Alkenlarning o’qitish metodikasi Reja Fanning maqsadi va vazifalari Fanning ta’limdagi o‘rni


Organik birikmalarning tuzilishi haqida umumiy ma’lumot


Download 97.63 Kb.
bet4/20
Sana06.09.2023
Hajmi97.63 Kb.
#1673322
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20
Bog'liq
Alkenlarning o’qitish metodikasi

Organik birikmalarning tuzilishi haqida umumiy ma’lumot.

Alkanlar va sikloalkanlar
Kirish. Organik kimyoning predmeti va vazifalari, vujudga kelish tarixi. A.M.Butlerovning kimyoviy tuzilish nazariyasi. Organik birikmalar molekulalarini tasvirlash usullari, molekulyar, struktura va elektron formulalar. Uglerod skeleti tiplari - atsiklik, siklik va geterotsiklik birikmalar. Izomeriya va gomologiya. Strukturaviy izomeriyaning turlari. Organik birikmalarning asosiy sinflari va funksional guruhlari.
Uglerod birikmalarida kimyoviy bog‘larning hosilbo‘lishi. Lyuisning elektron formulalari, organik birikmalardagi kimyoviy bog‘larning turlari va ularni atom orbitallarining chiziqli kombinatsiyasi molekulyar orbitallar (MO LKAO) doirasida tasvirlash(σ- va π-bog‘lar). Uglerod atomining gibridlanishi, valent burchaklari, bog‘larning uzunligi. Elektron zichligining taqsimlanishi (delokalizatsiyasi) haqida tasavvur, elektron zichligini tasvirlash usullari (rezonans strukturalar), atomlar va funksional gruppalarning elektron effektlari. Organik reaksiyalardagi oraliq zarrachalar va ulardagi elektron effektlar. Organik kimyoda kislota va asos tushunchalari.
Organik birikmalarning fazoviy tuzilishi. Metan va uning gomologlarining fazoviy tuzilishi. Konformatsiyalar haqida tushuncha. Molekulalarning xiralligi va uning optik aktiv moddalarda namoyon bo‘lishi. Asimmetrik uglerod atomi. Fisherning proeksion formulalari. Enantiomerlar va ratsematlar. Ikki va undan ortiq asimmetrik uglerod atomini tutgan birikmalar, diastereomerlar.
Organik birikmalar nomenklaturasining qisqacha sharhi. Ratsional nomenklatura. IYUPAK nomenklaturasining asosiy prinsiplari. O‘rindoshlar bo‘yicha va radikal-funksional nomenklatura. Organik birikmalarning asosiy sinflarining, murakkab poli- va geterofunksional birikmalarning nomlanishi.
Alkanlar. Gomologik qatori, izomeriyasi va nomenklaturasi. Alkanlarning tabiiy manba’lari. Asosiy olish usullari – to‘yinmagan uglevodorodlarni gidrogenlash, galogenalkanlardan sintez qilish (Vyurs reaksiyalari), kislorodli birikmalarni qaytarish, Kolbe sintezi. Alkanlarning fazoviy tuzilishi, koformatsiyalari. Fizik xossalari. Kimyoviy xossalari. Kimyoviy bog‘larining gomolitik uzilishi – erkin alkil radikallari, ularning elektron tuzilishi va nisbiy barqarorligi. Alkanlarning erkin radikalli zanjir reaksiyalari – galogenlash, oksidlash, nitrolash, sulfoxlorlash, termik o‘zgarishlar.
Sikloalkanlar. Klassifikatsiyasi va nomenklaturasi. Alkanlarning termik va katalitik o‘zgarishlari natijasida sikllarning hosilbo‘lishi, dien sintezi, sikloalkenlar va arenlarni gidrogenlash, alkenlarning metilen va dixlorkarbenlar bilan o‘zaro ta’siri. Alkanlarning bifunksional hosilalaridan foydalangan holda (digalogenalkanlar, dikarbonkislotalar) to’yingan sikllarning hosilbo‘lishi haqida tasavvur. Sikllarning nisbiy barqarorligi va uning sikloalkanlarning o‘zgarishlarida namoyon bo‘lishi, siklopropanning kimyoviy o‘zgarishlarining o‘ziga xosligi. Siklik birikmalarning stereoizomeriyasi (siklopropan, s-butan, s-pentan va s-geksan misolida). Almashinmagan, monoalmashingan va dialmashingan siklogeksanlar qatorining konformatsiyalari va konformatsion o‘tishlari.

Download 97.63 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling