Allaning sehri


Download 13.76 Kb.
bet2/3
Sana04.02.2023
Hajmi13.76 Kb.
#1158959
1   2   3
Bog'liq
o\'zbek tili diktant matni

MAHALLA-TARBIYA MASKANI

Biz uchun oilamiz ko‘z ochib ko‘rgan dargoh bo‘lsa, mahallamiz muqaddas Vatanimiz ichidagi mo‘jaz vatandir. Zotan, mahalla oilalardan tashkil topadi. Farzandlar oila bag‘rida kamol topgani kabi oila ham mahalla ko‘z oldida barpo bo‘ladi, uning ichida ravnaq topadi. Mahalla oilaning eng yaqin maslahatchisi, ishonchli tayanchidir.


Xursandchilik kunlari ham, boshga ish tushgan onlarda ham bir-biriga hamdard va hamnafas bo‘lish mahalladoshlarning qadimdan kelayotgan o‘lmas xususiyati. Zero, o‘zbek mahallasi shunday bir dargohki, unda insonlar bir-biri bilan opa-singil, aka-uka, quda-anda, do‘st-birodar bo‘lib ketadi. Odamlar o‘zaro quvonch va g‘amlarga sherik, farzand tarbiyasida mas’ul, yutuqlar ham kamchliklar ham mahalla ahliga baravar bo‘lib tushadi.

9-sinflar uchun


AJDODLARIMIZDAN IBRAT OLAMIZ

Ulug‘ shoir Alisher Navoiyning Pahlavon Muhammad degan shogirdi, ham do‘sti bor ekan Shoir uni juda yaxshi ko‘rar, shogirdi bo‘lsa ham, qadrdon, sirdosh do‘st deb bilar ekan. Kunlardan bir kuni Pahlavon Muhammad kichik bir gunoh qilib qo‘yib, shu tufayli Sulton Husaynning qattiq g‘azabiga uchrabdi.


Voqea bunday bo‘libdi: Sulton Husayn g‘azab otiga minib turgan bir paytda Pahlavon Muhammadning gunoh ish qilib qo‘yganini yetkazishibdi. Husayn Boyqaro: “Pahlavonning soqol-mo‘ylovini qirib tashlanglar, so‘ng kaltadum libos kiydirib, ko‘chama-ko‘cha sazoyi qilinglar”,-deb buyruq beribdi. Pahlavonning bunday jazoga giriftor bo‘lganini Navoiyga aytishibdi. Navoiy agar bu jazo amalga oshirilsa, Pahlavon Muhammadning izzat-nafsi kamsitilib, u bunga chiday olmasligini anglab, uni bu sharmandalikdan qutqarish harakatiga tushibdi.

10-sinflar uchun


BUYUK AJDODLARIMIZNING SO‘NMAS DAHOSIGA
HURMAT-EHTIROM

O‘zbek xalqi ma’naviy dunyosining shakllanishiga g‘oyat kuchli va samarali ta’sir ko‘rsatgan ulug‘ zotlardan biri –Alisher Navoiy bobomiz. Biz uning mo‘tabar nomi, ijodiy merosining boqiyligi, badiiy dahosi zamon va makon chegaralarini bilmasligi haqida doimo faxrlanib so‘z yuritamiz.


Alisher Navoiy xalqimizning ongi va tafakkuri, badiiy madaniyati tarixida butun bir davrni tashkil etadigan buyuk shaxs, milliy adabiyotimizning tengsiz namoyondasi, millatimizning g‘ururi, shon-u sharafini dunyoga tarannum qilgan o‘lmas so‘z san’atkoridir. Ta’bir joiz bo‘lsa, olamda turkiy va forsiy tilda so‘zlovchi biron-bir inson yo‘qki, u Navoiyni bilmasa, Navoiyni sevmasa, Navoiyga sadoqat va e’tiqod bilan qaramasa. Agar bu ulug‘ zotni avliyo desak, u avliyolarning avliyosi, mutafakkir desak, mutafakkirlarning mutafakkiri, shoir desak, shoirlarning shoiridir.
Inson qalbining quvonch-u qayg‘usini, ezgulik va hayot mazmunini Navoiydek teran ifoda etgan shoir jahon adabiyoti tarixida kamdan kam topiladi. Ona tiliga muhabbat, uning beqiyos boyligi va buyukligini anglash tuyg‘usi ham bizning ong-u shuurimiz, yuragimizga, avvalo, Navoiy asarlari bilan kirib keladi. Biz bu bebaho merosdan xalqimizni, ayniqsa, yoshlarimizni qanchalik ko‘p bahramand etsak, milliy ma’naviyatimizni yuksaltirishda, jamiyatimizda ezgu insoniy fazilatlarni kamol toptirishda shunchalik qudratli ma’rifiy qurolga ega bo‘lamiz.

11-sinflar uchun



Download 13.76 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling