4- amaliy mashg’ulot. Yadro. Xromasomalar tarkibi va tuzilishi. Mashg’ulotdan maqsad
Download 0.76 Mb.
|
Yadro. Xromasomalar tarkibi va tuzilishi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Mashg’ulot uchun kerakli jihozlar
- Yadroning tuzilishi.
4- Amaliy mashg’ulot.Yadro. Xromasomalar tarkibi va tuzilishi. Mashg’ulotdan maqsad: talabalarga yadro va uning tarkibiy qismlari, yadro tashqi apparati, yadroning hujayra hayot faoliyatida tutgan oʻrni haqida tushuncha berish. Talabalarga yadroning irsiy axborotni saqlovchi markaz sifatidagi roli haqida tushuncha berish orqali ularning ilmiy dunyoqarashini kengaytirish. Mashg’ulot uchun kerakli jihozlar: kompyuter texnologiyasi, proektor, plakatlar va slaydlar Mashg’ulotning mazmuni: Yadroning tuzilishi hujayra hayotining turli davrlarida kechadigan metabolik jarayonlar bilan bog‘liqdir. Hujayra ontogenezi davomida yadro tuzilishi oʻzgarib turadi, ayniqsa bu narsa hujayra boʻlinishga tayyorgarlik koʻrayotganda va turli tashqi ta’sirlar natijasida yuzaga keladi. , Oʻsimlik hujayrasi yadrosi sitoplazmaga nisbatan ancha quyuq boʻladi. Umuman yadro ichi konsistensiyasi (tarkibi) balzam, glitseringa yaqin boʻladi. Lekin ba’zi oʻsimlik yadrolari shunday zich konsistensiyaga egaki, ularni boʻlaklarga kesish mumkin, ba’zilarida esa yarim suyuq holda boʻladi. Yadro shaklini oʻzgartirish xususiyatiga ega. Ba’zan yadrolar shaklini oʻzgartirib ipsimon shaklga oʻtadi. Aynan shu shaklda achitqi zamburug‘i hujayrasidagi yadro kurtaklanish yoʻli bilan hosil boʻlgan yangi hujayraga koʻchadi. Yadroning tuzilishi. Yadroning asosiy komponentlari oqsil, nuklein kislotalar, lipidlar, fermentlar va mineral tuzlardir. Yadro tarkibiga oddiy va murakkab oqsillar kiradi. Oddiy oqsillardan giston va globulinlar uchraydi. Murakkab oqsillar tarkibi aminoguruhdan tashqari qoʻshimcha yana nuklein kislotalar, uglevod guruhi uchraydi (nukleoproteidlar, glikoproteidlar). Lipidlar tomchilar koʻrinishida yoki proteidlar bilan qoʻshilib lipoproteidlar koʻrinishida uchraydi. Oqsillar miqdori oʻzgarib turadi. Ular yadro quruq og‘irligining 10-20% ni tashkil qiladi. Oqsil.sintezining faol davri interfazadir. Nuklein kislotalarning ikki xili: DNK va RNK uchraydi. Yadroning asosiy kimyoviy komponenti DNK boʻlib, u xromosomalar tarkibiga kiradi, DNK avloddan-avlodga genetik axborotni uzatadi; oqsil sintezini kodlaydi. Hujayra yadrosidan DNKni birinchi marta 1869 yilda F. Misher ajratib olgan. DNK dan tashqari hujayra yadrosida 3 xil: informatsion, ribosomal va transport RNK bor. Hujayra yadrosi tarkibida yana giston tipidagi oqsillar boʻlib, DNK bilan tuzlar tipidagi birikmalar hosil qiladi. Shuning bilan birga nogiston tipidagi qoldiq oqsillar ham mavjud. Ular suyultirilgan tuz suyuqliklarda erimaydi. Yadroda bir xil fermentlar ATV-aza, glikolitik fermentlar bor, lekin oksidlanish fermentlari uchramaydi. Gistokimyoviy va biokimyoviy usullar orqali yadroda oqsilar bilan lipoproteid va liponukleoproteidlar hamda birikkan lipidlar topilgan. Ular yadro quruq og‘irligining 10-20% ni tashkil qiladi. Yadroda kalsiy, magniy, natriy, fosfor, temir, rux, mis, kobalt va boshqa elementlar ham topilgan. Yadro qobig‘ining oʻtkazuvchanligi irsiy informatsiyani yadrodan sitoplazmaga yuqori polimer RNK orqali oʻtishi toʻg‘risidagi zamonaviy ma’lumotlar alohida ahamiyatga ega. Bir tomondan ionlarninig mayda molekulalari uchun bu teshiklar oʻtib boʻlmas chegara boʻlsa, ikkinchi tarafdan, katta molekula informatsion RNKning sitoplazmaga oʻtishini ta’minlaydi. Sitoplazmadan yadroga sitoplazmada sintezlanuvchi va yadroni energiya bilan ta’minlashda kerak boʻlgan mononukleotid trifosfatning katta molekulalari oʻtadi. Aminokislotalar purin, pirimidin asoslar va ATF yadroga faol transport yoʻli bilan oʻtadi. Ba’zan yadrodan sitoplazmaga yadro moddasining ajralib oʻtishi mumkin degan fikr ham bor. oʻz navbatida yadro qobig‘ida botiqlar paydo boʻlib, xuddi fagotsitoz kabi sitoplazma moddasini qamrab oladi. Yadro qobig‘i sitoplazmatik toʻr hosil boʻlishida ishtirok etadi, degan fikrlar ham mavjud. Profazada yadro qobig‘i fragmentatsiyaga uchrab donador endoplamatik toʻr bilan birlashadi. Telofazada esa yadro qobiqlari qaytadan endoplazmatik toʻr elementlaridan hosil boʻladi. Shunday qilib, yadro qobig‘i tashqi membrana, ichki membrana, ularorasidagi perinuklear boʻshliq va yadro teshiklaridan iboratdir. Informatsiya uchun faol boʻlgan ochiq yuza (sayt) “berk” boʻladi va irsiy ma’lumot shu qismdan berilmay qoladi. Oʻz navbatida hujayraning funksional holatiga qarab xromosomada geteroxromatin va euxromatin egallagan joylar oʻzgarib turadi. Hujayra faoliyatining jadallashishi ayrim yadroning ba’zi geteroxromatinlarining euxromatinga aylanishi bilan yuzaga keladi. Bunday xromatin fakultativ geteroxromatindir. Euxromatinlashmaydigan xromatin esa konstitutiv geteroxromatin boʻladi. Hujayralar faoliyatining susayishi yadro xromatinining euxromatin egallagan joyini kamaytiradi, ya’ni euxromatin DNK si sterilizatsiyasiga uchrab, geteroxromatinga aylanib boradi. Interfaza holatidagi genetik omil tuzilmalari boʻlinish boshlanishi bilan xromosomani shakllantiradi. Xromosoma boʻlinishining metafazasida butunlay shakllanadi. Xromosomalarning shakli ulardagi sentromerning (birlamchi belbog‘) joylashishiga koʻra uch xil boʻladi: metasentrik, submetasentrik va akrotsentrik. Metasentrik xromosomalarda sentromera xromosomaning oʻrtasida joylashganligi uchun xromrosomalar teng yelkali boʻladi. Submetasentrik xromosomalarda sentromera xromosomaning oʻrtasida joylashmaydi, shuning uchun xromosoma yelkalarining uzunligi har xil boʻladi. Akrotsentrik xromosomalarda sentromera xromosomaning oxirgi (telomera) qismiga yaqin joylashgan boʻlib, xromosomanin G bitta yelkasi juda uzun, ikkinchi yelkasi esa juda kalta boʻladi. Shuning uchun bunday xromosomalar tayoqchasimon koʻrinishda boʻladi. Sentromera yoki birlamchi belbog’ hujayraning boʻlinishi paytida xromosomalarning qutblarga tarqalishini ta’minlaydi. Axromatin ipchalari shu sentromeraga birlashadi va xromosomani qutblarga tortadi. Sentromada DNK zanjirining burami choʻziqroq boʻlganligi uchun sentromerada xromosomaning boshqa joylarga qaraganda DNKga xos boʻyoq bilan xromosomalarni boʻyaganda sentromera qismi boʻyalmasdan qoladi va buni mikroskopda aniq koʻrish mumkin. Sentromerasidan ajralgan xromosoma qutblarga yetib bormasdan, hujayraning navbatdagi boʻlinishida yoʻqolib ketadi. Odatda, bitta xromosomada bitta sentromera boʻladi. Lekin ayrim chuvalchang va hasharotlarning xromosomalari koʻp sentromerali holda boʻlishi mumkin. Xromosomada birlamchi belbog‘(sentromera) dan tashqari ikkilamchi belbog‘ga axromatin iplari birlashgan boʻladi. Shuning uchun u xromosomalarni qutblarga yoʻnalishini ta’minlaydi. Ikkilamchi belbog‘ning ayrimlari yadrocha hosil qilishida qatnashadi, shuning uchun ular yadrocha hosil qiluvchilar deb ataladi. Ikkilamchi belbog‘da yadrochadagi r-RNK sintezini va uning yetilishini boshqaruvchi genlar joylashgan boʻladi Ayrim xromosomalarda ikkilamchi belbog‘ xromosoma telomerasiga yaqin joylashgan boʻladi. Bunday xromosomalarda ikkilamchi belbog‘dagi DNK zanjirining oʻrami ancha uzun boʻlganligi uchun ikkilamchi belbog‘dan keyingi qismi, ya’ni telomerasi bor qismi xromosomadan ancha uzoqda joylashib, yoʻldosh hosil qiladi. Bu yoʻldosh qism xromosomaga yoʻldosh ipi bilan tutashib turadi. Odam xromosomalari orasida ham yoʻldoshlari boʻladi. Masalan, odam kariotipidagi ba’zi xromosomalarda yoʻldoshlari ham bor. Telomera - xromosomaning oxirgi qismi boʻlib, xromosomalarning mustaqilligini va butunligini ta’minlaydi. Xromosomaning uzilgan qismlari bir-biri bilan osongina birlashishi mumkin. Lekin telomera kismlari bir-biri bilan hech qachon birlashmaydi. Xromosomaning uzunligi boʻyicha uning irsiy jihatdan faolligi bir xil emas. Xromosomalarni maxsus boʻyoqlar bilan boʻyalganda, uning ayrim qismlari toʻq boʻyalib, boshqa qismlari esa och boʻyaladi, ya’ni geteroxmatin va euxromatin hosil qiladi. Xromosomalarning uzunligi 0,2-5,0 mkm,eni 0,2-3,0 mkm boʻlishi mumkin. Ayrim hashorot va amfibiyalarning xromosomalari yirik,zamburug‘ va suvoʻtlarining xromosomalari esa mayda boʻladi. Odam xromosomalarining kattaligi 1-10 mkm ga teng. Bir turga kiruvchi organizmlarda xromosomalarning soni va kattaligi doimo bir xil boʻlishi kerak, ammo doimo bir xil boʻlavermaydi. Hujayradagi xromosomalar-shu hujayra xromosomalarining toʻplami deyiladi. Somatik hujayralarda xromosomalar diploid (2n), yetilgan jinsiy hujayralarda esa gaploid (p) toʻplamda boʻladi. Odamning hujayralarida diploid 46 yoki 23 juft (2n), drozofilla meva pashshasida 8 yoki 4 juft. Organizmning rivojlanganligi ulardagi xromosomalar sonining koʻp-ozligiga bog‘liq emas. Koʻp sonli xromosomaga ega boʻlgan organizmlar (daryo qisqichbaqasi, zog‘ora baliq va boshqalar), kam xromosomali organizmlarga (odam, maymun va xokazo) qaraganda juda sodda tuzilgan boʻlishi mumkin. Download 0.76 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling