Uglerod atomining gibridlanishi


Download 376.23 Kb.
Sana07.11.2023
Hajmi376.23 Kb.
#1753539
Bog'liq
Organik kimyo 2


Toshkent Farmatsevtika instituti
Farmatsiya fakulteti 203 A guruh
talabasi G’aybullayev Sanjarning
Organik kimyo fanidan mustaqil ishi
1
Mavzu: ORGANIK BIRIKMALARDA
UGLEROD ATOMINING
GIBRIDLANISHI
01
sp3 - gibridlanish haqida ma'lumot.
Tridonal yoki sp2 - gibridlanish.
02
03
Digonal yoki sp - gibridlanish.
Reja:
Add your words here,according to your need to draw the text box size.Please read the instructions and more work at the end of the manual template.
Add your words here,according to your need to draw the text box size.Please read the instructions and more work at the end of the manual template.
Add title
Add title
Add your words here,according to your need to draw the text box size.Please read the instructions and more work at the end of the manual template.
Add title
Gibridlanish turli atom orbitallar bir - biri bilan qo'shilib ulardan oraliq yoki o'rtacha
orbitallar yuzaga kelishidan vujudga keladi. Gibridlanish haqidagi tushunchani Poling tushuntirib berdi.
Metan molekulasi tetraedrik tuzilishga ega bo'lib, burchak 109,28' ga teng.Metan hosil bo'lishida uglerod bitta 2s, uchta 2p orbitali bilan qatnashgani uchun metan molekulasidagi uchta s-p bog' bitta s-s bog'dan farq qiladi.
Metanning kimyoviy xossalarini hamda undagi bog'larning xarakteristikalarini o'rganish teskari natijalarga olib keldi.
Bunga sabab undagi hamma bog'lar bir xil tabiatga ega ekanligidir. Molekulyar
orbital metod C-H bog'larning bir xilligini va ular energiyasining barobar bo'lishini hamda birlamchi ionlanish potensialning ikki xil ekanligini delokallanish bo'yicha oson tushuntirsa ham elektron zichlikning taqsimlanishini va molekulaning fazoviy shaklini izohlay olmadi.
1
2
3
4
5
6
7
8
9
10
11
12
TOTAL
1,920,000
Masalan, uglerod atomining bitta s-orbitali va uchta p- orbitali qo'shilib oraliq orbital hosil qiladi. Bu gibrid orbitallar energiyasi s va p- orbitallar energiyalari orasidagi qiymatga ega.
Gibrid orbitalda uni hosil qilgan dastlabki orbitallarning shakli ma'lum darajada saqlanib turadi. To'rtta gibrid orbitallar tetraedr markazidan uning uchlari tomon yo'nalib joylashadi, ikkinchidan, gibrid orbitallar va bitta 1s orbitaldan metan hosil bo lganda orbitallarning joylashishi metan molekulasidagi H atomlarining bir
• Bu esa ularning o'zaro itarilish energiyasi juda kam bo'lishiga sababchi bo'ladi. Gibrid orbitallarning yo'nalishlari orasidagi burchaklar metanda 109,28 ga teng. Metan hosil bo'lganda gibrid orbitallar vodorod atomlarining orbitallari bilan gibrid orbitallari o'qlari yo'nalishida qoplangani uchun metandagi to'rtala
bog'lar ham sigma bog' hisoblanadi.
Orbitallarning gibridlanishiga sabab sistema energiyasining kamayishidir.
Uglerod atomida gibrid orbitallarning hosil bo'lishida eng avvalo s-orbitallardagi juftlashgan elektronlarning bittasi p-orbitalga o'tadi. Buning uchun ma'lum darajada energiya sarflanadi. Protsessning keyingi bosqichida s va p-orbitallardan gibrid orbitallar hosil bo'lishidan iborat. Bunda ham energiya yutiladi. Uchinchi bosqichda gibrid va s-orbitallardan metan hosil bo'ladi. . C-C bog'ining uzunligi 0,154 nm va C-H bog'i 0,109 nmga teng. Bog' hosil bo'lishigacha sistemaning energiyasi sistema keyinchalik chiqargan energiyadan kichik.Gibridlanish yuzaga kelishi uchun gibrid orbital hosil qilishi kerak bo'lgach orbitallar energiyasi bir-biriga yaqin bo lishi lozim.Shu bois 1s va 2p-orbitallarning gibridlanishi qiyin hisoblanadi. Spgibridlanishda gibrid orbitalning shakli
75% p va 25% s xarakterga ega.Uglerod atomlari o'zaro bog'langanda atomlarning gibrid orbitallari bir-birini qoplaydi. Etan molekulasida qoplangan gibrid orbitallar o’qlari bilan boshqa orbitallar o'qlari orasidagi masofa xuddi metandagidek bo'ladi.
Trigonal yoki spr - gibridlanish
• Sp3 - gibridlanishda 3 ta p-orbital ishtirok etgan bo'lsa, gibridlanishda 2ta p va 1ta s-orbital qatnashgan bo'lishi ham mumkin.
Bitta p-orbital esa o'zgarishsiz qoladi.Natijada uchta bir xil gibrid orbital hosil qiladi. Gibrid orbitallar o'zaro 1200 burchak ostida joylashsagina ularning bir - biridan itarilishi minimal bo'ladi. Tabilyki, bu orbitallar fazoviy emas, balki yassidir.Bunday gibridlanishga spr - gibridlanish, shu holatdagi uglerod atomi esa ikkilamchi valentlik holatida deyiladi.
• sp? - gibridlangan ikkita uglerod atomi bir-biri bilan bog'langanda gibrid orbitallar bir-birini qoplaydi.Sigma bog' hosil bo'ladi. Har qaysi uglerod atomida golgan bittadan p-orbitali ham bir-birini qoplaydi.
Qoplanish etilen molekulasi joylashgan tekislikka perpendikulyar yo'nalishda sodir bo'ladi. Etilen molekulasidagi sigma va pi bog'larning joylashishi trigonal shaklda bo'ladi.
Etilendagi orbitallarning yuqorida ko'rsatilgandek qoplanishiga sigma - pi
qoplanish deyiladi. Bunday goplanish modelini Xyukkel va Penin tavsiya etishgan.Etilen molekulasining Poling va Sleyter taklif qigan boshgacha modeli ham mavjud. Bu modelga ko'ra, etilendagi har ikkala bog' ham bir xil bo'lib, ular birmuncha egilgan oddiy bog'lar deb qaraladi. Etilen molekulasini hosil qilishda har ikkala uglerod ham sp- gibridlangan bo'ladi.Har qaysi uglerod atomidagi uchta gibrid orbitaldan ikkitasi H bilan bog' hosil qiladi.• Sigma bog'ning elektron buluti molekulaning ichida pi bog'larning panasida joylashgan. Pi bog' ning elektron buluti esa yuzada joylashgan. Ana shu sababga ko'ra har qanday tashqi effekt avvalo pi bog'ga ta' sir qiladi. Uzilganda ham birinchi bo'lib pi - bog' uziladi, reaksiya ketganda ham pi - bog' ishtirok etadi. Etilen modelidan yan ashu narsa ko'rinadiki, molekulada C - C bog'lar o'rtasida erkin aylanish mavjud emas.
Bunda sigma bog'ga perpendikulyar uzilishi zarur
Diyenlarning hamma vakillarida ham uglerod atomi bunday gibridlanmaydi. Faqat zanjirdagi qo'shbog' saglagan uglerod atomi bu turdagi gibridlanishga
uchraydi. Masalan, CH3-CH2-CH=CH-CH, misolida oladigan bo'lsak.
Buning nomi pentadiyen-2. Bunda faqat 2- va 3- uglerod atomlari sp gibridlanishga, 1, 4 va 5- uglerod atomlari sp3 gibridlangan. Chunki bu uglerod atomlarining barcha bog'lari sigma hisoblanadi.
• Digonal yoki sp-gibridlanish.
• Agar gibridlanish bitta s va bitta p - orbital hisobiga sodir bo'lsa, bunday gibridlanish digonal yoki sp -gibridlanish deyiladi.
Hosil bo’ladigan ikkita bir xil gibrid orbital bir-biri bilan 180° burchak ostida joylashsagina ular o'rtasidagi masofa maksimal bo'ladi. Sp - gibridlanishga uglerod atomlaridan boshqa ba'zi elementlar atomlari ham uchrashi mumkin.
Digonal gibridlanishda uglerod atomida ikkita foydalanilmagan sof p-orbital ortib qoladi. Ikkita sp -uglerod atomlaridan atsitilen molekulasi hosil bo'lishida ginrid orbitallar sigma bog' hosil qilib bog'lanadi. Har qaysi uglerod atomida ortib qolgan ikkitadan p-orbital esa bir-birini o'zaro perpendikulyar tekislikda qoplaydi. Atsitilen molekulasidagi
uglerod atomlari ikkita pi- va ikkita sigma bog' orqali bog'langan. Atsitilen molekulasining elektron tuzilishini Poling va Sleyter modelida ham ifodalash mimkin.• Bunda har ikkala uglerod atomi ham sp gibridlanishda, uch bog' esa uchala sp gibrid orbitallarning qoplanishidan hosil bo'ladi deb qaraladi.Lekin bu modelatsetilenining ko'p xossalarini tushuntirib bera olmaydi. Eng avvalo sp- elektronlarning bunday qoplanishida ular kuchli egilishi zarur. Bu esa C - C bog'ning mustahkam emasligini
bildiradi.
Adabiyotlar:
1. Q. A. Axmedov, A. T. Jalilov, Umumiy va anorganik kimyo, Tashkent,2006,390 b.
2.Umumiy va anorganik kimyodan amaliy
mashg'lotlar.Farmatsevtika instituti talabalari uchun mualliffar:
S.N.Aminov R.Aristanbekov, H.R. To xtaev va boshqalar,
Toshkent,2005. 368 b.
3.N.A.Parpiyev,A.G.Muftaqov,H.R.Rahimov, Anorganik
kimyo- Toshkent. "O'zbekiston", 2003.428 b.
4.N.L.G linka, Obshaya ximiya. Uchebnoe posobie dlya
VUZov.- L.Ximiya 1980, 780s.
5 H.R.Rahimov, Anorganik kimyo T., O'qituvchi. 1984. 422 S.
6 H.R.To xtayev, Anorganik kimyo ma'ruzalar matni.
Toshkent,2001.244 b.
7.www.goole.uz 8.www.ziyonet.uz
Download 376.23 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling