Alkenlarning o’qitish metodikasi Reja Fanning maqsadi va vazifalari Fanning ta’limdagi o‘rni
Download 97.63 Kb.
|
Alkenlarning o’qitish metodikasi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Nitrobirikmalar.
- Geterofunksional birikmalar (gidroksikislotalar, yoki oksikislotalar, oksokislotalar).
Alifatik va aromatik aminlar.
Olish usullari – ammiak va aminlarni Gofman bo‘yicha alkillash, kaliy ftalimidni alkillash (Gabriel sintezi), karbonil birikmalar va karbon kislotalarning azotli hosilalarini, nitrobirikmalarni qaytarish. Gofman va Kursius qaytaguruhlanishi. Aldegid va ketonlarning ammoniy formiat bilan o‘zaro ta’siri (Leykart). Aminlarning asos va kislota xossalari. O‘rindosh guruhlarning ushbu xossalarga ta’siri. Aminogruppaning elektron va fazoviy tuzilishi. Alifatik va aromatik aminlarning xossalarini solishtirish. Aminlarning asos xossalariga aromatik halqadagi o‘rindosh guruhlarning ta’siri. Aminlarni alkillash va atsillash. Aminogruppani himoyaqilish. Tetraalkilammoniy gidroksidlarini Gofman bo‘yicha parchalash. Birlamchi, ikqilamchi va uchlamchi aminlarni benzolsulfoxlorid yordamida identifikatsiya qilish (Xinsberg probasi). Birlamchi, ikqilamchi va uchlamchi alifatik va aromatik aminlarning nitrit kislota bilan o‘zaro ta’siri. Aminlarning oksidlanishi va galogenlanishi. Aromatik aminlarning benzol halqasida elektrofil o‘rin olish reaksiyalari. Nitrobirikmalar. Nitroalkanlar. Alkilgalogenidlardan sintez qilish usullari. Nitrit-ionining ambident xarakteri. Nitrogruppaning tuzilishi. Nitroalkanlarning kislota xossalari va tautomeriyasi. Nitroalkanlarning nitrit kislota bilan reaksiyalari. Karbonil birikmalari bilan kondensatsiyasi. Aminlargacha qaytarilishi. Aromatik nitrobirikmalar. Nitroarenlarni kislotali va ishqoriy muhitda qaytarish. Benzidin qaytaguruhlanishi. Polinitroarenlarda bitta nitrogruppaning qaytarilishi. Geterofunksional birikmalar (gidroksikislotalar, yoki oksikislotalar, oksokislotalar). Gidroksikislotalar, klassifikatsiyasi va nomenklaturasi. Alifatik gidroksikislotalar – to‘yinmagan, galogen-, keto- va aminokarbonkislotalarning xossalariga asoslangan umumiy sintez usullari. Tabiatda tarqalgan gidroksikislotalar haqida tasavvur. Gidroksikislotalarning kimyoviy xossalari. Degidratatsiya reaksiyasi, va uning karboqsil va gidroqsil gruppalarning o‘zaro joylashishiga qarab o‘tishi. Aromatik gidroksikislotalar – fenolyatlarni karbonizatsiya qilishorqali olish, oddiy va murakkab efirlarni olish. Gidroksibenzoy kislotasi va uning hosilalarini qo‘llash yo‘llari. Oksokislotalar. Sintez usullari. Karbonil va gidroqsil gruppalarning o‘zaro joylashishiga qarab oksokislotalarning spetsifik xossalari. β-ketonkislotalarning dekarboqsillanishi. Tautomeriya – atsetosirka efirining ikki yoqlama reaksion qobiliyati. Atsetosirka efiri asosida karbon kislotalar va ketonlarni sintez qilish. Oksokislotalarning eng muhim vakillari – pirouzum, atsetosirka, oksalatsirka, α-ketoglutar kislotalari. Aldegidokislotalar – glioqsil kislotasi. Geterofunksional birikmalarni identifikatsiyalash yo‘llarini tanlash. Download 97.63 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling