Alkogolizmda bemorlar psixologiyasi
Download 57.5 Kb.
|
1 2
Bog'liq1-илова
- Bu sahifa navigatsiya:
- Abstinent sindrom
- NAMANGAN VILOYATI HOKIMLIGINING SOG’LIQNI SAQLASH BOSHQARMASI VILOYAT NARKOLOGIK KASALLIKLAR DISPANSERI DAVOLASH BO’LIMI NAVBATCHI FELD’SHERI
Ensefalopatiyalar
Spirtli ichimliklarni katta miqdorda va uzoq vaqt iste’mol qilish o‘tkir va surunkali ensefalopatiyalar rivojlanishiga sababchi bo‘ladi. 0‘tkir ensefalopatiyalar ichida Gaye-Vernike ensefalopatiyasi alohida o‘rin tutadi. Ushbu ensefalopatiya o‘tkir boshlanadi va kuchli ifodalangan delirioz psixozlar, nevrologik va somatik belgilar bilan birgalikda namoyon bo‘ladi. Mutaxassislar mazkur ensefalopatiya patogenezida B, vitamini yetishmovchiligiga katta urg‘u berishadi. Nevrologik simptomlar turli-tuman bo‘lib, ular psixik buzilishlar darajasiga ham bog'liq bo‘ladi, ayniqsa, vegetativ buzilishlar. Yuz va tananing turli joylarida fibrillatsiyalar va fassikulatsiyalar, giperkinezlar, mushaklar distoniyasi, tutqanoq xurujlari, bulbar va psevdobulbar simptomlar, patologik piramidal belgilar paydo bo‘ladi. Surunkali alkogolizmda ruhiy-hissiy buzilishlar kuchaya borib, bosh miya tuzilmalarida chuqur organik buzilishlar paydo bo‘ladi, ya’ni toksik ensefalopatiya rivojlanadi. Toksik ensefalopatiya, ayniqsa, sifatsiz spirtli ichimliklar, ya’ni alkogol surrogatlarini doimo iste’mol qilishda ham ko‘p kuzatiladi. Toksik ensefalopatiyalar yaqqol ifodalangan nevrologik belgilar bilan namoyon bo‘ladi va ruhiy-hissiy buzilishlar kuchli ifodalangan boladi. Bular amentiv va affektiv holatlar, tez-tez va uzoq davom etuvchi deliriylar, gallutsinatsiyalar, illuziyalar, Korsakov amneziyasi, konfabulatsiyalar stupor, depressiya, oneyroid sindrom va boshqa turli xil psixik avtomatizmlar. Abstinent sindrom Abstinent sindrom katta miqdorda va doimo alkogol ichib yuradiganlarda ro‘y beradi va turli darajada ifodalangan psixovegetativ, nevrologik va somatik buzilishlar bilan namoyon bo‘ladi. Ushbu buzilishlar zarur miqdorda alkogol iste’mol qilgandan keyin kamayadi yoki yo‘qoladi. Abstinent sindromni xalq orasida “alkogoldan judo bo‘lganlik” sindromi deb ham atashadi. Abstinent sindromining klinik belgilari turlicha namoyon bo‘lishi mumkin va uning ba’zi turlarida nevrologik, b a’zilarida ruhiy-hissiy, boshqa birlarida somatik buzilishlar yaqqol ko‘zga tashlanadi, biroq ularning barchasida ruhiy buzilishlar alohida o‘rin kasb etadi. Demak ichkilik ichib yuradigan odam aroqdan to ‘ygandan keyin uni iste’mol qilmay qo‘ysa, abstinent sindrom rivojlanadi, bunda bemor juda bezovta bo'lib asabiylashaveradi, bir joyda tinch o‘tira olmaydi, o’zini xotin bola chaqalariga nisbatan agressiv tutadi, aroq topib berishni talab qilaveradi, janjal ko‘taradi, xulq-atvori jinnisifat bo ‘lib qoladi. Abstinent sindrom ba’zi bemorlarda kuchli agressiv holat bilan namoyon bo‘lsa, ba’zi bemorlarda apatiya bilan namoyon bo‘ladi, ya’ni bemor yig’layveradi, atrofdagilardan, ayniqsa, umr yo'ldoshidan kechirim so'rayveradi: “ boshqa ichmayman, lekin hozir, albatta, aroq topib ber, bo’lmasa o‘lib qolaman ” deb yolvoraberadi. Haqiqatan ham, yetarli miqdorda aroq ichgandan keyin tinchlanadi va uxlab qoladi. Shuningdek, abstinent sindrom da qon bosimning tushib ketishi yoki aksincha, juda yuqori ko‘tarilishi, rangining oqarib-ko‘karib ketishi, mavjud somatik kasalliklarning qo‘zg‘ashi, ayniqsa, bemor sigaret chekadigan bo’lsa va unda surunkali bronxit bo‘lsa, uni qattiq yo'tal tutishi mumkin. Bunday vaziyatlar ba’zan o‘lim bilan tugaydi. Shuningdek, kuchli bosh og‘rig‘i, bosh aylanishi, ko‘ngil aynishi va qayt qilish, kuchli terlash, siyib yuborish, taxikardiya, muvozanatning buzilishi kabi belgilar ham kuzatiladi. Bemor uxlay olmaydi, yomon tushlar ko‘rib uyg‘onib ketadi, miyasiga suitsidal fikrlar keladi. Albatta, yuqorida qayd qilingan belgilar turli bem orlarda turlicha namoyon bo‘ladi, ba’zan bu belgilar uning oila va jamiyatda tutgan o‘rniga, somatik va ruhiy holatiga ham bog‘liq bo’ladi. Shunday bo‘lsada, o‘ta yaxshi xulq-atvorli va jamiyatda hurmat va e’tiborga ega bo'lgan, biroq ichkilikni xush ko‘radigan shaxslarda abstinent sindrom rivojlansa, ular o‘ta sharmandali ahvolga tushib qolishi mumkin. Ular yaqin do ‘stlarini ham qattiq haqorat qilib, uzoq yillik do‘stona munosabatlarni umrbod uzib qo‘yishlari mumkin. Shuning uchun ham alkogolizmdan oila va jamiyatga ham moddiy, ham ma’naviy katta ziyon yetkazilishini e’tiborga olsak, haqiqatan ham alkogolizm katta ijtimoiy muamrno ekanligining yana bir bor guvohi bo‘lamiz. NAMANGAN VILOYATI HOKIMLIGINING SOG’LIQNI SAQLASH BOSHQARMASI VILOYAT NARKOLOGIK KASALLIKLAR DISPANSERI DAVOLASH BO’LIMI NAVBATCHI FELD’SHERI SOBIROV AZIZBEKning ALKOGOLIZMDA BEMORLAR PSIXOLOGIYASI MAVZUSIDA TAYYORLAGAN Download 57.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling