Allergik kasalliklar va ularni uy sharoitida davolash usullari


Download 11.01 Kb.
Sana28.08.2020
Hajmi11.01 Kb.
#127964
Bog'liq
Allergik kasalliklar va ularni uy sharoitida davolash usullari-fayllar.org


Allergik kasalliklar va ularni uy sharoitida davolash usullari

Allergik kasalliklar va ularni uy sharoitida davolash usullari

tayyorladi: Karimova Madina



Jahon Sog`liqni saqlash tashkilotining epidemiologik ma`lumotlariga ko`ra, dunyo aholisining 50 foizi allergik kasalliklar bilan og`riydi. Ammo raqamlar bundan ham katta bo`lishi mumkin...

Hammaga ma`lumki, immun tizimi bizni yot ta`sirlardan himoya qiladi. Aslida organizmda himoya oqsillari — immunoglobulinlar ishlab chiqiladi. Allergik kasalliklarda bevosita ishtirok etadigan immunoglobulin E odatda me`yorida ishlab chiqiladi.

Insonlarda tashqi ta`sirlar (daraxt gullari changi, uy changi, maishiy kimyo, hayvonlar juni, o`simliklar changi, o`simlik oqsillari, zamburug`lar)ga nisbatan qonda immunoglobulin E oshib ketadi. Bu himoyaviy xarakterga ega, ya`ni immunoglobulin E qonimizga tushgan “begona”ni yo`q qiladi. Ko`pchilik kishilarda bu holat hech qanday belgilarsiz o`tib ketadi.

Ba`zi kishilarda immunoglobulin E miqdorining oshib ketishi qonimizdagi gistamin va gistaminsimon moddalar me`yoridan ziyod bo`lishiga va allergik reaksiyaning yuzaga chiqishiga sababchi bo`ladi.

Kuzatishlarga ko`ra, allergiyaning ko`payib ketishiga asosan ekologiyaning buzilishi, atmosferamizga ko`p miqdorda zaharli gazlarning chiqarilishi, organizmimiz unchalik moslashmagan har xil biologik qo`shimchalarning ko`p miqdorda ishlatilishi, sintetik preparatlarning doimiy qo`llanilishi singari holatlar sababchi bo`lmoqda

Allergiya rivojlanish ehtimollari sirasida irsiy moyillik asosiy rol o‘ynaydi. Ota-onadan biri allergiya bilan og‘risa bolada allergiya rivojlanishi 30-40, ham ota, ham onada allergiya bo‘lsa, bolada kasallik rivojlanishi ehtimoli 70-75% ga qadar ortadi.

Bolalarda allergiya rivojlanish ehtimollari

Allergiyaning kelib chiqish sabablaridan yana biri chaqaloq va yosh bolalarga antibiotik dorilarni pala-partish qo`llashdir. Hatto bunday vaqtda bolada bronxial astma kelib chiqishi kuzatiladi.

Eyiladigan ovqatimiz ham allergiyaning kelib chiqishiga sababchi bo`layotganligini ko`rsatib o`tishimiz lozim. Yuz yil oldingiga qaraganda eyiladigan ovqat tarkibi o`zgardi. Kerakli moddalar miqdori ikki marta qisqargan bo`lsa, kaloriya miqdori oshdi. Harakatchanlik esa kamaydi. Bu narsa semirishga olib kelmoqda. Natijada har xil kasalliklar soni ham oshib bormoqda.

Rivojlanish sabablari

Immun tizimi allergen (yot begona narsa) bilan uzviy aloqada bo`lganda uning xususiyatlarini xotirasida saqlab qoladi. Keyin o`sha allergen bilan qayta uchrashganda esa uni “tanib” qarshi hujumga o`tadi. Ushbu jarayon sensibilizasiya jarayoni deyiladi. Bu turli kishilarda turlicha kechadi va bir necha kundan bir necha yilgacha davom etishi mumkin. Har bir kishi allergiyaning turlari haqida qisqacha ma`lumotga ega bo`lishi kerak.



Atopiya so`zini tez-tez uchratishimiz mumkin. Bu irsiy xarakterga ega bo`lib, immunglobulin E ni tashqi ta`sirlar (uy va gullar changlari)ga nisbatan ko`proq ishlab chiqarishga moyil kishilarda atopik dermatit (teridagi o`zgarishlar), kon`yuktivit, rinit va atopik astma ko`rinishida kelishi mumkin.

Yuqorida aytib o`tganimizdek sensabilizasiya bo`lgan organizmga qayta va qayta allergen tushishi natijasida organizmdagi allergik reaksiya rivojlanib ketaveradi. Ya`ni kasallik engil darajadan og`irgacha borib etishi mumkin. Oddiyroq qilib aytganda, allergik rinitda vaqtida davolanmay e`tiborsizlik qilsak, u engil darajadan og`iriga o`tadi. Bunda ham davolanmasak aksa urish va burundan suv kelishiga kechasi bo`g`ilishlar qo`shiladi ya`ni astma kasalligi rivojlanadi.

Nafas yo`llari allergiyasiga havoda uchib yurgan mayda allergenlar sababchi bo`ladi.

zamburug` sporalari,

o`simlik changlari

hayvonlarning juni

Uy kanalarining qismlari

Ular to`xtovsiz aksa urish, burun bitishi, burundan suv kelishi, ko`z qichishi va yoshlanishi, yo`tal yoki bo`g`ilish belgilari bilan kechishi mumkin.



SUTDAN TO SITRUSGAChA...

Ovqat allergiyasida ko`pincha tarkibida allergen saqlovchi mahsulotlarni ko`proq ist`mol qilish natijasida kelib chiqadi. Bu boshqa oziq-ovqat mahsulotlari allergiya chaqirmaydi, degani emas. Zero har qanday oziq-ovqat mahsulotlari allergiya chaqirishi mumkin. Ushbu allergiya ham immunoreaksiya hisobiga kelib chiqadi va qorindagi og`riq, qusish, ich ketishi, Kvinke shishi, eshak emi – ekzema, teridagi qichishishlar kuzatiladi.

Ko`proq o`zida allergen saqlovchi mahsulotlar: (sigir suti, tuxum oqsili, tovuq go`shti, baliq, achchiq qalampir, asal, qizil mahsulotlar, uksus, mayonezlar, qulupnay, yong`oqlar, sitrus mevalar, dukkakli o`simliklar) ovqat allergiyasini keltirib chiqaradi. 

Hasharotlar (asalari, nonxo`rak, pashsha, chivin, kanalar) chaqishidan keyingi allergiya ko`pincha shish ko`rinishida (og`riqli qizil suvli shish yoki har xil kattalikdagi qizil shish) bo`ladi. Bunda bemorda holsizlik, qon bosimining tushib ketishi, eshak emi toshishi, bo`g`ilish, bosh aylanishi ro`y beradi. Ba`zan qorindagi og`riq, qusish, hiqildoq shishi bilan kechib anafilaktik shokkacha borishi mumkin.



BUTKUL YO`QOTISh QIYIN, AMMO...  

Allergik kasalliklarni davolashda kasallikning boshlangan vaqtiga e`tibor berishimiz kerak. Allergik kasalliklar uchun bu juda muhim bo`lib, kasallik qanchalik tez rivojlanib borsa, organizm uchun shunchalik xavfli hisoblanadi.

Surunkali kasallik bo`lgani uchun allergiyani butunlay organizmdan yo`qotib yuborish anchagina mushkul. 

Hozirda allergiyani to`liq dori-darmon bilan davolab yuborishning imkoni mavjud emas. Shu davrgacha ishlab chiqarilgan birinchi, ikkinchi  va uchinchi sinfga ega bo`lgan antigistamin dorilar kasallikning xuruji davrida faqatgina allergiyaning belgilarini vaqtincha xuddi “tez yordam”dek to`xtatadi, ammo allergiyani butkul davolamaydi.

Allergiyani davolashda amaliyotda keng qo`llaniladigan davolash usuli bu immunoterapiya hisoblanadi.

Allergen miqdori davolash kursi davomida oshirilib boriladi. Ushbu usul bilan davolash davomida allergik kasallikning engillashishiga yoki butunlay davolanib ketishiga erishiladi.

Uy sharoitida allergiyaga qarshi kurashamiz!

Sharbatlar yordamida…

Teridagi allergik toshma (dermatit)ni davolash uchun uy sharoitida quyidagi usuldan foydalanish mumkin:

200 grammdan sabzi, lavlagi hamda turpning yangi siqilgan sharbatidan bir stakan olasiz. So`ng bir stakan toza asal hamda bir litr tibbiyot spirti (suv qo`shib, 40 foizga keltirilgani) aralashtiriladi.

. Shisha idishga solib, qopqog`ini mahkamlang-da, qorong`u va salqin joyda saqlang. Ertasidan boshlab bu tindirmadan bir kunda uch mahal ovqatlanishdan yarim soat oldin 20-30 grammdan qabul qilinadi. Ilk kunlarda bir osh qoshiqdan, biror hafta o`tgach, ikki osh qoshiqdan ichiladi. Ikki-uch haftalar o`tgach, tindirmadan kuniga 20 gramm qabul qilish mumkin



Qichitqi o`t qichitmaydi

Allergik holatlarda qichitqi o`t (krapiva) tindirmasi foyda beradi. Bir osh qoshiq yangi qichitqi o`t (yoki qurug`ining) gulini bir stakan qaynoq suvga soling. Qalin matoga o`rang, yarim soatcha tursin. Keyin dokada suzib, kuniga 4-5 mahal yarim stakandan yoki 3 mahal bir stakandan iliq holida ichasiz. Damlama har gal yangidan tayyorlanadi. Bu shifobaxsh bo`lib, badandagi qichishishlarni yo`qotadi, allergenlardan sizni himoyalaydi.

Unutmangki, allergiyaga moyilligingiz bo`lsa, allergen mahsulotlar (masalan baliq, ikra, qisqichbaqa, sitrus mevalar, qizil rangdagi rezavorlar, asal, shokolad, qahva singarilar)ni iste`mol qilmay turganingiz ma`qul. Shuningdek, ari, asalari va qovog`ari chaqishidan o`zingizni ehtiyotlang. Qanotli hasharotlarni jalb qiladigan o`tkir hidli atirlar sepmang. Har bir dorini qo`llashdan avval allergolog-shifokor bilan maslahatlashing.

Atopik dermatit

Bu terining surunkali yallig‘lanish kasalligi bo‘lib, yaqqol namoyon bo‘ladigan qichishish, surunkali qaytalanish bilan xarakterlanadi. 



Allergik  rinit

Bu kasallikning xarakterli jihati – burun oqishi (burundan suv oqib turishi), nafas olishning qiyinlashishi, aksa, burun sohasida qichish, hid bilish xususiyatning pasayishi.



Allergik kon’yunktivit

Asosiy alomatlari: ko‘zlar sohasida qichish, ko‘zlarga qum sepilgandek hislarning paydo bo‘lishi, yoshlanish, yorug‘likka chidamssizlik, ko‘zlarning achishi, qovoqlarning qizarishi va shishishi.



Pollinoz

Lotincha «pollen» — chang so‘zidan olingan bo‘lib, kasallikka o‘simliklar changgi sabab bo‘ladi. Bir zamonlar kasallik rivojlanishiga pichan sabab bo‘ladi deya, pollinozni pichan vabosi deb ham atashgan.



Eshakemi (krapivnitsa)

Terida turli o‘lchamdagi shishchalar paydo bo‘ladi. Ular qichitqi o‘tining terini kuydirib qizartirishiga o‘xshaydi va qichishish bilan namoyon bo‘ladi



Oziq-ovqat allergiyasi

Boshqa ko‘pchilikka ta’sir qilmaydigan ma’lum oziq-ovqat mahsulotlari iste’molidan keyin sodir bo‘ladi.

Atopik dermatit (AtD) — bu surunkali davom etuvchi, irsiy moyillikka ega, teriga toshma toshishi va uning qattiq qichishi, teri himoya funksiyasi pasayishi bilan yuz beruvchi kasallikdir. Turli ma’lumotlarga ko‘ra aholining 3-15% atopiya xastaligiga chalinadi. Bolalar orasida AtDning tarqalishi 5-20%ni, kattalar orasida 2-10%ni tashkil qiladi, AtD bilan xastalanishning eng yuqori ko‘rsatkichlari urbanizatsiyalashgan (yirik shahar va sanoatlashgan) xududlarda kuzatiladi. Kasallanishning xavfli omillaridan biri oshqozon-ichak yo‘li patologiyasi, ayniqsa, ichak disbiozi bo‘lib, atopik dermatit bilan og‘rigan bolalarning 80-90%da bu kasallik aniqlangan. Mutaxassislar disbiozning belgilari darajasi bilan AtDning teridagi klinik belgilarining og‘irlik darajasi bog‘liq ekanligini aniqlaganlar.

Atopik dermatit (AD)

Atopik dermatit kechishi davri (bosqichlari)

1 – bosqichda yuz, dumba, qo‘l va oyoqlarda toshmalar kuzatiladi. Jarayon kuchli va og‘riqli qichishish bilan o‘tadi.

2 – bosqichda terining zararlangan qismlari sekin asta quriy boshlaydi, terining to‘kilishi kuzatiladi, qichishish kamayadi.



Sog‘ayish bosqichi boshlanmasa, kasallik 3 – bosqich – kattalar davriga o‘tadi. Bu davrda oyoq va qo‘llarning bukiladigan (qo‘l tirsagi va tizza, to‘piq) qismlari, bo‘yin va ko‘krakda lixenifikatsiya (terining dag‘allashuv bosqichi) holati kuzatiladi. 

E`tiboringiz uchun raxmat

sog`ligingizga doimo e`tiborli bo`ling
http://fayllar.org
Download 11.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling