Allaning sehri
Download 13.76 Kb.
|
o\'zbek tili diktant matni
- Bu sahifa navigatsiya:
- BIRINI KESSANG, O‘NNI EK
- O‘ZBEKISTON – YAGONA VATAN
5-sinf ALLANING SEHRI O‘tgan zamonda bir oilaning qizchasi yo‘qolib qoladi. Qizcha katta bo‘lib, bo‘yi yetgan chog‘ida ota-onasi uni topishga muvaffaq bo‘ladi. Biroq qizcha ota-onasiga yotsirab qaraydi, uydan chiqib ketishni va avvalgi joyiga qaytishni istaydi. Shunda bechora ota-onasi hech bo‘lmasa, bir kecha tunab ketishini undan iltimos qilibdi. Qiz rozi bo‘libdi. Yarim kechada onasi uyqudan turib beshikda yotgan ukasini uxlatish maqsadida alla aytadi. Shu payt qizning uyqusi qochib, allaga quloq tutadi va ona mehrini tuyib, o‘zini ona bag‘riga otadi. 6-sinflar uchun BIRINI KESSANG, O‘NNI EK Alisher Navoiy Astrobod viloyatida hokimlik qilgan kezlarida shahar tashqarisidagi baland bir tepalikda osmon bilan o‘pishgan keksa bir terak bor ekan. Alisher Navoiy kechqurunlari o‘ziga yaqin mulozimlari bilan shu terak tagiga kelarkan. Ulug‘ shoir terakning mayin shabadada shivirlab kuylashini tinglashni xush ko‘rarkan. Terak go‘yo mungli qo‘shiqni kuyga solgan sozandadek, bir maromda tebranib shivirlar ekan. Bahor kunlarining birida, Alisher Navoiy har galgidek, o‘z mulozimlari bilan birga g‘azalxon terakni qumsab, shahar tashqarisiga chiqibdi. Borib ko‘rsaki, g‘azalxon terakni kimdir “o‘ldirib” ketibdi. Alisher Navoiy xo‘rsinib “qotil” ni tezda topib kelishni buyuribdi. 7-sinflar uchun O‘ZBEKISTON – YAGONA VATAN Vatan deganda biz faqat yurtimiz tuprog‘ini emas, balki uning zaminida bo‘y ko‘rsatgan giyohdan tortib daryo-yu soylari va tog‘-u toshlarigacha, kamtar, mehnatkash, fidoyi, mard odamlaridan to eng mitti jonivorlarigacha o‘zimiz tug‘ilib, unib-o‘sgan makon bilan bog‘liq narsalarning barchasini tushunamiz. Vatan tuprog‘idagi oddiy xas ham, chag‘ir tosh ham bizga muqaddas bo‘lib tuyuladi. Shuning uchun ajdodlarimiz yurt tuprog‘ini ko‘zlariga to‘tiyo etgan, qayga borsa ham Vatan yodi bilan nafas olgan, uni yot narsalardan, shum niyatlardan himoya qilgan. Har bir insonning vatani uning uchun dunyodagi eng go‘zal va muqaddas makon hisoblanadi. Shuning uhcun shoirlarimiz ona yurtimiz- O‘zbekistonimizni olamda tengi yo‘q yagona diyor sifatida kuylaydi. 8-sinflar uchun Download 13.76 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling