Alkogolizmda bemorlar psixologiyasi


Download 24.59 Kb.
Sana14.11.2020
Hajmi24.59 Kb.
#146054
Bog'liq
ALKOGOLIZMDA


ALKOGOLIZMDA

BEMORLAR PSIXOLOGIYASI



Alkogolizmda bemorlar psixologiyasi

Ichkilikbozlik muammosi qadimdan m a’lumdir. Bugungi kunda

esa bu muammo nafaqat tibbiy-psixologik, balki ijtimoiy muammoga

ham aylangan. Chunki ichkilikbozlik nafaqat spirtli ichimliklarni

iste’mol qiluvchining salomatligiga ziyon keltiradi, balki oilaning

buzilishiga, farzandlar tarbiyasiga katta salbiy ta ’sir ko‘rsatadi.

Surunkali alkogolizmda kuzatiladigan psixik buzilishlar turli-tum an

bo‘lib, ularning qay darajada rivojlanganligi bemorning necha yildan

beri spirtli ichimliklarni iste’mol qilishi, uning miqdori, jismoniy

salomatligi kabi bir qancha omillarga bog‘liq.

Aksariyat mualliflar surunkali alkogolizmda psixik buzilishlarning

yuzaga kelishini kasallikning og‘ir bosqichga o ‘tganligidan dalolat

beradi, deb ta’kidlashadi. Surunkali alkogolizmda psixik buzilishlarning

tez shakllanishini spirtli ichimliklarni ortiqcha iste’mol qilish sababli

yuzaga keladigan o'tkir zaharlanishlar kuchaytiradi. H ar bir o ‘tkir

zaharlanish turli darajada ifodalangan o ‘tkir psixozlar bilan nam o­

yon bo‘ladi.

Klinik manzarasi. Alkogolizmda yuzaga keladigan ruhiy-hissiy

buzilishlarning tasnifi bir qancha. Biroq biz tibbiy amaliyotda eng

ko‘p uchraydigan ruhiy-hissiy buzilishlarning b a’zi turlarini keltirib

o ‘tamiz. Bular ichida alkogol deliriysi alohida o ‘rin tutadi. Alkogol

deliriysi turli darajada ifodalangan psixovegetativ buzilishlar bilan

namoyon bo‘ladi. Unda ko‘ruv gallutsinatsiyalari, ongning tum an-

lashuvi, vahimavaxavotir, giperdinamiya, alahsirashlar, betoqat-

lik kuzatiladi. Shuningdek, taxikardiya, gipergidroz, gipertermiya,

qon bosimning o ‘zgarib turishlari ham namoyon boladi. Delirioz

holatlar ichkilikbozlikka uzoq vaqtdan buyon berilgan shaxslarda

ko‘p kuzatiladi.

Delirioz holatlarda bemorning ahvoli yomonlashsa, u atrof-

dagilarga e ’tib o r bermay qo‘yadi, yaqinlarini tanimaydi, gap

so‘zlarning m a’nosini anglamaydi, m a’nosiz gaplar gapiradi va

qiliqlar qiladi. Og‘ir holatlarda, tana harorati ko‘tariladi, oliguriya

kuzatiladi, arterial qon bosim pasayib ketadi va oxir oqibat

bemorning hayoti katta xavf ostida qoladi.

Alkogolizmda gallutsinatsiyalar ham alohida o‘rin kasb etadi.

Ularning o‘tkir va surunkali turlari farq qilinadi. Ayniqsa, eshituv

gallutsinatsiyalari ko‘p uchraydi. Ular shovqin, hushtak, shivirlash,

turli xil so'zlar shaklida bemorga, asosan, kechqurun yoki tunda

eshitiladi. Eshituv gallutsinatsiyalari ularda xavotir, q o ‘rquv va

uyquning buzilishi bilan birgalikda namoyon boMadi. Aksar hollarda,

ularning xulq-atvori keskin o‘zgarib, xuddi ruhiy bemorlarga o‘xshab

qoladi. Deliriydan farqli o'laroq, gallutsinatsiyalarda bemorning ongi

saqlangan bo‘ladi. Eshituv gallutsinatsiyalari ko‘p hollarda affektiv

va vegetativ buzilishlar bilan ham namoyon bo‘ladi.

Alkogolizmda alahlashli psixozlar vahima, ortiqcha beo‘xshov

harakatlar, sensor buzilishlar, uyqusizlik, gumonsirash, ta ’qib kabi

affektiv buzilishlar bilan kechadi.



Ensefalopatiyalar

Spirtli ichimliklarni katta miqdorda va uzoq vaqt iste’mol qilish

o ‘tkir va surunkali ensefalopatiyalar rivojlanishiga sababchi b o ‘ladi.

0 ‘tkir ensefalopatiyalar ichida Gaye-Vernike ensefalopatiyasi alohida

o ‘rin tutadi. Ushbu ensefalopatiya o ‘tkir boshlanadi va kuchli

ifodalangan delirioz psixozlar, nevrologik va somatik belgilar bilan

birgalikda namoyon bo‘ladi. Mutaxassislar mazkur ensefalopatiya

patogenezida B, vitamini yetishmovchiligiga katta urg‘u berishadi.

Nevrologik simptomlar turli-tuman bo‘lib, ular psixik buzilishlar dara-

jasiga ham bog'liq bo‘ladi, ayniqsa, vegetativ buzilishlar. Yuz va tana­

ning turli joylarida fibrillatsiyalar va fassikulatsiyalar, g ip er-

kinezlar, mushaklar distoniyasi, tutqanoq xurujlari, bulbar va

psevdobulbar simptomlar, patologik piramidal belgilar paydo bo‘ladi.

Surunkali alkogolizmda ruhiy-hissiy buzilishlar kuchaya borib,

bosh miya tuzilmalarida chuqur organik buzilishlar paydo bo‘ladi,

ya’ni toksik ensefalopatiya rivojlanadi. Toksik ensefalopatiya, ayniqsa,

sifatsiz spirtli ichimliklar, ya’ni alkogol surrogatlarini doimo iste’mol

qilishda ham ko‘p kuzatiladi. Toksik ensefalopatiyalar yaqqol

ifodalangan nevrologik belgilar bilan namoyon bo‘ladi va ruhiy-

hissiy buzilishlar kuchli ifodalangan boMadi. Bular amentiv va affek­

tiv holatlar, tez-tez va uzoq davom etuvchi deliriylar, gallutsinat­

siyalar, illuziyalar, Korsakov am neziyasi, konfabulatsiyalar,

stupor, depressiya, oneyroid sindrom va boshqa turli xil psixik

avtomatizmlar.



Abstinent sindrom

Abstinent sindrom katta miqdorda va doimo alkogol ichib

yuradiganlarda ro‘y beradi va turli darajada ifodalangan psixovegetativ,

nevrologik va somatik buzilishlar bilan namoyon bo‘ladi. Ushbu

buzilishlar zarur miqdorda alkogol iste’mol qilgandan keyin kama-

yadi yoki yo‘qoladi. Abstinent sindromni xalq orasida “alkogoldan

judo bo‘lganlik” sindromi deb ham atashadi.

Abstinent sindromining klinik belgilari turlicha namoyon bo‘lishi

mumkin va uning ba’zi turlarida nevrologik, ba’zilarida ruhiy-hissiy,

boshqa birlarida somatik buzilishlar yaqqol ko‘zga tashlanadi, biroq

ularning barchasida ruhiy buzilishlar alohida o ‘rin kasb etadi. Demak

ichkilik ichib yuradigan odam aroqdan to ‘ygandan keyin uni iste’mol

qilmay qo‘ysa, abstinent sindrom rivojlanadi, bunda bemor juda

bezovta bo'lib asabiylashaveradi, bir joyda tinch o ‘tira olmaydi, o ‘zini

xotin bola-chaqalariga nisbatan agressiv tutadi, aroq topib berishni

talab qilaveradi, janjal ko‘taradi, xulq-atvori jinnisifat bo‘lib qoladi.

Abstinent sindrom ba’zi bemorlarda kuchli agressiv holat bilan

namoyon bo‘lsa, ba’zi bemorlarda apatiya bilan namoyon b o ‘ladi,

ya’ni bemor yigMayveradi, atrofdagilardan, ayniqsa, umr yo'ldo-

shidan kechirim so'rayveradi: “boshqa ichmayman, lekin hozir,

albatta, aroq topib ber, boMmasa o‘lib qolam an” deb yolvoraberadi.

Haqiqatan ham, yetarli miqdorda aroq ichgandan keyin tinchlanadi

va uxlab qoladi.

Shuningdek, abstinent sindromda qon bosimning tushib ketishi

yoki aksincha, juda yuqori ko‘tarilishi, rangining oqarib-ko‘karib

ketishi, mavjud somatik kasalliklarning qo‘zg‘ashi, ayniqsa, bemor

sigaret chekadigan boMsa va unda surunkali bronxit bo‘lsa, uni qattiq

yo'tal tutishi mumkin. Bunday vaziyatlar ba’zan o ‘lim bilan tugaydi.

Shuningdek, kuchli bosh og‘rig‘i, bosh aylanishi, ko‘ngil aynishi va

qayt qilish, kuchli terlash, siyib yuborish, taxikardiya, muvozanatning

buzilishi kabi belgilar ham kuzatiladi. Bemor uxlay olmaydi, yomon

tushlar ko‘rib uyg‘onib ketadi, miyasiga suitsidal fikrlar keladi.

Albatta, yuqorida qayd qilingan belgilar turli bemorlarda turlicha

namoyon bo‘ladi, ba’zan bu belgilar uning oila va jamiyatda tutgan

o ‘rniga, mizojiga, somatik va ruhiy holatiga ham bog‘liq boMadi.

Shunday bo‘Isa-da, o ‘ta yaxshi xulq-atvorli va jamiyatda hurmat va

e’tiborga ega bo'lgan, biroq ichkilikni xush ko‘radigan shaxslarda

abstinent sindrom rivojlansa, ular o‘ta sharmandali ahvolga tushib

qolishi mumkin. Ular yaqin do‘stlarini ham qattiq haqorat qilib,

uzoq yillik do‘stona munosabatlarni umrbod uzib qo‘yishlari mumkin.

Shuning uchun ham alkogolizmdan oila va jamiyatga ham moddiy,

ham ma’naviy katta ziyon yetkazilishini e’tiborga olsak, haqiqatan

ham alkogolizm katta ijtimoiy muamrno ekanligining yana bir bor

guvohi bo‘lamiz.



Adabiyotlar:

  1. Ziyouz.com sayti

  2. Xo‘jayeva N .I., Shoyusupova A.U. Psixiatriya. Toshkent. 0 ‘quv adabiyoti. 1995.

  3. Karimova V.M. Psixologiya. Т., 2003.

  4. Tibbiyot psixologiyasi. Z.Ibodullayev. T., 2008

Mavzu: ALKOGOLIZMDA BEMORLAR PSIXOLOGIYASI



Bajardi: Elmurodov E.

Tekshirdi: Ro’ziyev U.
Download 24.59 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling