Alloh yetti osmonni va Yerdan ham oʻshancha miqdorni
Download 20.37 Kb.
|
23 mavzu
Yerning qatlamlari Qurʻonda Yer haqida berilgan maʻlumotlardan biri uning yetti qatlamli osmonga oʻxshatilganligidadir. Alloh yetti osmonni va Yerdan ham oʻshancha miqdorni (etti qavatni) yaratgan zotdir. (Allohning) amri (farmoni) ularning (osmon va Yer) oʻrtasida nozil boʻlib turar. Toki sizlar Allohning barcha narsaga qodir ekanini va Alloh barcha narsani (Oʻz) bilimi bilan ihota qilib olganini bilishlaringiz uchun (U shunday qildi). («Taloq» surasi, 12-oyat) Yuqorida berilgan oyatdagi maʻlumot ilmiy manbalarda oʻz tasdigʻini topgan. Bu manbalarda aytilishicha Yer yetti qatlamdan tashkil topgan. Olimlar tomonidan aniqlangan bu qatlamlar quyidagichadir: 1-qatlam. Suv litosferasi. 2-qatlam. Yer litosferasi. 3-qatlam. Astenosfera. 4-qatlam. Yuqori mantiya. 5-qatlam. Ichki mantiya. 6-qatlam. Tashqi yadro. 7-qatlam. Ichki yadro. Litosfera soʻzi grekcha «litos» soʻzidan yasalgan boʻlib, «tosh» maʻnosini anglatadi va bu Yerning ustki qatlamini tashkil etuvchi qattiq qatlam hisoblanadi. Bu qatlam boshqa qatlamlarga nisbatan ancha yupqa. Okeanlar tubidagi litosfera undan-da yupqaroq boʻlib, vulqon harakatlari koʻp sodir boʻladigan hudud hisoblanadi. Uning oʻrtacha qalinligi 80 km (49,7 milya) ga teng. U boshqa qatlamlarga qaraganda sovuqroq va qattiqroq boʻlgani bois, Yerning qobigʻini hosil qiladi. Litosferadan keyin keluvchi qatlam astenosfera boʻlib, u «kuchsiz, zaif» maʻnolarini anglatuvchi astenessoʻzidan kelib chiqqan. Bu qatlam litosferaga qaraganda yupqaroq va koʻchuvchan. U geologik vaqt davomida yuqori temperatura va bosim ostida qoʻyilganda eriydigan issiq, yarim qattiq moddalardan tashkil topgan. Shu sababli ham, qattiq litosfera sekin koʻchayotgan astenosfera uzra suzadi yoki siljiydi.24 Bu qatlamlar ostida 2900 km (1800 milya) qalinlikdagi yarim qattiq toshli jinslardan iborat mantiya deb nomlanuvchi yuqori temperaturali qatlam yotadi. Bu qatlam Yer qobigʻiga nisbatan koʻproq temir, magniy va kaltsiyni oʻz ichiga oladi, shuningdek, u issiqroq va zichroqdir, chunki Yerdagi temperatura va zichlik chuqurlashgan sari oʻsib boradi. Yerning qoq markazida yadro joylashgan boʻlib, u mantiyaga nisbatan taxminan ikki barobar zichroqdir. Bunday zichlikka sabab, uning toshli jinslarga qaraganda yuqori nisbatli metallar (temir-nikel qotishmasi)dan tashkil topganligidadir. Yerning yadrosi ikki qismdan iborat. Ularning biri 2200 km (1370 milya) qalinliqdagi suyuq tashqi yadro va ikkinchisi 1250 km (777 milya) qalinlikdagi qattiq ichki yadrodir. Suyuq tashqi yadro Yer aylanganda, sayyoraning magnit maydonini taʻminlab beradi. Yer va osmon qatlamlari oʻrtasidagi oʻxshashlik haqidagi bu haqiqat faqatgina XX asr texnologiyalari orqali aniqlanganligi shubhasiz, Qurʻonning boshqa bir ilmiy moʻjizasidir. Download 20.37 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling