Metilmetakrilatni metakril kislotasi bilan sopolimerlanishi


Download 21.8 Kb.
Sana26.10.2023
Hajmi21.8 Kb.
#1723474
Bog'liq
YMB 7-laboratoriya mashg\'uloti


METILMETAKRILATNI METAKRIL KISLOTASI BILAN SOPOLIMERLANISHI
Ishning maqsadi: sopolimerlanish konstantalarini Faynman — Ross usuli bilan aniqlash.
Reaktivlar: metilmetakrilat, metakril kislotasi, azoizomoy kislotasining dinitrili (initsiator).
Idish va asboblar: ampulalar (4 ta), pipetkalar (2 ta), 100 ml hajmli stakan (4ta), soat oynasi (4ta), konussimon kolba (4ta), termostat, quritgich shkaf.
Ishning bajaralishi: 4 ta quritilgan toza ampulalarga 0,005g dan initsiator solinadi va 5 ml dan metilmetakrilat va metakril kislotasining quyidagi molyar nisbatlarida quyiladi (4:1; 3:2; 2:3; 1:4). Aralashmalar to’la erib ketguncha kutiladi va ampulalarni og’zi kavsharlanib yoki shlifli tiqinlar bilan berkitilib 60°C li termostatga o’rnatiladi. Sopolimerlanish reaksiyasi 5-10% polimer hosil bo’lguncha davom ettiriladi. Keyin ampulalar sovutilib, undagi eritmalar stakandagi cho’ktiruvchiga (HC1 ning 5% eritmasi) sekin - asta tomiziladi, hosil bo’lgan cho’kma ajratilib, yuviladi va quritiladi.
Karboksil guruhning miqdori 2.1 ishdagi kabi bajariladi.
Sopolimer tarkibini sopolimer saqlagan funksional guruh bo’yicha quyidagi formuladan topiladi:
bunda, Xisopolimer tarkibidagi M1 monomerning miqdori,%
Ai – M1 monomerning molekulyar massasi
Af.g. – funksional guruhning molekulyar massasi
X - funksional guruhning miqdori,%
Masalan: karbonil guruh saqlagan sopolimer tarkibi quyidagi formula bo’yicha hisoblanadi:

Kislota yoki efir sonidan kelib chiqib, sopolimer tarkibi quyidagicha aniqlanadi. Agar sopolimerdagi monomerlardan biri sovunlanish reaksiyasiga kirishsa yoki neytrallansa, boshqa monomerlar bu reaksiyani bermasa, u holda sopolimer tarkibidagi kislora yoki efir soni bo’yicha hisoblanadi:

Sopolimer tarkibidagi Mr ning miqdori: 100 – X1 = X2 ga teng.
Sopolimer tarkibida massa ulushidan mol ulushiga quyidagi formula bo’yicha o’tkaziladi:
X1 va X2 - M1 va M2 monomerlarning miqdori,%
m1 va m2 - M1 va M2 monomerlarning miqdori, (molda)
A1 va A2 - M1 va M2 monomerlarning molekulyar massasi
Topshiriq:
1. Sopolimerlanish konstantalari r1 va r2 hisoblang. Olingan natijalar asosida va metilmetakrilatning Q va e qiymatlari asosida metakril kislotasi uchun ushbu faktorlarni toping.
2. Metilmetakrilat va metakril kislotasi sopolimerlanish reaksiya sxemasini keltiring.
Download 21.8 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling