Organik kimyo Organik birikmalarda reaksiya turlari
Download 0.56 Mb.
|
Organik kimyo
Organik kimyoOrganik birikmalarda reaksiya turlariREJA:REJA:
Reaksiya natijasiga qarab reaksiyalar 4 ta guruhga bo’linadi:
O‘rin olish reaksiyalari Moddalar tarkibidagi bir atom yoki atomlar guruhining ikkinchi atom yoki atomlar guruhi bilan almashtiruvchi jarayonlar o‘rin olish reaksiyalari deyiladi. Bu xildagi reaksiyalar S- belgi bilan belgilanadi. Reaksiyalarda kovalent bog‘ning uzilishi ikki xil amalga oshishi mumkin. Shunga ko‘ra organik reaksiyalar gomolitik va geterolitik mexanizmda boruvchi reaksiyaga farqlanadi. Gomolitik (yoki radikal) mexanizmda reaksiyaga kirishuvchi moddalar molekulasidagi elektron juftining uzilishi bilan boradi va bu reaksiyalarga radikal o‘rin olish yoki gomolitik reaksiyalar (SR) deyiladi:
Organikada, reaksiyaga kirishadigan asosiy organik moddani shartli ravishda „substrat“, ikkinchisini „reagent“ deb nomlash qabul qilingan. SR reaksiyalarda yangi bog‘ hosil bo‘lganda reagent va substratning har ikkalasidan bittadan elektron qatnashadi. Bu reaksiyalar yorug‘lik ta’sirida, yuqori haroratda, erkin radikallar ta’sirida qutblanmagan erituvchilarda oson amalga oshib, zanjir reaksiyalar hisoblanadi, ya’ni boshlangan reaksiya reagentlarning biri tugamaguncha davom etaveradi.
Download 0.56 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling