Laboratoriya ish №23 Mavzu: bor va alyuminiy
Bоrаt kislоtа tuzlаrining xоssаlаri bilаn tаnishish
Download 51.88 Kb.
|
LABORATORIYA ISH 23
- Bu sahifa navigatsiya:
- 3. Uchuvchan kislotalarni borat kislota yordamida tuzlardan ajratish
- Alyuminiyga kislorod va suvning ta’siri
2. Bоrаt kislоtа tuzlаrining xоssаlаri bilаn tаnishish.
а) Nаtriy tеtrаbоrаt (burа) eritmаsini lаkmus qоg`оzi bilаn tеkshirib ko`ring, eritmаni muhiti qаndаy? Nаtriy tеtrаbоrаtning gidrоlizlаnish rеаksiya tеnglаmаsini yozing. b) Plаtinа yoki nixrоm sim uchigа nаtriy tеtrаbоrаt (burа) kristаlidаn jоylаshtiring vа uni gоrеlkа аlаngаsigа tuting. Shishаsimоn tiniq munchоq hоsil bo`lishini kuzаting. Nаtriy tеtrаbоrаt qizdirilgаndа sоdir bo`lаdigаn rеаksiya tеnglаmаsini yozing. v) Оldingi tаjribаdа hоsil qilingаn nаtriy tеtrаbоrаt munchоqini kоbаlt tuzining kоntsеntrlаngаn eritmаsigа tushiring vа yanа qizdiring. Hosil bo`lgаn munchоq rаngigа e`tibоr bеring. Bu munchоqning Kimyoviy tаrkibi qаndаy? Qаndаy birikmа ungа o`zigа xоs rаngni bеrаdi. 3. Uchuvchan kislotalarni borat kislota yordamida tuzlardan ajratish Probirkaga 1 g NaCl va 1g H3BO3 aralashtirib soling va probirkani shtativga maxkamlab qo‘ying. Probirkani qizdiring. Xlorovodorod gazini ajralishini kuzating: uning aniqlash uchun probirkani og‘ziga ammiak bilan xo‘llangan shisha tayoqcha tuting. 4 . Kislota va ishqor eritmalarining alyuminiyga ta’siri (mo‘rili shkafda bajaring) Uchta probirka olib ularning har biriga birozdan alyuminiy qirindisidan (yoki bo‘lakchasidan) soling, so‘ngra: 1-chi probirkaga 1-2 ml 30 % NaOH yoki KOH eritmasidan, 2-chi probirkaga suyultirilgan xlorid kislota eritmasidan va 3-chi probirkaga esa konsentrlangan nitrat kislota eritmasidan quying. Ishqor va nitrat kislotasi quyilgan probirkalarni ozroq qizdiring. Nima kuzatiladi? Reaksiya tenglamalarini yozib, Al gaishqor va xlorid hamda nitrat kislotalarning turlicha ta’siri asosida tegishli xulosalar qiling. 5. Alyuminiyga kislorod va suvning ta’siri 2 dona alyuminiy plastinkasini sirtidagi oksid pardasi jilvir qogoz bilan tozalab, spirtda xo‘llangan paxta bilan arting va plastinkalarni chinni kosachaga solib ustiga bir necha tomchi simob (II) nitrat Hg(NO3)2 eritmasidan tomizing.3-5 minutdan s o‘ng plastinkalarni suv bilan yuvib ulardan birini filtr qog`ozi bilan artib havoda qoldiring, ikkinchisini esa suvli stakanga soling. Qanday hodisa kuzatiladi? Reaksiya tenglamalarini yozib, tegishli xulosalar chiqaring. Download 51.88 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling