4- amaliy mashg’ulot. Yadro. Xromasomalar tarkibi va tuzilishi. Mashg’ulotdan maqsad


Xromosomaning nozik tuzilishi va uning shakllanishi


Download 0.76 Mb.
bet2/3
Sana03.04.2023
Hajmi0.76 Mb.
#1322472
1   2   3
Bog'liq
Yadro. Xromasomalar tarkibi va tuzilishi

Xromosomaning nozik tuzilishi va uning shakllanishi. Profaza davridagi xromosomalar asta-sekin kattalashib, yoʻg‘onlashib boradi. Metafazaga oʻtgach, aniq bir shaklga ega boʻladi. Shuning uchun xromosomalarning tuzilishi odatda metafazada oʻrganiladi. Telofazaga oʻtgach, u yana ingichkalashib, uzunlashadi. Xromosoma DNK va oqsil kompleksi DNPdan iborat.
Xromosoma hujayraning qaysi davrda boʻlishidan qat’iy nazar, u eshilib buraluvchan, spiralsimon dezoksiribonukleoproteid ipidan iborat. Sintez davridan keyin xromsomada bir-biriga teng boʻlgan va uzunasiga ketgan ikkita bir xil qism, ya’ni xromatidalar hosil boʻladi. Shu xromatidalarning har biri dezoksiribonukleoproteid ipidan yoki xromonemadan tashkil topgan.

Xromosomaning odatda 20 dan 200 gacha boʻladi. Xromonemalar DNK dan tashkil topgan juda nozik xromofibrillalardan iborat. Xromosomalar hujayraning boʻlinish davrida spirallashib, yoʻg‘onlashadi.


Interfazada esa ingichkalashishi mumkin. Xromosomaning yaxshi boʻyaladigan qismlariga hromomeralar deyiladi. Xromatin elektron mikroskopda koʻrilganda, uning nozik tuzilgani koʻrinadi, ya’ni xromatin fibrillarining yoʻg‘onligi uch xil boʻlishi mumkin: 250 A, 100 A, 30-50 A. Uchinchi xil fibrillalar genetik jixatdan juda faol fibrillalar xisoblanadi. Ma’lumki, DNK qoʻsh zanjirining diametri 20 A, uchinchi xil fibrillaning diametri esa 30-50 A. Demak, uchinchi xil fibrillalarning diametri oqsil (giston va gistonsiz) molekulasi hisobiga kattalashgan. Diametri 100 A boʻlgan ikkinchi xil fibrillalar, diametri 30-50 A boʻlgan birinchi xil fibrillalarning spirallashishidan, oʻramidan hosil boʻladi. Diametri 250 A boʻlgan fibrillalar esa birinchi xil fibrillalarning uchinchi marotaba spirallashishidan hosil boʻlsa kerak. Metafaza davrida xromosomalarda fibrillalar uchinchi darajada spirallashgan boʻlishi mumkin. Ana shu spirallashgan iplar oʻzaro birlashib, elektron mikroskopda koʻrish mumkin boʻlgan xromosoma tasvirini yuzaga chiqaradi.



Dezoknukleoproteid ipi tarkibida molekulyar og‘irligi 1000-2000 boʻlgan (N1 N2A, N3V, N3, N4) gistonli oqsillar uchraydi. Gistonsiz oksillar esa juda kam boʻlib, ular asosan fermentlar tarkibida boʻladi va xromatin ipchasi bir necha marta takrorlanadigan va gistonli oqsillar toʻplamidan iborat boʻlgan nukleosomalarga oʻralgan boʻladi. Bitta nukleosoma 4 xil oqsilning (N2A, N2V, N3,N4) asosan ikkitasi hisobiga hosil boʻladi. Bu oqsillar oʻzaro birlashgach, silindrga oʻxshash koʻrinishni hosil qiladi. Nukleosomaning ikkita faol qismi boʻlib, biri “oʻzak”, ikkinchisi esa “bog‘lovchi” qism deb ataladi. “Bog‘lovchi” qismi nukleosomalarni oʻzaro bir-birlari bilan bog‘lab turadi. Nukleosomaning bir-butunligini va mustahkamligini N1 gistonli oqsillar ta’minlaydi. Spiralning kalinligi 1,5 nm boʻlgan DNK ipi nukleosomaga uraladi. DNK va nukleosomadan iborat boʻlgan uyushmaning diametri 10-13 nm ga teng.


DNK ipining yana spirallanishi va oqsilning birlashishidan diametri 20-25 nm boʻlgan ip hosil boʻladi. Bunday diametrga ega boʻlgan ipni interfazada ham metafazada ham elektron mikroskop yordamida koʻrish mumkin. Bu ipning yana spirallashishi natijasida metafazada xromosoma shakllanadi. DNK ipining nukleosomaga oʻralishi natijasida uning uzunligi 6 martaga kamayadi, natijada irsiy omilning xromosomada yanada jips joylashishiga qulaylik yaratiladi.

Download 0.76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling