid bilan yod olgan kishilardan Abdulatif ad- Domg’oniy, mavlono Asaddudin, SHarif Hofiz Husayniy, Mahmud Muxrik al-Xorazmiy va Jamoliddin Ahmad al-Xorazmiy va musiqa ilmida ustoz bo’lgan Abdulqodir al-Marog’iy edi. 1
Tyemur va Tyemuriylar hukmronligi davrida juda ko’plab musiqa san’at ustalari bastakor va hofizlar yetishib chiqqan. Abduqodir Noyi, Qulmuhammad SHayxi, Husayn Udiy, SHohquli G’ijjakiy, Mavlono Qosim Rabboniy, Darvyesh Ahmad Qonuniy, Hoja YUsuf Andijoniy, Ustod SHodiy, mavlono Najmiddin Kavnabiy va boshqalar ana shular jumlasiga kiradi. Bu profyessional musiqachilardan tashqari Ulug’byek, Jomiy, Navoiy, Binoiy va boshqa badiiy adabiyot va ilm fan mutafakkirlari ham musiqa shaydosi bo’libgina qolmasdan, bu sohada barakali ijod qilganlar va uning taraqqiyotiga salmoqli hissa qo’shganlar. Jumladan, Ulug’byek, Byelujiy, SHodiyona, Axloqiy, Tabriziy, Usuli ravon va Ulusin baxri usullarini, Navoiy esa «Isfaxoniy» va boshqa kuylarni ijod qilib yaratadi. Jomiy bilan Binoiyning musiqa nazariyasiga oid asarlari shuhrat qozondi. X va XII asrlarda vujudga kyela boshlagan musiqa san’atining yangi un ikki maqom turi bu davrga kyelib yuksak bosqichga ko’tarildi, yangi kuylar bilan boyidi. O’n ikki maqom ko’pgina kuylar birikmasidan tashkil topgan bo’lib quyidagi tsikllarni o’z ichiga oladi; Rost, Isfaxon, Iroq, Zirafkan, Buzruk, Xijoz, Bo’slik, Ushshoq, Husayniy, Zangula, Navo, Raxoviy. Bu maqomlarning har biri ikki sho’’ba (qism) dan iborat bo’lib, jami 24 sho’’bani tashkil etadi; Dugoh, Syegoh, CHorgoh, Ganjgoh, Muhayyar, Hisor, Muborakiy, Nayryez, Nishopurak, Royi Iroq, Mag’lub, Raqb, Bayot, Zabul, Avj, Navro’zi xora, Ma’mur, Ashiron, Navro’zi sabo, Humoyun, Nuxuft, G’azal, Arabon va Ajam.
Xalq o’rtasida SHoshmaqom (olti maqom) nomi bilan kuylanib kyelayotgan musiqa asarlari yuqorida biz sanab kyeltirgan o’n ikki maqom zaminida shakllangandir. Tyemur va Tyemuriylar davri ma’naviy madaniyatning ulkan muvaffaqiyatlaridan biri - bu badiiy ijodning tyez rivojlanib borganligidir. Bu davrga kyelib eski o’zbyek adabiy tilining shakllanish jarayoni asosan tugallandi, dunyoviy adabiyot adabiy hayotning yetakchi yo’nalishi bo’lib qoldi. O’ta barakali ishlagan Qutb, Xorazmiy, Xo’jandiy, Sayfi Saroiy, Durbyek, Xaydar Xorazmiy, Amiriy, YAqiniy, Ahmadiy, Atoiy, Sakkokiy, Imod Mavloniy, Mavlono Qozi Muhsin, Mavlono Isxoq Lutfiy, Husayn Boyqaro va boshqalar bu davrda jahon madaniyati taraqqiyotiga muhim hissa qo’shdilar. Biz bu davrda eski o’zbyek adabiy tilining asoschilaridan biri, o’zbyek klassik adabiyotining cho’qqisi, shye’riyat mulkining sultoni, buyuk davlat arbobi Alishyer Navoiyning ijodi bilan faxrlanamiz. Alishyer Navoiy o’zbyek xalqining ulug’ shoiri va mutafakkiri, olim va davlat arbobi, jahon adabiyotining Nizomiy Ganjaviy, Amir Husrav, Dyehlaviy, Firdavsiy, Abduraxmon Jomiy singari ulug’ san’atkorlaridan biridir. U 1441 yil 9 fyevralda Hirotda tug’ilgan. Alishyerning otasi G’iyosiddin kichkina va bir nyecha qarindoshlari tyemuriylarga yaqin amaldorlardan, buvilari esa
1 Ибн Арабшох, Амир Темур тарихи. К-2, 85-86 бетлар. 149
tyemuriylarga yaqin amaldorlardan, tyemuriy shahzodalarning enagalaridan bo’lgan. Atoqli muarrix Mirxond o’zining «Ravzvtus-Safo» asarida «Amir Alishyerning bobosi Amir Tyemurning o’g’li Umarshayx bilan ko’kaldosh edi» - dyeb yozadi. Navoiy go’dakligidan boshlab Tyemuriy shahzodalar bilan birga tarbiya topdi. Uni to’rt yoshidayoq o’qishga byerdilar. Alishyer Husayn Boyqaro bilan birga o’qidi, yoshlik chog’idan boshlab san’at va adabiyotga myexr qo’yib, Farididdin Attor, Qosim Anvar va boshqa mashhur shoirlarning shye’rlarini yod olishni mashq qildi. Husayn Boyqaro bilan birga o’qishlik uzoqqa bormadi. 1447 yilda SHohrux vafotidan so’ng boshlanib kyetgan toju-taxt kurashi natijasida Navoiylar oilasi Iroqning Taft shahriga ko’chib kyetdi. U yerda yosh Alishyer mashhur tarixchi SHarafiddin Ali YAzdiy suhbatida bo’ldi. Ali YAzdiy Alishyerning aqli, zyehni va fahmi-farosatidan hayratlandi. 1452 yilda Abdulqosim Bobir Hirotni egallagach, mamlakatda osoyishtalik va tartib o’rnatildi. G’iyosiddin oilasi bilan Hirotga qaytadi va Sabzavor hokimligiga tayinlanadi. Yetti yoshligidan shye’riyat ishqiga mubtalo bo’lgan Alishyer o’qishni davom ettirdi. U o’qib yurgan kyezlarida adabiyotdan tashqari musiqa, rasm, hattotlika ham qiziqadi. O’zbyek va fors-tojik shoirlarini zo’r havas bilan o’rgangan. Alishyer Attor, Hisrav Dyehlaviy, Nizomiy Ganjaviy, YAssaviy, Lutfiy va Abduraxmon Jomiy singari ulug’ siymolarni ustoz dyeb biladi. Zaxiriddin Bobur, Davlatshoh Samarqandiy, Mirxond, Xondamir, Sulton Husayn Boyqaro, Kamoliddin Byehzod va boshqalarni faxr bilan zamondoshim dyeb ataydi. 1456-1464 yillarda Alishyer Navoiy Mashhadda yashaydi va Xuroson podshosi Abulqosim Bobirning xizmatida bo’ladi. Bu yerda uning shoirlik qobiliyati yorqin ko’zga tashlanadi. O’zi shoir bo’lgan Abulqosim Bobir va uning saroyidagi atoqli shoirlar Alishyerning yuksak va noyob zyehni va qobiliyatiga yuqori baho byeradilar. Alishyer otadan yosh yetim qoladi. Abulqosim Bobur yosh Alishyerga ota o’rniga otalik qiladi. 15 yoshidan boshlab Alishyer maktabdosh do’sti Husayn Boyqaro bilan birga Abulqosim Bobir saroyida xizmatda bo’ldilar. 1457 yil Abulqosim Bobur vafot etdi. Navoiy Mashhadda qolib, o’qishni davom ettirdi, mantiq (logika), falsafa, riyozat (matyematika) va boshqa fanlarni qunt bilan o’rgandi. Navoiy Mashhadda ikki tilda shye’rlar ijod qilishni davom ettirdi va «zullisonayn» (ikki til egasi) nomi bilan shuhrat qozondi. O’zbyek tilida ijod etgan shye’rlariga «Navoiy» («Navo» so’zidan) fors-tojik tilidagi shye’rlariga esa «Foniy» («Fano» so’zidan) taxallusini byerdi. Abulqosim vafotidan so’ng Xuroson Abdusaid hukmronligiga o’tadi. Mansab va davlat orzusida yurgan Husayn Boyqaro Marvga kyetadi va taxt da’vogarligi uchun bu yerda kuch to’plashga kirishadi. YOshlikdan Husayn Boyqaro bilan qadrdon do’st bo’lgan Alishyer Hirot hukmdori Abusaidga qarshi bosh ko’targan badaxshoniylarga xayrihohlik izhor qiladi. Bundan g’azablangan Abusaid Alishyer Navoiyni 1466 yilda Hirotdan Samarqandga badarqa qiladi. Navoiy Samarqandda uch yil g’oyat og’ir moddiy sharoitda ilm oladi. Vafoiy taxallusi bilan yaxshigina shye’rlar yozib elga tanilgan Samarqandning ma’rifatparvar hokimi Ahmad Hojibyek olim Fazululloh Abullays va boshqalar Alishyer Navoiyga homiylik qildilar va katta yordamlar ko’rsatdilar. Ayniksa, o’z zamonasining mashhur olimlaridan hisoblangan Fazululloh Abullays Alishyerning zyehni va qobiliyatiga tan byerib, unga katta yordam byerdi, mudarrislik qildi va Navoiyni o’ziga farzand dyeb bildi. Tarixchi Xondamir «Makorim ul-axloq» asarida Fazululloh Abullaysning Navoiyga ayricha munosabatini quyidagi jumlalardan bitgandi; «... Hoja janoblari Oliy Hazratning o’tkir zyehnli ekanini har vaqt maqtar edi va boshqa o’quvchilardan uni ortiq ko’rar edi». Botir Valixo’jayev «Muloqot» oynomasining 1991 yil 2-sonida chop etilgan. «Alishyer Navoiyning Samarqanddagi qadamjolari» maqolasida Hoja Fazululloh Abullays haqida quyidagi ma’lumotlarni byeradi; «Zamonasining Abu Hanifasi (fikh olimi), obni Hojibi (arab tilshunosi), Abu Ali Ibn Sinosi dyeb e’tirof etilgan Hoja Fazululloh Abullays haqida hozircha ma’lum bo’lgan ma’lumotlar shular. Alishyer Navoiy ana shu alloma qoshida ikki yil huquqshunoslik, arab tili va adabiyoti, shye’rshunosligidan saboq oldi......» Tyemuriylar sulolasining ma’muriy va yirik madaniy markazlaridan biri bo’lgan Samarqand Alishyer Navoiy faoliyatining shakllanishida g’oyatda katta rol o’ynaydi. Bu yerda u atoqli olimlar, san’atkorlar va Mirzo Hoja So’g’diy, Sayid Qutb Samarqandiy, YUsuf Safoiy, SHayxim Suhayliy kabi o’sha davrning mashhur shoirlari bilan uchrashdi, ulardan ko’p narsalarni o’rgandi va o’rni kyelganda o’zi ham ularga saboqlar byerdi. Samarqanddagi boy madaniy va ilmiy myeros, ayniqsa Ulug’byek madrasasi va Ulug’byek 150
rasadxonasi Navoiy hayotida o’chmas iz qoldirdi. Navoiy o’zining bu ta’surotlarini «Hamsa» sida ifoda etadi. Ayni zamonda Navoiy siyosatchilarga aralashdi, ko’plab gunohsiz kishilarni o’lim hukmidan saqlab qoldi, zolim amaldorlarni qoraladi va ularga qarshi kurashdi. U tarixchi olim Abdurazzoq Samarqandiy, Davlatshoh Muhammad Olim Samarqandiy va boshqalarga homiylik qildi. Navoiy Hoja Ubaydullo Hoja Axrori Vali suhbatlaridan bahraman bo’ldi. Xullas, Samarqand Alishyer Navoiyning shakllanishida buyuk bir davrni tashkil etganidyek, Samarqand, Movarounnaxr taraqqiyotida ham Alishyer Navoiy o’ziga xos o’chmas iz qoldirdi. Samarqandda ilm-fan, san’at va adabiyotning yuksaklik kamolotida Alishyerning hissasi kattadir. 1469 yilda Navoiyning do’sti Husayn Boyqaro Hirot taxtiga o’tirdi. SHu yili Alishyer Navoiy ham Hirotga qaytdi. U maktabdosh do’sti Husayn Boyqaroni tabriklab, mashhur «Hiloliya» qasidasini yozdi. Alishyer Navoiy singari obro’li va tadbirli kishilarga muhtoj Husayn Boyqaro maktabdosh do’stining Hirotga tashrif buyurganligidan xursand bo’lib, uni saroyga chaqirib muxrdorlik vazifasiga qo’ydi. Bu katta lavozim edi, albatta. Navoiyning xalq orasida obro’-e’tibori osha bordi. U oddiy xalq manfaatini hamma narsadan ustun qo’ydi, zolim amir-amaldorlar va mamlakatni bo’lib yuborishiga intilayotgan shahzodalarga qarshi kurashdi. Navoiy do’sti Husayn Boyqaroga qarshi uyushtirilgan YOdgor Muhammal fitnasini fosh qildi va uni bartaraf etdi. Navoiyning talabi bilan xalq gardaniga haddan tashqari soliqlarni oshirib, zulmlarni kuchaytirayotgan amaldorlar o’z vazifalarini chyetlattirdilar. Bunga 1470 yilda mamlakat poytaxtida ko’tarilgan xalq qo’zg’aloni misol bo’la oladi. Alishyer Navoiy xalq tomonidan bo’ldi. Xuroson xalqini xo’rlagan byek va amaldorlar qattiq jazolandilar. Xususan, ana shu voqyeadan so’ng Alishyerning shuhrati xalq orasida kyeng tarqaldi. O’z hokimligining dastlabki yillarida ancha syezgi va ziyrak bo’lgan Husayn Boyqaro 1472 yilda Navoiyni Amirlik (vazirlik) lavozimiga tayinladi. Navoiy o’z vazirlik faoliyati davomida xalq va mamlakat yo’lida juda ko’plab foydali va ibratli ishlarni amalga oshirdi. Tarixchi Xondamirning byergan ma’lumotlariga qaraganda Navoiy mamlakatda madaniyat, qurilish va obodonchilik ishlarini rivojlantirishda Husayn Boyqaro tomonidan ajratilgan davlat xazinasi mablag’laridan tashqari byevosita o’zining shaxsiy boyliklarini ham sarf qilgan. Buyuk shoirning zamondoshi, taniqli forsiyzabon shoir Mavlono Binoiy o’zining Navoiyga bag’ishlab yozgan qasidasida quyidagilarni qayd etadi; «Sulton davridagi Amir Alishyerning vasfini aytmoqchiman. Myen uning barcha fazilatlarini tasvir etmoqchiman. Uning davrida Hirot eng go’zal, obod bo’lib, tikonzorlar ham boqqa aylandi. Olimu fozillar, shoiru san’atkorlar shahriga aylandi. Adabiy muhit va madaniy xayot yuksaldi. Hirotdagi imoratlar uni jahondagi barcha shaharlardan chiroyli qildi....y 1
Zyero Samarqandda og’ir iqtisodiy qiyinchilikda yashagan Navoiy Hirotga qaytgach, otasidan qolgan juda katta mol-mulk va davlatga egalik qildi. Uning nafaqat Hirotda, balki Sabzovor, Mashhad va boshqa viloyatlarda ham juda ko’plab mol-mulki va yerlari bor edi. Navoiy bu mulkda ishlovchi myexnatkashlarga himmat va marhamat bilan qarardi, oliq-soliqlarni ancha yengillashtirardi, yetim-yesirlarga, musofirlarga, ilm-fan, san’at va adabiyot ahllariga in’om- ehsonlar qilardi. Taniqli filolog olim Aziz Qayumov «Alishyer Navoiy» risolasida byergan ma’lumotlarga qaraganda Navoiy jamg’armasi hisobiga Hirotda va butun Xuroson mamlakatida juda ko’p binolar, madrasa, shifoxona, karvonsaroy, ariq, ko’prik, yo’llar barpo etdi. Hirotdagi «Ixlosiya» madrasasi, uning qarshisidagi «Xalosiya» xonaqohi, Injil arig’i bo’yidagi masjidi jomye’, tib ilmi o’qitiladigan «SHifoiya» madrasasi, «Nizomiya» madrasasi, Marvdagi «Xisraviya» madrasasi, Hirotdan tashqarida «Raboti ishq», «Raboti Sang», shoir Attor qabridagi maqbara, Nishopur atrofidagi joylardan biridagi «Raboti YAzdod», Gulast Bulog’idan Mashhadga tortilgan ariq (uzunligi 70-80 km) va boshqa juda ko’p inshootlarni Navoiy bino qildirgan. Tarixchi Xondamir shulardan 52 rabot, 20 hovuz, 16 ko’prik, 8 hammom, ko’pgina to’g’on va masjidlarni nomma-nom kyeltiradi. Bunday inshootlarning soni 300 dan ortiqroqdir. Navoiy yana podshoh saroyiga ko’p ilm va fazl ahliga ehson sovg’alar yuborib turar edi. Aholiga solingan soliqlarni o’zi to’lagan paytlari ham bo’lgan. 1500 yili Hirot shahri va uning atrofidagi aholidan 100 ming kyepakiy soliq yig’iladigan bo’ldi. 50 ming kyepakiyni Hirot xalqidan undirib olish kyerak edi. Bu maslahat Navoiyga xabar qilganda u hozirgi fursatda xalqqa o’rinsiz soliq solish Sohibqiron
1 Абдуазизов А. Жахон аро. «Халк сузи», 1991 йил, 29-май. 151
davlatiga munosib bo’lmas, elda norozilik uyg’otar, dyeb shuncha pulni o’zi to’lab yuborganligi, xalq esa bundan g’oyat minnatdor bo’lib, uni duo qilganligi haqida ma’lumot bor. Alishyer Navoiy butun yer suvi, mol-mulkidan har kuni 18 ming shohruxiy dinor miqdorida daromad kyelar, bu pullar yuqoridagi kabi xayrli ishlarga sarf etilar edi. Alishyer Navoiyning ibratomuz bunday xayrli va savob ishlari saroydagi g’animlarga yoqmadi va ularning g’azabini uyg’otdi. Navoiyga qarshi ig’vo, fitna va bo’hton avj oldi. Navoiy 1476-1477 yillarda saroy fitnalariga javoban vazirlik mansabidan istye’fo byerdi va 11 yil mobaynida davlat ishlariga aralashmadi. U Xondamir aytganidyek: «..... Bir soatlik adolat oltmish yillik ibodatdan afzal» dyegan naqlga amal qildi. Navoiy saroydan kyetgan bo’lsada siyosatdan uzoqlashmadi. Do’sti Husayn Boyqaroga ishonch his tuyg’ulari bilan yashadi. Vazirlik mansabidan kyetgan Alishyer Navoiy ilmiy, badiiy ijod ishlariga sho’ng’ib kyetdi. U o’zbyek adabiy tilini taraqqiy ettirish, bu tilda katta badiiy asarlar yaratish, bu tilning hali ko’pchilikka ma’lum bo’lmagan badiiy durdonalarini ochib, uning katta imkoniyatlarini ko’z-ko’z qilish va turkiy xalqlar birligini mustahkamlash g’oyalarini ilgari surdi. Navoiyning xalqchil asarlari uning obro’siga yana obro’ qo’shdi. Husayn Boyqaro saroyidagi Majididdin boshliq ig’vogar kuchlar bundan g’oyatda tashvishda edilar va ular Navoiyni Hirotda qolishini o’zlari uchun g’oyatda xavfli dyeb bilardilar. Bu davrda Husayn Boyqaro ayshu-ishrat va kayfi-safoga ruju qilgan, davlat moddiy jihatdan og’ir ahvolga tushib qolgan edi. Saroydagi g’animlar bu vaziyatdan ustalik bilan foydalanmoqchi bo’ldilar, Navoiyning talabi bilan saroydan chyetlashtirilgan Majididdin biror bir katta mansabni egallash maqsadida bir nyecha tuman aqchaga muhtoj bo’lgan Xusayn Boyqaro xazinasiga bir yo’la 2000 tuman aqcha kyeltirib topshirdi. SHu yo’l bilan u saroy ishonchini qozondi va vazirlik lavozimiga tayinlandi. Ammo Husayn Boyqaro bu ishni Navoiy ma’qullamaganligidan tashvishlandi. Nihoyat Alishyer Navoiy dushmanlari talabi bilan 1487 yilda Astrobodga hokim etib tayinlash niqobi ostida poytaxt Hirotdan surgun qilindi. Astrobodda Navoiy adolat o’rnatdi, tartib-intizomni yo’lga qo’ydi, xalqqa jabr va sitam qilgan amaldorlarni jazoladi, obodonchilik ishlari bilan shug’ullandi, abadiy ijod ustida ishladi, fan- madaniyat xodimlariga murabbiylik va homiylik qildi. Navoiyning dushmanlari uni Astrobodda ham tinch qo’ymadilar. Bir nyecha bor uning joniga qasd qildilar. Navoiy bir nyecha bor Hirotga qaytishga Husayn Boyqarodan ijozat so’radi. Uning iltimoslari javobsiz qoldirildi. 1488 yilda Navoiyni zaharlab o’ldirishga qasd qilingan fitna fosh bo’lgach, Husayn Boyqaro uni Hirotga qaytishiga ijozat byerdi. Navoiy Hirotda hyech qanday rasmiy lavozimni qabul etmadi, «Janobiy oliyning yaqini» sifatida siyosat ishlariga aralashdi va umrining oxiriga qadar ilmiy, adabiy ijod bilan mashg’ul bo’ldi. Ulug shoir bu davrda o’zining asosiy diqqat-e’tiborini Sulton Husayn Boyqaro bilan uning farzandlari o’rtasidagi toju-taxt va davlat talash mojarolarini bartaraf etishga qaratdi. Albatta bu ishlar Navoiyning tinka madorini quritdi. Buning ustiga shu yillar davomida birin-kyetin Navoiy uchun g’oyatda musibatli vokyealar sodir bo’ldi. Bu voqyea Navoiyni g’oyat qattiq istirobga soldi. Balx hokimi lavozimini bajaruvchi Darvyesh Ali o’z akasi Navoiyga nisbatan Majididdin tomonidan uyushtirilayotgan ig’volardan g’azablanib, Husayn Boyqaroga qarshi isyon ko’tardi. Husayn Boyqaro Majididdinni vazirlikdan chyetlashtirdi. Biroq Majididdin Navoiyga nisbatan ig’vo va bo’htonni davom ettirdi. U Darvyesh Ali isyonida Navoiyning qo’li borligiga Husayn Boyqaroni ishontirdi. Husayn Boyqaro Balxga Darvyesh Aliga qarshi qo’shin tortganda Navoiy u bilan birga bo’lishga majbur bo’ldi. Darvyesh Ali isyoni bostirilgach, Navoiyning bu isyonga aloqasi yo’qligi ma’lum bo’ldi. Husayn Boyqaro Darvyesh Ali bilan yarashdi. Ammo ko’p o’tmay u va’dasidan qaytib, Darvyesh Alini zindonga soldi. Majididdin saroydan chyetlattirgan bo’lsada Husayn Boyqaro saroyida yaxshilikka tomon o’zgarish bo’lmadi. Sulton Husayn kayfu-safoni avjga mindirdi. Majididdin o’rniga vazirlikka tayinlangan johil Nizomul-mulk saroyidagi ziddiyat va qarama-qarshiliklarni yanada cho’g’lantirdi. U Husayn Boyqaroni mastligidan foydalanib, shoxning syevikli xotini Xadichabyegim bilan birga fitna uyushtirdi. Husayn Boyqaro o’g’li Badiuzzamonning o’g’li - nabirasi Mo’min Mirzoning qatl etilishi to’g’risidagi buyruqqa imzo chyekadi. Bu ot-bola o’rtasida qattiq mojarolarning kyelib chiqishiga sabab bo’ladi. 1499 yilda esa Husayn Boyqaro yana bir ig’voning domiga tushadi va Navoiyning qarindoshi va syevikli shogirdi shoir Mirxaydar Sabuxiyni o’ldirtiradi. Bunday voqyea 152
va hodisalar ulug’ shoirning ruhiy holati va salomatligiga albatta ta’sir ko’rsatadi. Ammo shunga qaramasdan Alishyer Navoiy buyuk ijodiy badiiy yaratuvchilikni davom ettirdi. 1488-1501 yillar davomida u Hirotda bir qator shoxona asarlar yaratdi. «Tarixiy mulki ajam» («Ajam shohlari tarixi») asarini Navoiy tarixiy manbalardan kyeng foydalangan holda Firdavsiyning «SHohnoma» si kabi badiiy ijod durdonalaridan oziqlanib yaratdi.
Download 8.06 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling