Mitoxondriya,plastidalar,lizosomalar va sitoplazmaning boshqa orgonoidlari


Download 361.7 Kb.
Sana05.11.2023
Hajmi361.7 Kb.
#1749228
Bog'liq
Biologiya 2

Biologiya

  • Mitoxondriya,plastidalar,lizosomalar va sitoplazmaning boshqa orgonoidlari.

Mitoxondriya' (yun. mitos - ip, chondrios — donacha) — eukariot hujayralar organoidi. M. ikki qavat membrana bilan oʻralgan; ichki membranasi kristalar (burmalar) hosil qiladi. M.ning ichki membrana bilan oʻralgan boʻshligʻi matriks deyiladi. Hujayrada M. soni bir nechtadan mingtagacha yetadi. M.ning asosiy funk-siyasi energiya hosil qilishdan iborat.

M. energiyasi manbai biologik oksidlanish boʻlib, unda glikolizda hosil boʻlgan pirouzum kislota mitoxondriya matriksida SO2 va N2O gacha parchalanadi. Bu jarayon murakkab kimyoviy reaksi-yalardan iborat. Uning 1-bosqichida piruvat parchalanadi va uchkarbon kislotalar sikli amalga oshadi; 2-bosq-ichda elektronlar tashiladi va ATF sintezlanadi.

Plastidalar (yun. plastos — shakllangan) — avtotrof oʻsimliklar hujayrasining pigmentli organoidlari; organik moddalar sintezini amalga oshiradi. Yuksak oʻsimliklarda 3 xil-ga: yashil xloroplastlar (XP), rangsiz leykoplastlar (LP) va rangli xromo-plastlar (XR)ga boʻlinadi. XP — lin-zasimon yoki sharsimon tangachalar, oʻlchami 4—6 mkm; tarkibida 50% ga yaqin oqsillar, 35% lipidlar va 7% pigmentlar, shuningdek, ozroq dezok-siribonuklein kislota (DNK) va ri-bonuklein kislota (RNK) bor. Yuksak oʻsimliklarda XP pigmentlari yashil a va v xlorofillar hamda karotinoidlardan iborat. XPdagi DNKlar yadro DNK sidan farq kiladi va koʻkyashil suvoʻtlar hamda bakteriyalar DNKsiga oʻxshaydi. LP-rangsiz, dumaloq yoki choʻziq mayda tanachalar boʻlib, oʻsimliklarning hamma tirik hujayralarida mavjud.

LPda oddiy organik birikmalardan birmuncha murakkab moddalar (kraxmal va boshqalar) sintezlanadi. LP toʻplanadigan moddalariga qarab amiloplastlar, eleoplastlar va proteinoplastlarga boʻlinadi. XR dumaloq, notoʻgʻri koʻp qirrali yoki ignasimon shaklda; tarkibida kuzgi barglar, gul-yonbargchalar, pomidor, chetan, marvaridgul va boshqalarning pishayotgan mevalariga sariq, qizil rang beradigan karotinoidlar bor. P.ning bir xili boshqa-siga (mas, LP XP ga, XP XR ga) aylanishi mumkin.[

SITOPLAZMA QIRITMALARI ( INCLUSIONES CYTOPLASMATICAE) Kiritmalar sitoplazmaning doimiy bo`lmagan tarkibiy qismlari hisoblanadi. Ular hujayra ichidagi modda almashinuvi, sekretsiya va pigment hosil qilish jarayonlari davomida va fagotsitoz yo`li bilan tashqi muhitdan hujayraga moddalar kirishidan hosil bo`ladi.

Mikroskop ostida kiritmalar har xil zichlikdagi granulalar yoki suyuq vakuolalar holida ko`rinadi. Qiritmalarning ximiyaviy tarkibi turlicha. Bir necha gruppa kiritmalar farqlanadi. 1. Trofik kiritmalar (yog` tomchilari, oqsil granulalari, glikogen to`plamlari, vitaminlar va boshqalar). 2. Sekretor kiritmalar (zimogen granulalar va boshqalar). 3. Ekskretor kiritmalar (o`t kislotasi, mochevina va b.) 4. Pigment kiritmalar (gemoglobin, melanin, lipofustsin va boshqalar).

Oqsil kiritmalar kamda-kam uchraydi. Misol tariqasida ba’zi bir umurtqali hayvonlar jigaridagi oqsil donalarini hamda tuxum hujayrasidagi murakkab oqsil va fosfoproteid gruppalaridan tashkil topgan plastinkalar, donachalar, disklar, duksimon shakldagi ko`pgina sariqlik donachalarini va boshqalarni ko`rsatish mumkin. Elektron mikroskopda olingan ma’lumotlarga qaraganda sariqlik tanachalari kristalsimon strukturalar hosil qilgan donachalardan va tayoqchalardan (protein makromolekulalari) iborat. Ko`pgina olimlar fikricha, sariqlik donachalari materiali ribosomalar ishtirokida donador endoplazmatik to`r sisternalarida hosil bo`ladi.

Qiziqarli topshiriqlar ????

1.Mtoxondriyaning asosiy vazifasi nimadan iborat? 2.Plastidalarning qanday xillari bor? 3.Lizosoma hujayrada qanday vazifani bajaradi? 4.Vakuola qanday tuzilishga ega?

E’tiboringiz uchun rahmat


Download 361.7 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling