Laboratoriya ish №23 Mavzu: bor va alyuminiy


Download 51.88 Kb.
bet1/3
Sana03.06.2024
Hajmi51.88 Kb.
#1841698
  1   2   3
Bog'liq
LABORATORIYA ISH 23


LABORATORIYA ISH № 23
Mavzu: BOR VA ALYUMINIY
Ishning maqsadi: bor va alyuminiy birikmalari va ularni olinish usullarini va kimyoviy xossalarini amaliyotda sinab ko‘rish.
Reaktivlar: H2O-distillangan suv, NaOH- o‘yuvchi natriy (rangsiz eritma), HCl- xlorid kislota (rangsiz eritma) HNO3- nitrat kislota (rangsiz eritma), H2SO4-sulfat kislota (rangsiz eritma), Na2B4O7-10H2O-bura (rangsiz eritma), A1C13-alyuminiy xlorid (rangsiz eritma), Hg(NO3)2 - simob (II) nitrat (rangsiz eritma), NaCl - natriy xlorid (rangsiz eritma), H3BO3-borat kislota (oq kristall), C2H5OH-etil spirt (rangsiz eritma), NH4Cl - ammoniy xlorid (rangsiz eritma), Al- oq yaltiroq metall, plаtinа yoki nixrоm sim, A12(SО4)3 –alyuminiy sulfat, CH3CООNа-natriy asetat, Со(NО3)2 –kobalt(II)nitrat, fenolftalein - rangsiz indinkator.
Asbob uskunalar:mo`rili shkaf, probirkalar, shisha stakanlar, spirt lampa, shisha plastinkalar, metall qoshiqcha, qisqich, Shuster tomizg‘ichi, gaz gorelkasi,shtativ
1. Borat kislotasining olinishi va uning efirini hosil bo‘liish
a) Probirkaga buraning to‘yingan eritmasidan 3-4 ml soling va ustiga 3-4tomchi konsentrlangan sulfat kislota eritmasidan tomizing. Probirkani eritmasi bilan kran ostida yoki sovutkichda 5 minut soviting. Nima kuzatiladi? Reaksiya tenglamasini yozib hulosa chiqaring.
b) Borat kislotasini to‘yingan eritmasidan 3-4 ml yoki kristalidan chinni kosachaga soling, ustiga 2-3 ml etanol (etil spirt) quyib qizdiring va ajralib chiqayotgan bornoetilefir bug‘ini yoqing. Alanga rangiga e’tibor bering. Bornoetilefirini hosil bo‘lishi na yonish (borat ionini ochish) reaksiya tenglamalarini tuzib, tegishli hulosa chiqaring.
v) Оrtоbоrаt kislоtаni sоvuq vа issiq suvdа eruvchаnligini tеkshiring. Xulоsаngizni yozib qo`ying.
g) Оzginа H33 ni suvdа eriting vа eritmаni indikаtоr qоg`оzi yordаmidа tеkshirib ko`ring. Indikаtоr rаngini o`zgаrishigа qаrаb H33 ning kuchi hаqidа xulоsа chiqаring. Xulоsаngizni H33 ning dissоtsilаnish dаrаjаsi qiymаtigа аsоslаnib isbоt qiling (jаdvаlgа qаrаng).

Download 51.88 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling