Alkadienlar (Dien uglevodorodlar). Gomologik qatori, Olinishi. Kauchuk. Tabiiy kauchuk


Download 0.67 Mb.
bet4/9
Sana06.02.2023
Hajmi0.67 Mb.
#1170248
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Alkadienlar (Dien uglevodorodlar). Gomologik qatori, Olinishi. K

ALKADIYENLAR

Molekulasida ikkita qo‘sh bog‘ tutgan to‘yinmagan uglevodorodlar alkadiyenlar (diyen uglevodorodlar) debataladi. Ularning umumiy formulasi CnH2n-2 bilan ifodalanadi. Diyenlar alkinlarga izomer hisoblanadi.




Sinflanishi, nomenklaturasi va izomeriyasi

Alkadiyenlar ikkita qo‘shbog‘ning bir-biriga nisbatan joylashishiga qarab uch turga bo‘linadi:


1 .Kumulyativ qo‘shbog‘li diyenlar (allenlaryoki 1,2-alkadiyenlar). Bularga allen va uning gomologlari kiradi.
2 .Konyugirlangan (oralatma) qo‘shbog‘li diyen uglevodorodlar yoki 1,3-alkadiyenlar . Bularda ikkita qo‘shbog‘ bitta oddiy bog‘ bilan ajratilgan bo‘ladi.
3 .Izolyatsiyalangan yoki ajratilgan qo‘shbog‘li diyen uglevodorodlar yoki 1,4-, 1,5-, 1,6- va hokazo alkadiyenlar. Bularda ikkita qo‘shbog‘ bir-biridan ikki va undan ortiq oddiy bog‘lar bilan ajratilgan.
Ba’zi diyen uglevodorodlarning trivial nomlari hozir ham qo‘llaniladi:

allen izopren
Sistematik nomenklaturaga ko‘ra diyen uglevodorodlar alkadiyenlar deyiladi. Ularning nomlari tegishli alkanlar nomida gi oxirgi harfni –diyen qo‘shimchasiga almashtirish bilan hosil qilinadi:

1,3-butadiyen 1,4-geksadiyen
Alkadiyenlarda uglerod skeletining izomeriyasi, qo‘sh bog‘larning holat izomeriyasi, aylanma izomeriya va geometrik izomeriya uchraydi.
1,3-butadiyen ikkita tekis (S-sisva S-trans) aylanma izomer shaklida bo‘ladi va ular oddiy C–C bog‘ atrofida aylanish natijasida bir-biriga o‘tib turadi.Xona haroratida 1,3-butadiyenning taxminan 99 foizi barqaror S-trans-, 1 foizi esa S-sis shaklida bo‘ladi.

S-sis- S-trans-
Diyen uglevodorodlardan 1,3-butadiyen va izopren katta amaliy ahamiyatga ega. Chunki ularning polimerlanish mahsulotlari (tabiiy va sintetik kauchuklar) xalq xo‘jaligida keng ishlatiladi.
Shuning uchun 1,3-butadiyen va izoprenning olinish usullari bilan tanishamiz.

Download 0.67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling