Alkadienlar (Dien uglevodorodlar). Gomologik qatori, Olinishi. Kauchuk. Tabiiy kauchuk


Download 0.67 Mb.
bet8/9
Sana06.02.2023
Hajmi0.67 Mb.
#1170248
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Alkadienlar (Dien uglevodorodlar). Gomologik qatori, Olinishi. K

Tabiiy kauchuk. Tabiiy kauchuk geveya, gvayulla, ko‘ksag‘iz, tog‘sag‘iz va boshqa kauchukli o‘simliklarning sutsimon shirasi (lateksi) dan olinadigan yuqori molekulyar elastik moddadir. Janubiy Amerika hindlari bu sutsimon shirani kaochou («kao»-daraxt, «chou»-yig‘lash), ya’ni daraxt ko‘z yoshi deb ataganlar. Keyinchalik bu moddaning xossalarini o‘rgangan fransuz olimlari unga kauchuk deb nom berdilar.
Qator tropik mamlakatlarda kauchuk hozir ham ko‘p miqdorda geveya daraxtidan olinadi.
Tabiiy kauchuk molekulyar massasi turlicha (50000dan 3 000 000gacha) bo‘lganpolimergomologlararalashmasibo‘lib, uningasosiyqisminimolekulyarmassasibirmilliondankattaroqbo‘lganfraksiyalartashkilqiladi.
Rentgen struktur tahlil usuli yordamida olib borilgan tadqiqotlar tabiiy kauchukni stereoregulyar sis-1,4-poliizopren tuzilishiga (ya’ni, metilen guruhlari qo‘shbog‘ga nisbatan bir tomonda joylashgan) ega ekanligini ko‘rsatdi. Shunday qilib, tabiiy kauchukning chiziqsimon makromolekulalari minglab izopren qoldiqlari (zvenolari) dan tuzilgan:

sis-1,4-poliizopren (tabiiykauchuk)

XULOSA
Davlat ta‘lim standarti, o‘quv dasturlari va joriy darsliklarga asoslangan


bo‘lib, Davlat ta‘lim standartlarining bajarilishini monitoring qilish,
o‘quvchilarning o‘zlashtirish jarayonidagi bo‘shliqlarni aniqlash uchun samarali
vosita bo‘lib xizmat qiladi. Umumiy o‘rta ta‘lim maktablarining kimyo ta‘lim standarti–kimyo o‘quv predmetidan o‘quvchilarga beriladigan bilimlar miqdori, o‘quvchilar egallaydigan bilimi, hosil qiladigan amaliy ko‘nikma va malakalar hajmini ko‘rsatuvchi me‘yor bo‘lib, umumiy o‘rta ta‘lim maktablaridagi kimyo ta‘limi negizini belgilovchi ko‘rsatkichlar o‘quvchilarning kimyo ta‘limidan tayyorgarlik darajasiga qo‘yiladigan talablar majmuasidan iborat bo‘lgan hujjat tariqasida tasdiqlanadi va xizmat qiladi. Umumiy o‘rta ta‘lim maktablarining 7-sinfida kimyo fanini o‘qitish uchun 68 soat vaqt ajratilgan bo‘lib, bunda dastlabki 7 soat dars 7-sinfda kimyo fanining maqsad va vazifalari, atom-molekular ta’limot, atomlarning o’lchami mavzulariga ajratilgan.
O‘zbekiston Respublikasining ,,Ta‘lim to‘g‘risida”gi qonuni, ,,Kadrlar
tayyorlash milliy dasturi-talablari asosida ta‘lim tizimida ro‘y berayotgan
10 o‘zgarishlar umumiy o‘rta ta’lim maktablaridagi boshqa o‘quv fanlari qatori kimyo predmetining o‘qitilishini ham tubdan yangilashni talab etmoqda.
Shu munosabat bilan barcha o‘quv predmetlari qatori kimyo ta‘limi oldiga ham
aniq vazifalar qo‘yiladi. ,,Ta‘lim to‘g‘risida”gi qonunga muvofiq:
1) Umumiy o‘rta talim maktablarining kimyo ta‘limi konsepsiyasining qayta
ishlab chiqish;
2) Umumiy o‘rta ta‘lim maktablarining kimyo ta‘limi konsepsiyasidan kelib
chiqqan holda uning standartini ishlab chiqishni taqozo qilinadi;
Kimyo ta‘limi standarti kimyo o‘quv predmetining majburiy mazmunini
belgilab beradi. Umumiy o‘rta ta‘lim maktablarining kimyo ta‘limi standarti, kimyo ta‘limi tizimidagi barcha komponentlarni: ta‘lim mazmuni, maqsadi, ta‘limning uzluksizligi, tashkiliy shakllari, usullari, vositalari va boshqalarni qayta ko‘rib chiqish mezoni hisoblanadi. Kimyo ta‘limi konsepsiyasiga muvofiq kimyo ta‘limining yo‘nalishi va maqsadi yosh avlodning kimyo fani asoslarini chuqur egallashi, o‘quvchilarning siyosiy, g‘oyaviy, estetik, ekologik tarbiyasi, tabiatga va jamiyatga bo‘lgan ijobiy munosabat, qadimda yashab ijod etib o‘tgan buyuk mutafakkirlar, keying yillardagi olimlarimizning kimyo sohasida erishgan yutiqlariga oid o‘quv materiallari bilan tanishtirib borish orqali vatanga bo‘lgan e‘tiqodini shakllantirish, kasbga yo‘naltirish ko‘zda tutiladi.
Kimyo ta‘limi standarti – kimyo o‘qitishda o‘quvchilarga beriladigan ta‘lim
va tarbiyaning mazmuni negzini belgilovchi ko‘rsatkichlar, shuningdek
o‘quvchilarning tayyorgarlik darajasidagi bilim va amaliy faoliyatlari darajasi
meyorini belgilaydigan mezon bo‘lib hisoblanadi. Kimyo ta‘limi standarti umumiy o‘rta ta‘lim maktablari uchun tuzilgan kimyo ta‘limi dasturi va materiallarining hajmini belgilab beruvchi mezon bo‘lib xizmat qiladi. Umumiy o‘rta talim maktablarining kimyo ta‘limi standarti-kimyo o‘quv predmetidan o‘quvchilarga beriladigan bilimlar miqdori o‘quvchilar egallaydigan bilimi, hosil qiladigan amaliy ko‘nikma va malakalar xajmini ko‘rsatuvchi me’yor bo‘lib, umumiy o‘rta ta‘im maktablaridagi kimyo ta‘limi negizini belgilovchi ko‘rsatkichlar o‘quvchilarning kimyo ta‘limidan tayyorgarlik darajasiga qo‘yiladigan talablar majmuasidan iborat bo‘lgan hujjat tariqasida tasdiqlanadi va xizmat qiladi.
Kimyo ta‘limi quyidagi 3 ta bo‘limdan iborat.
1. Kimyo ta‘limi mazmuni negzini belgilovchi ko‘rsatkichlar.
2. Kimyo ta‘limida o‘quvchilarning tayyorgarlik darajasiga qo‘yiladigan
standartning minimal talablari.
3. Kimyo ta‘limida o‘quvchilarning tayyorgarlik darajasiga qo‘yiladigan
standartning maksimal talablari.
Kimyo ta‘limi mazmuni negzini belgilovchi ko’rsatkichlar bo’limi
o‘quvchilarga kimyodan beriladigan bilimlar, ekologik ta‘lim-tarbiya va
o‘quvchilarda hosil qilinadigan amaliy ko‘nikma va malakalarni o‘zida
mujassamlashtiradi. Ikkinchi va uchinchi bo’limda esa o‘quvchilarning tayyorgarlik darajasiga qo‘yiladigan talablar yoritiladi. O‘quvchilarga maksimal ball yoki baho qo‘yishda har ikkala, ya’ni minimal va maksimal tayyorgarlik darajasiga bo‘lgan talablar hisobga olinishi zarur. Bu esa kimyo ta‘limi standarti o‘quvchilar tomonidan o‘zlashtirish ko‘rsatkichlarini ifodalashga kimyo ta‘limi sifatini baholashda o‘lchov mezoni bo’lib xizmat qilishiga imkon beradi.
Mavzuga oid darsliklar, o‘quv va uslubiy qo‘llanmalar, DTA talablari, ta‘limga
oid xujjatlar to‘liq o‘rganildi.
Mavzuni mohiyati va mazmuni maktab, AL, KXK lari uchun chiqarilgan
darsliklar, usulubiy qo‘llanmalar, o‘rganilib, ular o‘rtasidagi uzviylik va
mutanosiblik tahlil etildi.
Zamonaviy pedagogic texnologiyalarni ta‘lim tizimmmmmidagi ahamiyati
alkadein mavzusi bo‘yicha to‘liq yoritildi.
Alkadeinlar mavzusini o‘qitishda kimyoviy bilimlardan foydalanish, fanlararo
bog‘lanish yo‘llari to‘liq ochib berildi.
5. Alkadeinlar mavzusini chuqur o‘qitishga oid kimyoviy masalalar tanlanib,
ularni yechish yo‘llari bayon etilib, zarur uslubiy tavsiyalar yaratildi.


Download 0.67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling