Alkimyogar” romani braziliyalik yozuvchi Paulo Koelo tomonidan yozilgan dunyoga mashhur asarlardan biri hisoblanadi. Asar dunyoning 120ga yaqin davlatida chop etilgan, 60ga yaqin xorijiy tilga tarjima qilingan. Xo‘sh, asar nega bu daraja mashhur bo‘ldi
Asar haqida so‘z yuritadigan bo‘lsak, asar to‘qima obraz cho‘pon bola Santyago va uning sayohati haqida ketadi.
Yozuvchi o‘z fikrlarini asar obrazlarining o‘zaro suhbatlari orqali tasvirlab o‘tgan. Misol uchun, Salim podshoh va Santyagoning suhbatini olaylik. Podshohning aytishicha, bu sayyorada bir ulug‘ haqiqat mavjud: sening kimligingdan va nima qilayotganingdan qat’i nazar, qachonki sen bir nimani chin yurakdan istasang, bunga erishasan, chunki shunday istak Olam Qalbida ham yaraladi. Bu sening Yerdagi nasibangdir. Teologik (diniy) nazariyalarga murojaat qiladigan bo‘lsak ham ularda inson doim yaxshi niyat qilishi, tinmay harakat qilishi va Yaratgandan so‘rashi lozimligi, natijada o‘z orzusiga erishishi mumkinligi haqida aytiladi. Yozuvchi bu suhbat orqali doim orzu yo‘lida harakatni davom ettirishni tavsiya qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |