Alkenlarning o’qitish metodikasi Reja Fanning maqsadi va vazifalari Fanning ta’limdagi o‘rni
Fan bo‘yicha talabalarning bilimi, ko‘nikma va malakasiga
Download 97.63 Kb.
|
Alkenlarning o’qitish metodikasi
Fan bo‘yicha talabalarning bilimi, ko‘nikma va malakasiga
qo‘yiladigan talablar Organik kimyo fanini o‘zlashtirish natijasida talabalar: - kimyoviy reaksiyalar yordamida organik moddalarning kimyoviy xossalarini isbotlay olish; - organik moddalarni fizik-kimyoviy xossalari bo‘yicha identifikatsiya qila olish; - organik moddalarni kislota-asos xossalari bo‘yicha klassifikatsiya qila olish; - organik birikmalarni ratsional va sistematik nomenklatura bo‘yicha nomlash; - organik birikmalarning reaksion markazlarini klassifikatsiyalash va tegishli reaksiyalarni keltirish; - organik moddalarning sintezi va kimyoviy xossalariga asoslangan holda bir sinf moddalaridan boshqa sinf moddalariga o‘tishni amalga oshira olish; - kerakli organik modda sintezining sxemasini tuza olish; - turli manba’lardan (ilmiy, o‘quv adabiyotlari, internet resurslari) foydalanib kimyoviy informatsiyani mustaqil izlay olish; - organik kimyoga oid ma’lumotnomalar va monografik adabiyotlardan foydalana olish ko‘nikmalariga ega bo‘lishlari kerak; - organik moddalarning tuzilish nazariyasini; - organik moddalarning umumiy klassifikatsiyasini, ularning tarkibini, olinish manba’larini, sanoatda qo‘llanilishini; - atom va molekulalarning elektron tuzilishini, turli tip organik birikmalarda organik bog‘lar nazariyasini, kimyoviy jarayonlar o‘tishining va muvozanat holatlariningasosiy konuniyatlarini, kimyoviy reaksiyalar klassifikatsiyalarini; - organik birikmalarning tuzilishi va reaksion qobiliyatini; - organik moddalarning olinish usullarini bilishi kerak. Fanning o‘quv rejasidagi boshqa fanlar bilan o‘zaro bog‘liqligi va uslubiy jihatdan uzviyligi Organik kimyo dissiplinasi3- va 4-semestrlarda o‘qitiladi. Kurs kimyoning asosiy bo‘limlari – umumiy kimyo, noorganik kimyo, analitik kimyo bo‘yicha talabalarning olgan bilimlariga asoslanadi. Organik kimyo kursi 5140300 – Kimyo, 5110300 - Kimyo o‘qitish metodikasi yo‘nalishlarining bazaviy dissiplinalari qatoriga kiritiladi va fizik kimyo, kolloid kimyo, polimerlar kimyosi, ekologik kimyo, kimyoviy texnologiya, sanoat ekologiyasi, ilmiy tadkikotlar metodologiyasi, kimyo o‘qitish metodikasi, kimyoviy eksperiment metodikasi va texnikasi kabi fanlarni keyinchalik o‘zlashtirishda asos vazifasini o‘tay oladi. Organik kimyo kursi tabiiy-ilmiy fanlar siklidagi dissiplinalar – umumiy va noorganik kimyo, fizika, matematika kabi fanlarning natijalariga asoslangandir. Organik kimyo fanini o‘rganishdan maqsad bo‘lajak mutaxassislarda materiyaning tabiati, jonli va jonsiz tabiat moddalarining o‘zarobog‘liqligi, tuzilishi, fizik va kimyoviy xossalari va organik moddalarning turli-tumanligi haqida yahlit kimyoviy dunyoqarashni shakllantirishdan iborat. Download 97.63 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling