Alkenlarning fizik va kimyoviy xossalari 10-sinf Kimyo fani darsligi asosida 13-mavzu


Download 1.9 Mb.
Sana09.03.2023
Hajmi1.9 Mb.
#1255054
Bog'liq
Alkenlarning fizik va kimyoviy xossalari

Alkenlarning fizik va kimyoviy xossalari

10-sinf Kimyo fani darsligi asosida 13-mavzu

Fizik xossalari


Etilen– rangsiz, hidsiz, havodan biroz yengil gaz. Suvda yomon eriydi. Propen va butenlar ham normal sharoitda gaz holatida bo‘ladi.

Butendan keyingi vakillari suyuqlik, yuqori vakillari esa qattiq moddalardir.

Kimyoviy xossalari.


Etilen va uning gomologlarini asosiy kimyoviy xossalari ularning qo‘shbog‘lari bilan bog‘liq.

Ular qo‘shbog‘ni uzilishi hisobiga oson reaksiyaga kirishadi. Ayniqsa, birikish reaksiyalari alkenlar uchun xarakterli hisoblanadi.

1. Gidrogenlash reaksiyasi.


Alkenlar yuqori temperaturada katalizator
ishtirokida qo‘shbog‘ni uzilishi hisobiga gidrogenlash reaksiyasiga kirishadi: CH2 CH2 + H2 CH3 CH3

2. Galogenlash reaksiyasi.


Alkenlar qo‘shbog‘ni uzilishi hisobiga galogenlash
reaksiyasiga ham kirishadi.

Reaksiya mahsuloti sifatida alkanlarning dibromli birikmalari hosil bo‘ladi:


CH2 CH2 + Br2 CH2Br CH2Br

3. Etilen va uning gomologlari vodorod galogenidlarni ham biriktirib olishi mumkin: CH2 CH2+HBr CH3 CH2Br

Propilendan boshlab vodorod galogenid birikishi biroz farq qiladi.


Bunda reaksiya Markovnikov qoidasiga asosan boradi.

4. Alkenlar molekulasidagi qo‘shbog‘ hisobiga oksidlanish reaksiyasiga oson kirishadi.

Etilen kaliy permanganat ta’sirida neytral muhitda oksidlanganda ikki atomli spirt etilenglikol hosil bo‘ladi


Spirt etilenglikol

5. Etilen va propilen polimerlanish reaksiyalariga kirishadi.


Polimerlanish – bu bir xil molekulalarning o‘zaro birikib, yirik molekula polimerni hosil qilish reaksiyasidir.

Etilenning polimerlanishini quyidagicha yozish mumkin : nCH2 CH2 (-CH2 CH2 )n polietilen n – polimerlanish darajasi. Bu yerda etilen monomer, polietilen polimer hisoblanadi.

Ishlatilishi. Etilen va propilenni polimerlanish mahsulotlaridan texnika va turmushda foydalaniladigan polietilen va polipropilen olinadi.


Polietilen
Polipropilen
Download 1.9 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling