Alkogolizmda bemorlar psixologiyasi
Download 24.59 Kb.
|
ALKOGOLIZMDA
- Bu sahifa navigatsiya:
- Klinik manzarasi
- Ensefalopatiyalar
- Abstinent sindrom
- Adabiyotlar: Ziyouz.com sayti Xo‘jayeva N .I., Shoyusupova A.U. Psixiatriya. Toshkent. 0 ‘quv adabiyoti. 1995.
- Bajardi
ALKOGOLIZMDA BEMORLAR PSIXOLOGIYASI Alkogolizmda bemorlar psixologiyasi Ichkilikbozlik muammosi qadimdan m a’lumdir. Bugungi kunda esa bu muammo nafaqat tibbiy-psixologik, balki ijtimoiy muammoga ham aylangan. Chunki ichkilikbozlik nafaqat spirtli ichimliklarni iste’mol qiluvchining salomatligiga ziyon keltiradi, balki oilaning buzilishiga, farzandlar tarbiyasiga katta salbiy ta ’sir ko‘rsatadi. Surunkali alkogolizmda kuzatiladigan psixik buzilishlar turli-tum an bo‘lib, ularning qay darajada rivojlanganligi bemorning necha yildan beri spirtli ichimliklarni iste’mol qilishi, uning miqdori, jismoniy salomatligi kabi bir qancha omillarga bog‘liq. Aksariyat mualliflar surunkali alkogolizmda psixik buzilishlarning yuzaga kelishini kasallikning og‘ir bosqichga o ‘tganligidan dalolat beradi, deb ta’kidlashadi. Surunkali alkogolizmda psixik buzilishlarning tez shakllanishini spirtli ichimliklarni ortiqcha iste’mol qilish sababli yuzaga keladigan o'tkir zaharlanishlar kuchaytiradi. H ar bir o ‘tkir zaharlanish turli darajada ifodalangan o ‘tkir psixozlar bilan nam o yon bo‘ladi.
buzilishlarning tasnifi bir qancha. Biroq biz tibbiy amaliyotda eng ko‘p uchraydigan ruhiy-hissiy buzilishlarning b a’zi turlarini keltirib o ‘tamiz. Bular ichida alkogol deliriysi alohida o ‘rin tutadi. Alkogol deliriysi turli darajada ifodalangan psixovegetativ buzilishlar bilan namoyon bo‘ladi. Unda ko‘ruv gallutsinatsiyalari, ongning tum an- lashuvi, vahimavaxavotir, giperdinamiya, alahsirashlar, betoqat- lik kuzatiladi. Shuningdek, taxikardiya, gipergidroz, gipertermiya, qon bosimning o ‘zgarib turishlari ham namoyon boladi. Delirioz holatlar ichkilikbozlikka uzoq vaqtdan buyon berilgan shaxslarda ko‘p kuzatiladi. Delirioz holatlarda bemorning ahvoli yomonlashsa, u atrof- dagilarga e ’tib o r bermay qo‘yadi, yaqinlarini tanimaydi, gap so‘zlarning m a’nosini anglamaydi, m a’nosiz gaplar gapiradi va qiliqlar qiladi. Og‘ir holatlarda, tana harorati ko‘tariladi, oliguriya kuzatiladi, arterial qon bosim pasayib ketadi va oxir oqibat bemorning hayoti katta xavf ostida qoladi. Alkogolizmda gallutsinatsiyalar ham alohida o‘rin kasb etadi. Ularning o‘tkir va surunkali turlari farq qilinadi. Ayniqsa, eshituv gallutsinatsiyalari ko‘p uchraydi. Ular shovqin, hushtak, shivirlash, turli xil so'zlar shaklida bemorga, asosan, kechqurun yoki tunda eshitiladi. Eshituv gallutsinatsiyalari ularda xavotir, q o ‘rquv va uyquning buzilishi bilan birgalikda namoyon boMadi. Aksar hollarda, ularning xulq-atvori keskin o‘zgarib, xuddi ruhiy bemorlarga o‘xshab qoladi. Deliriydan farqli o'laroq, gallutsinatsiyalarda bemorning ongi saqlangan bo‘ladi. Eshituv gallutsinatsiyalari ko‘p hollarda affektiv va vegetativ buzilishlar bilan ham namoyon bo‘ladi. Alkogolizmda alahlashli psixozlar vahima, ortiqcha beo‘xshov harakatlar, sensor buzilishlar, uyqusizlik, gumonsirash, ta ’qib kabi affektiv buzilishlar bilan kechadi. Ensefalopatiyalar Spirtli ichimliklarni katta miqdorda va uzoq vaqt iste’mol qilish o ‘tkir va surunkali ensefalopatiyalar rivojlanishiga sababchi b o ‘ladi. 0 ‘tkir ensefalopatiyalar ichida Gaye-Vernike ensefalopatiyasi alohida o ‘rin tutadi. Ushbu ensefalopatiya o ‘tkir boshlanadi va kuchli ifodalangan delirioz psixozlar, nevrologik va somatik belgilar bilan birgalikda namoyon bo‘ladi. Mutaxassislar mazkur ensefalopatiya patogenezida B, vitamini yetishmovchiligiga katta urg‘u berishadi. Nevrologik simptomlar turli-tuman bo‘lib, ular psixik buzilishlar dara- jasiga ham bog'liq bo‘ladi, ayniqsa, vegetativ buzilishlar. Yuz va tana ning turli joylarida fibrillatsiyalar va fassikulatsiyalar, g ip er- kinezlar, mushaklar distoniyasi, tutqanoq xurujlari, bulbar va psevdobulbar simptomlar, patologik piramidal belgilar paydo bo‘ladi. Surunkali alkogolizmda ruhiy-hissiy buzilishlar kuchaya borib, bosh miya tuzilmalarida chuqur organik buzilishlar paydo bo‘ladi, ya’ni toksik ensefalopatiya rivojlanadi. Toksik ensefalopatiya, ayniqsa, sifatsiz spirtli ichimliklar, ya’ni alkogol surrogatlarini doimo iste’mol qilishda ham ko‘p kuzatiladi. Toksik ensefalopatiyalar yaqqol ifodalangan nevrologik belgilar bilan namoyon bo‘ladi va ruhiy- hissiy buzilishlar kuchli ifodalangan boMadi. Bular amentiv va affek tiv holatlar, tez-tez va uzoq davom etuvchi deliriylar, gallutsinat siyalar, illuziyalar, Korsakov am neziyasi, konfabulatsiyalar, stupor, depressiya, oneyroid sindrom va boshqa turli xil psixik avtomatizmlar. Abstinent sindrom Abstinent sindrom katta miqdorda va doimo alkogol ichib yuradiganlarda ro‘y beradi va turli darajada ifodalangan psixovegetativ, nevrologik va somatik buzilishlar bilan namoyon bo‘ladi. Ushbu buzilishlar zarur miqdorda alkogol iste’mol qilgandan keyin kama- yadi yoki yo‘qoladi. Abstinent sindromni xalq orasida “alkogoldan judo bo‘lganlik” sindromi deb ham atashadi. Abstinent sindromining klinik belgilari turlicha namoyon bo‘lishi mumkin va uning ba’zi turlarida nevrologik, ba’zilarida ruhiy-hissiy, boshqa birlarida somatik buzilishlar yaqqol ko‘zga tashlanadi, biroq ularning barchasida ruhiy buzilishlar alohida o ‘rin kasb etadi. Demak ichkilik ichib yuradigan odam aroqdan to ‘ygandan keyin uni iste’mol qilmay qo‘ysa, abstinent sindrom rivojlanadi, bunda bemor juda bezovta bo'lib asabiylashaveradi, bir joyda tinch o ‘tira olmaydi, o ‘zini xotin bola-chaqalariga nisbatan agressiv tutadi, aroq topib berishni talab qilaveradi, janjal ko‘taradi, xulq-atvori jinnisifat bo‘lib qoladi. Abstinent sindrom ba’zi bemorlarda kuchli agressiv holat bilan namoyon bo‘lsa, ba’zi bemorlarda apatiya bilan namoyon b o ‘ladi, ya’ni bemor yigMayveradi, atrofdagilardan, ayniqsa, umr yo'ldo- shidan kechirim so'rayveradi: “boshqa ichmayman, lekin hozir, albatta, aroq topib ber, boMmasa o‘lib qolam an” deb yolvoraberadi. Haqiqatan ham, yetarli miqdorda aroq ichgandan keyin tinchlanadi va uxlab qoladi. Shuningdek, abstinent sindromda qon bosimning tushib ketishi yoki aksincha, juda yuqori ko‘tarilishi, rangining oqarib-ko‘karib ketishi, mavjud somatik kasalliklarning qo‘zg‘ashi, ayniqsa, bemor sigaret chekadigan boMsa va unda surunkali bronxit bo‘lsa, uni qattiq yo'tal tutishi mumkin. Bunday vaziyatlar ba’zan o ‘lim bilan tugaydi. Shuningdek, kuchli bosh og‘rig‘i, bosh aylanishi, ko‘ngil aynishi va qayt qilish, kuchli terlash, siyib yuborish, taxikardiya, muvozanatning buzilishi kabi belgilar ham kuzatiladi. Bemor uxlay olmaydi, yomon tushlar ko‘rib uyg‘onib ketadi, miyasiga suitsidal fikrlar keladi. Albatta, yuqorida qayd qilingan belgilar turli bemorlarda turlicha namoyon bo‘ladi, ba’zan bu belgilar uning oila va jamiyatda tutgan o ‘rniga, mizojiga, somatik va ruhiy holatiga ham bog‘liq boMadi. Shunday bo‘Isa-da, o ‘ta yaxshi xulq-atvorli va jamiyatda hurmat va e’tiborga ega bo'lgan, biroq ichkilikni xush ko‘radigan shaxslarda abstinent sindrom rivojlansa, ular o‘ta sharmandali ahvolga tushib qolishi mumkin. Ular yaqin do‘stlarini ham qattiq haqorat qilib, uzoq yillik do‘stona munosabatlarni umrbod uzib qo‘yishlari mumkin. Shuning uchun ham alkogolizmdan oila va jamiyatga ham moddiy, ham ma’naviy katta ziyon yetkazilishini e’tiborga olsak, haqiqatan ham alkogolizm katta ijtimoiy muamrno ekanligining yana bir bor guvohi bo‘lamiz. Adabiyotlar: Ziyouz.com sayti Xo‘jayeva N .I., Shoyusupova A.U. Psixiatriya. Toshkent. 0 ‘quv adabiyoti. 1995. Karimova V.M. Psixologiya. Т., 2003. Tibbiyot psixologiyasi. Z.Ibodullayev. T., 2008 Mavzu: ALKOGOLIZMDA BEMORLAR PSIXOLOGIYASI Bajardi: Elmurodov E. Tekshirdi: Ro’ziyev U. Download 24.59 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling