Organik moddalarning muhim konstantalarini aniqlash, ularning tuzilishini aniqlashda fizik-kimyoviy usullardan foydalanish.
Moddalarning suyuqlanish temperaturasini aniqlash. Moddalarning qaynash temperaturasini aniqlash. Eritmaning nisbiy zichligini aniqlash.
Organik moddalarning IK-, UF-spektrlari va ulardan olinadigan informatsiyani tahlil eta olish. YAMR-spektrlari va mass-spektrlar haqida umumiy tasavvur. Signallarning o‘rni, kimyoviy siljish, signallar soni.
Organik moddalarning sifat va miqdor analizi.
Organik moddalar tarkibidagi uglerod va vodorodni aniqlash. Azot va oltingugurtni aniqlash. Galoidlarni aniqlash.
Organik moddalarning miqdor analizi, uglerod va vodorodni aniqlash. Azot miqdorini yarim mikrometod yordamida aniqlash (Dyuma usuli).
To‘yingan uglevodorodlar (alkanlar).
Metanning olinishi va xossalari. Metanning yuqori temperaturada kislorodda oksidlanishi. YUqori (suyuq) alkanlarning xossalarini metanning xossalari bilan taqqoslash. Alkanlarning oksidlanishi. Alkanlarga konsentrlangan kislotalar ta’siri. Kerosin va benzinning yonish temperaturasi.
Sikloalkanlar. Siklopropan va siklogeksanning olinishi va xossalari.
To‘yinmagan uglevodorodlar – alkenlar, dienlar va alkinlar.
Etilenning olinishi va xossalari. Etilenning suvda eruvchanligi. Etilenga bromning birikishi. Etilenning ishqor iy muhitda oksidlanishi. Etilenning kislotali muhitda oksidlanishi. Alkenlarga konsentrlangan sulfat kislotaning ta’siri. Alkenlarning konsentrlangan nitrat kislota bilan ta’siri.
Atsetilenning olinishi va xossalari. Metall atsetilenidlarning hosilqilinishi va xossalari. Atsetilenga suvning birikishi (Kucherov reaksiyasi).
Kauchuk va rezinaning xossalari. Polietilenning xossalari. Polimetilmetakrilatning depolimerlanishi. Metilmetakrilatning polimerlanishi. Metakril kislotaning olinishi va xossalari. Polistirolning depolmerlanishi. Fenol va formaldegidning kondensatlanish reaksiyasi.
Uglevodorodlarning galogenli hosilalari (galogenalkanlar).
Etilbromidning olinishi. Etil yodidning olinishi. Etil xlorid hosilqilish. Xlorli ohak va etil spirtidan xloroform olish. Yodoformning olinishi. Xloroformning tozaligini tekshirish. Xloroformning ishqor eritmasi bilan ta’siri. Galogenalkanlarning aktivligini tekshirib ko‘rish.
Do'stlaringiz bilan baham: |