Alkogolizmda bemorlar psixologiyasi
Download 57.5 Kb.
|
1 2
Bog'liq1-илова
- Bu sahifa navigatsiya:
- Klinik manzarasi.
Alkogolizmda bemorlar psixologiyasi Ichkilikbozlik muammosi qadimdan ma’lumdir. Bugungi kunda esa bu muammo nafaqat tibbiy-psixologik, balki ijtimoiy muammoga ham aylangan. Chunki ichkilikbozlik nafaqat spirtli ichimliklarni iste’mol qiluvchining salomatligiga ziyon keltiradi, balki oilaning buzilishiga, farzandlar tarbiyasiga katta salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Surunkali alkogolizmda kuzatiladigan psixik buzilishlar turli tuman bo‘lib, ularning qay darajada rivojlanganligi bemorning necha yildan beri spirtli ichimliklarni iste’mol qilishi, uning miqdori, jismoniy salomatligi kabi bir qancha omillarga bog‘liq. Aksariyat mualliflar surunkali alkogolizmda psixik buzilishlarning yuzaga kelishini kasallikning og‘ir bosqichga o‘tganligidan dalolat beradi, deb ta’kidlashadi. Surunkali alkogolizmda psixik buzilishlarning tez shakllanishini spirtli ichimliklarni ortiqcha iste’mol qilish sababli yuzaga keladigan o'tk ir zaharlanishlar kuchaytiradi. Har bir o‘tkir zaharlanish turli darajada ifodalangan o ‘tkir psixozlar bilan namoyon bo‘ladi. Klinik manzarasi. Alkogolizmda yuzaga keladigan ruhiy-hissiy buzilishlarning tasnifi bir qancha. Biroq biz tibbiy amaliyotda eng ko‘p uchraydigan ruhiy-hissiy buzilishlarning b a ’zi turlarini keltirib o‘tamiz. Bular ichida alkogol deliriysi alohida o‘rin tutadi. Alkogol deliriysi turli darajada ifodalangan psixovegetativ buzilishlar bilan namoyon bo‘ladi. U nda ko‘ruv gallutsinatsiyalari, ongning tumanlashuvi, vahim avaxavotir, giperdinamiya, alahsirashlar, betoqatlik kuzatiladi. Shuningdek, taxikardiya, gipergidroz, gipertermiya, qon bosimning o‘zgarib turishlari ham namoyon boladi. Delirioz holatlar ichkilikbozlikka uzoq vaqtdan buyon berilgan shaxslarda ko‘p kuzatiladi. Delirioz holatlarda bemorning ahvoli yomonlashsa, u atrofdagilarga e’tibor bermay qo‘yadi, yaqinlarini tanimaydi, gap so‘zlarning ma’nosini anglamaydi, ma’nosiz gaplar gapiradi va qiliqlar qiladi. Og‘ir holatlarda, tana harorati ko‘tariladi, oliguriya kuzatiladi, arterial qon bosim pasayib ketadi va oxir oqibat bemorning hayoti katta xavf ostida qoladi. Alkogolizmda gallutsinatsiyalar ham alohida o‘rin kasb etadi. Ularning o‘tkir va surunkali turlari farq qilinadi. Ayniqsa, eshituv gallutsinatsiyalari ko‘p uchraydi. Ular shovqin, hushtak, shivirlash, turli xil so'zlar shaklida bemorga, asosan, kechqurun yoki tunda eshitiladi. Eshituv gallutsinatsiyalari ularda xavotir, qo‘rquv va uyquning buzilishi bilan birgalikda namoyon boladi. Aksar hollarda, ularning xulq-atvori keskin o‘zgarib, xuddi ruhiy bemorlarga o‘xshab qoladi. Deliriydan farqli o'laroq, gallutsinatsiyalarda bemorning ongi saqlangan bo‘ladi. Eshituv gallutsinatsiyalari ko‘p hollarda affektiv va vegetativ buzilishlar bilan ham namoyon bo‘ladi. Alkogolizmda alahlashli psixozlar vahima, ortiqcha beo‘xshov harakatlar, sensor buzilishlar, uyqusizlik, gumonsirash, ta’qib kabi affektiv buzilishlar bilan kechadi. Download 57.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling