XULOSA O`simliklarda uchraydigan, fiziologik ta’sirga ega, azot saqlovchi getero halqali asoslar alkaloidlar deyiladi. Alkaloidlar - oz miqdorda qimmatbaho dorivor moddalar, ko‘p miqdori esa zaharli moddalar hisoblanadi. Alkaloid so‘zi «arabcha-grekcha» so‘zlar yig‘indisi bo‘lib «ishqorsimon» degan ma’noni anglatadi. O‘simliklarda alkaloidlar miqdori turlicha bo‘ladi. Ko‘p miqdorda alkaloid saqlovchi «xinin» daraxti, barbaris o‘simligi hisoblanadi (10%-15%). Lekin bunday o‘simliklar juda kam. Tarkibida (1-2%) alkaloid bo’lgan o‘simliklar alkaloidga boy o'simlik hisoblanadi. Alkaloidlar o`simliklarda, asosan olma, limon, oksalat, qahrabo, sirka, propion, sut, sulfat, fosfat kislotalarning tuzlari holida uchraydi. Tuzlaridan hosil qilingan erkin alkaloidlar alkaloid asoslar deb yuritiladi. Alkaloidlar o'simliklardan suv va spirt yordamida (tuz holida), boshqa organik erituvchilar bilan (asos holida) ekstraksiya usuli bilan ajratib olinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |